Научная статья на тему 'OGAHIY IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA “ADOLAT” KATEGORIYASINING GERMENEVTIK TAHLILI'

OGAHIY IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA “ADOLAT” KATEGORIYASINING GERMENEVTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adolat / ijtimoiy adolat / axloqiy adolat / ilohiy adolat / adolatsizlik / odil shoh / axloq / shaxs / jamiyat / ideal davlat. / Justice / social justice / moral justice / divine justice / injustice / just ruler / morality / personality / society / ideal state.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sherali Shavkatovich Shavkatov

Maqolada Muhammad Rizo Ogahiy ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarida “adolat” kategoriyasi germenevtik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mutafakkirning nazmiy va nasriy asarlaridagi “odil shoh”, “ideal davlat” haqidagi nazariyalari ilmiy jihatdan ochib beriladi. Shuningdek, adolat va uning ko’rinishlari bo‘lgan ijtimoiy adolat, axloqiy adolat va ilohiy adolat masalalari ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A HERMENEUTIC ANALYSIS OF THE CATEGORY OF 'JUSTICE' IN AGAHI'S SOCIO-PHILOSOPHICAL VIEWS

The article analyzes the category of 'justice' in the socio-philosophical ideas of Muhammad Riza Agahi from a hermeneutic perspective. The thinker's theories about the 'just ruler' and the 'ideal state' in his poetic and prose works are scientifically revealed. Additionally, issues of justice and its manifestations, such as social justice, moral justice, and divine justice, are examined.

Текст научной работы на тему «OGAHIY IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA “ADOLAT” KATEGORIYASINING GERMENEVTIK TAHLILI»

OGAHIY IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA "ADOLAT" KATEGORIYASINING GERMENEVTIK TAHLILI

Sherali Shavkatovich Shavkatov

Tayanch doktorant Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mail: sheradonis2022@gmail.com Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya: Maqolada MuhammadRizo Ogahiy ijtimoiy-falsafiy g 'oyalarida "adolat" kategoriyasi germenevtik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mutafakkirning nazm iy va nasriy asarlaridagi "odil shoh ", "ideal davlat " haqidagi nazariyalari ilm iy jihatdan ochib beriladi. Shuningdek, adolat va uning ko'rinishlari bo'lgan ijtimoiy adolat, axloqiy adolat va ilohiy adolat masalalari ko'rib chiqiladi.

Kalitso'zlar: adolat, ijtimoiy adolat, axloqiy adolat, ilohiy adolat, adolatsizlik, odil shoh, axloq, shaxs, jamiyat, ideal davlat.

A HERMENEUTIC ANALYSIS OF THE CATEGORY OF 'JUSTICE' IN AGAHI'S SOCIO-PHILOSOPHICAL VIEWS

Sherali Shavkatovich Shavkatov

Ph.D. student,

Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: sheradonis2022@gmail. com Tashkent, Uzbekistan.

Abstract: The article analyzes the category of 'justice' in the socio-philosophical ideas of Muhammad Riza Agahi from a hermeneutic perspective. The thinker's theories about the 'just ruler' and the 'ideal state ' in his poetic and prose works are scientifically revealed. Additionally, issues ofjustice and its manifestations, such as social justice, moral justice, and divine justice, are examined.

Keywords: justice, social justice, moral justice, divine justice, injustice, just ruler, morality, personality, society, ideal state.

ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ КАТЕГОРИИ «СПРАВЕДЛИВОСТЬ» В СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИХ ВЗГЛЯДАХ АГАХИЯ

Шерали Шавкатович Шавкатов

Базовый докторант Ташкентский государственный университет востоковедения

E-mail: sheradonis2022@gmail.com Ташкент, Узбекистан

Аннотация: В статье категория «справедливость» в социально-философских идеях МухаммадаРиза Агахий анализируется с герменевтической точки зрения. Научно раскрываются теории мыслителя о «справедливом правителе» и «идеальном государстве» в его поэтических и прозаических произведениях. Также рассматриваются вопросы социальной справедливости, моральной справедливости и божественной справедливости как проявления справедливости.

Ключевые слова: справедливость, социальная справедливость, моральная справедливость, божественная справедливость, несправедливость, справедливый правитель, мораль, личность, общество, идеальное государство.

KIRISH.

Ijtimoiylik, ijtimoiy borliq haqida fikr yuritilar ekan har bir faylasuf adolat, adolatsizlik, tenglik, tengsizlik, erkinlik kabi tushunchalarga to'xtalib, ular haqida o'z fikr mulohazalarini keltirib o'tadi. Buning bosh sababi esa inson va jamiyat, xalq va davlat orasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar aynan shu kategoriyalar negizida barpo etilishidadir.

XIX asr Xorazm mutafakkirlari singari Muhammad Rizo Ogahiy ham "adolat" va "adolatsizlik" tamoyillariga katta urg'u beradi. Ularni ijtimoiy-falsafiy jihatdan mushohada etishga harakat qiladi.

"Adolat" arabcha J-^ - "adl" so'zidan olingan bo 'lib, odillik, to 'g'rilik, hamma uchun barobar bo'lgan haqiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishidir [14, 35]. U insoniyatning asosiy orzusi, manaviyat, axloq va huquqning asosiy kategoriyalaridan

biridir. "Adolat" tushunchasini lug'aviy tahlil qilgan U. Ergashev "Ado" - tugatish, "Lat" - ozor berish, azob berish ya'ni azob, uqubat, jabr, alamni tugatish demakdir" [2, 26], - deb ta'rif beradi.

Adolat mazmun jihatdan siyosat, boshqaruv va huquq sohalari bilan aynanlikda namoyon bo'lsada, sharq mutafakkirlari dunyoqarashlarida bu tamoyil asosan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga oid tushuncha sifatida talqin qilinadi [7, 76]. "Adolatning yana bir muhim xususiyati s hundan iboratki, - deb ta'kidlaydi H. Aliqulov, - u yaxshilik, burch, ideal, vijdon va boshqa axloqiy kategoriyalar bilan chambarchas bog'liq. Adolat va adolatsizlik, ayniqsa, yaxshilik va yomonlik bilan yaqin turadi" [3, 10]. Shu jihatdan adolatning ikki xil turini faqlash muhim hisoblanadi. Adolat ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan axloqiy adolat va ijtimoiy adolat turlariga ajratiladi [21, 137]. Axloqiy adolat - axloqiy jazoning induvidual hatti harakatlarga muvofiqligini anglatadi. U induvidual axloq normalari bilan o'lchanadi. Ijtimoiy adolat esa antroposenteristik nazariyani o'ziga mezon sifatida oladi. Ijtimoiy adolat har qanday tarixiy davrda jamiyat rivojlanishining tub mohiyati bilan bog'liq falsafiy kategoriyadir. U o'z ichida ijtimoiy-iqtisodiy, diniy va ma'nafiy-mafkuraviy munosabatlarni mujassam etadi.

Shu jihatdan Muhammad Rizo Ogahiy singari Xorazm mutafakkirlari dunyoqarashlaridagi adolat, adolatsizlik, jabr zulm, ijtimoiy tengsizlik singari g'oyalarini tadqiq etish davomida ularning axloqiy me'yorlar bilan bog'lanib kelishini, tadqiqot predmeti esa ijtimoiy-axloqiy me'yorlar bilan baholanishini unutmasligimiz kerak [23, 6]. Ammo, shu ham ta'kidlash o'rinliki, Muhammad Rizo Ogahiy ko'p jihatdan ijtimoiy axloq tamoyili asosida ijtimoiy-siyosiy hayot, jamiyat va davlatni idora etishdagi adolat kategoriyasiga alohida to'xtalib o'tadi. Uning ko'plab g'oyalari oddiy mehnatkash xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda bayon etiladi. Biroq Ogahiy ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy mavzuga oid birorta ham asar bitmagan. Buning o'rnida yuqorida aytganimizdek, "Ta'viz ul-oshiqin" devonidagi g'azal va masnaviylarda yoki nasriy asarlarining ba'zi o'rinlarida bu haqida to'xtalib o'tadi.

USLUBLAR.

Sharqda adolat eng yuksak fazilat sifatida asrlar davomida qadrlanib kelingan. Adolat mavzusiga bag'ishlab ko'plab asarlar bitilgan. Jumladan, Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Voiz Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" kabi asarlarida adolat masalasiga alohida urg'u beriladi.

Adolatning sotsiogenezi haqidagi ta'limotni yaratishga uringan buyuk ajdodimiz Abu Nasr Farobiy adolatni ijtimoiy iyerarxiya va tartibning mavjud bo'lishi uchun zarur bo'lgan huquqiy kategoriya deb hisoblaydi [14, 35]. Shuningdek, Farobiy fikricha adolat nisbiy tushunchadir. Ba'zilar uchun adolat, boshqalar uchun adolatsizlik bo'lib tuyulishi mumkin[1, 69].

Voiz Koshifiy nazdida "adl shunday ziynatdirki, u mamlakatga oroyish beradi, bir quyoshki, uning nuri bilan zulmat yorug'likka aylanadi. ...adl zulm kurganlarning dodiga yetib, ahvollariga shavqat ko'zi bilan qarash demak" dir [8, 47]. "Agar adolat himoya qilinmasa zaif va kuchsiz odamlar yo'qolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi, chunki kishilar turmushi bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lib usiz yaxshilanmaydi"[22, 51].

Adolat masalasi Alisher Navoiyning har bir asarida namoyon bo'ladi. U adolat va adolatsizlik haqida to'xtalar ekan quyidagilarni bayon etadi:

"Adolat bila elni qil bahramand,

Ki yaxshiga ketsun yamondin gazand.

Navosiz ulusning navobaxshi bo'l,

Navoiy yomon bo'lsa, sen yaxshi bo'l" [4, 439].

Ya'ni, Navoiy kishilarni adolatli bo'lishga chaqirar ekan, ularni aql, ma'rifat, ilm-fan bilan qurollanishini xohlaydi. Butun ma'rifatsiz, johil xalqqa ma'rifat tarqatguvchi bo'lki, unga adolat ko'rsatgan bo'lasan deb hisoblaydi.

NATIJALAR.

Ogahiy ham o'zidan oldin o'tgan mutafakkirlar izdoshi sifatida adolat kuychisi bo'lib xizmat qiladi. U adolatni jamiyat taraqqiyotining asosi, komil inson ma'naviyatining cho'qqisi deb biladi. U xalqqa murojaat qilib, insonlarni adolatli bo'lishga davat etadi:

"To talab tariyqning qat'ida bo'lib ko mil,

Komi dil bila sayri olami haqiqat qil.

Qolmasun desang to'lmay yeru ko'k savobingdan,

Hech yong'a mayl etmay hukm aro adolat qil" [11, 343].

Yuqoridagi to'rtlikdan shunday xulosaga kelishimiz mumkin: "talab taryiqi" ya'ni riyozat, irodat, uzlat, ma'rifat, ishorat va muhabbatda komillikka erish va u bilan dunyoda haqiqatni o'rnat. Hech tomonga chalg'ima, o'z fîkring bilan adolatli bo'l Doim adolatli qaror qabul qil. Bu jihatdan Ogahiy "adolat" tamoyilining axloqiy tomoniga katta urg'u beradi. U eng avvalo insonlarni kamtar bo'lishga, ma'rifatga ergashishga, donoligi, qat'iyatligi, nafsini tiya bilishi bilan boshqalarga o'rnak bo'lishga, insonparvar, saxiylikda, insonparvarlikda, mehribonlikda va haqiqatparvarlikda boshqalarga o'rnak bo'lishga chaqiradi.

Ogahiy adolatli bo'lishda, boshqalarga hayr sahovat qilganda shoh-u gadoni bil xilda, tenglikda ko'rmoqlikni uqtiradi. Bir kishini ikkinchisidan ajratmaslikka, hattoki, yaxshi yomonni bir bilmoq keraklika chaqiradi. Bunga misol sifatida Ogahiy "Ustina" radifli g'azalida quyoshni nurlarining vayrona va obod joylarga bir xilda nur sochishini misol sifatida keltiradi [15, 408].

Ogahiyning ijtimoiy falsafiy qarashlarida "ofoq va anfus" (tashqi olam va inson botiniy olami)ni, insonning ichki va zohiriy dunyosini, turli ko'rinishlarda bayon etar ekan adolat, haqiqat, mehr, sahovat, vafo, sadoqat kabi tushunchalarga bir necha bor to'xtaladi, ularni ulu'glaydi. Shu bilan birga, adolatsizlik, jabr-zulm, jaholat va nohaqlik kabi nuqsonli fazilatlarni qoralaydi. Ogahiy zamondoshlari Munis Xorazmiy va Komil Xorazmiyga nisbatan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni chuqurroq tahlil qiladi, o'z fikrlarini ochiq oydin bayon qiladi[7, 83].

MUHOKAMA.

Ogahiy dunyoqarashining shakllanishida Alisher Navoiyning ijtimoiy adolat haqidagi qarashlari bitilgan asarlari, g'azal va ruboiylari g'oyaviy manba bo'lib xizmat qiladi. Ogahiy ularning ba'zilariga muxammaslar bog'laydi. Ogahiy borliq, tabiat, jamiyat, inson, axloq, davlatni oqilona adolat bilan boshqarish masalalarida Navoiy

izidan boradi. Alisher Navoiy hukmdorlarning davlatni adolat bilan boshqarishi, malakat obodligini ta'minlashi xususida shunday yozadi: Shohki ishi adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkini obod etar. Shohki erur adl ila davron anga, Bo'ldi sirot o'tmagi oson anga[5, 198].

Demak, shoh har bir ishini adolat bilan bajarsa, mamlakatni boshqarish ishida adolat tamoyillariga ergashsa, vayronagarchilikka duchor bo'lgan mamlakat ham obod bo'ladi. Adolat mezonlariga rioya qilgan, xalqqa adolat ko'rsatgan shoh ikki dunyo saodatiga musharraf bo'ladi. Mazlum xalqqa ko'rsatgan adolati uchun sirot ko'prigidan osonlikcha o'ta oladi. Bu jihatdan biz Ogahiyning ijtimoiy adolat mezonida axloq siyosatdan ustun qo'yilganini ko'rishimiz mumkin.

Xususan, butun sharq olamida hukmdorning yuksak axloqiy fazilatlariga qarab uning siyosatiga baho berganlar. Adolatning siyosiy jihati esa, hukmdorning davlatni oqilona boshqaruvida, fuqarolarga bo'lgan munosabatida o'z aksini topgan [16, 120].

Muhammad Rizo Ogahiyning ham yurt tinchligi, xalqning faravonligi, mamlakat obodligi yurt hukmdorining adolatli boshqaruvi mevasi ekanligi haqidagi qarashlari Alisher Navoiy asarlarining ta'siridandir. Uning "agar davlat va millatni odil, olam sirlaridan ogoh, ma'rifatli kishilar boshqarsa, uning ikki dunyosi obod bo'ladi", - deb boshlanuvchi g'azali Alisher Navoiyning yuqoridagi bayti bilan mushtarakdir [7, 83]. Yoki, boshqa bir o'rinda Ogahiy agar podshoh adolat bilan davlatni boshqarsa, ikki dunyo podshohligiga erishadi deb ta'kidlaydi: "Ki, har shahki adl etsa, lutfi iloh, Oni qilg'usi ikki olamda shoh. Topar rutba zuhd ahli toat bila, O'tar shoh andin adolat bila. Adolat bila dahr elin shod qil, Jahonni jinon yanglig' obod qil" [10, 89].

O'rta asrlarda bo'lganidek yangi davrda ham Osiyo malakatlarining asosiylarida davlatni boshqarishning ideal shakli - monarxiya, ya'ni podshohlikka asoslangan boshqaruv shakli edi. Shu sababli ushbu davr mutafakkirlari davlat tuzumi tepasida adolatli va marifatli hukmdor bo'lishi lozimligi haqidagi idealistik g'oyalarni ilgari surdilar. Masalan, Alisher Navoiy o'tmishda o'tgan shoirlar, xususan Sosoniylar hulkdori Anushirvonni har tomonlama ideallashtiradi. Uni axloqiy sifatlar bilan ulug'laydi. Bundan tashqari u o'z asarlarida Iskandar obrazini shakllantiradi. Mutafakkir tasvirlagan Iskandar adolatli va har tomonlama komillikka erishgan podshoh obrazidir. Navoiy nazdida u insonparvar, dono, aqlli, bilimdon, jasur, qat'iyatli, xalq manfaati yo'lida g'am chekuvchi, beva-bechoralarga yordam qo'lini cho'zuvchi, mulohazali, yaxshi fazilatlar sohibi, adolatli podshoh, komil inson sifatida talqin qilinadi [16, 118].

Ogahiy ham Alisher Navoiy singari hukmdorlar tarifini berayotganda ularni o'tmishdagi ideal hukmdorlar obraziga mengzaydi. Masalan Olloqulixon tarifini berayotganda shunday deydi: ".. .shahriyori Iskandar shavkat, tojdori Sulaymon savlat, xadivi gardun viqor, xisravi Faridun iqtidor.. ."[13, 40]. Bu jihatdan Ogahiy ham xonlar tarifini berish bilan birga ularni odillikka, ma'naviy poklikka chaqiradi.

Islom olamida podshoh Xudoning yerdagi xalifasi, degan fikr ustovorlik qilgan bo'lib, aqidaga ko'ra podshoh adolat ramzi hisoblangan. Faoliyati davomida podshoh faqat adolat meyorlari asosida ish tutmoqligi, undan chetga chiqmasligi lozim bo'lgan. "Musulmon mamlakatlarida davlat boshlig'ining faoliyatiga ikki xil nuqtai nazardan baho berish odat bo'lgan, - deya o'z fikrini bildiradi ingliz islomshunos olimi E. Rozental, - bular, ilohiy-huquqiy va tarixiy-siyosiy jihatlardir. Qolaversa davlat boshliqlari har qanday sharoitda ham musulmon ekanligini yodda tutib, shariat qonun qoidalariga asosan mukammal islom davlatchiligining ustuvorligiga ishonishgan" [17, 6]. Bu o'z navbatida sharqdagi "ilohiy adolat" tushunchasining aynan o'zidir.

Muhammad Rizo Ogahiy ham "ilohiy adolat" tamoyiliga ergashib, xonlik rutbasi xudo tomonidan shohlarga berilishiga is hora etadi va "Qasidai nasihat" asarida

Muhammad Rahimxon Feruzga nasihat qilar ekan uni ushbu masuliyatli ishni himmat bilan bajarishi kerakligini uqtiradi:

"Bugun, podshoho, sanga saltanat,

Beribdur xudo kurguzub marhamat.

Uzingni buyuk chekkali chorlag'il,

Kamar belga himmat bilan bog'lag'il" [12, 376].

Yoki, boshqa bir o'rinda ya'ni "Zubdatu-t-tavorix" asarida Xudo o'z lutfi bilan butun borliqqa jon ato etar ekan, podshohlarni eng baxtli qilib ularni o'z muruvvatidan toju taxt bilan siyladi, deb shunday yozadi: "Xudoyeki izhor etib lutfu jud, Bari ofarinishg'a berdi vujud. Qilib podshohlarni firuzbaxt, Karamdin ato ayladi toju taxt" [10, 27].

Ogahiy o'zining umr davomida xizmat qilgan barcha shohlarga qo'lidan kelguncha adolatli bo'lishni uqtirishga harakat qiladi. Bu ayniqsa Muhammad Rahimxon II Feruz obrazida yaqqol namoyon bo'ladi. "Muhammad Rahimxonning buyuk shaxs bo'lib shakllanishida zamonasining ulug' tarixchisi va shoiri, ajoyib tarjimoni Muhammadrizo Ogahiyning roli katta bo'lgan. U yosh shahzodani otaliqqa olib, unga ta'lim-tarbiya berib, adabiyot, tarix va san'atga, ayniqsa, she'r va bastakorlikka muhabbat uyg'otgan. Shu bilan birga dono ustoz tarbiyasi va pand nasihatlari tufayli shahzoda o'zida botirlik va tadbirkorlik, adolatli va himmatli bo'lish, fisqu fasodga yo'l qo'ymaslik va dushmanga shavqatsiz bo'lish kabi xislatlarni mujassamlashtirgan" [9, 302].

Alisher Navoiy do'sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan, unga atab "Hiloliya" qasidasini yozadi. Qasidada u Husayn Boyqaroni "hilol oy" (yangi chiqqan oy) timsolida tasvirlaydi. Xususan, Ogahiy ham 1865-yil Muhammad Rahimxonning taxtga o'tirishi munosabati bilan unga atab qasida yozadi. Bu qasida "Qasidai nasihat" deb nomlanadi. Qasidaning asosiy ruhi va yo'nalishi oddiy qasidalardan farq qilib, unda shoir xonga yo'l-yo'riq ko'rsatadi, nasihat qiladi,

mamlakat xalqini adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Qasidada xonni maqtashdan ko'ra ko'proq shoir o'z siyosiy qarashlarini ifoda etishni maqsad qilib qo'yadi[12, 399]. Bayoniy o'zining Shajarayi Xorazmshohiy asarida ushbu qasida haqida shunday deydi: "...ul hazratni muxotab etib, davlathohlik tariqin tutib, mav'izaning dodin beribdur"[6, 190].

XULOSA.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Ogahiy o'z nasihatlarida saltanatni boshqarishning yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Shoir fikricha, har qanday davlat boshlig'i hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi lozim. Podshohi himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli kambag'alparvar bo'lishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega bo'lsa, hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo'ladi, degan fîkrni ilgari suradi.

Ogahiy davlatni boshqarishning yo'llarini ham ko'rsatib o'tgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog'i darkor. Aysh ishratdan, fitna va g'iybatdan, g'aflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo'lishi kerak. Xiva xoni Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to'g'risidagi maslahatlariga quloq tutib, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib arzxonalariga qo'ydirdi, ko'p ezgu ishlarni amalga oshirdi.

Navoiydan ilhomlangan mutafakkir, o'zidan oldin o'tgan faylasuflar singari odil podshoh obrazini gavdalantiradi va adolatli davlat namunasini beradi.

"Adolat" va "adolatsizlik" tushunchalarini tahlil etar ekan, ularni alohida kategoriya sifatida davlatlarning kelajagini belgilovchi omil sifatida biladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

2. Alimova Z. Ijtimoiy adolat tamoyillari va uning islom dinida namoyon bo'lish xususiyatlari (falsafiy tahlil): diss. fal. fan. nomz. - Toshkent, 2006. - B. 26.

3. Aliqulov H. Adolat buyuk donishmandlar talqinida. - T. : Falsafa va huquq institute nashriyoti, 2010.

4. Alisher Navoiy Saddi Iskandariy. - T.: O'zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.

5. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989.

6. Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy. -T.: Ziyo.uz kutubxonasi, 2014.

7. Doschanova U. XIX asr Xorazm mutafakkirlari dunyoqarshlarida gumanistik g'oyalar: diss... fal. fan. nomz. - Toshkent, 2011.

8. Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

9. Jabborov I. Yuksak madaniyat va noyob ma'naviyat maskani. - T.: O'zbekiston, 2012.

10. Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy. Zubdatu-t-tavorix // Nashrga tayyorlovchi, so'zboshi, izoh va ko'rsatkichlar muallifi N. Jabborov. - T.: O'zbekiston, 2009.

11. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. II jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, Mas'ul muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972.

12. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. V jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1978.

13. Muhammadrizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971.

14. Nazarov Q. Jahon falsafasi qomusi. 1-kitob. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2023.

15. Ogahiy Ta'viz ul-oshiqin // Nashrga tayyorlovchi: Sh. Sharafiddinov, muharrir: Rahmat Majidiy. - T.: O'zSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1960.

16. Pardayeva M. Alisher Navoiy asarlarida komil inson g'oyasi: diss... fal. fan. nomz. - Toshkent, 2010.

17. Rosenthal E. Some aspects of Islamic political thought // Islamic culture // An English Quarterly, 1948, January.

18. Shavkatov Sh. Sh. Komil insonni shakllantirishda Ogahiy ijodining ta'siri - Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022. - №2 9.

19. Shavkatov Sh. Sh. Muhammad Rizo Ogahiy ijodidagi antropologik qarashlar. - Falsafa va huquq, 2023. - №2 2.

20. Shavkatov Sh. Sh. Muhammad Rizo Ogahiyning "Ta'viz ul-oshiqin" asarida falsafiy g'oyalar: insonning tabiati, axloqi va jamiyatdagi o'rni. - International scientific journal of Biruni, 2023. - №2 1/2.

21. Sultanov S. Ijtimoiy adolatni tushunishga zamonaviy yondashuvlar. -Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2023. - №2 3 (1/2).

22. Voiz Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. Adolat bobi // Qo'lyozma. O'zR FA SHI, № 3020.

23. Бербешкина З. Справедливость как социально -философская категория. - М.: Наука, 1983.

24. Jumayev G.I. "Audiomanuscript" - a project on the study of oriental manuscript sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.

25. Jumayev G.I. Oq qo'yunli etnonimining etimologiyasi. // Scholar scientific journal.Volume 1, Issue 34. December. 2023. P. 85-90.

26. Jumayev G.I. Boyondurlar: tarixi va etimologiyasi. // Educational Research in Universal Sciences. Volume 2, Issue 17. December. 2023. p.215-219.

27. Jumayev G.I., Doniyorov A.X., va boshq. History of the study of "Temur tuzuklari" (Temur's regulations or Temur's laws). // New York Academic Research Congress On Social, Humanities, Administrative, And Educational Sciences Proceedings Book, - Turkiye. 2024, - S 972-975.

28. Исходов M.M., Жумаев F. И. «Хабиб ус -сияр» ва «Матла ус -саъдайн» асарларида дипломатик ва элчилик муносабатларнинг акс эттирилиши. // Sharqshunoslik / Во с т о к о ве де н и е / Oriental studies 2022, № 1. - Тошкент, - Б 120-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.