Научная статья на тему 'O‘ZBЕKISTONDA TARKIBIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH MЕХANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI'

O‘ZBЕKISTONDA TARKIBIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH MЕХANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamanazarov Mansur Abduxakimovich

Jamiyatning iqtisodiy sohada rivojlanishi murakkab va xilma-xil jarayon bo‘lib, aholining hayot sifatini yaxshilash, iqtisodiy o‘sish, tarkibiy o‘zgarishlar va boshqa jihatlarga ta’sir qiladi. "Iqtisodiy o‘sish" va "Iqtisodiyotdagi tuzilma va o‘zgarishlar" tushunchalari iqtisodiy tuzilmaning o‘tish davri xususiyatlari va paydo bo‘lgan iqtisodiy portretning xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq. Iqtisodiу tizimdagi o‘zgarishlar uning tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Milliу iqtisodiуot еhtiуojlari va tеz o‘zgarib boraуotgan raqobat kurashi sharoitlarining ta’sirida uzluksiz tarkibiу o‘tishlar jadal уuz bеrmoqda va u davlat boshqaruvi ta’sirida amalga oshirilmoqda1 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕKISTONDA TARKIBIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH MЕХANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA TARKIBIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

YO'NALISHLARI Mamanazarov Mansur Abduxakimovich e-mail: m.mamanazarov@mail.ru

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Marketing va akademik faoliyatni prognozlash

bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.12632683

Jamiyatning iqtisodiy sohada rivojlanishi murakkab va xilma-xil jarayon bo'lib, aholining hayot sifatini yaxshilash, iqtisodiy o'sish, tarkibiy o'zgarishlar va boshqa jihatlarga ta'sir qiladi. "Iqtisodiy o'sish" va "Iqtisodiyotdagi tuzilma va o'zgarishlar" tushunchalari iqtisodiy tuzilmaning o'tish davri xususiyatlari va paydo bo'lgan iqtisodiy portretning xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Iqtisodiy tizimdagi o'zgarishlar uning tarkibidagi o'zgarishlar bilan birgalikda sodir bo'ladi. Milliy iqtisodiyot ehtiyojlari va tez o'zgarib borayotgan raqobat kurashi sharoitlarining ta'sirida uzluksiz tarkibiy o'tishlar jadal yuz bermoqda va u davlat boshqaruvi ta'sirida amalga oshirilmoqda1.

Iqtisodiy modelni o'zgartirishga qaratilgan boshqaruv chora-tadbirlari va islohotlarning tuzilishi va oqibatlari va uning xususiyatlari ko'rib chiqiladi.

Professor Raynert B.S. quvib o'tuvchi modernizatsiyaga tayanib, yana bir oddiy tamoyilni taklif qiladi, bu esa o'z navbatida, o'sish spirali uchun zonalarni ajratish imkonini beradi. U islohotlar boshlangunga qadar ishlab chiqarish dinamikasini tahlil qilish zarurligini va mahsulot ishlab chiqarishda katta yo'qotishlarga ega bo'lgan zonalar istiqbolli bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, mamlakat resurslari tarkibi bunday layoqatlarni ro'yobga chiqarishga yordam beradi .

1 Мyллaгaлeeвa З.З., Poctob Е.В. Poль нaциoнaльнoй стpyктypнoй шлитики в гoсyдapствeннoм yпpaвлeнии peraoH&ibHbiM pa3BrnreM Poссийскoй Фeдepaции [Тeкст.] / 3.3 Мyллaгaлeeвa, Е.В.Poстoв // Вeстник ^MCKoro гoсyдapствeннoгo yнивepситeтa. -2009.-Вып.318.-С.179-185.

2 Paйнepт Э.С. Peфopмиpoвaниe Poссии: payнд тpeтий. Сopeвнoвaниe или npoмышлeннoe пpeимyщeствo? // '^^nep^^ №36, 2010г. -С.20.

Jahon amaliyotida tarkibiy islohotlarnmg asosiy maqsadlari quyidagilardan

iborat:

- yuqori samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarisЫarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, istiqbolsizlarini cheklash.

- infratuzilmani rivojlantirish iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlashning asosiy elementi sifatida.

- hukumatni asosiy ^ш^^гт turg'un va o'sib borayotgan tarmoqlar o'rtasida taqsimlashni rag'batlantirish, ikkinchisiga ш^'ш berish3.

Davlat darajasida amalga oshirilgan vazifalarga quyidagilar kiradi:

- ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish maqsadida qoloq hududlarni jadal rivojlantirish.

- barqaror iqtisodiy o'sish шchшn tшzilma va shart-sharoitlarni ta'minlash.

- innovatsion taraqqiyotga ko'maklashшvchi bilim va ilmiy-texnikaviy komplekslarni jadal rivojlantirish.

- ijtimoiy dastшrlar ощйИ jamiyatdagi ijtimoiy mшhitni шyg'otish va aholi turmush sharoitini yaxshilash.

- tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish шchшn kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog'ini oshirish.

- resurslar va xodimlarni takror ishlab chiqarish jarayonini funksional faollashtirish.

- iqtisodiy tizimlar samaradorligini oshirish uchun ularning muhiti tarkibi va strukturasini isloh qilish.

- raqobatbardosh hamkorlikda ishtirok etish uchun mamlakatning investitsion salohiyatini oshirish.

Belgilangan vazifalarni tarkibiy siyosatni amalga oshirish doirasida, uni mamlakat umumiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida hisobga olgan holda kompleks hal etish zarur4.

3 Суслoвa Ю.Ю., Демченкo O.С. Экoнoмическaя стpуктуpa и стpуктуpнaя пoлитикa кяк фaктоpы мaкpoэкoнoмическoй диншики в услoвиях кpизисa [текст]./ Ю.Ю.Суслoвa, O.С.Демченкo.// Фундaментaлные исследoвaния.-2016. №3-2.-С.427.

4 Бляхмaн Л.С. Тpи цветa экономического вpемени. Сoвеpшения и ^облемы Российской экономики .[текст]: учебник / Л.С.Бляхмaн. СТЙ. ИПЦ СП ГУТД, 2011. - 247с.

Tarkibiy siyosatni amalga oshirish doirasida belgilangan vazifalarni kompleks hal qilish lozim, u mamlakat umumiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining mustaqil qismi hisoblanadi5. Tarkibiy siyosatni amalga oshirish va monitoring qilishning turli usul va vositalari, bo'g'inlari mavjud. Jumladan, milliy iqtisodiyot ijtimoiy takror ishlab chiqarish darajasining o'sishi davlat tarkibiy siyosatining pirovard maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, mintaqalarning barqaror sur'atda rivojlanishini ta'minlash uchun tarkibiy-investitsion siyosatni amalga oshirish zarur. Tarkibiy-investitsion siyosatning maqsadi rejalashtirilayotgan tarkibiy islohotlarni tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashdan iborat bo'ladi.6

Yuqorida qayd etilganlarni umumlashtirib, investitsiya jarayonini boshqarish samaradorligi subyektning potensial investorni investitsiya faoliyatini boshlashiga bevosita bog'liq bo'lib, u istalgan darajada tarkibiy-investitsion siyosatni shakllantirish va muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim mezoni hisoblanadi.7 Samarali mintaqaviy tarkibiy-investitsion siyosatni ishlab chiqish jarayoni subyektlar xo'jalik faoliyatining o'ziga xosligini hisobga olishi zarur. Shu ma'noda tarkibiy-investitsion siyosatning ikki turini ajratish mumkin: - tarmoq, bunda har bir tarmoq o'zining rivojlanish strategiyasiga ega bo'ladi: alohida tarkibni shakllantiruvchi korxonalar va foydani muayyan tarmoqqa to'plash, jamlashga ustuvorlik beriladi; - klasterli, klaster turli tarmoq va korxonalarni umumiy maqsadga erishishda kooperatsiyalashga qaratilgan8.

Fikrimizcha, O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi tarkibiy o'zgarishlar bo'yicha investitsiya siyosatining samaradorligini ta'minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

5 Вepтaкoвa Ю.В., Хapлaмoвa Е.С. OcHoBHbie пpoблeмы инcтитyциoнaльнoгo o6ecne4eHHH гocyдapcтвeннoй пoлитики cтpyктypныx пpeoбpaзoвaний в выcoкoтexнoлoгичнoм ceKTope Poccийcкoй пpoмышлeннocти. [Тeкcт]// Экoнoмикa и пpeдпpинимaтeльcтвo. -2016.-№2.-1(67-1)- С.458-464.

6 Кoлмыкoвa Т.С. Пpoблeмы ynpaMeHHH пpoцeccoм инвecтиpoвaния cтpyктypныx пpeoбpaзoвaний в пpoмышлeннoм ceктope экoнoмики Poccии. ^era^ //Вecтник yнивepcитeтa. №21-М.: Издaтeльcкий дoм. ГОУ ВПО «ГУУ», 2009. -С.123-128.

7 Кoлмыкoвa Т.С., Бpaгин Н.И., Щepбaкoв А.П. Стpyктypнo - инвecтициoнныe пpeoбpaзoвaния в экoнoмикe: Мoнoгpaфия [Тeкcт]. / Т.CКoлмыкoвa, Н.И.Бpaгин, A.П.Щepбaкoв. -М.: Инфopмaциoннo-внeдpeнчecкий цeнтp "Мapкeтинг",-2008. -136 c.

8 HBaHeHTO Л.В. PeraoHanbHbie клacтepы и cпocoбы их выдeлeния [Тeкcт] / Л.В.Ивaнeнкo.//Вecтник Сaмapcкoгo гocyдapcтвeннoгo экoнoмичecкoгo ф-тa. -2007.-№1.(27).-С.48-52.

- qulay investitsiya muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy-institutsional islohotlarni chuqurlashtirish zarur, jumladan, mahalliy va xorijiy investitsiyalar uchun byurokratik jarayonlarni soddalashtirish, litsenziyalash tartibini soddalashtirish, litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni qisqartirish, faoliyatga litsenziya va ruxsat berish tizimida shaffoflikni oshirish, mulk huquqini ta'minlaydigan va kafolatlaydigan mustahkam huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish investorlarning ishonchini oshirish va investitsiyalar jalb qilish hajmini oshirish imkonini beradi;

- infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, transport tizimi, logistika tarmoqlari, energiya va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish orqali investitsion jarayonlarning jadallashuvini, xarajatlarning kamayishini va investitsiya muhitining yaxshilanishini ta'minlash zarur;

- milliy iqtisodiyotda investitsiya muhitini yaxshilash va investitsion faollikni oshirish uchun xorijiy investorlarga ko'zda tutilgan imtiyozlar tizimini mahalliy investorlarga ham qo'llash orqali ularni rag'batlantirish zarur;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda xorijning zamonaviy fan-texnika yutuqlari, ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirishga va ularni iqtisodiyotning yuqori texnoloyagiyali tarmoqlariga samarali joriy qilishga ustuvorlik berish zarur;

- investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlariga tarkibiga "yashil o'sish" masalalarini kiritish, jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash va organik qishloq xo'jaligiga investitsiyalashni rag'batlantirish zarur;

- maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish zarur.

Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tarkibiy o'zgarishlar jarayonlarini soddalashtirish va jadallashtirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Shu sababli, O'zbekistonda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishda ustuvor etib belgilangan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, jumladan yuqori texnologiyali tarmoqlar korxonalari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmini

takomillashtirishga alohida e'tibor qaratish zarur. Moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmi sifatida davlat grantlari va subsidiyalari ajratish, imtiyozli qarzlar va kreditlar berish, investitsiya fondlarini tashkil etish, venchur korxonalar faoliyatini kengaytirish, soliq imtiyozlarini joriy etish, davlat-xususiy sherikchiligi asosida moliyalashtirish tizimini rivojlantirish, tegishli faoliyatlar bo'yicha qo'llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqish va maxsus fondlar tashkil etish va boshqa shu kabi samarali dastaklar majumini shakllantirish va ularning samaradorligini oshirish zarur.

O'zbekistonda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalar hajmini oshirish borasida quyidagi moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarni amalga oshirish zarur:

- iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilishni mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash amaliyotini joriy qilish;

- tadbirkorlarning infratuzilmani shakllantirish barpo etish bo'yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya berish tizimini joriy qilish;

- qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug'urta qilish xarajatlarining 50 foizi "Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" hisobidan qoplab berish.

O'zbekistonda so'nggi yillarda tashqi savdoni qo'llab-quvvatlash va erkinlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada oshib bormoqda. Jumladan, O'zbekiston statitistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra mamlakatimizda 2016-2022 yillarda eksport hajmi 12 094,6 mln. AQSh dollaridan 19 293,7 mln. AQSh dollariga yetdi, ya'ni 1,6 baravar ortdi. Ushbu davrda import hajmi 12137,6 mln. AQSh dollaridan 30767,8 mln. AQSh dollarigacha ko'tarildi, ya'ni 2,4 martaga oshdi. 2016 yilda tashqi savdoning salbiy qoldig'i 43,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilga kelib ushbu salbiy farq 11 474.0 mln. AQSh dollariga yetdi9.

9 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida. https://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/merchandise-trade.

O'zbekiston so'nggi yillarda jahonning 200dan ortiq mamlakatlari bilan tashqi savdo munosabatlarini amalga oshirib kelayotgan bo'lsada, tashqi savdo tarkibida Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog'iston va Turkiya yuqori ulushlarga ega bo'lib, asosiy savdo sheriklari maqomini bir necha yillardan beri saqlab kelmoqda. Ushbu davlatlardan boshqa 3 ta mamlakat ulushi 2-5%, yana olti mamlakat ulushi 1-2%dan atrofida bo'lib, qolgan barcha mamlakatlar ulushi 1%dan pastdir. 2022 yilda O'zbekistonning 20 ta eng yirik savdo hamkorlari tarkibida faqat uch mamlakat, Afg'oniston, Qirg'iziston va Tojikiston bilan ijobiy tashqi savdo balansiga erishib kelinmoqda. Lekin ushbu mamlakatlarning tashqi savdo tarkibidagi ulushi juda kichik. Qolgan yirik hamkor mamlakatlarda juda katta salbiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda va o'sib bormoqda (1-jadval).

Mamlakatimizda eksport hajmining import hajmidan sezilarli darajada oshib borayotganligiga ta'sir qiluvchi omillardan biri sifatida eksportchilarimizning transport-logistika xarajatlarining yuqoriligi va turli tashqi omillar hisobiga yanada oshib borayotganligini ko'rsatish mumkin.

Ma'lumki, O'zbekiston dunyo okeaniga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniga ega bo'lmagan mamlakatdir. Xuddi shunday muammo barcha qo'shni mamlakatlarda ham mavjud. O'zbekiston dunyo okeani savdo tizimiga chiqish uchun kamida ikkita mamlakat hududini kesib o'tishga majbur. Bu mamlakatimizda milliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimiz mahsulotlarini eksport qilish xarajatlarini sezilarli darajada yuqori bo'lishiga olib keladi. Tadqiqotlar ko'rsatishicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida transport xarajatlari tashqi savdo hajmining 60%ini tashkil etadi10.

1-jadval

O'zbekistonning tashqi savdo bo'yicha yirik 20ta hamkor davlatlari bilan

tashqi savdo aylanmasi dinamikasi, mln. AQSh dollari11.

Davlatlar 2020 уИ 2021 уИ 2022 уИ

Еksport Import Еksport Import Еksport Import

Rossiya 1 485,8 4 173,8 2 088,2 5 462,2 3 066,9 6 212,8

Federatsiyasi

XXR 1 937,1 4 501,2 2 529,1 4 923,4 2 519,0 6 404,8

10 TDT mamlakatlarida transport va logistika tizimlarini raqamlashtirish. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. https://www.cer.uz/uzc/post/publication/cifrovizacia-transportno-logisticeskih-sistem-stran-otg.

11 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida. https://stat.uz/images/uploads/docs/pressreliztashqisavdo202212uz.pdf.

Qozog'iston 908,4 2 097,3 1 178,4 2 742,2 1 379,7 3 241,2

Turkiya 1 019,0 1 087,3 1 692,4 1 717,6 1 507,4 1 716,5

Koreya Respublikasi 51,3 2 099,4 57,7 1 841,1 48,1 2 292,5

Qirg'iziston 760,5 146,7 792,0 161,6 979,3 280,7

Germaniya 67,6 759,4 72,2 693,5 88,9 1 070,4

Turkmaniston 126,1 412,1 191,9 710,1 194,8 731,5

Afg'oniston 776,7 2,3 667,5 6,2 750,6 9,3

Hindiston 21,2 423,0 29,9 460,6 35,6 654,9

Tojikiston 405,1 88,0 501,9 103,6 519,9 154,5

Braziliya 1,9 89,2 1,9 348,2 1,2 553,3

Belarus 42,6 219,5 59,6 319,2 126,5 409,7

BAA 102,7 111,0 55,9 187,1 114,5 394,3

Litva 36,2 472,8 66,7 438,7 75,2 399,7

AQSh 28,5 248,5 60,8 365,5 68,5 368,3

Eron 141,8 107,3 177,1 254,2 139,7 296,0

Italiya 15,6 332,8 40,2 390,2 49,6 329,6

Polsha 57,4 129,2 88,7 160,3 131,7 213,4

Fransiya 89,7 132,5 21,3 259,5 68,2 271,3

Bugungi kunda O'zbekistonning tashqi savdo munosabatlaridagi eksport, import va tranzit yuk aylanmalari 9 ta xalqaro transport yo'nalishlari orqali 200 dan ortiq mamlakatlar bilan amalga oshirilayotgan bo'lsada, lekin tashqi savdoning katta qismi Rossiya va Qozog'iston orqali o'tgan yo'nalishlar hisobiga to'g'ri keladi. Dunyoda bo'layotgan turli siyosiy muammolar, jumladan Ukraina hududida bo'layotgan harbiy nizo, shuningdek, Rossiyaga G'arb mamlakatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalar sababli eksportyorlarimiz boshqa yo'nalishdagi transport-logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda. Ilgari Yevropaga qilinadigan eksportda transport xarajatlari o'rtacha bir konteyner uchun 3 500 AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, endilikda ushbu xarajat 10 000 AQSh dollarini tashkil etmoqda, yuklarni tashish vaqti ilgari 25 kun bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda 35 kun talab qilinmoqda. Shuningdek, yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilari uchun

1 л

Shengen vizasini olish jarayoni ham bir muncha murakkabdir . Bu esa, eksportchilarning transport-logistika xarajatlarining yanada oshib ketishiga, Yevropaga va boshqa mamlakatlarga eksport hajmini oshirish imkoniyatlarini pasayishiga olib kelmoqda. Eksportchilarning transport-logistika xarajatlarining

12 Xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish choralari muhokama qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. 09.08.2022. https://president.uz/uz/lists/view/5415.

oshishining еksport hajmiga salbiу ta'sir ko'rsataуotganligini O'zbеkiston еksporti taгkibida МЭН mamlakatlaгidan boshqa mamlakatlaг ш1ШЗЫШ^ kamaуib boraуotganligidan ham ko'rish тит^т (1-rasm).

2020- у.

2021-у.

2022- у.

27,2%

72,8 %

32,6%

40,7%

67,4 %

59,3 %

1-rasm. MDH va boshqa mamlakatlarga еksport hajmi dinamikasi, mln.

AQSh doUari13.

МЭН mamlakatlaгining O'zbеkiston еksportidagi шlшshi 2020 уildan 2022 уilgaсha 13,5 foiz bandga oshgan bo'lsa, boshqa mamlakatlaг ш^Ы 72,8%dan 59,3%gaсha kamaуgan. МЭН mamlakatlaгiga еksport hajmining o'sish sшгatlaгi ушqori Ъо'НЪ, 2021 уilda 32,6%ni, 2022 уilda 40,7%ni tashkil еtdi. Boshqa mamlakatlarga еksport hajmining o'sish sшratlaгi еsa МЭН mamlakatlaгiga nisЪatan sеzilaгli darajada pastdir.

Ushbu muammolar bugungi kunda mamlakatimizda еksportсhilaming transport-logistika хaгajatlaгini kamaуtirish masalasining dolzaгЪligini уanada oshirmoqda. №М>и masala tashqi savdo Ъo'уiсha transport-logistika уo'nalishlaгini divеrsifikatsiуa qilish, хalqaгo savdoning jahon Ъozoriga tеz va kam хaгajatli сhiqish уo'llaгini shakllantirish zaгшratini уanada kшсhaуtiradi.

O'zЪеkistonda Ъш borada amalga oshirilaуotgan сhora-tadЪirlaг so'nggi уШш^ jadallashtirilmoqda. Jшmladan, 2022 уilda «Tеrmiz-Mozori-Sharif-Kobul-Pеshavor» transafg'on tеmir уо'1 koridorini qurilishi boshlandi. Ushbu qurilish tugallangandan so'ng еksport qilinaуotgan mahsшlotlaг tannaгхi 60-70%ga kamaуishi, tovaгlami tashish muddati 25 ЬиМ^ 5 kunga qisqarishi kutilmoqda14. Shшningdеk, Shaгqiу Osiуo mamlakatlaгini Yеvropa va Yaqin Shaгq mamlakatlaгi ЪП^ Ъog'lovсhi "Хйоу

O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi statistika agеntligi rasmiу saуti ma'lшmotlari asosida. https://stat.uz/imagеs/uploads/doсs/prеssrеliztashqisavdo202212uz.pdf.

14 Shavkat Miгziуoyеv — «Mozori-Sharif — КоЬШ — Pеshavoг» tеmiг уo'li loуihasining ahamiуati haqida. 16 apгеl 2021. https://www.gazеta.uz/uz/2021/04/16/roads/

- Qirg'iziston - O'zbekiston" temir yo'l liniyalari qurilishini amalga oshirish loyihalashtirilmoqda. Bu esa, temir yo'l liniyasi O'zbekistonning tranzit imkoniyatlarini yanada oshiradi. Lekin ushbu chora-tadbirlar boshqa davlatlar bilan kelishilgan holda uzoq muddatli davrda amalga oshirilishini hisobga olsak, eksportchilarimizning transport-logistika xarajatlarini kamaytirish masalasini qisqa muddatli davrda hal etishga imkon bermaydi. Shu sababli, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport bilan bog'liq transport-logistika xarajatlarining muayyan qismini davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy etish orqali ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash zarur.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Dunyo suv transport tizimiga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmaydigan sharoitda milliy eksportchi korxonalarimiz xalqaro savdoda temir yo'l, avtomobil va havo transport tizimlarida yuk tashish imkoniyatlariga ega. Ma'lumki, ushbu transport tizimlari ichida temir yo'l eng arzoni, havo transporti eng qimmati hisoblanadi. Lekin, O'zbekistonda mahsulotlarni ichki iqtisodiyotda tashishda yuklarning 5,3%i, eksport qilishda faqat 45%i temir yo'l orqali yetkazib berilmoqda15. Bu esa, mamlakatimizda temir yo'l transporti arzon bo'lishiga qaramasdan avtomobil transporti bilan to'laligicha raqobat qila olmayotganligidan dalolat beradi. Shu sababli, O'zbekistonda mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash amaliyotini joriy qilish zarur.

O'zbekistonlik eksportchilarga transport-logistika xarajatlarining ko'tarilib ketishi sharoitida ushbu moliyaviy qo'llab-quvvatlash amaliyotining joriy etilishi eksportyorlarni eksport imkoniyatlarini oshiradi va ularni tashqi savdo hajmini oshirishlariga undaydi. Transport-logistika xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berilishi eksportyorlar mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh narxga ega bo'lishiga va shu orqali ko'proq xaridorlarni jalb qilish, bozor ulushini oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu shaklda eksportni qo'llab-quvvatlash milliy iqtsiodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga

15 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2

kirib borish, boshqa mamlakatlarda savdoni amalga oshirish va uning hajmini oshirish imkoniyatlariga ega bo'lishiga olib keladi. Eksportyorlarning tashqi savdo imkoniyatlarining kengayishi pirovard natijada eksport hajmining oshishiga olib keladi.

O'zbekistonda mahalliy eksportyorlarning transport-logistika xarajatlarini qoplash amaliyoti eksportni rag'batlantirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali bir qator afzalliklarni taqdim etsa-da, budjet taqchilligi va bozor munosabatlarining buzilishlari kabi muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Noto'g'ri boshqariladigan to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy qo'llab-quvvatlash amaliyoti samarasizlikka, korrupsiyaga va resurslarning noto'g'ri taqsimlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, alohida mahsulot turlari eksportida monopoliyalarning vujudga kelishi davlat moliyaviy resurslarining kam sonli subyektlar o'rtasida taqsimlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, O'zbekistonda mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash amaliyotini joriy etishda rejalashtirish, nazorat, monitoring, sog'lom raqobatni ta'minlash va o'zgaruvchan global iqtisodiy sharoitlarga moslashuvchanlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish zarur. Bu eksportda transport xarajatlarining bir qismini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijobiy samaralarini maksimal darajada oshirish va tegishli xavflarni yumshatish uchun juda muhimdir.

Milliy iqtisodiyotda samarali tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishda, shuningdek, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishda har tomonlama rivojlangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning mavjud bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Chunki ishlab chiqarish jarayonlarini, tashkil etish, amalga oshirish, mahsulotni yetkazib berish va sotish jarayonlarining barchasi infratuzilma tizimlarining holati va sifatiga bog'liq.

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo'lsada, tarkibiy islohotlar sifatiga va investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi bir qator muammolar saqlanib qolmoqda:

1) Mavjud infratuzilmaning eskirganligi. O'zbekistonda mavjud infratuzilmaning, jumladan, avtomobil yo'llari, ko'priklar, temir yo'llar, elektr energiyani tarmoqlari, gaz ta'minoti va ichimlik suvi kabi kommunal xizmat tizimlarining katta qismi eskirgan va kapital ta'mir yoki modernizatsiyaga muhtoj. Bu ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

2) Transport va logistika tizimi imkoniyatlarining cheklanganligi. O'zbekiston avtomobil va temir yo'l transport tizimlarining samarasizligi, muqobil yo'nalishlarning kamligi tovarlarni mamlakat ichida va xorijiy mamlakatlar bo'ylab tashish xarajatlarining yuqori bo'lishiga olib kelmoqda.

3) Bnergiya ta'minotidagi muammolar. Mamlakatmizdagi mavjud energiya salohiyati energiya ta'minotiga aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlarining ortib borishi sharoitida mavjud talabni qondirish uchun energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlarida yetishmovchilik, uzilishlar va ulanish nuqtasining uzoqligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari energiya tejovchi texnologiyalarning kamligi mahsulotlarning energiya sig'imining yuqori bo'lishiga olib kelmoqda.

4) Telekommunikatsiya va raqamli infratuzilma bilan bog'liq muammolar. Internetga ulanish imkoniyatlarining mamlakat mintaqalari bo'ylab bir xil rivojlanmaganligi va internet sifatining pastligi, keng polosali internet qamrovining pastligi, elektron tijorat va raqamlashgan sanoatni rivolantirish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Bundan tashqari, axborot xavfsizligi bilan bog'liq muammolar va kiberhujumlarga qarshi choralarning yetarli darajada ta'minlanmasligi holatlari raqamli texnologiyalarga investitsiyalar kiritish hajmini pasaytirishi mumkin.

5) Suv resurslarini boshqarishdagi muammolar. O'zbekiston iqtisodiyotining haligacha muhim qismi bo'lib qolayotgan qishloq xo'jaligi sug'orish tizimlarining eskirganligi, suv infratuzilmasining yetarli emasligi va suv tanqisligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Bu esa qishloq xo'jaligida hosildorlikning pasayishiga olib kelmoqda.

Ushbu muammolarni maqsadli dasturlar va islohotlar orqali hal etish O'zbekiston uchun infratuzilmani yaxshilash, investsiyalarni jalb qilish va barqaror

iqtisodiy o'sishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Davlat-xususiy sheriklikni rag'batlantirish, shaffof me'yoriy-huquqiy hujjatlarni joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli rejalarga e'tibor qaratish mamlakatdagi investitsiya muhitini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Ta'kidlash joizki, ushbu infratuzilma muammolarini hal qilish ko'pincha uzoq muddatli va resurslarni ko'p talab qiladigan jarayondir. Davlat, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor hamkorligi ushbu to'siqlarni bartaraf etish va O'zbekistonda iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo'lgan tarkibiy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynashi mumkin.

Qisqa muddatli davrda esa joriy infratuzilmaviy muammolar saqlanib turgan sharoitda ham o'z investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan xususiy sektordagi tadbirkorlar elektr va issiqlik energiya ta'minoti, gaz ta'minoti, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, transport-logistika tizimlari kabi birlamchi ishlab chiqarish infratuzilmalarining ulanish nuqtalaridan o'z ishlab chiqarish maydonlarigacha bo'lgan bog'lash, uzatish, tortish tarmoqlari va inshootlarini o'zlari mustaqil barpo etishga yoki modernizatsiya qilishga majbur bo'lib qolaverishadi. Bu esa investorlaring ishlab chiqarishnitashkil etish bilan bog'liq xarajatlarining bir necha baravarga oshib ketishiga olib keladi. Fikrimizcha, O'zbekistonda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini modernizatsiyalash va qurish maqsadlariga qisqa muddatli davrlarda erishishda tadbirkorlarning infratuzilmani barpo etish bo'yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya berish tizimini joriy qilish ushbu muammolarni hal etishda samarali mexanizmlardan biri bo'la oladi.

Tadbirkorlar tomonidan o'z investitsiya loyihalari doirasida infratuzilmani barpo etish bo'yicha amalga oshirilgan xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish amaliyotining joriy etilishi korxonalarning ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog'liq kapital xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Bu o'z navbatida, mahalliy va xorijiy investorlarning O'zbekiston iqtisodiyotiga o'z kapitalini kiritishlarini rag'batlantiradi. Ohunki investorlar o'z mablag'larini infratuzilma shakllantirishga emas, o'zlarining asosiy investitsion loyihalariga yo'naltira oladilar. Xarajatlarning kamayishi mahsulotlar tannarxining kamayishiga va

raqobatbardoshligining oshishiga olib keladi. Davlatning bunday faol qo'llab-quvvatlovchi siyosatni amalga oshirishi xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini anglatadi. Pirovardida davlat mablag'lari hisobiga qulay infratuzilmani barpo etish, modernizatsiyalash va takomillashtirish tadbirkorlik subyektlariga o'z ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. Yaxshilangan yuk tashish yo'llari va kommunal tizimlar ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta'minlashi, logistika samardorligini oshirishi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishi mumkin.

O'z o'rnida ushbu moliyaviy qo'llab-quvvatlash amaliyotini joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan quyidagi salbiy jihatlarga alohida e'tibor qaratish va ularning oldini oluvchi chora-tadbirlarni kompleks ravishda amalga oshirish zarur:

- infratuzilma xarajatlarining davlat tomonidan qoplab berilishi bozor buzilishlariga olib kelishi, korxonalar davlat mablag'lariga tayanib qolishlari mumkin;

- investitsion samaradorligidan qat'iy nazar barcha infratuzilma xarajatlarini qoplash davlat mablag'larini noto'g'ri taqsimlanishiga olib kelishi mumkin;

- korxonalarning infratuzilmani obod qilishda to'laligicha davlatga qaram bo'lib qolishi ularning infratuzilmani rivojlantirishning innovatsion usullarini izlashlariga undamaydi;

- infratuzilmani shakllantirish xarajatlarining to'liq davlat tomonidan qoplanishi budjet xarajatlarining ortib ketishiga olib kelishi mumkin.

Shu sababli ushbu taklif etilayotgan amaliyotni joriy etishda eng birlamchi infratuzilma obyektlarini barpo etilayotganligi, bozor tamoyillarning buzilmasligi, investitsiyalarning samarador ekanligi, sog'lom raqobat va investitsiya muhitining saqlanib qolishi kabi jihatlarga elohida e'tibor qaratish zarur.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi YalMning 20%dan ko'p qismini (2022 yilda 23,5%) tashkil etishi sharoitida ushbu tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarishda ekinlarni yetishtirish, ulardan hosil olish jarayonlari bilan bog'liq qator omillar hosildorlikka va shu orqali qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan korxonalar daromadlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu esa qishloq xo'jaligida tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, muntazam o'sib borayotgan aholi soni va

ehtiyojlari sharoitida oziq-xavfsizligini ta'minlash va aholi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning hosiliga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillar qatoriga quyidagi risklarni kiritish mumkin: suv tanqisligi, qurg'oqchilik, samarasiz sug'orish tizimlari sababli ekinning suv bilan notekis taqsimlanishi; turli zararkunanda hasharotlar, kemiruvchilar va qushlarning ekinga va hosilga zarar yetkazishi mumkinligi; ekinlarning yetilishiga va hosil qilishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi yoki to'liq nobu bo'lishiga olib keluvchi kasalliklarga uchrashi mumkinligi; kutilmagan anomal ob -havo sharoitlarining kuzatilishi natijasida sovuq yoki issiq urishi holatlarining yuzaga kelishi, oldindan aytib bo'lmaydigan ob-havo sharoitlaring, jumladan, me'yoridan ortiqcha yog'ingarchilikning ro'y berishi; tuproq sho'rlanishi muammosi, tuproq erroziyasining kuchayishi va unumdorligining pasayib borayotganligi.

Fikrimizcha, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlari faoliyatini ushbu risklardan himoya qilishda ularning ekinlari va hosilini sug'urtalash mavjud xatarlarni boshqarish va noaniqliklarni kamaytirishning samarali mexanizmidir. O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchi fermer va dehqon xo'jaliklarga ularning hosillarni turli xavf-xatarlardan sug'urta qilish quyidagi jihatlar bo'yicha ijobiy ta'sir qiladi:

- xavf-xatarlarning yuzaga kelishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy yo'qotishlarni moliyaviy jihatdan qoplash imkoniyati paydo bo'ladi, bu ishlab chiqaruvchilarga o'z faoliyatlarini tiklash va qayta hosil olishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini saqlanib qolishiga olib keladi;

- sug'urtalash orqali risklar darajasining pasaytirilishi sharoitida fermer va dehqon xo'jaliklarining tijorat banklaridan kredit olish imkoniyatlari yuqori bo'ladi, chunki banklar loyihaning sug'urta orqali kafolatlanganligiga alohda e'tibor qaratishadi;

- qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilar o'z faoliyatlarining turli risklardan himoyalanganligini bilgan holda ilg'or qishloq xo'jaligi texnologiyalari, hosildor urug'lar, samarali va zararsiz o'g'itlar uchun ko'proq investitsiya kiritishadi, ekologik toza va atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan dehqonchilik usullarini o'z faoliyatlarida tajriba qilishga moyilliklari ortib boradi.

Umuman qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarning o'z hosillarini xavf-xatardan sug'urta qilish tizmining mavjud bo'lishi qishloq xo'jaligida investitsiya muhitining yaxshilanishiga, qishloq xo'jaligi tarmog'i tarkibini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishda, qishloq xo'jaligida band bo'lgan aholi turmush darajasining o'sishiga olib keladi.

Samarali tashkil etilgan ekinlarni risklardan sug'urtalash dasturi qishloq xo'jaligi sohasidagi korxonalarni davlat tomonidan zaruriy moliyaviy infratuzilmaning yaratilganligini namoyish etadi. Bu fermer va dehqon xo'jaliklarining ishonchini oshirib, ularni mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga yanada samarali hissa qo'shishga undashi mumkin.

Yuqorida sanab o'tilgan risklarning qishloq xo'jaligida sodir bo'lish ehtimolining yuqoriligi sababli qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug'urta qilish tizimi bo'lishi sharoitida unga bo'lgan talab yuqori bo'ladi. Bu esa sug'urta tariflarining oshib ketishiga olib keladi. Ma'lumki, yuqori tariflardagi sug'urta shartnomalari shartlarini kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan har qanday fermer va dehqon xo'jaligi ham qabul qila olmasligi mumkin. Bunday sharoitda davlat quyidagi shakllarda qishloq xo'jaligi ekinlarini risklardan sug'urtalovchilarni qo'llab-quvvatlashi zarur:

1) Qishloq xo'jaligi ekinlarini risklardan sug'urtalash xarajatlarini qoplab berish orqali qishloq xo'jaligi ekinrlarini yetishtiruvchilarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirish va sug'urta dasturlaridagi faolligini oshirish mumkin. Fikrimizcha, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug'urta qilish xarajatlarining 50 foizi "Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" hisobidan qoplab berish maqsadga muvofiq.

2) Qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga sug'urta polislari, sug'urta qoplamalari va da'vo arizalarini topshirish jarayonini tushunishlariga yordam berish uchun texnik yordam va treninglar ko'rsatish amaliyotini joriy etish zarur. Bu sug'urta tizimida shaffoflik va ishonchni oshiradi.

3) O'zbekistondagi turli ekinlar va hududlarning o'ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish zarur. Barcha ekinlar bir xil xavflarga duch kelmaydi, shuning uchun moslashtirilgan sug'urta takliflari samaraliroq bo'lishi mumkin.

4) Da'volarni qayta ishlashning soddalashtirilgan va samarali tizimini ta'minlash kerak. Chunki qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilarning sug'urta tizimiga bo'lgan ishonchini saqlab qolish uchun da'volarni tez va adolatli hal etish muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiruvchilar mamlakatimizda yuqorida sanab o'tilgan hosilga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan tashqari bozor o'zgarishlariga nisbatan ham ta'sirchandir. Chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari keskin o'zgaruvchan xususiyatga ega. Keskin narxlar oshishi sharoitida aholining birlamchi ehtiyojlari tarkibiga kiradigan qishloq xo'jiligi mahsudlotlariga bo'lgan aholi talabini narx oshishidan himoya qilish maqsadida qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlarini tartibga solishga qaratilgan ma'muriy dastaklar qo'llanilmoqda, narxlar tushib ketgan sharoitda esa korxonalarni qo'llab quvvatlaydigan iqtisodiy mexanizmlar mavjud emas. Bunday sharoitda qishloq xo'jaligida davlatning bozorga to'g'ridan-to'g'ri aralashuvini cheklash, sog'lom raqobat muhitini shakllantirish zarur.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida. https://stat.uz/images/uploads/docs/pressreliztashqisavdo202212uz.pdf.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2

3. TDT mamlakatlarida transport va logistika tizimlarini raqamlashtirish. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

https://www.cer.uz/uzc/post/publication/cifrovizacia-transportno-logisticeskih-sistem-stran-otg.

4. Муллагалеева З.З., Pocтoв Е.В. Poль нaциoнaльнoй cтpуктуpнoй пoлитики в гocудapcтвeннoм упpaвлeнии peгиoнaльньш paзвитиeм Poccийcкoй Фeдepaции [Тeкcт.] / 3.3 Муллaгaлeeвa, Е.В.Pocтoв // Вecтник Тoмcкoгo гocудapcтвeннoгo унивepcитeтa. -2009.-Вып.318.-С.179-185.

5. Paйнepт Э.С. Peфopмиpoвaниe Poccии: paунд тpeтий. Сopeвнoвaниe или пpoмышлeннoe пpeимущecтвo? // "Экcпepт", №36, 2010г. -С.20.

6. Суcлoвa Ю.Ю., Дeмчeнкo О.С. Экoнoмичecкaя cтpуктуpa и cтpуктуpнaя пoлитикa кaк фaктopы мaкpoэкoнoмичecкoй динaмики в уcлoвиях кpизиca [тeкcт]./ Ю.Ю.Суcлoвa, O.С.Дeмчeнкo.// Фундaмeнтaлныe иccлeдoвaния.-2016. №3-2.-С.427.

7. Бляхмaн Л.С. Тpи цвeтa экoнoмичecкoгo вpeмeни. Сoвepшeния и пpoблeмы Poccийcкoй экoнoмики .[тeкcт]: учебник / Л.С.Бляхмaн. СТЙ. ИПЦ СП ГУТД, 2011. - 247а

8. Вepтaкoвa Ю.В., Хapлaмoвa Е.С. Ocнoвныe пpoблeмы инcтитуциoнaльнoгo oбecпeчeния гocудapcтвeннoй шлитики cтpуктуpных пpeoбpaзoвaний в выcoкoтeхнoлoгичнoм ceктope Poccийcкoй пpoмышлeннocти. [Тeкcт]// Экoнoмикa и пpeдпpинимaтeльcтвo. -2016.-№2.-1(67-1)- С.458-464.

9. Кoлмыкoвa Т.С. Пpoблeмы упpaвлeния пpoцeccoм инвecтиpoвaния cтpуктуpных пpeoбpaзoвaний в пpoмышлeннoм ceктope экoнoмики Poccии. [Тeкcт] //Вестник унивepcитeтa. №21-М.: Издaтeльcкий дoм. ГОУ ВПО «ГУУ», 2009. -С.123-128.

10. Кoлмыкoвa Т.С., Бpaгин Н.И., Щepбaкoв А.П. Стpуктуpнo -инвecтициoнныe пpeoбpaзoвaния в экoнoмикe: Мoнoгpaфия [Тeкcт]. / Т.С.Кoлмыкoвa, Н.И.Бpaгин, A.П.Щepбaкoв. -М.: Инфopмaциoннo-внeдpeнчecкий цeнтp "Мapкeтинг",-2008. -136 а

11. Ивaнeнкo Л.В. Peгиoнaльныe клacтepы и cпocoбы их выделения [Текст] / Л.В.Ивaнeнкo.//Вecтник Сaмapcкoгo гocудapcтвeннoгo экoнoмичecкoгo ф-тa. -2007.-№1.(27).-С.48-52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.