Научная статья на тему 'Oila tarbiyasi asoslari'

Oila tarbiyasi asoslari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
66
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
oila / jamiyat / bola tarbiyasi / mamlakat rivoji / ta’lim muassasalari / oiladagi muhit / tarbiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aziza Nuriddin Qizi Shodiyeva, Saltanat Nariman Qizi Sultanova

Ushbu maqolada oilaning bola tarbiyasidagi o’rni, jamiyatimizning rivojlanishida oilalardagi muhitning, tarbiyaning ta’siri, farzand tarbiyasidagi yo’l qo’yiladigan xato va kamchiliklar hamda ko’rsatma, yo’l-yo’riqlar, bola tarbiyasida ta’lim muassasalariva oilaning hamkorligi haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Oila tarbiyasi asoslari»

Oila tarbiyasi asoslari

Aziza Nuriddin qizi Shodiyeva Saltanat Nariman qizi Sultanova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaning bola tarbiyasidagi o'rni, jamiyatimizning rivojlanishida oilalardagi muhitning, tarbiyaning ta'siri, farzand tarbiyasidagi yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklar hamda ko'rsatma, yo'l-yo'riqlar, bola tarbiyasida ta'lim muassasalariva oilaning hamkorligi haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: oila, jamiyat, bola tarbiyasi, mamlakat rivoji, ta'lim muassasalari, oiladagi muhit, tarbiya

Basics of family education

Aziza Nuriddin kizi Shodiyeva Saltanat Nariman kizi Sultanova Tashkent State University named after Alisher Navoi

Abstract: In this article, the role of the family in child upbringing, the influence of family environment and upbringing in the development of our society, mistakes and shortcomings in child upbringing, as well as instructions, guidelines, education in child upbringing there was talk about cooperation between institutions and the family.

Keywords: family, society, child education, country's development, educational institutions, family environment, education

Oila jamiyatning bir bo'lagi. Shaxsning rivojlanishi ham oiladan boshlanadi. Yaxshi yoki yomon inson bo'lib yetishish oilaga, undagi muhit hamda beriladigan tarbiyaga bog'liq. Oila rivojlansa jamiyat rivojlanadi. Jamiyatda bo'ladigan o'zgarishlar oilaga, oiladagi o'zgarishlar esa jamiyatga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Jamiyatni rivojlantirish uchun eng avvalo oilaga, undagi muhitga hamda tarbiyaga e'tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda "1998-yil - Oila yili" deb nomlangani ham oilaga bo'lgan e'tibor nishonasidir. Bu yildan boshlab oiladagi tarbiyaga, muhitga, oilalarning ijtimoiy ahvoliga nisbatan e'tibor kuchayadi.

Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek: "Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan, oila ahl va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asoslaridir." Darhaqiqat,

oila xalqimiz uchun juda muqaddasdir. Xalqimiz azal-azaldan bunga juda jiddiy qarashgan. Negaki, oilalarimiz tinch bo'lsa, xalqimiz, millatimiz tinch bo'ladi. Oila tinch bo'lishi uchun esa yuqorida aytib o'tganimizdek undagi muhit hamda tarbiya yaxshi bo'lishi lozim.

Oila tarbiyasi - oiladagi katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalanishidir. Yoshlarning har tomonlama yetuk bo'lib, rivojlanishi jamiyat uchun ham muhim sanaladi. Oila tarbiyasi haqida gap ketganda eng avvalo shuni aytish lozimki, oilada ota-ona munosabati yaxshi bo'lishi kerak. Bejizga, " Qush uyasida ko'rganini qiladi " degan gap aytilmagan. Oilada farzandlar ham ota-onasiga qarab o'rnak oladi. Oilada tartib, o'zaro hurmat, ishonch bo'lsa, oila mustahkam bo'ladi. Oilada ota-onaning o'z o'rni bo'lishi kerak. Oilada otaning o'rnini ona yoki onaning o'rnini ota egallasa, oiladagi muvozanat buziladi. Bu esa oiladagi farzandlarga, ularning tarbiyasiga katta ta'sir o'tkazadi. Oilada yosh avlodlar ota-onalaridan o'rnak olishadi. Oilada ota yoki onaning bo'lmasligi ham farzandlar tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota va onaning o'z o'rni hamda vazifalari bo'ladi. Oila a'zolaridan bittasining bo'lmasligi shu o'rinning to'lmay qolishiga olib keladi. Otasi yoki onasidan ajralib qolish bola uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ota-onasidan ajralgach bolaning qalbida hamda ongida jarohatlar bo'ladi, bola esa shu jarohatlarni ko'chadagi insonlardan yoki yomon odatlar bilan davolashga harakat qiladi.

Oila tarbiyasida otaning obro'si katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bog'lamasdan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar o'rtasidagi ta'limtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning o'qituvchilar bilan bo'lgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular o'z farzandlari to'g'risida ko'proq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa o'rnatishi, farzandining darslarini o'zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor bo'lib turishi, tarbiya masalalarida o'qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan so'ng nima bilan mashg'ulligi haqida o'qituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. O'z navbatida o'qituvchi va sinf rahbari ham bolaning o'qishi, odobi, xulqi, maktabda o'zini tuta bilishi haqidagi ma'lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tug'ilganda paydo bo'lgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining a'zosi bo'lib qolishi kerak. O'qituvchi va sinf rahbari ham o'z o'quvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yo'lga qo'ymog'i lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar

yaratilsagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila o'ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.

Oila tarbiyasida, farzandlar tarbiyasida ota-onaning nazorati qattiq bo'lishi kerak. Negaki, hozirda jamiyatimizdagi ko'pgina zararli illatlar sababli yosh avlodning tarbiyasi, xulqi yomon tarafga o'zgarib bormoqda. Qachonki, oilada ota va onaning munasabati farzandga nisbatan yaxshi bo'lsa bola o'ziga kerak bo'lgan mehrni ko'chadagilardan izlamaydi, u uchun oilasi davrasida bo'lish birinchi va asosiy o'rinda bo'ladi.

Shu o'rinda yana bir narsani aytib o'tish kerakki, bolani tarbiyalashda uni hamma xohish - istaklariga ham rozi bo'laverish yaramaydi. Bunday holda unga tanbeh berish ham xato. Faqatgina bolaga hotirjamlik bilan nima to'g'ri yoki nima noto'g'riligini tushuntirish lozim. Har qanday inson ham albatta yaxshi so'z bilan aytilgan gapga qarshilik qilolmaydi. "Shirin so'z jon ozig'i" deb bekorga aytishmagan ota-bobolarimiz.

Oila tarbiyasi, farzand tarbiyasida eng katta xato bu - bolaga qo'l ko'tarishdir. Qachonki, bola kattalar tomonidan kaltaklanda u ham jismonan ham ruhan sinib qoladi. Hayotga, kelajakka bo'lgan umidlari, atrofdagilarga nisbatan ishonchi yuqoladi, o'zini yolg'iz hamda chorasiz his qila boshlaydi.

Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo'ya xatti-harakatlarining guvohi bo'ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta'sirlanuvchan bo'lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e'tibor qaratishni uqtiradi. Haqiqatan ham voyaga yetmagan bola kattalarga nisbatan ta'sirchan bo'ladi. Bu davrda ularni qay yo'lga yo'naltirilsa shu yo'ldan borishadi va kelajaki, butun umri ham aynan shu davr ta'sirida bo'ladi.

Shunday ekan oilada ota-ona yoki ularni o'rnini boshuvchi shaxslar farzandlarning hayotiga jiddiy qaragan holda, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishi zarur. Bu mas'uliyatli vazifa albatta faqat ota-onalar, oilaning emas ta'lim muassasalarining ham vazifasi sanaladi. Bolani tarbiyalashda oila ham ta'lim muassasalari ham bir tan bir jon bo'lib, hamjihatlikda ish olib borishlari kerak. Chunki, farzand bu- millatning, yurtning, xalqning ham kelajagi bunyodkori sanaladi. Shunday ekan har bir kelajagini o'ylagan inson, avvalambor, farzandiga qolaversa, butun jamiyatdagi yosh bolalarda e'tibor qaratish lozim. Jumladan, ko'chada yurgan bolaning nojo'ya so'z aytayotgani yoki noto'g'ri harakat qilayotganini ko'rgan kishi "menga nima" deb emas, bu bizning ham farzandimiz, kelajagimiz deb qarashi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/pedagogik-psixologiya/oilada-tarbiya-asoslari;

2. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.