Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING TOG‘ VA TOG‘LI HUDUDLARI AHOLISINING TURMUSH TARZI'

O’ZBEKISTONNING TOG‘ VA TOG‘LI HUDUDLARI AHOLISINING TURMUSH TARZI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
85
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tog’li mamlakat / tog’ aholisi / sof tog’ tumanlari / tog’ rayonlarini barqaror rivojlantirish milliy siyosati / tog’ zonasi aholi punktlari tizimi / tog’ sanoati / tog’ qishloq xo’jaligi / tog’ madaniyati xilma-xilligi / barqaror rivojlanishi strategiyasi / mountain country / mountain population / pure mountain districts / national policy of sustainable development of mountain regions / system of mountain zone settlements / mountain industry / mountain agriculture / mountain cultural diversity. diversity / sustainable development strategy

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Qalandarova М.К.

Ushbu maqolada tog‘larining tabiiy va madaniy xilma-xilligi, tog‘ va tog‘ oldi hududlarni rivojlantirish muammolari, tog‘li hududlari aholisining turmush tarzi, insonning tog’ ekotizimlariga ta’siri, hayotiy muhim tog‘li ijtimoiy-ekologik tizimlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda davlat siyosatining ahamiyati va mas’uliyati to’g’risida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFESTYLE OF THE POPULATION OF THE MOUNTAIN AND MOUNTAIN REGIONS OF UZBEKISTAN

In this article, the natural and cultural diversity of mountains, problems of development of mountain and sub-mountain areas, lifestyle of the inhabitants of mountain areas, human influence on mountain ecosystems, maintenance of vital mountain socio-ecological systems are discussed. Opinions were held about the importance and responsibility of state policy in creating conditions for support, local economy and entrepreneurship development.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING TOG‘ VA TOG‘LI HUDUDLARI AHOLISINING TURMUSH TARZI»

Qalandarova M.K. Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti geografiya o 'qitish metodikasi kafedrasi v/b dotsenti

O'ZBEKISTONNING TOG' VA TOG'LI HUDUDLARI AHOLISINING

TURMUSH TARZI

Annotasiyasi. Ushbu maqolada tog'larining tabiiy va madaniy xilma-xilligi, tog' va tog' oldi hududlarni rivojlantirish muammolari, tog'li hududlari aholisining turmush tarzi, insonning tog' ekotizimlariga ta'siri, hayotiy muhim tog'li ijtimoiy-ekologik tizimlarni qo'llab-quvvatlash, mahalliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda davlat siyosatining ahamiyati va mas 'uliyati to 'g'risidafikrlaryuritilgan.

Kalit so'zlar: tog'li mamlakat, tog' aholisi, sof tog' tumanlari, tog' rayonlarini barqaror rivojlantirish milliy siyosati, tog' zonasi aholi punktlari tizimi, tog' sanoati, tog' qishloqxo'jaligi, tog' madaniyatixilma-xilligi, barqaror rivojlanishi strategiyasi.

Qalandarova M.K. associate professor Geography Teaching Methodology Department Tashkent State Pedagogical University named after Nizomiy

LIFESTYLE OF THE POPULATION OF THE MOUNTAIN AND MOUNTAIN REGIONS OF UZBEKISTAN

Abstract. In this article, the natural and cultural diversity of mountains, problems of development of mountain and sub-mountain areas, lifestyle of the inhabitants of mountain areas, human influence on mountain ecosystems, maintenance of vital mountain socio-ecological systems are discussed. Opinions were held about the importance and responsibility of state policy in creating conditions for support, local economy and entrepreneurship development.

Key words: mountain country, mountain population, pure mountain districts, national policy of sustainable development of mountain regions, system of mountain zone settlements, mountain industry, mountain agriculture, mountain cultural diversity. diversity, sustainable development strategy.

KIRISH. O'zbekiston dunyo bo'yicha eng go'zal tog'li mamlakatlaridan biri hisoblanadi, shu bilan birgalikda tog'lar maydoni kattaligi bo'yicha Shevatsariya, Armaniston va Makedoniya kabi tog'li mamlakatlarning birgalikdagi hududiga ham tengdir. Tog'lar mamlakatimizning umumiy hududining 21,4% ini egallaydi, ushbu qismida umumiy aholining 12,7%i, yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 12-13 %i, sanoat

mahsulotlarining 16 %ga yaqini hamda rekratsiya va landshaft xilma-xilligi resurslarining katta qismi to'g'ri kelishi bilan ahamiyatlidir.

O'zbekiston sharoitida hududi to'liq tog'larda joylashgan viloyatlar mavjud emas, ma'muriy jihatdan 10 ta viloyati tekislik-tog' mintaqasida joylashgan bo'lib, ushbu viloyatlar tumanlarining 72 tasi maydonlari tarkibida tog'lar mavjud. Biz tadqiqotimiz ob'ekti uchun 16 ta tog'li tumanni tanladik, boisi biz tanlagan tumanlar sof tog' tumanlaridir. Bugungi globallashuv sharoitida aholi sonining o'sishi, buning natijasi o'laroq tog' resurslariga ehtiyojning ortishi, tog' hududlariga ta'sir doiralarining kengayishi oqibatida ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatning beqarorligini kuchayganligini ko'rishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Tog' aholisi hamda uning yashash sharoiti, faoliyat yuritishini qo'llab-quvvatlashning keskinligi va muhimligi, milliy tog' siyosatini to'g'ri olib boorish va rivojlantirishning zarurligi ba'zi rivojlangan davlatlarda XIX asrning oxirida vujudga keldi. Jumladan, 1870 yilda Shvetsariyada, 1880 yilda Frantsiyada, 1950-60 yillarda Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida tog' muammolariga e'tibor kuchaydi. Dunyoning ko'plab mintaqalari tog' rayonlarini barqaror rivojlantirish milliy siyosatini shakllantirib, faol takomillashtish ishlarini amalga oshirmoqdaki, mazkur yo'nalishda Yevropaning Avstriya, Fransiya, Shvetsariya, Italiya kabi ya'ni Al'p mintaqasi davlatlari yetakchi bo'lsa, ularga keyinchalik Gretsiya, Pol'sha, Portugaliaya ham qo'shildi. Osiyoda Xitoy, Markaziy Osiyodan esa Qirg'iziston bu jarayonda faoldir.

Tabiat imkoniyatlari, tog' muhiti muxofazasi nuqtai nazaridan tog' rayonlari barqaror rivojlanishi strategiyasi va asosiy yo'nalishlari bo'yicha Yu.P.Badenkov, V.S. Vagin, V.S.Revyakinlarning asarlari ahamiyatli, ayniqsa, Yu.P.Badenkovning "Tog'larda hayot" asari dunyo tog'lari Al'p, Himolay, And, Qoraqurum, Markaziy Osiyo, sharqiy Afrika tog'lari, Kavkaz hamda Oltoy tog'lari misolida tog'lar tabiati va madaniyati xilma-xilligi asoslab berilgan. 1994 yilda qabul qilingan Yevropa tog' siyosatida tog' rayonnlarining yuqori insonparvarlik qadriyati ya'ni, tog' aholisi boy an'analari, madaniyati, mehnatsevarligi, mahorati bilan o'tmish va hozirning qimmatli boyligi hisoblanishi, ular farovonlik manbai ekanligi asoslangan.

Mamlakatimiz tarqqiyotining yangi bosqichida so'nggi yillarda tog' zonasining barqaror rivojlanishi yo'nalishida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari rahnomoligida tog' hududlari bo'yicha qator farmon va qarorlar qabul qilingan bo'lib, hayotga jadal tadbiq etilmoqda. Jumladan, tog' hududlarida kartoshkachilik, dorivor o'simliklarni turlarini ko'paytirish, tog' tumanlari qishloq xo'jaligini chuqur ixtisoslashtirish, agrar-sanoat klasterlari, tog' erkin va maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish, rivojlantirish va h.k. Aytishimiz mumkinki, tog' hududlari muammosi dastavval tog' aholisi muammosi hisoblanib, aholining turmush tarsi, faoliyati, tog' tabiati va resurslari bilan uzviy bog'liqdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR. O'zbekiston dunyoning tog'li mamlakatlaridan biri hisoblanib, tog' hududining mamlakatdagi ulushi 20% dan ortiq va tog' aholisi soni umumiy aholi soniga nisbati 13% ga yaqin ko'rsatkichga ega. Tog' aholisi tog' mintaqalari barqaror rivojlanishining asosiy tayanchini tashkil etadi. Tog'lilar ya'ni tog'larning doimiy aholisi landshaft va ekotizimni optimal ishlash tartibida asraydi, shu bilan birga tog'larda tabiat va jamiyatning o'zaro ta'siri va barqaror rivojlanishini tartibga soladigan asosiy mexanizm hisoblanadi. Tog' xo'jaligi hozirgi vaqtda asosan qishloq xo'jaligi yetakchi bo'lib, ko'pchilik ma'muriy tumanlar agrar tipga xos. Hududagi qishloq xo'jaligining tog'liligi alohida tog' turlari hamda yo'nalishlarida yaqqol namoyon bo'ladi, jumladan: sug'orma dehqonchiligi, lalmikor zinapoyasimon dehqonchiligi, asalarichiligi, chorvachiligi, bog'dorchilik va uzumchiligi, tog' dorivor o'slimlikchiligi, o'rmon xo'jaligi va h.k. Tog' aholisi tog' resurslar i salohiyatining asosiy foydalanuvchisi, uni asravchisi, muhofaza qiluvchisi sifatida barqaror tog' rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hamda mexanizmidir.

Mamlakatimiz tog'lari Markaziy Osiyoning eng qadimgi o'zlashtirilgan va aholi ko'p yashaydigan hududlaridan biri hisoblanib, XIX asrning ikkinchi yarmiga nazar tashlasak, O'zbekiston aholisining 1/5 qismi, 1987 yillarda 17,4% aholi tog'larda yashagan. Oxirgi yuz yilda ya'ni 2020 yilga kelib, tog' aholisining soni 6 marta ko'payib, 4,3 million kishiga ya'ni umumiy aholi sonining 12,7%ga yetdi. Aholi eng avvalo tog' botiqlarida, tog' daryolari vodiylarining kengaygan joylarida va past tog'lar yonbag'irlarida joylashgan. Mamlakatimizning eng baland tog' qishloqlari Hisor tog'lari janubiy yonbag'irlarida Surxondaryoning Sariosiyo tumanida 2500-2600 metr balandligida joylashgan bo'lib, ular Hurvatan, Tamshush, Shatrut, Tamarqut, Kshtut qishloqlaridir. O'zbekistonning tog'larida domiy aholi yashaydigan aholi punktlarining eng baland chegarasi 2600 metrni tashkil etib u Kshtut qishlog'i hududini o'z ichiga oladi.

2000 yildan 2020 yilga qadar 16 ta tog' tumani aholisi soni 739,5 ming kishiga ko'paygan. Tog' hududlarining taxminan 4,3 mln aholisining 2,8 millioni (65,2%i) tog' tumanlari va tog' shaharlarida, 1,5 millioni (34,8%) aholisi tekislik -tog' tumanlari hududida yashaydi. Aholining o'rtacha zichligi 1 kv.km ga 44,8 kishini tashkil etadi. Zichlik balandlik oshgan sari kamayib boradi. Tog' zonasi aholi punktlari tizimi funksiyalari, o'zaro aloqalari, tuzilmasi xususiyatlari, rejalashtirilshi, obodonlashtirish darajasi va boshqa jihatlardan xilma-xil bo'lgan ko'p sonli balandlik zonal qishloq, shahar va shaharchalardan iborat. Topografik xususiyatlar, gidrografik to'r, aholi punktlari makoniy nisbatlari ya' ni masofa, yo'nalish, tutashganlik va h.k.lar ko'plab o'zaro munosabat shakllarining paydo bo'lishiga imkon beradi. Qishloq aholi punktlarining ustunligi va urbanizatsiya darajasining pastligi tog' zonasi aholi punktlari tizimlarining xarakterli xususiyatlarini belgilaydi. Xo'jalik yuritishning, asosan tabiiy usuli hayotning juda past darajasini ta'minlaydi, shuning uchun tog' aholisi hozirgi kunda ulkan qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Kambag'allik, qashshoqlik, ishsizlik,

kasallik va qoniqarsiz sanitariya sharoitlari afsuski aksariyat hududlarimiz o'ylaganimizdan ham muhtojroqdir. Ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi esa kam rivojlangan.

So'rovnomalar taxlili shuni ko'rsatadiki, tog'liklar nazdida ular o'z mamlakatlarining siyosiy va iqtisodiy chekkalarida joylashgan, aksariyat yoshlar tog'larni tark etishga moyildirlar. Barcha davrlarda shaharlarga nisbatan tog'lardan kelayotgan mehnat muhojirlari oqimi yuqoriligini ko'rishimiz mumkin. Tog'larga yangi tassurotlar bilan, dam olish, estetik zavq olish uchun kelgan harakatchan shahar aholisiga nisbatan taqqoslanganda kambag'alligi, shu bilan birgalikda serg'ayratliligi, dangalligi, to'g'ri so'zligi, mehnatkashligi bilan ajralib turishadi. O'zbekistonning tog'li hududlarida istiqomat qiladigan kishilari o'ziga yarasha urf-odatlari, etnomadaniyati, ish bilan bandligi fiziologik jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aksariyat hududlarda mahalliy aholi va shaharlik, turistlardan iborat bo'lgan tashrif buyuruvchilar sodda qilib aytganda kelgindilar o'rtasida paydo bo'lgan ziddiyat "ishlab chiqaruvchi-istemolchi, sotuvchi-sotib oluvchi" o'rtasidagi munosabatlarga aylangan. Yana shunisi ham e'tiborga molikki, jahon bo'yicha uzoq umr ko'ruvchilarning asosiy qismi tog' va tog' oldi mintaqalariga to'g'ri kelar ekan. Tog'oldi va tog'li hududlar iqlimining inson salomatligiga ko'rsatuvchi ijobiy ta'siri ham sir emas. Afsuski, so'nggi yillarda tog', ayniqsa, tog' vodiy hududlarida tog' -kon sanoati tarmoqlarining rivojlanib borishi mazkur hududlarda ekologik muhitning ifloslanishiga va shu atrofda yashovchilar salomatligiga ta'sir ko'rsatayotganligini ko'rishimiz munkin.

XULOSA. Tog' hududlarining antropogen ta'sirga zaifligi, ularning ijtimoiy-madaniy biologic va landshaft xilma-xilligi, suv, biologik, rekratsiya va mineral resurslar to'plami ombori sifatida ahamiyatini, tog' aholi punktlari va xo'jaligining alohida tog' shakllarini, tog' aholisining turmush tarsi, urf-odatlari hamda ular asoslanadigan barcha resuslarni saqlash, himoya qilishni hisobga olgan holda qayta ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Tabiiy-ekologik muvozanatning yanada buzlishining oldini olish, tog'larning biologik, landshaft, etnomadaniy xilma-xilligini saqlash, tog' aholisining faravonligini ta'minlash, yashashning muqobil manbaalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akbarov X.A., Jumayev T.J., Alibekov L.A. Tog' regionlarining barqaror rivojlanishi va xalqaro hamkorlik. O'zbekistonda ijtimoiy fanlar.2000, №1 14 б

2. Баденков Ю.П. Жизнь в горах. Природное и культурное разнообразное-разнообразие моделей развития. М.: ГЕОС, 2017 450-470с

3. Jumayev T.J. Bizning ulug'vor tog'larimiz. O'zbekiston tog' zonasining barqaror rivojlanishi: nazariya va amaliyot. Monografiya. Toshkent.: "Iqtisodiyot", 2021, 267-321 betlar

4. Комилова Н.К,. Инсон саломатлигига табиий омилларнинг таъсири. Экология хабарномаси. -Т., 2005. -Б. 38-40.

5. Миррахимов М.М., Агаджанян Н.А. Человек и окружающая среда. — Ф.: Кыргызстан. 1974. - 20 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.