Научная статья на тему 'OB’EKTLARNING YO’QOLGAN IDENTIFIKATOR RAQAMINI QAYTA TIKLASH MASALASI'

OB’EKTLARNING YO’QOLGAN IDENTIFIKATOR RAQAMINI QAYTA TIKLASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
30
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ID number / identifier / RFID / NFC / static and dynamic data / golden rule.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Babadjanov Elmurod Satimbayevich

This article focuses on the problem of identifying objects when the identification tool of the identified objects is lost or the old one is not replaced with a new one in time. As a result, in the process of identifying or restoring identification numbers, the idea of formally setting and solving the problem is presented, taking into account the dynamic-static parameters of the objects and the golden rules.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OB’EKTLARNING YO’QOLGAN IDENTIFIKATOR RAQAMINI QAYTA TIKLASH MASALASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY" APRIL 27-28, 2023

OB'EKTLARNING YO'QOLGAN IDENTIFIKATOR RAQAMINI QAYTA TIKLASH

MASALASI Babadjanov Elmurod Satimbayevich

PhD, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU DCs doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7853422

Abstract. This article focuses on the problem of identifying objects when the identification tool of the identified objects is lost or the old one is not replaced with a new one in time. As a result, in the process of identifying or restoring identification numbers, the idea of formally setting and solving the problem is presented, taking into account the dynamic-static parameters of the objects and the golden rules.

Key words: ID number, identifier, RFID, NFC, static and dynamic data, golden rule.

KIRISH

Hozirgi kunda katta-kichik o'lchamdagi muhim hisoblanuvchi ob'ektlarni inventarizatsiya qilish, kuzatish va boshqarishda ular noyob raqamli identifikatsiya qilish juda ommalashgan. Identifikatsiya usullariga asosan oddiy vizul ko'rish kodi yoki tamg'lash, shtrix kod, QR-code, elektron kontaksiz radiochastotali kodlash (RFID, NFC) kiradi. Va ko'pchilik hollarda ob'ektga identifikatsiya kodini ta'minlovchi vosita (birka, etiketka, belgi, teg) biriktiriladi hamda buni qisqacha ID raqam deyiladi. Shuningdek, ob'ektlari identifikatsiya qiluvchi faoliyat turlariga kirish-chiqishlarni boshqarish, logistika, omborxona, savdo rastalari buyumlari, transport sohasi va hayvonlar nazorati, tashkilot jixozlari, kutubxona kabilardan iborat.

MAVJUD MUAMMO

Amaliyotda ob'ektlarga biriktirilgan ID raqamlar vaqt o'tishi yoki biror jarayon almashinuvida, eskirganda, yangilanishida va eng asosiysi tashqi ta'sir sababli yo'qolganda (olinganda) almashtiriladi, ya'ni oldingisining o'rniga yangisi qo'yiladi. Muammo kelib chiqadigan vaziyat shundan iboratki, ko'pchilik hollarda ID raqam ob'ektdan olinganda (tabbiy, sun'iy, tasodifiy), tushib qolganda yoki ID raqamlar vaqtida almashtirilmaganda vaqt o'tishi bilan ob'ekt to'g'risidagi ma'lumotlarda mujmallik, tushunarsizlik, qaydnoma ta rixida uzilish paydo bo'ladi. Agar bu avtomatik boshqaruv tizimlariga tegishli va ma'lumotlar real vaqt rejimida taxlil kilinadigan bo'lsa katta muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa bunday ob'ektlar qatoriga ma'lumotlari doimiy qayd qilinib boruvchi ishlab chiqarish va/yoki xarakatdagi ob'ektlar kiradi.

MASALANI KELIB CHQISHI VA BELGILASHLAR

Mazkur ishda biror ishlab chiqarish yoki tashkilotga tegishli bo'lgan bir xil xususiyatli guruh ob'ektlariga o'rnatilgan birkalar bo'icha tadqiq etiladi. Aniqroq aytilganda guruh ob'ektlaridan ayrimlarning o'rnatilgan birkalar yo'qolganda vaqtda uning o'rniga qo'yilgan yangi birkalar oldin qaysi ob'ektga tegishli ekanligini aniqlash qaraladi. Ya'ni ayrim ob'ektlarni toid vaqtdagi bL birkalari yo'qolgan va ularga tnew ma'lum vaqtdan so'ng bK yangi birkalar biriktirilgan. Bu vaziyat uchun [t0id, tnew] vaqt oralig'ida ob'ektlarda kechgan voqealik (mavjud ma'lumotlar) asosida yangi K = (k1, ...,kp ) birkalar oldingi B = (bv ...,bq ) birkalar orasidagi moslikni topish lozim.

Ma'lumki, ob'ektlarni individualligini tasniflovchi statik va dinamik ma'lumotlar mavjud. Jumladan, statiklarga ob'ekt ro'yxatdan o'tgan/chiqarilgan sana, fizik-biologik xususiyatlari, o'ziga xosligi, rangi, o'lchami kabilar kirsa, dinamik ma'lumotlarga joriy vaqtdagi ishlab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY" APRIL 27-28, 2023

chiqarishdagi ko'rsatkichlari, texnik-fiziologik ko'rsatkichlari, ko'rikdan o'tkazilishi hamda ob'ektdagi o'zgarishlar kabi ma'lumotlar kiradi. Birka yo'qolganda asosan dinamik ma'lumotlar orqali aniqlanadi.

Endi ushbu masala bo'yicha matematik belgilash kiritiladi:

• N - tashkilotda ro'yxatdan o'tgan va real vaqtda mavjud ob'ektlar soni;

• M - tashkilotda jami ro'yxatdan o'tgan barcha ob'ektlardagi birkalar soni (N < M);

• CB = (i, bj, tbegin, tend), (i = 1.. N,j = 1..M) - ob'ektdagi birkalar. Bu yerda i-ob'ektga b¡ - birka tbegin sanada o'rnatilgan va tend sanada ob'ekt tashkilot ro'yxatidan chiqarilgan;

• C = [i, DS, DD} - ob'ekt to'g'risidagi statik va dinamik ma'lumotlar;

• DS = (i,databirth,datadeath, staticparamert) - statik ma'lumotlar, bu yerda ob'ektning kelish va chiqish sanasi, xususiyatlari, rangi kabilar;

• DD = (i, dinamicpar 1, dinamicpar 2,...) - dinamik ma'lumotlar, bu yerda misol uchun dinamicpar1 - ob'ektning ishlab chiqarish ko'rsatkichi, dinamicpar2 - ko'rikdan o'tkazilishi va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlar sanalari bilan(qaydnomalar).

MASALANI QO'YILISHI

Belgilashlardan kelib chiqib endi misol uchun ob'ektlarning ishlab chiqarish ko'rsatkichlari qaydnomasi orqali yo'qolgan birkalarni topish masalasini qaraylik. Tashkilotda ob'ektlarning ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini nazoratlash tadbirlari kundalik (faqat avtomatlashtirilgan tizimlarda) yoki ixtiyoriy vaqt oralig'ida o'tkaziladi. Albatta ob'ektlarning individual ishlab chiqarish ko'rsatkichlari birkalar yordamida qayd qilinadi. Agar shu nazoratlashda bir yoki undan ko'p birkalar yo'qligi aniqlansa, ushbu sanada noma'lum ob'ektlarning maxsuldorlik ko'rsatkichlari qaydnomaga raqamsiz holda yoziladi. Birkasi yo'qolgan ob'ektlarga yangi birkalar biror kunlari (>1) o'tib qo'yiladi. Birka qo'yilgunga qadar shu tarzda qaydnoma yuritiladi. Ob'ekt yangidan birkalangandan so'ng navbatdagi qaydnomalar yangi birklar orqali amalga oshiriladi (1-rasm). Bu yerda birkasiz ob'ektning qaydnomalari 1) oldingi vaqtdagi birkali va 2) yangi birkali qaysi ob'ektga mos kelishini aniqlash muammo hisoblanadi. Bular quyidagicha belgilab olinadi:

• Oldingi davr. X - birkasi mavjud va ro'yxatdan chiqarilmagan, lekin, joriy vaqtga nisbatan parametrlari qayd qilinmagan ob'ektlar. Xususiy holda mavjud birkalarning ma'lum vaqt oralig'ida ishlab chiqarish maxsuldorligi qaydnomasi X = (bold, Xdata, Xindikator);

• Noma'lum davr. Z - ma'lum vaqt oralig'ida birkasi noma'lum ob'ektlarning dinamik parametrlari. Xususiy holda birkasiz ob'ektlarning ishlab chiqarish qaydnomasi: Z =

(^data, ^Indikator)

• Yangi davr. Y - yangi birka o'rnatilgan ob'ektlarning ma'lum vaqt oralig'idagi parametrlari. Xususiy holda noma'lum birkalarning ishlab chiqarish maxsuldorligi uchun Y =

runew V V \

\u ' 1 data> 1 Indikator J.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY" APRIL 27-28, 2023

Tx = (tT.+1,..., ta), Tz = (ta+1,..., tß), TY = (tß+1,..., ty), kirn oraligi (ä = a — Tf, ß = ß — a; f = y — ß lar mos ravishda interval kattaligi) 1-rasm. Vaqt seriyalarida ishlab chiqarish maxsuldorlikni uzilishlari

VAZIFALAR

Berilgan (X, Y,Z) ma'lumotlarga ko'ra oldingi yo'qolgan birkalarni yangi birkalarga mos qo'yish masalasi yechishda quyidagi uchta vazifani bajarilishi lozim:

1) Chap tomondan yaqinlashish (X^Z). Oldingi birkasi aniq vaqtdagi ishlab chiqarish maxsuldorligi maxsus oltin qoida funksiyalar orqali chap tomondan boshlab noma'lum davrning har bir vaqt seriyasi uchun moslikni topish (maxsus yaratilgan algoritm yoki mashinali o'qitish algoritmlari orqali amalga oshirish mumkin);

2) O'ng tomondan yaqinlashish (Z ^ Y). Yangi birkalarni ko'rsatkichlari bo'yicha interpolyatsiya funksiya quriladi va o'ng tomondan boshlab noma'lum davrning har bir vaqt seriyasi uchun moslikni topish;

3) noma'lum davrning vaqt seriyalaridagi ko'rsatkichlar o'rtasida moslik qonuniyatini

topish.

Keyin birkalar juftligi uchun natijalar umumlashtiriladi:

W(bold,bnew) = avg((X ^Z) + F(Z) + (Z^ Y))

Mazkur ketma-ketlik umumiy g'oya sifatida qaralib, bu X ning oltin qoidasi asosida o'zgarishi mumkin. Misol uchun ko'pchilik masalalarda faqat chap tomondan yaqinlashish bajarilib, u quyidagicha bo'lishi mumkin:

1) X = (X ^ Z). X ning qiymatlari asosida chap tomondan Z ning vaqt seriyasi uchun moslik topiladi va natijalar X ga birlashtiriladi;

2) (X ^ Y). Yangi birkalarni ko'rsatkichlari maxsus funksiya yordamida umumlashtiriladi va bu xuddi Z ning bitta vaqt seriyasi kabi qaraladi hamda moslik topiladi. Bu jarayonlarni ifodalash quyidagicha bo'ladi:

W(bold,bnew) = (X

Oltin qoida deganda mazkur ish doirasida ob'ekt faoliyatida (ishlab chiqarishga bog'liq parametrlari) ko'rsatkichlarning o'zgarishlarini me'yorga soluvchi yoki tekshirish andozasini beruvchi qandaydir funksiya sifatida qabul qilinadi. Funksiya ko'pchilik amaliyjixatidan

chiziqli emas hisoblanadi. Misol uchun ko'p nuqtalardan o'tuvchi egri chiziq funksiyasi.

TAKLIF ETILGAN USUL

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY" APRIL 27-28, 2023

Endi (p funksiya asosida ishlab chiqarish ko'rsatkichlari bo'yicha berilgan (X,Y,Z) ma'lumotlarga ko'ra oldingi yo'qolgan birkalarni yangi birkalarga mos qo'yish usuli tatqiq etiladi. Algoritmning asosiy g'oyasi quyidagicha:

1. Oldingi davr ob'ektlarining barcha berilgan qiymatlari ф funksiya yordamida og'ishlar topiladi va ularni o'rtacha qiymati hisoblanadi. Natija 2 o'lchamli martitsadan bir o'lchamli et vektorga o'tiladi;

2. Avval noma'lum davr elementlarining qiymatlari et vektorga nisbatan muvofiqlashtiriladi (ma'lum xatolik intervaliga tushiriladi). Keyin, noma'lum davrning har bir vaqt seriyasi alohida-alohida et vektor bilan mos qo'yilib, bir-biriga eng yaqinlari mos qo'yiladi;

3. Yangi davr ob'ektlarining barcha berilgan qiymatlari biror interpolyatsiya funksiya yoki o'rtacha qiymatlar yordamida og'ishlar topiladi va ularni o'rtacha qiymati hisoblanadi. Natija 2 o'lchamli martitsadan bir o'lchamli vektorga o'tiladi;

4. €i va et vektorlar yaqinlik bo'yicha bir-biriga mos qo'yiladi. Bu birkalarning bog'lanishi bo'lib hisoblanadi.

Masalani yechishda ko'zlangan natija nuqtai nazaridan aslida noma'lum davr uchun birkalarni aniqlash kerakmi yoki yangi davrni aniqlashni o'zi yetarlimi? Agar noma'lum davr zarur bo'lmasa, algoritm soddalashadi, ya'ni xususiy xol bo'lgan (X, Y) to'plam ustida ish olib boriladi. Aslida (p funksiya mavjud bo'lganda Z noma'lum davr ko'rsatkichlari qaysi birkaga tegishli ekanligi aniqlanadi xolos, lekin uning natijasi yangi davr hisoblashlarda qo'llanilmaydi. Yangi birkalarni oldingi birkalarga mos qo'yishni yanada tushunali bo'lishi uchun aniq predmet soxa tanlash lozim. Misol sifatida sut chorvachilik ho'jaligi. Bunda sog'in sigirlarga biriktirilgan identifikator vosita RFID quloq teglar hisoblanadi. Ob'ekt(sog'in)larni individual ishlab chiqarish kun mazgili sut miqdori. Oltin qoida esa laktatsiya davri uchun sut maxsuldorligi o'zgarish grafigini anglatuvchi laktatsiya egri chizig'I hisoblanadi.

REFERENCES

1. Babadjanov E.S. RFID texnologiyasi orqali hayvonlarni identifikatsiya qilish va ma'lumotlarni boshqarish //"Fan va ta'limda zamonaviy kompyuterli dasturlashtirish, telekommunikatsion texnologiya-larning bugungi zamon ko'rinishi va ularni o'qitishda innovatsion yondashish masalalari" Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma'ruzalar to'plami. Nukus. 2021 yil 15-16 noyabr. 241-244 b.

2. Babadjanov E.S., M.A.Fayzullaeva. Ishlab chiqarishdagi RFID standartlar tahlili // "O'zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar" jurnali. «Best Publication». O'zbekiston 2021. 3-son. 158-164 б.

3. Бабаджанов Э.С. Аклли чорва фермер хужаликларини ташкил килиш масалалари ва ечимлари // Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), ISSN: 2181-3213 VOLUME 1, ISSUE 4, 08.2022. P.6-19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.