Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING ARID MINTAQALARINING YER OSTI SUVLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTONNING ARID MINTAQALARINING YER OSTI SUVLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
485
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekistonning arid mintaqalari / yer osti / artezian havza / resurs / gidrogeologik ishlar / kollektorlar samaradorligi / monitoring. / Засушливые районы Узбекистана / подземелье / артезианские бассейны / ресурс / гидрогеологические работы / эффективность коллектора / мониторинг.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Latofat Qabulova

Mazkur maqolada O‘zbekistonning arid hududli mintaqalarida yer osti suvlaridan oqilona foydalanishva ularni muhofaza qilish masalalari organilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОДЗЕМНЫЕ ВОДЫ И РАЗУМНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПОДЗЕМНЫХ ВОД В ЗАСУШИХ РАЙОНАХ УЗБЕКИСТАНА

В данной статье систематизированы и проанализированы вопросы рационального использования и охраны подземных вод в засушливых районах Узбекистана.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING ARID MINTAQALARINING YER OSTI SUVLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI»

Journal of Geography and Natural Resources SJIF 2022: 6.037

JOURNAL OF GEOGRAPHY AND NATURAL RESOURCES

journal homepage:

https://topjou rnals.uz/index.php/j gnr

GROUNDWATER AND GREAT WATER MANAGEMENT IN DRY AREAS OF

UZBEKISTAN

Latofat Qabulova

Master's student

Jizzakh State Pedagogical Institute Jizzakh, Uzbekistan

_ABOUT ARTICLE_

Key words: Arid regions of Abstract: This article systematizes and

Uzbekistan, underground, artesian basins, analyzes the issues of rational use and resource, hydrogeological works, reservoir protection of groundwater in arid regions of efficiency, monitoring. Uzbekistan.

Received: 01.03.22 Accepted: 10.03.22 Published: 23.03.22

O'ZBEKISTONNING ARID MINTAQALARINING YER OSTI SUVLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI

Latofat Qabulova

Magistratura talabasi

Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: O'zbekistonning arid Annotatsiya: Mazkur maqolada mintaqalari, yer osti, artezian havza, resurs, O'zbekistonning arid hududli mintaqalarida gidrogeologik ishlar, kollektorlar yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va samaradorligi, monitoring. ularni muhofaza qilish masalalari organilgan _va tahlil qilingan._

ПОДЗЕМНЫЕ ВОДЫ И РАЗУМНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПОДЗЕМНЫХ ВОД В ЗАСУШИХ РАЙОНАХ УЗБЕКИСТАНА

Латофат Кабулова

Студент магистратуры

Джизакский государственный педагогический институт Джизак, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Засушливые Аннотация: В данной статье районы Узбекистана, подземелье, систематизированы и проанализированы артезианские бассейны, ресурс, вопросы рационального использования и гидрогеологические работы, охраны подземных вод в засушливых эффективность коллектора, мониторинг. районах Узбекистана._

KIRISH

O'zbekiston hududi yer usti suv zahiralari bilan birgalikda juda katta yer osti suv zahiralariga ham ega. Iqlimning juda quruq bo'lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, qishloq xo'jalik yerlari va chorva mollarini sug'orishda juda keng ko'lamda foydalaniladi. Yer osti suvlarining paydo bo'lish genezesi haqida turlari davrlarida olimlar turlicha fikr mulohazalar va farazlar, gipotezalar bayon qiliganlar. Hozirgi vaqtda ilmiy nuqtai nazardan asoslangan va shu tufayli mutaxassislar tomonidan qabul qilingan nazariyalar quyidagilardan iborat:

- E.Zyussning yuvinil nazariyasi;

- A.F.Lebedevning kondensatsion nazariyasi;

- infiltartsion (sizib o'tish) nazariyasi;

- relikt yer osti suvlari nazariyasi.

ASOSIY QISM

O'zbekiston va unga tutash hududlarda N.N.Kenesarin va A.N.Sultanho'jayevlar bir necha artezian havzalari borligini aniqlagan. Masalan Sirdaryo artezian havzasi: bu havza o'z navbatida yana bir qancha mayda havzalarda, Farg'ona, Toshkent, Chimkent, Qizilqum, Orol atrofi kabi havzalarga bo'linadi. Yer osti suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdoriga qarab uch guruhga bo'linadi:

- chuchuk suvlar (1 litrda 1 grammgacha erigan tuzlar);

- sho'r suvlar (1 litrda 1 grammdan 50 garmmgacha erigan tuzlar);

- o'ta sho'r suvlar ( 1 litrda 50 grammdan ko'p erigan tuzlar).

Ko'pgina yer osti suvlarining tarkibida inson sog'lig'i uchun foydali ba'zi tuzlar, gazlar va organik birikmalar ham uchraydi. Bunday suvlar shifobaxsh mineral suvlardir. Masalan, vodorod sulfidli, yod bromli, radonli va boshqa xil suvlar shifobaxsh xususiyatga ega. Yer osti suv

manbalari asosida Farg'ona vodiysida-Chimyon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Chortoq, Surxondaryoda-Jayrontepa kabi mineral suvli shifoxonalar bunyod etilgan.

Yer osti suvlaridan rejali va oqilona foydalanish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi "2017-2021 yillarda yer osti suv zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2954-son qarori qabul qilindi.

Darhaqiqat, hozirgi kunda O'zbekistonning arid mintaqali hududlardagi 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punktlari aholining ehtiyojlari yer osti suvlari zahiralari hisobiga qondirilmoqda. Shu bilan birga oxirgi 40-50 yilda sanoat va qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu o'z navbatida suv olish inshoatlarining ruxsatsiz qurilishi va suvni nazoratsiz oish oqibatida konlardagi zahiralarning 35 % ga qisqarishiga hamda ayrim manbalarda suv zahiralarining tugashiga olib keldi. Yer osti suvlari monitoringining 1465 kuzatuv punktidan suv manbalarining ifloslanishi, yer osti suv zahiralarining kamayishiga va aholi punktlari hududlarida yer osti suvlari sathining ko'tarilishiga olib kelayotgan salbiy omillar mavjud. Bu esa yaqin o'n yillar mobaynida chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarning yarmidan ko'pi tiklab bo'lmas tarzda yo'qotishning real xavfi mavjudligini yaqqol ko'rsatadi.

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin. Kelgusida, O'zbekistonning arid hududli mintaqalarida yer osti suvlarini nazorat qilish, foydalanishni nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanishni hisobga olishning samarali usullari mexanizmini joriy etish, yer osti chuchuk suvlari zahiralarini ko'paytirish bo'yicha gidrogeologik ishlar samaradorligini oshirish, maxsus quduqlarni ko'paytirish va ularda zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar o'rnatish, drenaj quduqlar sonini oshirish, kollektorlar samaradorligini oshirish talab etiladi. Bu ishlar amalga oshsa aholi yashash joylarida shahar va qishloqlarda insonlarni yashash sharoitini sifat jihatdan yaxshilash va yer osti suvlari holati ustidan monitoring olib borish imkoniyatini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. A.R.Rasulov, F.X.Hikmatov "Gidrologiya asoslari" Toshkent 2003 yil

2. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi" "O'qituvchi" nashriyoti Toshkent 1996 yil

3. Go'dalov, M. R. (2014). Nature of Jizzakh region and its protection.-T.:". Science and technology.

4. Gudalov, M., & Gozieva, M. (2020, December). Development Of Tourism In Zaamin National Nature Park By The Cluster Method. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 111-114).

5. Mirkomil, G., Bakhtiyor, Z., & Dilfuza, I. (2020). Predicting Changes In Landscapes Around The Aydar-Arnasay Lake System. The American Journal of Engineering and Technology, 2(10), 6-12.

6. Muminov, A., Muminov, O., Polvonov, K., & Ktaybekov, S. To the Way of Informed Society.

7. Адилов, Ф. А. (2019). ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И АЗЕРБАЙДЖАН. Фундаментальные и прикладные исследования в современном мире, (26-2), 108-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.