^^pecialists^n^heFie/doiTtantSotM
O'ZBEKISTONDA TRANSPORT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
Shaxzod Murtazaevich Mustafoev
TVL-13 guruh talabasi
Svetlana Vladimirovna Temirova
Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi
sveta3tmit@gmail.com
Jahon ilmiy-texnik taraqqiyotining hozirgi bosqichi yangi axborot texnologiyalarining shiddatli rivoji va hayotga keng joriy qilinishi bilan xarakterlanadi. Hayotimizning barcha sohalariga singib borayotgan axborot inqilobi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Natijada, shunday yaxlit axborot makoni shakllanmoqdaki, bu makonda axborot milliy boylikning qimmatbaho qismiga, uning strategik resursiga aylanmoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat tobora keskin tus olmoqda. Bunday murakkab sharoitda zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish talab etiladi. Chunki zamonaviy jamiyatni boshqarish borgan sari murakkablashib bormoqda. Insondan yangi ilg'or g'oyalar asosida boshqarishni talab qilmoqda. Ma'lumki, zamonaviy jamiyatga o'tish davridagi asosiy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ehtiyojlaridan biri - bu boshqaruv tizimini tashkil etish, takomillashtirish va isloh etish hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonlarida boshqaruv funksiyasi yanada kuchayib boradi. Boshqaruv-tashkilot maxsus organining funksiyasi bo'lib, eng kam vositalar (vaqt, kuch, zahiralar) sarflagan holda eng yuqori natijaga erishish bo'yicha aniq tashkil etilgan faoliyatdir[1.24].
So'nggi yillarda transport sohasida ham davlat monopoliyasini qisqartirish, soha va korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilish, davlat-xususiy sheriklar, raqamlashtirish, tashqi savdoni kengaytirishda yangi tashabbuslarni qo'llash, xalqaro transport logistika tizimlariga a'zolikni kengaytirib borish kabi maqsadli yo'nalishlar bo'yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Transport sohasida investitsion jozibadorlikni oshirish, investorlar safini kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan o'zaro manfaatdor hamkorlikni amalga oshirishda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, logistika samaradorligi indeksi (LPI)ni o'z ichiga olgan jahon banki tomonidan yuritilayotgan logistika samaradorligi indeksi bo'yicha O'zbekiston 99-o'rinni egalladi[2]. Hisobotda 168 mamlakat o'rin olgan bo'lib, mazkur
April 21-22
566
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-566-569
ort
indeks mahalliy kompaniyalarning milliy va xalqaro bozorlarga chiqishni ta'minlovchi ta'minot zanjirlarining samaradorligini o'lchaydi.
Hozirgi kunda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv yo'lidagi to'siqlarni olib tashlash bo'yicha faol va keskin choralar ko'rilmoqda. Xalqaro maydonda mamlakat imidjini yaxshilash savdo, iqtisodiyot, investitsiya va ijtimoiy rivojlanish modellarini ishlab chiqish, yetakchi xalqaro tahliliy va ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, jahondagi biznes uyushmalar bilan aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalaridan biridir. Transport sohasidagi eng muhim islohotlardan biri transport xizmatlari bozorini erkinlashtirish, davlat monopoliyasini va cheklovlarni bosqichma-bosqich qisqartirib borish, xorijiy investorlarga qulay shartlarda davlat va xususiy sheriklik tamoyillari asosida yirik ob'yektlarni taqdim etish kabi yo'nalishlarda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda [3.17-19]. Shuningdek, hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida xalqaro talablar asosida boshqaruvga berish bo'yicha loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish, ularning barcha toifadagi iste'molchilar uchun ommabopligini ta'minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo'naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish[4.93-96], logistika tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub'ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish, transport va yo'l xo'jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, transport va yo'l xo'jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishdir.
Butun transport tizimini raqamlashtirish bo'yicha ilg'or axborot texnologiyalarini joriy etish, O'zbekiston Respublikasi transport tizimining bir-biriga bog'langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo'llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo'llar va transport infratuzilmasining boshqa ob'ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta'mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta'minlash, transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo'l va daryo
transportidagi avariya va halokatlar bo'yicha tekshiruvlarni
April 21-22
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-566-569
p
ort
tashkil etish va amalga oshirish, transport va yo'l xo'jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan jahon transport xizmatlari bozorida O'zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta'minlash lozim.
Ushbu transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta'lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg'or usullarini tizimli ravishda joriy etish maqsad qilib olindi[5,6,7,8].
Xulosa qilib aytganda, yangi axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda va hayotga keng joriy qilinmoqda;
Transport sohasida ham davlat monopoliyasini qisqartirish, soha va korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari joriy qilinmoqda;
Transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish natijasida iste'molchilar uchun ommabopligini ta'minlashga erishilmoqda;
Transport tizimini raqamlashtirish bo'yicha ilg'or axborot texnologiyalari joriy etilishi natijasida mamlakatda yagona tizim yaratilmoqda;
Transport sohasidagi ta'lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg'or usullarini tizimli ravishda joriy etish maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. Холбеков А., Идиров У. Социология (изошли лугат-маълумотнома). -Т.: Абу Али Ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 1999, 24-бет
2. O'zbekiston logistika samaradorligi bo'yicha reytingda nechanchi o'rinda? https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-logistika-samaradorligi-boiicha-reitingda-nechanchi-orinda
3. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1), 17-19.
4. Temirova, S. V. (2021). NEW UZBEKISTAN: FROM NATIONAL RECONSTRUCTION TO NATIONAL GROWTH. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 93-96.
5. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.
6. Adilovich N.R., Sharifovna Y.N., Upashevna A.L., Vladimirovna T.S., Juraevna N.N. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS // Journal of Critical Reviews, 2020. Т. 7.
№ 13. С. 4695-4698.
April 21-22
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-566-569
p
ort
7. Nazarova Nilufar Juraevna. (2020). Universal Factors In Provision Of Youth Life Strategy. International Journal for Social Studies, 6(1), 157-163. Retrieved from https://iournals.eduindex.org/index.php/iiss/article/view/19580
8. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.
April 21-22