Научная статья на тему 'OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA ISHCHILARNING MEHNAT FAOLIYATI VAQTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARINI OʻRGANISH (VIDEOXRONOMETRAJ) NATIJALARI'

OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA ISHCHILARNING MEHNAT FAOLIYATI VAQTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARINI OʻRGANISH (VIDEOXRONOMETRAJ) NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
videoxronometraj / mehnat faoliyati / mehnat muhofazasi / sanitar-gigiyenik / obodonlashtirish / mehnat sharoitlari / ish dabomiyligi / mehnat og‘irligi / noqulay holat. / video timing / labor activity / labor protection / sanitary and hygienic / landscaping / working conditions / working hours / workload / adverse conditions.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamashayev Bahrom Safarovich, Narziyev Shovkiddin Mutrozayevich

Ushbu maqolada obodonlashtirish boʻyicha ishchilarning mehnat faoliyati asosiy turlari, mehnat sharoitlarini tashkil qilish, mehnat sharoitlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Olingan natijalar amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlar talablari bilan solishtirilgan. O‘tkazilgan videoxronometraj tadqiqotlarda taqqoslash, qiyosiy baholash usullaridan foydalanilib natijalarning ishonchliligi oshirilgan. Tadqiqot natijasida obodonlashtirish boʻyicha ishchilar ish vaqtida har qanday ob-havo sharoitida, kunduz ochiq havoda mehnat qiladi, ular shovqin, zararli gazlar, tebranish, biologik, psixofiziologik omillar taʼsiri ostida boʻladi, ish vaqtining 78,6% davomida gavdaning noqulay holatida turli operatsiyalarni bajarishi isbotlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RESULTS OF THE STUDY (VIDEO CHRONOMETERAGE) OF THE TASKS PERFORMED BY THE BEAUTIFUL WORKERS DURING THE WORKING ACTIVITY

This article provides a scientific analysis of the main types of labor activity of landscaping workers, organization of working conditions, and working conditions. The results obtained are compared with the requirements of current regulatory documents. The reliability of the results was increased by using comparison and comparative assessment methods in the conducted video chronometric studies. As a result of the studies, landscaping workers work outdoors during the day in any weather conditions, are exposed to noise, harmful gases, vibration, biological, psychophysiological factors, and it has been proven that during 78.6% of their working time they perform various operations in an uncomfortable body position.

Текст научной работы на тему «OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA ISHCHILARNING MEHNAT FAOLIYATI VAQTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARINI OʻRGANISH (VIDEOXRONOMETRAJ) NATIJALARI»

UDK: 614.8.014

OBODONLASHTIRISH BO'YICHA ISHCHILARNING MEHNAT FAOLIYATI VAQTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARINI O'RGANISH (VIDEOXRONOMETRAJ) NATIJALARI

Mamashayev Bahrom Safarovich Termiz muhandislik texnologiyalari instituti,

katta o'qituvchisi [email protected]

Narziyev Shovkiddin Mutrozayevich PhD, dotsent, Renessans ta'lim universiteti, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i omad.uz. [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada obodonlashtirish bo'yicha ishchilarning mehnat faoliyati asosiy turlari, mehnat sharoitlarini tashkil qilish, mehnat sharoitlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Olingan natijalar amalda bo'lgan me'yoriy hujjatlar talablari bilan solishtirilgan. O'tkazilgan videoxronometraj tadqiqotlarda taqqoslash, qiyosiy baholash usullaridan foydalanilib natijalarning ishonchliligi oshirilgan. Tadqiqot natijasida obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ish vaqtida har qanday ob-havo sharoitida, kunduz ochiq havoda mehnat qiladi, ular shovqin, zararli gazlar, tebranish, biologik, psixofiziologik omillar ta'siri ostida bo'ladi, ish vaqtining 78,6% davomida gavdaning noqulay holatida turli operatsiyalarni bajarishi isbotlandi.

Аннотация. В данной статье научно проанализированы основные виды трудовой деятельности работников по благоустройетву, организация условий труда. Полученные результаты сравниваются с требованиями действующих нормативных документов. Достоверность результатов была повышена за счет использования методов сравнения и сравнительной оценки в проведенных видеохронометрических исследованиях. В результате исследований работники по благоустройству работают на открытом воздухе в течение дня в любых погодных условиях, подвергаются воздействию шума, вредных газов, вибрации, биологических, психофизиологических факторов. Доказано, что в течение 78,6% рабочего времени они выполняют различные операции в неудобном положении тела.

Abstract. This article provides a scientific analysis of the main types of labor activity of landscaping workers, organization of working conditions, and working conditions. The results obtained are compared with the requirements of current regulatory documents. The reliability of the results was increased by using comparison and comparative assessment methods in the conducted video chronometric studies. As a result of the studies, landscaping workers work outdoors during the day in any weather conditions, are exposed to noise, harmful gases, vibration, biological, psychophysiological factors, and it has been proven that during 78.6% of their working time they perform various operations in an uncomfortable body position.

Kalit so'zlar. videoxronometraj, mehnat faoliyati, mehnat muhofazasi, sanitar-gigiyenik, obodonlashtirish, mehnat sharoitlari, ish dabomiyligi, mehnat og'irligi, noqulay holat.

Ключевые слова. видеохронометраж, трудовая деятельность, охрана труда, санитарно-гигиенические, благоустройство, условия труда, продолжительность работы, трудовая нагрузка, неблагоприятные условия.

Keywords. video timing, labor activity, labor protection, sanitary and hygienic, landscaping, working conditions, working hours, workload, adverse conditions.

KIRISH.

Dunyo amaliyotida mehnat sharoitlari xavfsizligini baholash usullari, mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqaruv tizimining samarali ishlayotgani o'z isbotini topgani bois, ishchilaming xavfsizligini ta'minlash, mehnat jarayonlarini hisobga olgan holda innovatsion qulay sharoitlar yaratish usullarini rivojlantirish hamda takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar davlat tomonidan qo'llab quvvatlanmoqda. Ishchilarning mehnat sharoitlari xavfsizligini baholash usullari sifatini sezilarli yaxshilash, xususan obodonlashtirish bo'yicha ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va xavfsizligini oshirish hamda mehnat jarayonida shikastlovchi omillarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan, obodonlashtirish bo'yicha ishchilarning faoliyat xavfsizligini ta'minlovchi texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish va ularning asosiy parametrlarini optimallashtirish, mehnat sharoitini baholashning samarali usullarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Obodonlashtirish boshqarmalarining ustuvor vazifalari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari xavfsizligini ta'minlash, ish jarayonini optimallashtirish, ishchilar, jumladan obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining sog'lig'ini, hayotini, xavfsizligini himoyalash va ish qobiliyatini tiklashdan iborat. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilari bajaradigan ishlarning yuqori sifatini ta'minlashda aniq va og'ir jismoniy harakat qilish talab etiladi. Insonning asosiy harakat sifatlari uning tayanch-harakat apparatini hosil qiladigan quvvatiga bog'liq bo'ladi. Chunki obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining barcha harakat turlari tayanch-harakat apparati mushaklarining energiya sarfi bilan bog'liq. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining mexanik harakatlari piyoda yurish, har xil og'irlikdagi yuklarni tashish, turli zinapoyalardan ko'tarilish va tushish, o'tirib-turish kabi harakatlardan iborat. Yuqorida sanab o'tilgan jismoniy ishlarni bajarishda bir vaqtning o'zida tayanch-harakat apparatining bir qancha mushaklari ishtirok etadi va bu katta miqdordagi energiya sarfiga olib keladi. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilari tomonidan jismoniy ishlarni bajarish tartibi asosan dinamik ishdir[1].

Mehnat sharoitlari va kasbiy chang bilan kasallanishni tahlil qilish ko'mir konlarida etiologiya; mahalliy va xorijiy tajribani o'rganish tog'-kon sanoati korxonalarida changga qarshi kurash bo'yicha; chang o'lchagichlarining ishlashi chang tarkibi va dispers tarkibi dinamikasini kon tadqiqotlari chang aerozolni tahlillari amalga oshirishni talab qiladi [2, 3; 93-102 b.].

Ishchilarning mehnat sharoitlari quyidagi ishlab chiqarish omillari bilan belgilanadi: chang, shovqin, tebranish, mikroiqlim parametrlari, elektromagnit nurlanish [4; 308-312 b., 5; 812 b.]. Ushbu omillarning ta'siri ishchilarning umumiy kasallanishning oshishiga, kasbiy kasalliklar va jarohatlarning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xam ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni tanlashda, mehnat jarayonini tashkil qilishda ishlab chiqarish omillarining xodimlar tanasiga ta'sirini va kasbiy xavflarni hisobga olish kerak [6; 285-292 b., 7; 392-395 b.].

NATIJALAR.

Tadqiqot ishlari Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 7-brigadasida Termiz shahri Ibn Sino ko'chasida Manguzar postidan boshlab O'zbegim to'yxonasigacha bo'lgan yo'lni tozalash hamda o'simliklarga ishlov berish ishlari bilan 18.10.2023-yildagi bir kunlik ish jarayonida xodimlarni xavfli va zararli omillar ta'sirida bo'lish davomiyligini aniqlash maqsadida xronometraj ishlari bajarildi.

Xronometraj bevosita ish jarayonida amalga oshirildi, ya'ni ishchilarning ishlash jarayonida "Panasonik AG-AC 30 Full-HD AVCCAM Handheld Camera (US Version)" qo'lda ko'tarib yuriluvchi kamerasi orqali kuzatuv amalga oshirildi. Bunda ish jarayonidagi brigadada 1

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://jurnal.qurilishtalim.uz

73

smena (8 soat) davomida aniq bir xodimning ish faoliyati davomiyligini, ya'ni 1 smenani 2 qismga (tushlikgacha va tushlikdan keyin) bo'lgan holda bajarildi.

Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 7-brigadasida ish vaqti 7:30. da boshlanishini inobatga olsak, mos ravishda brigadada ish jarayonida 24 nafar ishchilar, jumladan, brigada boshi va ishchilar tomonidan ish belgilangan vaqtda boshlandi.

Brigada boshlig'i shu kunga belgilangan normani bajarish uchun ishchilar bilan maslaxatlashib ish jarayonini kelishib olishdi va Termiz shahar Ibn Sino ko'chasida Manguzar postidan boshlab ekilgan manzarali gullarga yarim egilgan bazan o'tirgan holatda dastasi 0.4 m (40 sm) li ketmoncha bilan ishlov berish jarayonini amalga oshirdi, o'ng qo'l bilan charchaganda esa chap qo'l bilan ketmonchani ishlatdi, bir joyda besh minut goh yarim egilgan holatda, goh o'tirgan holatda gullarga ishlov berdi.

Manzarali gullar ekilgan maydonchalar oraliq masofasi 35-40 metrni tashkil qiladi, birinchi manzarali gullar ekilgan joydan ikkinchi manzarali gullar ekilgan joyga borgunicha taxminan 1,5-2 minut vaqt sarfladi.

Ikkinchi manzarali gullar ekilgan joyga yetib borib u yerda ham huddi bundan oldingiga o'xshash ishlar bilan yeti minut davomida ishladi, begona o'tlarni qo'li yordamida yulib tashgandan so'ng yana ketmoncha bilan gullarning tegini yumshatib ishlov berish jarayonini amalga oshirdi.

Manzarali gullar ekilgan maydonchalar oraliq masofasi 35-40 metrni tashkil qiladi, ikkinchi manzarali gullar ekilgan joydan uchunchi manzarali gullar ekilgan joyga borgunicha taxminan 2 minut vaqt sarfladi.

Uchunchi manzarali gullar ekilgan joyga yetib borib yana shu gullar ekilgan maydoga begona o'tlar ko'kargan ekan bu o'tlarni qo'li bilan yulib bo'lgach yana ketmoncha yordamida gullarga ishlov berish jarayoniga o'tdi va o'n minut davomida o'ng qo'li bilan ishlov berdiva qo'li charchaganda dam olib ishlashda davom etdi.

Orada 10-15 minut tanaffus paytida issiq choy ichib olishdi, xuddi shu tariqa soat 11:30 gacha manzarali gullarga ishlov berishdi, yo'lni chetki qismlarini supurgi yordamida tozalab supurib tushlikga chiqib ketishdi (burgan supurgi sho'radoshlar oilasiga mansub bo'lgan bo'lgan begona o't bo'lib bo'yi 1,5 metrgacha bo'ladi).

Ishchilarga tushlik vaqti 2,5 soat ekan bu vaqt ichida uylariga borib kelishlari hamda ovqatlanishlari uchun yetarlicha vaqt ajratilgan.

Barcha ishchilar yo'lning chetida ishlayotganligi sababli ogohlantiruvchi nimchalardan foydalanilgan holatda ish faoliyatini olib borishdi.

Tushlikdan kigin xam xudi shu ishlar bilan soat14:00 dan 17:00 gacha to O'zbegim to'yxonasigacha belgilangan ishlarni, manzarali gullarga ishlov berish, ko'chaning ifloslangan joylarini supurish, maysalarga ishlov berish jarayoni amalga oshirildi. Belgilangan ishlar bajarilib bo'lgach 17:00 da ishchilar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda uylariga ketishdi.

Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar mehnat sharoitlarini baholash maqsadida dissertatsiya muallifi tomonidan videoxronometraj o'tkazilgan. Xronometraj natijalari poyezd tuzuvchilari smena davomida amalga oshiradigan o'nta ish turlari bo'yicha tahlil qilingan (jadvalga qarang).

Jadval

Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ish vaqtining xronometraji_

T/r Kuzatuv operatsiyalari va ishlarning nomi Joriy vaqti, soat, daqiqalarda Davomiyligi, min Zararli omil nomi

Vazifalar olish, obodonlashtirish Harakatlanuvchi traktor, titrash, shovqin, noqulay gavda holatida ishlash

1. va ko'kalamzorlashtirish maydonini ko'zdan kechirish va texnik vositalarni tanlash, ish joyini tayyorlash 7-30 - 8-00 30

2. Hududni qurilish chiqindilari, axlat, kesilgan novdalar, o'rilgan o'tlar, qorlardan tozalash, ularni yuklash va tushirish, hududlarni obodonlashtirish va gul o'simliklari bilan sug'orish daraxtlarni butalash 8-00 - 9-30 90 Harakatlanuvchi transpotlar, titrash, shovqin, iz gazi, chang, noqulay iqlim sharoiti, noqulay gavda holatida ishlash

3. Reglamentlangan tanaffus 9-30 - 9-45 15 Titrash, shovqin

4. Hududni qurilish chiqindilari, axlat, kesilgan novdalar, o'rilgan o'tlar, qorlardan tozalash, ularni yuklash va tushirish, hududlarni obodonlashtirish va gul o'simliklari bilan sug'orish daraxtlarni butalash 9-45 - 11-00 75 Harakatlanuvchi transpotlar, titrash, shovqin, iz gazi, chang, noqulay iqlim sharoiti, noqulay gavda holatida ishlash

5. Tushlik 11-00 - 14-00 180

6. Aholi yashash joylarida va ishlab chiqarish maydonlarida daraxt va maysazorlarni kesish, aholi yashash maydonlari va hududlarda gulzorlarni tartibga solish va boshqa ishlani qilish 14-00 - 15-30 90 Harakatlanuvchi transpotlar, titrash, shovqin, iz gazi, chang, noqulay iqlim sharoiti, noqulay gavda holatida ishlash

7. Reglamentlangan tanaffus 15-30 - 15-45 15 Titrash, shovqin

8. Aholi yashash joylarida va ishlab chiqarish maydonlarida daraxt va maysazorlarni kesish, aholi yashash maydonlari va hududlarda gulzorlarni tartibga solish va boshqa ishlani qilish 15-45 - 17-00 75 Harakatlanuvchi transpotlar, titrash, shovqin, iz gazi, chang, noqulay iqlim sharoiti, noqulay gavda holatida ishlash

9. Ishlatilgan asbob-uskunalarni tozalash, ishni tugatish 17-00 - 17-30 30 Titrash, shovqin

Ish vaqti (420 daqiqa) xronometraji natijalariga ko'ra Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ishga tayyorgarlik va yakunlash ishlariga 60 daqiqa (14,3%), asosiy ish jarayoniga 330 daqiqa (78,6%), ishdagi tanafffuslarga (tartibga solinadigan va tartibga solinmagan tanaffuslar) 30 daqiqa (7,1%) vaqt sarflaydi (1.9-rasmga qarang).

1 - ishga tayyorgarlik va yakunlash ishlari (14,3%); 3 - asosiy ish jarayoni (78,6%);

3 - tanaffuslar (tartibga solingan va solinmagan) (7,1%).

1.1-rasm. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ish vaqtining tarkibiy bo'laklari.

Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ish vaqtida har qanday ob-havo sharoitida, kunduz ochiq havoda mehnat qiladi, ular shovqin, zararli gazlar, tebranish, biologik, psixofiziologik omillar ta'siri ostida bo'ladi, ish vaqtining 78,6% davomida gavdaning noqulay holatida turli operatsiyalarni bajaradi.

MUHOKAMA.

Mehnat sharoitlarining xususiyatlaridan bo'lgan mehnat gigiyenasi, xavfsizlik va estetikasi o'z navbatida mehnat madaniyatini xarakterlaydi. Mehnat madaniyati esa ishlab chiqarish madaniyati, korxonaning tashkiliy-texnik madaniyati, mehnat madaniyati va jamoa a'zolarining shaxsiy madaniyatini anglatadi. Ammo ishlab chiqarishning konkret faoliyatida mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyatini bir-biridan ajartish maqsadga muvofiq emas. Mehnat sharoitini yaxshilash tadbirlarining ko'pchiligi mehnat madaniyati va ishlab chiqarish madaniyati darajasini oshirish bilan chambarchas bog'liq.

Mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyati darajasini oshirish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan umumiylikka ega bo'lib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, kadrlar qo'nimsizligini kamaytirish va har xil kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati obodonlashtirish ishlarida band bo'lgan aholi soni tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlangan: Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasida jami 497 nafar xodim ishlab kelmoqda shulardan 210 nafari erkakalar va 287 nafari ayollar; Jarqo'rg'on tumanida obodonlashtirish boshqarmasida jami 181 nafar xodim ishlab kelmoqda shulardan 51 nafari erkakalar va 130 nafari ayollar; Muzrabod tumanida obodonlashtirish boshqarmasida jami 159 nafar xodim ishlab kelmoqda shulardan 99 nafari erkakalar va 60 nafari ayollar; Sherabod tumanida obodonlashtirish boshqarmasida jami 236 nafar xodim ishlab kelmoqda shulardan 198 nafari erkakalar va 38 nafari ayollar; Denov tumanida obodonlashtirish boshqarmasida jami 288 nafar xodim ishlab kelmoqda shulardan 199 nafari erkakalar va 89 nafari ayollar o'z ish faoliyatini olib bormoqda.

XULOSA

1. Obodonlashtirish boshqarmalarining ustuvor vazifalari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari xavfsizligini ta'minlash, ish jarayonini optimallashtirish, ishchilar, jumladan obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining sog'lig'ini, hayotini, xavfsizligini himoyalash va ish qobiliyatini tiklashdan iborat.

2. Ishchilarning mehnat sharoitlari chang, shovqin, tebranish, mikroiqlim parametrlari, elektromagnit nurlanish kabi ishlab chiqarish omillari bilan belgilanadi.

3. Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 7-brigadasida ish vaqti 7:30 da boshlanishini inobatga olsak, mos ravishda brigadada ish jarayonida brigada boshi va ishchilar tomonidan ish belgilangan vaqtda boshlandi. Ish vaqti (420 daqiqa) xronometraji natijalariga ko'ra Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar ishga tayyorgarlik va yakunlash ishlariga 60 daqiqa (14,3%), asosiy ish jarayoniga 330 daqiqa (78,6%), ishdagi tanaffuslarga (tartibga solinadigan va tartibga solinmagan tanaffuslar) 30 daqiqa (7,1%) vaqt sarflaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.06.2019 yildagi PQ-4351-son "Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori.

3. https://spmi.ru/sites/default/files/imci_images/sciens/dissertacii/2020/

korneva_dissertaciya.pdf

3. Корнев, А.В. Современные методы оценки смачивающей способности шахтных составов для пылеподавления / А.В. Корнев, Г.И. Коршунов, М.В. Корнева // Горный информационно-аналитический бюллетень (научно-технический журнал). - 2017. - № 4 (5-1). - С. 93-102.

4. Khokimoyatov A., Narziev S. Analysis of methods for determining dangerous and harmful factors in the labor process //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A5. - С. 308312.

5. Khojieva S., Narziev S. Risks in pharmaceutical activity and professional obligations of the employee //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A3. - С. 8-12.

6. Lazarenkov A. et al. Impact of production environment and labor process factors on the body of foundry workers //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. - №. A4. - С. 285-292.

7. Narziev S., Latibov S. Prospects of promotion of sport and brewing in the population //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. B1. - С. 392-395.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.