Научная статья на тему 'ODIL YOQUBOV ROMАNLАRIDА PSIXOLOGIK TАSVIR MАHORАTI'

ODIL YOQUBOV ROMАNLАRIDА PSIXOLOGIK TАSVIR MАHORАTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1194
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Odil yoqubov / roman / psixologik tasvir / ichki-ruhiy olami. / Odil Yakubov / novel / psychological image / inner world.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Otamirzayeva Xulkar

Ushbu maqolada Odil Yoqubov romanlarida psixologik tasvir mahorati yoritilgan. Adibning bir nechta asarlari misolida mavzu to’liq ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL IMAGERY IN THE NOVELS OF ODIL YAKUBOV

This article describes the psychological imagery in Odil Yakubov's novels. The subject is fully explained in the example of several works of the author.

Текст научной работы на тему «ODIL YOQUBOV ROMАNLАRIDА PSIXOLOGIK TАSVIR MАHORАTI»

ODIL YOQUBOV ROMАNLАRIDА PSIXOLOGIK TАSVIR MАHORАTI

Otamirzayeva Xulkar

NamDU 1-kurs magistranti Kosonsoy tuman 20-sonli maktab ona tili adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6609758

Annotatsiya. Ushbu maqolada Odil Yoqubov romanlarida psixologik tasvir mahorati yoritilgan. Adibning bir nechta asarlari misolida mavzu to'liq ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Odil yoqubov, roman, psixologik tasvir, ichki-ruhiy olami.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОБРАЗЫ В РОМАНАХ ОДИЛЯ ЯКУБОВА

Аннотация. В данной статье описываются психологические образы в романах Одила Якубова. Тема полностью раскрыта на примере нескольких работ автора.

Ключевые слова: Одил Якубов, роман, психологический образ, внутренний мир.

PSYCHOLOGICAL IMAGERY IN THE NOVELS OF ODIL YAKUBOV

Abstract. This article describes the psychological imagery in Odil Yakubov's novels. The subject is fully explained in the example of several works of the author.

Keywords: Odil Yakubov, novel, psychological image, inner world.

KIRISH

Badiiy adabiyotda psixologik-ruhiy tasvirning o'rni benihoya kattadir. Yozma adabiyotda psixologik-ruhiy tasvir tushunchasi ostida adabiy qahramonlarning ruhiy olami, ichki dunyosi, orzu-o'ylari, kechinmalari, kayfiyatlari hamda intilishlarini yuksak badiiylik asosida tasvirlash san'ati yotadi. Uning mohiyatini esa, qahramon xarakteriga xos xislatlarning, ruhiy olamining qay holda, qay vaziyatda ochilishi belgilaydi. Yozma adabiyotda psixologik tasvir anchagina chuqur va ko'p qirralidir, ya'ni unda, nafaqat ruhiy-psixologik tasvir, balki ruhiy tahlil hukmronlik qilish darajasiga yetadi. Ruhiy tahlil kuchli bo'lgan adabiy-badiiy asarlarda har bir detal, xatti-harakat, epizod, har bir voqea u yoki bu qahramonning ichki-ruhiy olamini ochishga bo'ysundiriladi.O.Yoqubov qissalari qahramonlarining o'ziga xos ma'naviy olami qanday badiiy talqin etilganligi, yozuvchi asarlarida hayotning qaysi jihatlarini tasvirlashga moyillik mavjudligi hamda qaxramonlarining umuminsoniy, milliy-ma'naviy qadriyatlarini o'quvchi shuuriga ko'chirishning badiiy mezonlarini oydinlashtirganligini aniqlash masalasi adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Adabiyotshunos U. Normatov e'tirof qilganidek, "Adib asarlari avvalo hayotiyligi, haqqoniyligi, davrning o'tkir ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy masalalarini dadil o'rtaga qo'yganligi, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatning yangi qirralarini ochishga qaratilganligi, keskin dramatizmi, teran gumanizmi, inson hayoti xususidagi ehtirosli bahs-munozaralari bilan ajralib turadi. Yozuvchi o'zbek romani poetikasiga ko'pgina yangiliklar olib kirdi, polifonik roman namunalarini yaratdi." Adib izlanishlarida roman syujetining o'ziga xosligi va teran falsafiy mantiq uzviyligi, ruhiyat tasviri va ifoda mustaqilligining uzviy birligi yetakchilik qiladi.

Adib romanlarida xarakter yaratish mahorati o'ziga xos ravishda kechadi. Xoh u zamonaviy mavzuda bo'ladimi, xoh tarixiy mavzudami, qaysi muammoni tasvirlashdan qat'iy nazar, Odil Yoqubov zukko kitobxonni inson qalbiga yaqinlashtirib qo'yadi. Kitobxon ham aynan ushbu jarayon ishtirokchisiga aylanadi. Jonli tasvir bo'yoqlarida qahramon iztiroblarini,

quvonchu shodliklarini xuddi o'zinikidek qabul qiladi. Bu kabi xususiyatlar adib ijodiy kredosining muhim, ajralmas halqalarini tashkil etadi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

TADQIQOT NATIJALARI

O.Yoqubov yozuvchi sifatida elga tanitgan asar 1961 yili e'ion qilingan «Muqaddas» qissasi bo'ldi. «Tengdoshlar»dan «Muqaddas» qissasiga qadar o'tgan o'n yillik davr go'yoki yozuvchi uchun ijodda o'zligini topish yo'lidagi betinim izlanish, odat tusiga kirgan adabiy qoliplar bilan murosasiz olishi, ma'lum «konfliktsizilk nazoriyasi» asoratini, kitobiylik ta'sirini engib o'tish yo'llari bo'ldi. Muallif «Muqaddas» qissasida hayotning o'zidan olgan zavqini, o'z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o'zi qalamga olgan hayotiy hodisalarni ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan kitobxonga etkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda samimiy hikoya qilingan, eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo'lgan gap kitobxon ko'ngliga hayajon soladigan darajada go'zal bir poetik shaklni topa olgan:

Yozuvchi romanlaridagi umumiy bir sifat shundan iboratki, u shaxs psixologiyasining o'rab turgan muhit xarakteri bilan murosa-madora qilmasligida qabarib ko'rinadi. Uning yaratgan qahramonlari jamiyat hayotida, kundalik turmushida ro'y berayotgan nohaqliklaru adolatsizliklar, ko'zbo'yamachiliklaru firibgarliklarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. "Diyonat" ham o'z davrining mahsuli bo'libgina qolmasdan, XX asr nasrining barmoq bilan sanarli asarlari sirasida turishini hech kim mubolag'aga yo'ymasa kerak. Badiiy asar shundayki, sof san'at namunasi yillar, asrlar o'tsa hamki eskirmaydi, har qanday tuzum va davr qobig'idan yorib o'tib, odamzod kelajagi uchun beminnat xizmat qilaveradi. Shu ma'noda Odil Yoqubov olamning go'zalligi, insoniyatning shu go'zallikka munosabatini, gumanizm mohiyati va qadr -qimmatini butun ijodi badiiy to'qimalariga yoyilib ketgan milliy ma'naviyat ifodasiga singdiradi. Odamzodning ruhiy barkamolligi, ezgu maqsadi haqidagi falsafiy teran tasvir yo'nalishi adibning dunyoqarashi va nazariy tasavvuri kengligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ijodkorning har bir asarida, xoh u kichik janr bo'lsin, xoh u yirik hajmli polotno bo'lsin, diyonat, oqibat va mehr-muhabbat tushunchalari talqini markaziy chiziqni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, sog'lom e'tiqod tadriji qahramon xarakterining uzviy qismiga aylanadi. Tasvirdagi aniqlik esa aynan kichikdan kattaga, xususiy hodisalardan hayotiy umumlashmalarga bo'lgan intilishning kuchliligi bilan izohlanadi. O'z navbatida yozuvchi g'oyaviy munosabati xalq ruhiyati, millat istiqbolini atroflicha tahlil qilish vositasida oydinlashadi. Bu munosabat insoniyat kelajagiga ishonch bilan qarash, uni idrok etish va tushunish nuqtai nazaridan mantiqiy yaxlitlik kasb etadi. Aslida ijodiy mantiqning asl mazmuni ham millat irodasi va maqsad-intilishlarini chuqur o'zlashtirishga borib taqaladi. Chunki, mazkur tushuncha, xarakterli belgini axtarish va unga urg'u berish mushtarakligidan oziqlanadi.

MUHOKAMA

Adib romanlarida shaxs psixologiyasini jamiyat, tabiat hodisalari bilan omuxta badiiy-psixologik tadqiq etish tamoyili tadriji ko'zga tashlanadi. Darhaqiqat, badiiy talqin doimiy tarzda inson dunyoqarashida namoyon bo'lish tarzining sinoatlari kashfiyotida, ko'ngil izhori va ruh falsafasi ma'nolarini anglashda tadrijiy takomillashib, evrilib boradi.

Odil Yoqubov asarlarida tafsilotlar hajmi hamda uzviy aloqadorligi voqelikni badiiy tadqiq etish miqyosi va adib fitratida tiklanadigan nazariy kontseptsiyani ilgari suradi. Bu kontseptual qarashlar qo'yilgan masala va uning zalvorini ikir-chikirlar bilan qamrab olishga

yo'l ochadi. Adib ana shu mazmuniy butunlik orqali hayotiy material talqiniga munosabatini bildiradi. Maishiy tafsilotlar uzviy aloqadorligi voqelikni badiiy tadqiq etish miqyosi va adib fitratida mavjud insoniy

haqiqatlarni asoslashga qaratiladi. Bu kontseptual qarashlar romanda qo'yilgan ijtimoiy-axloqiy masala va uning zalvorini ikir-chikirlar bilan qamrab olishga zamin hozirlaydi. Yozuvchi ijtimoiy-psixologik ziddiyatlarni tasvirlar ekan, bu jarayon qahramon xarakterining shakllanishiga asos bo'ladi. Natijada, mono-dialogik ong ijodkor tamoyillarini boshqaradigan shakliy-uslubiy izlanishlar ko'lamini

ta'minlaydigan bosh mezon darajasiga ko'tariladi. Hayotiy-poetik tasvir yozuvchi ijodiy niyati bilan o'zro birikib, maqsadning yuzaga chiqishiga zamin yaratadi.

Yozuvchi badiiy obrazni individual xususiyatlari bilan ko'rsatish orqali konkretlashtiradi, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etadi, emotsionallikka erishadi. O'quvchi hissiyotiga ta'sir qiladi, uni ishontiradi. Zamonamizning ma'naviy-ijtimoiy jarayonlarini badiiy tahlil qilgan uchala romanini, yaxlit holda o'ziga xos trilogiya sifatida kuzatsak, muammolar tadqiqi romandan romanga o'sib borish jarayonining guvohi bo'lamiz.

Har bir davrda inkishof etilgan badiiy talqin olam va odamni yangicha idrok etib, o'z dunyosini bunyod etayotgan ijodiy-mantiqiy tushunchani ham ilgari suradi. Badiiy mohiyatning o'ziga xosligi, mushohadaning ong hamda tuyg'uda qayta ijodiy shakllantirilgan tizimiga asoslanganida ko'rinadi. Xarakter insonga singdirilgan muallif kontseptsiyasida davr va jamiyatning butun borlig'i, taraqqiyoti, zamon evrilishlari silsilasida tug'ilayotgan ziddiyatlar, real muammolar, negativ holatlar o'z ifodasini topadi.

XULOSA

Romanchilikda Sharq va G'arb adabiy an'analari sintezi yangi zamonning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy, individual-ruhiy hamda adabiy hodisalarning bevosita yangilanishni taqozo etishi tufayli yuzaga keldi. Zamonaviy romanchilikda o'tmishda paydo bo'lgan, asrlar davomida

sayqal topgan tamoyillar yangi davr ijtimoiy-tarixiy sharoitining yetilgan ehtiyojlari nuqtai nazaridan estetik idrok qilindi. So'z san'atkorining ijodiy erkinligi uni badiiy ijodning asl tabiatiga yaqinlashtirdi. Hayotni realistik tasvirlash tamoyillari rivojlantirildi. Badiiy haqiqatning mezonlari yangilandi. Badiiy didi kamol topgan kitobxon ehtiyojlarini nazarda tutgan yozuvchilar milliy

roman poetik ifoda uslubida murakkablikka, falsafiylikka, ramziylikka intildilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Умуров X,. Бадиий психологизм ва х,озирги узбек романчилиги. - Т., Фан,1983.

2. НДобилова. Жек Лондон ва Абдулла ^ахдор ижодида бадиий психологизм. Филол. фанлари буйича фалсафа доктори (ПхД)дисс. - Бухоро, 2020.

3. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3)

4. Adabiyot o'qitish metodikasi / o'quv qo'llanma: Q. Husanboyeva, R. Niyoz-metova.: 2018-yil. - 352 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.