Научная статья на тему 'Oddiy va rezina granulali asfalt-beton qoplamali avtomabil yo'llarda mavjud shovqin darajalarining solishtirma tahlili'

Oddiy va rezina granulali asfalt-beton qoplamali avtomabil yo'llarda mavjud shovqin darajalarining solishtirma tahlili Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
118
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / yoʻl / shovqin / tezlik / yoʻl qoplamasi / rezina granulali / автомобиль / дорога / шум / скорость / дорожное покрытие / резиновые гранулы

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Karimova Kamola Gulomovna, Azimov Akmal Xxx

Ushbu maqolada avtomobil yoʻl qoplamasining transport shovqin darajasiga ta’siri boʻyicha ilmiy tadqiqot oʻtkazildi va oʻrganildi. Tajriba ikki xil qoplamali yoʻllarda oʻtkazilib shovqin darajalari xalqaro standart me’yorlar asosida amalga oshirildi. Rezina granula qoʻshilgan asfalt-beton qoplamali yoʻllarda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari yuqori sifatli bitum qoʻshilgan asfalt beton qoplamali yoʻllardagi shovqin manbalardan shovqin darajalari boʻyicha farq qilishi aniqlandi. Shovqin muhofazasini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Сравнительный анализ существующих уровней шума на автомобильных дорогах с обычным и резино-гранулированным асфальтобетонным покрытием

В данной статье было проведено научное исследование и изучено влияние дорожного покрытия на уровень транспортного шума. Эксперимент проводился на дорогах с двумя типами покрытия, а уровни шума проводились на основе международных стандартов. По результатам исследований, проведенных на асфальтобетонных дорогах с добавлением резиновых гранул, установлено, что уровни шума отличаются от источников шума на дорогах с качественным битумно-асфальтобетонным покрытием. Разработаны рекомендации по организации защиты от шума.

Текст научной работы на тему «Oddiy va rezina granulali asfalt-beton qoplamali avtomabil yo'llarda mavjud shovqin darajalarining solishtirma tahlili»

UDK 656.053

ODDIY VA REZINA GRANULALI ASFALT-BETON QOPLAMALI AVTOMABIL YO'LLARDA MAVJUD SHOVQIN DARAJALARINING

SOLISHTIRMA TAHLILI

Karimova Kamola G'ulomovna JizPI, katta o'qtuvchisi, kamola.karimova1987@gmail.com. +998902647400

Azimov Akmal XXX JizPI, assistant, akmaldotsent@gmail.com, tel: +998995536014

Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil yo'l qoplamasining transport shovqin darajasiga ta'siri bo'yicha ilmiy tadqiqot o'tkazildi va o'rganildi. Tajriba ikki xil qoplamali yo'llarda o'tkazilib shovqin darajalari xalqaro standart me'yorlar asosida amalga oshirildi. Rezina granula qo'shilgan asfalt-beton qoplamali yo'llarda o'tkazilgan tadqiqot natijalari yuqori sifatli bitum qo'shilgan asfalt beton qoplamali yo'llardagi shovqin manbalardan shovqin darajalari bo'yicha farq qilishi aniqlandi. Shovqin muhofazasini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Аннотация. В данной статье было проведено научное исследование и изучено влияние дорожного покрытия на уровень транспортного шума. Эксперимент проводился на дорогах с двумя типами покрытия, а уровни шума проводились на основе международных стандартов. По результатам исследований, проведенных на асфальтобетонных дорогах с добавлением резиновых гранул, установлено, что уровни шума отличаются от источников шума на дорогах с качественным битумно-асфальтобетонным покрытием. Разработаны рекомендации по организации защиты от шума.

Abstract. In this work, a scientific study of the influence of the road surface on the level of traffic noise was carried out. The experiment was carried out on two paved roads and the noise levels were based on international standards. According to the results of studies of roads with asphalt concrete pavement with the addition of rubber granules, it was found that noise levels on roads with high-quality asphalt concrete pavement differ from noise sources. Recommendations for noise protection have been developed.

Kalit so'zlar: avtomobil, yo'l, shovqin, tezlik, yo'l qoplamasi, rezina granulali.

Ключевые слова: автомобиль, дорога, шум, скорость, дорожное покрытие, резиновые гранулы.

Key words: vehicle, road, noise, speed, road surface, rubber granules.

Jahon miqyosida avtomobillashtirish darajasi yildan-yilga tobora o'sib borishi, yirik shaharlardagi shovqin miqdorini me'yoridan 10-12 detsiballdan oshib ketishiga sabab bo'lmoqda. Aholi yashaydigan joylarda avtomobildan chiqadigan yuqori darajadagi shovqin insonlar uchun yuqori darajadagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi, bu muammoni

bartaraf etish, mukammal choralarni yaratishni taqazo etadi.

Avtomobil yo'llarida paydo bo'ladigan shovqinning ta'siri juda sekin ammo oqibati yuqori darajada og'irdir. Xususan, kuchli shovqin ta'sirida ta'lim muassasalaridagi barcha faoliyatlar samaradorligi pasayadi va o'rganuvchilarning kognitiv jarayonlardagi faolligi, diqqatliligi jadal sur'atda pasayib ketadi [3,4,5]. Tadqiqotlarga ko'ra, uzoq vaqt davomida me'yor chegarasidan oshgan shovqin ta'sirida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilishidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og'rig'i kabi holatlarga duch kelishadi [1,7,8]. Katta shovqin ta'sirida insonning asab sistemalari zo'riqishi, yurak qon tomiri kasalliklari, eshitish organining faoliyati susayishi kabi zararli kasaliklarga sabab bo'ladi. Izlanishlar shuni ko'rsatdiki 88 dB shovqinda (avtobus kabinasida) haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95 detsibel (dB) bo'lsa 20% ga kamayadi [2,9].

Avtomobil yo'llaridagi shovqinining salbiy ta'sirlarini bartaraf etishda, uni vujudga keltiruvchi omillar tahlil etilishi va shovqini so'ndiruvchi vositalar, tovush yutuvchi materiallar aniqlanishi, shuningdek shovqin muhofazasini amalga oshirishning samarali usullari tadqiq etilishi lozim.

Respublikamizda avtomobil transporti sohasidagi amalga oshirilayotgan islohatlar, ushbu sohaning jadal sur'atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Bu soha rivojlanishi barobarida kelib chiqadigan bir qancha muammolarni oldini olinish zarur hisoblanadi aks holda, bu muammolar zararli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yuqorida keltirganimizdek avtomobil ekspluatatsiya jarayonida shahar ko'chalarida shovqin yaratadi va bu shovqin atrof- muhit uchun qanday ta'sir etishini tadqiq etish, aniqlangan muammolar yechimini ishlab chiqish hozirgi paytdagi dolzarb muammolardandir.

Avtomobil yo'llarida shovqinining asosiy manbayi avtomobillar hisoblanadi. Ulardan chiqadigan shovqinning kuchayishiga ko'plab omillar sabab bo'ladi. Ular ichida shina va yo'l qoplamasi orasidagi ilashish, ishqalanish natijasida chiqadigan shovqin eng asosiysi hisoblanadi. Ushbu holatda yo'l qoplamasining turi va holati shovqin darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Avtomobil yo'llarida mavjud qoplama turining shovqin darajasiga ta'sirini aniqlash bo'yicha Jizzax Politexnika Institutining "Transport vositalari muhandisligi" kafedra mutaxassislari bilan birgalikda tadqiq etildi. Tadqiqot Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga qarashli 4P32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'ida o'tkazildi.

Ushbu ko'cha Paxtakor tumanida joylashgan bo'lib, maydalangan shina rezinalarini asfaltbeton qoplamalarda modifikatsiyalangan qo'shimcha sifatida foydalanilgan [10,11,12,13,14]. Ushbu yo'l qoplamasining asosiy xususiyatlaridan biri avtomobil shovqinini pasayishi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma'lumki, avtomobil yo'llarida shovqin darajasini samarali kamaytirish yo'llaridan biri, bu yo'l qoplamasining tarkibiga modifikatsiyalangan qo'shimchalar qo'shishdir. Avtomobil yo'llarida shovqin muhofazasini tashkil etishdagi eng istiqbolli va samarali usuli avtomobil shinalarini qayta ishlash jarayonida ishlab chiqariladigan rezina granulalaridan foydalanish va uni amalda qo'llash hisoblanadi. Shina granulalaridan yo'l qurilishida foydalanish texnologiyasini joriy etish yo'l sifatini yaxshilash uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Bitumli aralashmalarga rezina granulalarni qo'shimcha sifatida qo'shish faqatgina

yangi yo'llari qurish uchun emas balki eski yo'llarni ta'mirlash uchun ham foydalanish mumkin.

1-rasm. 4P32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km

oralig'I ko'rinishi.

Avtomobil yo'l qoplamasining shovqin darajasiga ta'sirini tahlil qilish davomida respublika va xalqaro standartlardan foydalanildi. Avtomobil yo'llarida qoplama shovqin darajasinini o'lchashda, shovqin analizatori Nor-140 shumomeridan foydalanildi. Avtomobil yo'l qoplamasining shovqin darajasi GOST 31330.1-2006 (ISO 11819-1:1997)-"Shovqin. Yo'l qoplamalarining harakat shovqiniga ta'sirini o'lchash. 1-qism. Statistik usul" va GOST 204442014 "Shovqin. Transport oqimi. Shovqinni aniqlash usullari" xalqaro standartlarida belgilangan qoidalar bo' yicha amalga oshirildi.

2-rasm. Tovush analizatori (SOUND ANALYSER)Nor-140 shumomeri

Transport oqimining shovqin darajasini aniqlash jarayonida quydagilarga o'lchov shartlariga amal qilindi(GOST 20444-14):

- Avtotransport oqimining shovqin darajasini o'lchash uchun tanlangan joylar ko'chalar va avtomobil yo'llarining tekis qismlarida bo'lishi, yo'lovchi tashuvchi jamoat transporti to'xtash bekatlaridan, avtomobillar turar joyidan, chorraxalardan kamida 50 m masofada bo'lishi kerak(3-rasm);

- shamol tezligi 5 m / s dan oshmasligi kerak, agar shamol tezligi yuqori bo'lsa havo qalqonidan foydalaniladi;

- O'lchov davomida boshqa meteorologik parametrlarning (havo harorati, namlik, atmosfera bosimi) qiymatlari tegishli o'lchov asboblari uchun texnik hujjatlarda ko'rsatilgan chegaralardan oshmasligi kerak;

- Shovqinlarni o'lchashda o'lchov mikrofonining asosiy o'qi transport oqimiga va yo'l yo'nalishiga vertikal holatga qaratilishi kerak. O'lchovni o'tkazuvchi operator o'lchov mikrofonidan kamida 0,5 m masofada bo'lishi kerak;

- yengil va yuk avtomobillarini, avtobuslarni va boshqa turdagi transport vositalarini (mototsikllar, skuterlar, mopedlar, mototsikllar) o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan transport oqimining shovqin xususiyatlarini o'lchashda, o'lchov mikrofoni yo'lning o'lchash nuqtasiga ya'ni avtomobil yo'li harakat yo'nalishining chetki chegarrasini bildiruvchi 1.2 yotiq chiziqdan (7,5 ± 0,2) m masofada va yo'lning qoplamasi yuzasidan (1,5 ± 0,1) m balandlikda joylashtirilishi kerak.

4P32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining qoplamasi boshqa turdagi yo'l qoplamalaridan har tomonlama samarali ekanligi o'tkazilgan tadqiqotlar davomida aniqlanda. Tadqiq etilgan avtomobil yo'lining qoplamasi shovqin darajasini pasayishiga bevosita ta'sir etib, turdosh qoplamalarga nisbatan sezilarli darajada past ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu avtomobil yo'lida 15 daqiqa davomida yo'l qoplamasi shovqini o'lchanib yengil avtomobillar uchun o'rtacha 67 dB, maksimal 75 dB ni tashkil etmoqda (3-rasm).

90

m 80 ,70 i 60 S 50 ^ 40 y - l,2323x - 25,701 R- - 0,1557 Shovqin darajasi, dB

§- 30 J 20 00 10 0 -♦—

0 20 40 60 80

Harakat tezligi, km/s

3-rasm. 4P32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining qoplama

shovqin darajasi

4P32 yo'lida o'tkazilgan shovqin darajasini aniqlash bo'yicha tadqiqot, tartibini o'zgartirmagan holatda asfaltbetonli maydalangan tosh donasining hajmi 12 mm dan oshmaydigan yo'l qoplamasiga ega avtomobil yo'lida o'tkazildi. Ushbu tadqiqot Jizzax viloyati Jizzax shahrining Islom Karimov shoh ko'chasida o'tkazildi, bunda yo'l qoplamasining shovqini

o'lchandi va tahlil qilindi.

Tadqiqotning natijalariga ko'ra ushbu ko'chadagi o'rtacha shovqin darajasi 77,39 dBga yetishi aniqlandi, shuningdek ushbu avtomobil yo'lidagi maksimal shovqin darajasi 88,3 dBni tashkil etishi aniqlandi.

4-rasm. Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko'chasi yo'l qoplama shovqin darajasi

Avtomobil o'rtacha tezlikda harakatlanganda yo'l sirtining, avtotransport turlari bo'yicha me'yoriy shovqin chiqarish darajasi GOST 31330.1-2006 ga binoan quydagi jadvalda keltirilgan. (1-jadval)

1-jadval

Avtotransport turlari bo'yicha me'yoriy shovqin chiqarish darajasi GOST 31330.12006 ga binoan

Yo'l sirtining turi va xususiyatlari Avtotransport kategoriyasi uchun ovoz balandligi qiymati, dB A

Yengil avtomobil Ikki o'qli yuk avtomobillari Ko'p o'qli yuk avtomobillari

A1. Asfaltbeton, xizmat qilish muddati 2 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 12 mm dan oshmaydi 76.6 81.1 84.1

A2. Asfaltbeton, xizmat qilish muddati 4 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 14 mm dan oshmaydi 75.9 80.0 83.0

A3. Asfaltbeton, xizmat qilish muddati 10 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 11 mm dan oshmaydi 76.4 81,8 84.0

A4. Asfaltbeton, xizmat qilish muddati 5 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 16 mm dan oshmaydi 77.2 81.5 84.9

B1. Asfalt shag'al, xizmat muddati - 4 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 12 mm dan oshmaydi 76.1 81.0 84.4

B2. Asfaltlangan shag'al, xizmat muddati 3 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 14 mm dan oshmaydi 76.4 80.4 83.3

B3. Asfaltlangan shag'al, xizmat muddati - 7 yil, maydalangan tosh donasining hajmi 16 mm dan oshmaydi 76.4 81.0 84.1

Normallashtirilgan namunaviy yo'l qoplamasi 76.4 81.0 84.0

Ushbu me'yorlar bo'yicha 4P32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining qoplama shovqin darajasini solishtirganimizda ijobiy natijaga erishilganini ko'rishimiz mumkin.

Xorijiy davlatlarda transport shovqiniga, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo'yicha ko'plab tadbirlar olib borilmoqda. Avtomobil yo'llarida transport shovqiniga qo'yilgan cheklovlar mavjud davlat standartlari va normativ- texnik hujjatlar bilan tartibga solinadi, yuqori shovqinli avtomobillar harakati uchun qat'iy cheklovlar mavjud. Masalan, 1977-yildan beri Londonda og'ir vaznli transport vositalarining shaharning muayyan turar-joy hududlarida harakatlanishi cheklangan va ularning harakati uchun alohida yo'nalishlar belgilab qo'yilgan. Buning sababi transport oqimi tarkibidagi yuk avtomobillari shovqin darajasini oshiradi [6]. Respublikamizda transport shovqiniga qo'yilgan talablar, avtomobil yo'liga yondosh hududlarga nisbatan davlat sanitariya norma va qoidalari- SanPiN №0267-09da keltirib o'tilgan.

Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko'chasidagi transport shovqinini o'lchash GOST 20444-2014 ga binoan amalga oshirildi. Transport shovqinini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar harakat miqdori, tezligi va tarkibi aniqlanib, shovqin darajasiga ta'siri tahlil etildi. Ushbu ko'chadagi o'rtacha shovqin darajasi 77,39 dBga maksimal shovqin darajasi 88,3 dBdan oshgani aniqlandi.

Paxtakor tumanida joylashgan 4p32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 km oralig'i maydalangan shina rezinalarini asfaltbeton qoplamalarda modifikatsiyalangan qo'shimcha sifatida foydalanilgan avtomobil yo'lida esa shovqin miqdori o'rtacha 67 dB maksimal 76 dB ekanligi aniqlandi.

Avtomobil yo'llarida harakatni tashkil etish orqali shovqinni so'ndirishda transport oqimidagi avtomobillar harakatini optimmalashtirish orqali erishish mumkin. Transport

shovqinini kamaytirishda, uni paydo qilgan omillarni o'rganish va ularni ishini samarali tashkil etish orqali shovqin muhofazasiga erishish, bu muammoni hal qilishda eng oqilona yechimlarni biri hisoblanadi. Bundan tashqari shovqin yutuvchi va shovqin qaytaruvchi qurilmalar, konstruktsiyalarni yaratish samarali natija beradi.

Transport shovqini muhofazasini tashkil etishdagi eng samarali tadbir, shovqin chiqaruvchi manbalarning o'zida shovqinni so'ndirishdir. Avtomobil shovqin chiqaruvchi manbalari dvigatel, shovqin so'ndirgich, tarnsmissiya va boshqa omillarning muqobil variantini yaratish orqali shovqin muammosini bartaraf etish mumkin. Ushbu muammoni hal etishda tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalari shovqin darajasi oddiy holga nisbatan 10% kamayganini aniqladik.

Avtomobil yo'llarida tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalarini amaliyotda qo'llash transport shovqini muammosiga qarshi kurashishda eng samarali yechimlaridandir.

ADABIYOTLAR

1. Yormatov G'.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.: "Aloqachi", 2009 yil. - 348 b.

2. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligi avtotransport oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. prof. Q.M.Siddiqnazarov umumiy tahriri ostida, Toshkent. VORIS-NAShRIYoT, 2008.560 b.

3. Lercher, P.; Evans, G.W.; Meis, M. Ambient Noise and Cognitive Processes among Primary Schoolchildren. Environ. Behav. 2003, 35, 725-735. [Google Scholar] [CrossRef].

4. Traffic Management and Noise Reducing Pavements - Recommendations on Additional Noise Reducing Measures. SILVIA PROJECT DELIVERABLE. SILVIA-DTF-DRI-008-11-WP5-020205. Ministry of Transport - Denmark, 2005,p.90

5. Traffic Management and Noise Reducing Pavements - Recommendations on Additional Noise Reducing Measures. SILVIA PROJECT DELIVERABLE. SILVIA-DTF-DRI-008-11-WP5-020205. Ministry of Transport - Denmark, 2005,p.90

6. Azimov, A. (2020). Factors affecting noise reduction on automobile roads. Scientific and technical journal of Namangan institute of engineering and technology.

7. Akmal, A. (2021). ANALYSIS OF TECHNICAL PARAMETERS THAT DETERMINE THE EFFICIENCY OF VEHICLE STEERING. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 48-55.

8. Акмал Азимов, & Джамшид Хамроев (2021). Диагностика двигателя автомобиля по стандартным нормам шума. Academic research in educational sciences, 2 (3), 165-173. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00382

9. Ismayilov K., Karimova K. Application of used automobile tires granules for road construction in Uzbekistan //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 12. - С. 946-948.

10. Akmal Azimov, & Jamshid Hamroyev (2021). Jizzax shahri Sharof Rashidov

shoh ko'chasida avtomobil shovqiniga ta'sir etuvchi omillar tahlili va shovqin muhofazasini tashkil etish metodlari. Academic research in educational sciences, 2 (11), 1079-1088.

11. Akmal Azimov, & Abdukarim Muxtarov (2021). Yo'lovchi tashuvchi avtotransport korxonalarining samaradorligini belgilovchi omillar tahlili. Academic research in educational sciences, 2 (4), 1395-1340. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00749

12. Karimova K. Пути улучшения противокоррозионных свойств моторных масел, применяемых в транспортных средствах //Uzbekistan Journal of Engineering and Technology. - 2021.

13. Alimova Z. X. et al. Influence of the antioxidant properties of lubricants on the wear of agricultural machinery parts //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2021. - Т. 868. - №. 1. - С. 012037.

14. Kubaymurat I., Gulomovna K. K. The Impact of Automobile Tires on the Environment from the Period of Raw Materials to the Disposal of Them //International Journal of Recent Technology and Engineering. - 2019. - Т. 8. - №. 3. - С. 1929-1931.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.