Научная статья на тему 'OILADA 6-7 YOSHLI BOLALARNI MILLIY VA ZAMONAVIY TARBIYALASH BERISHNING AXAMIYATI'

OILADA 6-7 YOSHLI BOLALARNI MILLIY VA ZAMONAVIY TARBIYALASH BERISHNING AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

312
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy axborot texnologiyalari / chuqur bilim berish / ehtiyoj / ta‟limtarbiya / integratsiya / qobilyat / huquqiy kafolatlar / oilaviy tarbiya / milliy tarbiya. / modern information technologies / in-depth knowledge / needs / education / integration / ability / legal guarantees / family education / national education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. A. Meliyev, Nafisa Sherbek Qizi Xamzayeva

O‟zbek oilalaridagi milliy udumlar, ananalar, qadryatlar, ajdodlarimizning bola tarbiyasi borasidagi o‟gitlari nihoyatda hammamizga ibratlidir. Ushbu maqolada oilada 6-7 yoshli bolalarni milliy va zamonaviy tarbiyalash berishning axamiyati xaqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

National traditions, traditions, values of Uzbek families, the teachings of our ancestors on the upbringing of children are very instructive to all of us. This article discusses the importance of national and modern upbringing of children aged 6-7 in the family.

Текст научной работы на тему «OILADA 6-7 YOSHLI BOLALARNI MILLIY VA ZAMONAVIY TARBIYALASH BERISHNING AXAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1204-1208

OILADA 6-7 YOSHLI BOLALARNI MILLIY VA ZAMONAVIY TARBIYALASH BERISHNING AXAMIYATI

X. A. Meliyev

JDPI Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi proffessor

Nafisa Sherbek qizi Xamzayeva

Maktabgacha ta'lim metodikasi yo'nalishi 2- bosqich magistri

ANNOTATSIYA

O'zbek oilalaridagi milliy udumlar, ananalar, qadryatlar, ajdodlarimizning bola tarbiyasi borasidagi o'gitlari nihoyatda hammamizga ibratlidir. Ushbu maqolada oilada 6-7 yoshli bolalarni milliy va zamonaviy tarbiyalash berishning axamiyati xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy axborot texnologiyalari, chuqur bilim berish, ehtiyoj, ta'lim- tarbiya, integratsiya, qobilyat, huquqiy kafolatlar, oilaviy tarbiya, milliy tarbiya.

ABSTRACT

National traditions, traditions, values of Uzbek families, the teachings of our ancestors on the upbringing of children are very instructive to all of us. This article discusses the importance of national and modern upbringing of children aged 6-7 in the family.

Keywords: modern information technologies, in-depth knowledge, needs, education, integration, ability, legal guarantees, family education, national education.

KIRISH

Dunyoda fan va texnikaning rivojlanishi, axborot texlologiyalarining dunyoga jadal sur'atda kirib kelishi ta'lim tarbiya jarayonini integrativ tashkil etish talab etmoqda.

Ilm fan vatexnikaning rivojlanib borishi, ta'lim - tarbiya tizimi oldiga komil insonni shakllantirish (ta'lim sohasi bilan mehnat bozori o'rtasidagi nomunosiblikni qisqartirish) hamda zamonaviy pedagogic texnologiyalardanfoydalanish ahamiyati ortib bormoqda. Ta'lim - tarbiya samaradorligini oshirish orqali bolalarga puxta va chuqur bilim berish ehtiyoji paydo bo'lmoqda. Buning uchun esa faqat ta'lim

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1204-1208

tashkilotida emas oilada ham ta'lim- tarbiya berish o'zorointegratsiyasini yo'lga qo'yish, zarurligi sezilmoqda. Shunga ko'ra tarixiy- milliy tarbiyani, zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasining " Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi" qonuni (2019-y.16.12) 38- moddasida " bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadryatlariga, shuningdek umuminsoniy qadryatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish,atrof muhitga extiyotkorona munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash ;oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta'lim va tarbiya olish uchun zarur shart- sharoitlarni ta'minlashishart" deb belgilangan. Shu qonunni 10- bob, 53- moddasida" oilada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola ta'lim- tarbiya jarayoniga milliy va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish" qayd etilgan.

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini 3-paragrifdagi 7- bo'limda maktabgacha yoshdagibolalarga uyiga borib oilasi hamkorlikda maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish milliy va zamonaviy dasturi- " Home visits" ni hayotga tadbiqqilish belgilangan.

Mamlakatimizda 2021-yil1- yanvar holatiga ko'ra 4 yoshgacha bo'lganlar 3,7 milion nafarni tashkil etgan. Bundan tashqari, 5-9, 10-14 yoshlilar ham 3 miliondan oshdi. Bularni inobatga olgan holda oilada bolalarnimilliy va zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonining yanada takomillashtirish zarurati mavjud.

Oilada ta'lim- tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uningizchilligi va uzluksizligini ta'minlashga erishish masalalari yetuk mutafakkirlar hamda ilg'or pedagog- olimlarning diqqat e'tiborini jalb etib kelgan.

Yosh avlod ta'lim tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari o'z davrida Ibn Sino , Abu Rayhon Beruniy , Abu Nasr Frobiy, Mirzo Ulug'bek,Abdulla Avloniy, Fitrat,Munavvar qori Abdurashidxonov kabilar ta'lim- tarbiya texnologiyalarini o'zgartirishga hamma hissa qo'shganlar.

Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish borasida J.Yuldoshev, U.Yuldoshev, I.Ibragimov, Sh,Sharipov, U.Tolipov, F.Babashev, T.Usmonxo'jayev, A.Atayev, X.Meliyev, G.Qo'shoqova kabilar ta'lim- tarbiya texnologiyalarni o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishda katta hissalari bor.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1204-1208

Zamonaviy yondashuvlar tahlili shuni ko'rsatadiki B. Lixachev, I.Vokkev, V.Yudin, X.Gass, L.Leyv, I.Pophem, R.Terru, R.Kagan kabi xorij olimlari tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning metodlari tadqiq etilgan.

NATIJALAR

Har bir insonning har bir oilaning, jamiyatimizning muqaddas vazifasi-qobilyatni farzandlarni o'stirish, ularni jismoniy va ma'naviy tomondan yetuk qilib tarbiyalash, ota- onasiga, Vataniga sodiq insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Shuning uchun ham mustaqil O'zbekistonimizning birinchi Kostitutsiyasida oila-jamiyatning asosiy bo'g'ini, onalik va bolalik davlat tomonidan himoyalanadi, voyaga yetgan, mehnatga yaroqli bolalar o'zlarining ota- onalariga g'amxo'rlik qilishi shart deb ko'rsatilgan.Bu ishonchli huquqiy kafolatlarda. Xalqimiz bosib o'tgan uzoq va yaqin tarixiy yo'lning o'lmas meroslari yotibdi.

Ota- ona farzandlarini avloddan- avlodga o'tib, bizgacha yetib kelgan va qonunimizga, tanimizga singgan eng ardoqli insoniy hususiyatlarni bolalar tarbiyasiga bag'ishlab, o'zbek miliy tarbiyalarni shakllantirib kelmoqda.

MUHOKAMA

Mamlakatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakillanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, ta'lim- tarbiya sifatini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasi va metodik ta'minotini kuchaytirish, tarbiyachi- pedagoglar mehnati va ishlash sharoitlarini yanada yaxshilash,ta'lim va tarbiyani insonparvarlashtirish va demoktarlashtirishdagi islohatlar, jamiyatimizdagi oila institutlari hamkorlikda ta'lim- tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogic texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqazo etmoqda.

Jumladan, oilada bola ta'lim- tarbiyasi faoliyati jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat bir qator yetakchi tashkilotlar, jamoalar va davlat, nodavlat tomonidan olib borilmoqda. Hususan Belaruslar oilasida bu borada ajoyib anana shakllangan. Ya'ni ular bolalarni maktab yoshiga yetmasidanoq qiziqishlari bo'yicha turli to'garaklarga,muayyan maktabdagi tayyorlov yoki sport mashg'ulotlariga olib boradilar. To'garak dasturlari milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida bolalar hayotda zarur bo'ladigan ko'nikma va maxorat qobilyatlartini shakillantiradi. Xitoy haqida gap ketganda antiqa bir dalilni keltirib o'tish lozim: bu yerda maktabdan to oily ta'lim pulli hisoblanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1204-1208

Qo'shimcha ta'lim tarmog;I esa mutlaqo bepulva ommabop. To'garaklarga 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lga bolalar qabul qilinadi, to'garaklarni ota- onalar ham navbatma- navbat olib borishadi. To'garak dasturi Xitoy xalq pedagogikasi asosida olib boriladi,ayrim qo'shimcha mavzular bo'yicha inovatsiya pedagogika texnologiyalaridan foydalaniladi.

Buyuk Britaniyada mazkur soha ancha ilgari rivojlangan bo'lib, 1833- yil 6- 13 yoshli bolalar uchun mahsus dasturlar asosida oila, maktab hamkorlikda bolalar ta'lim- tarbiyasi olib borilgan. Fransiyada ota- onalar bir kunni ya'ni chorshanba kunini bolalariga bag'ishlashga va farzandi ayni damda qatnab turgan biror bir to'garakdan boshqasiga olib borishi majbur. Gap shundaki qadimiy fransuz ananalariga ko'ra, chorshanba oilaviy tarbiya kuni sifatida nishonlab kelinadi. Amaliy jihatdan bolalar o'quv muassasalari hatto bog'chalar ham besh kunlik emas, balki 4 kun ishlaydi, bu yerda chorshanba qo'shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu kunni muzey, teatr, kino, konsert zallari, bollar uchun milliy va zamonaviy maxsus dasturlar tashkil etiladi. Shvetsiyada esa bolalar va pedagoglar uchun " Bo'sh vaqt markazlari" tashkil qilingan. Bu juda ham qulayva kichik birlashma hisoblanib, qatnashuvchilar yoshiga qarab 20 -30 kishidan oshmaydi. Markazda milliy va zamonaviy ta'lim-tarbiya metodikasi bilan oilb boriladi. Mashg'ulotlar tabiat qo'ynida va sport inshoatlarida tashkil etiladi. Yuqoridagi davlatlarda 6-13 yoshli bolalarni oila va markazlar hamkorlikda olib borayotgan ta'lim- tarbiyao'zining samaradorligi bilan alohida kasb etmoqda.

XULOSA

O'zbek oilalaridagi milliy udumlar, ananalar, qadryatlar, ajdodlarimizning bola tarbiyasi borasidagi o'gitlari nihoyatda hammamizga ibratlidir. Oddiy misol: o'zbek oilalarining aksariyatida katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan buvilar tarbiyasi, kichiklarning kattalarga xurmat- ehtiromi, g'amxo'rligi, ota- onani muqaddas bilish odatiy fazilatlardan hisoblansa,ikkinchhi tomondan, " Ustoz- otangdan ulug' " naqliga asosan ta'lim, ilim bergan kishiga nisbatan yuksak extirom saqlanib qolgan. Hozirgi milliy qadryatlarimizasosida, zamonaviy bilimlarni puxta egallashuchun barcha imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda ana shu yuksak ma'naviy qadryatlarimizni yoshlarimiz ongiga singdirishda oilani o'rni yana bir marotaba tahlil qilish, samaaradorligini oshirishning barcha chora- tadbirlarini ko'rish zarur desak mubolag'a bo'lmaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1204-1208

REFERENCES

1. Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014

2. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar / Ta'lim muassasalari o'qituvchi-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. - T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. - 180 b.

www. ziyonet.uz www. ziyonet.uz www.arxiv. uz www. google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.