Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA TARIXIY-ILMIY QOʻLYOZMA ASARLARNI OʻRGANISH'

OʻZBEKISTONDA TARIXIY-ILMIY QOʻLYOZMA ASARLARNI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarix / meros / tarixshunoslik / fan / qoʻlyozma / ilmiy / History / Heritage / historiography / science / manuscript / scientific

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nematov Muhammadyusuf Mamirjon Oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng koʻplab sohalarda katta katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimiz shonli tarixini haqqoniy yoritish, tarixiy haqiqatlarni tiklashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.Oʻzbekistonda tarixiy-ilmiy qoʻlyozma asarlarni oʻrganishga alohida eʼtibor berildi. Maqola ayni shu masalalar haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF HISTORICAL AND SCIENTIFIC MANUSCRIPT WORKS IN UZBEKISTAN

After Independence, the Republic of Uzbekistan has achieved great success in many areas. Work has been carried out aimed at truthful coverage of the glorious history of our country, restoration of historical realities. Particular attention was paid to the study of historical and scientific manuscript works in Uzbekistan. The article will talk about the same issues

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA TARIXIY-ILMIY QOʻLYOZMA ASARLARNI OʻRGANISH»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

STUDY OF HISTORICAL AND SCIENTIFIC MANUSCRIPT WORKS IN UZBEKISTAN

Nematov is the son of Muhammadyusuf Mamirjan

2nd year master's student of Andijan State University, majoring in History (by majors and type of activity). https://doi.org/10.5281/zenodo.11196050

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS History, Heritage,

historiography, science,

manuscript, scientific.

After Independence, the Republic of Uzbekistan has achieved great success in many areas. Work has been carried out aimed at truthful coverage of the glorious history of our country, restoration of historical realities. Particular attention was paid to the study of historical and scientific manuscript works in Uzbekistan. The article will talk about the same issues.

O'ZBEKISTONDA TARIXIY-ILMIY QO'LYOZMA ASARLARNI ORGANISH

Nematov Muhammadyusuf Mamirjon o'g'li

Andijon davlat universiteti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) yo'nalishi 2- kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11196050 ARTICLE INFO ABSTRACT

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng ko'plab sohalarda katta katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimiz shonli tarixini haqqoniy yoritish, tarixiy haqiqatlarni tiklashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. O'zbekistonda tarixiy-ilmiy qo'lyozma asarlarni o'rganishga alohida e'tibor berildi. Maqola ayni shu masalalar haqida so'zyuritiladi.

Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS Tarix, meros, tarixshunoslik, fan, qo'lyozma, ilmiy

O'zbekiston tarixi chuqur ildizlarga va boy madaniy o'tmishga ega. Ko'p ming yillar davomida rivoj topgan bu tarix, ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida o'rganiladi. Istiqlol o'zbek xalqi hayotida tub ma'naviy yangilanish jabhasini boshlab berdi. O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bois mamlakatimiz XXI asrga zamonaviy taraqqiyot yo'li bilan kirib keldi.

Mustaqillik tufayli O'zbekistonda tarix va madaniy merosga munosabat yangi darajaga ko'tarildi. Tarixni xolis, haqqoniy yaratish va o'rganish imkoniyati yuzaga keldi. Bu borada mamlakatimizda muayyan maqsadlarga yo'naltirilgan tarixiy ta'limiy siyosatining amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston tarixi muammolarini tadqiq etish, tarixni o'rganishga yangicha yondashuv bu fanni o'qitish uslubiyatini va O'zbekiston tarixi bo'yicha

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

yangi darsliklarni yaratish masalasini sifat jihatdan tamoman yangi va jiddiy pog'onaga ko'tarishga xizmat qildi1

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ham xalqimizning bebaho tarixiy meroslari va ularni o'rgani, bugungi avlodlarimizga yetkazish borasida: "Hamma o'z tarixini ulug'laydi. Lekin, bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo'q. Bu merosni chuqur o'rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak"2, deb alohida ta'kidlab o'tgan edi. Prezidentimizning ushbu so'zlari bugungi kunda tarix fanida o'rganilishi zarur bo'lgan muammolar doirasini belgilab beradi.

Tarixda har qanday masalani aniq tarixiy hujjatlarsiz, manbalarsiz, chuqur va atroflicha o'rganib bo'lmaydi. Bu borada mediavistlar (o'rta asr tarixini o'rganuvchi mutaxassislar) ma'lum qiyinchiliklarga duch keladilar, chunki ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar o'tmishda turli tillarda yozilgan qo'lyozma asarlarda mujassamlashgan bo'lib, ularni to'plash, solishtirish, tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish kerak bo'ladi.

Tarix fani taraqqiyotining murakkab va uzoq yo'lini bosib o'tdi. Ushbu jarayon rivojining har bir bosqichini mushohada va sarhisob qilish hamda istiqboldagi vazifalarini belgilashga doimo ehtiyoj mavjud. Tarixiy bilimlarning to'planishi va rivojlanishi asnosida mazkur jarayonlar hamda uning qonuniyatlarini o'rganuvchi maxsus fan - tarixshunoslik vujudga kelib, u XX asrning o'rtalarida to'liq shakllanib bo'ldi. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar tizimida tarix fanining tarixini o'rganuvchi fan sifatida joy oldi. "Tarixshunoslik" atamasi haqida so'z yuritilar ekan, uzoq vaqt davomida ilmiy an'anada ushbu atama mazmuniga tarixnavislik, ya'ni tarixni yozish ma'nosi yuklangan va uning "ijodkori" bo'lgan tarixnavisga nisbatan "tarixshunos" termini qo'llanilgan. Fanni yangi sohasining shakllanishi bilan ushbu atamaga fanshunoslikda yangicha mazmun yuklanib, tarixshunoslik tushunchasidan - tarix fanining tarixini o'rganuvchi fanni anglashda qo'llanila boshlandi.

Tarixshunoslik tarixiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanadi va ayni paytda, intellektual tarixning ham bir bo'lagidir. Tarix fani va tarixshunoslik o'rtasidagi munosabat bir-birini taqozo qilganidek, ushbu ikki fanning rivojidagi asosiy omillar ham ularning o'zaro aloqadorligi natijasida shakllanadi. Agar tarixiy jarayon tarixchi ishtirokida fanga aylansa, ilmiy bilimlarning to'planib borishi, ma'lum bir tarixiy voqea-hodisa haqida turli tadqiqotchilarning tasavvurlari, qarashlari va konsepsiyalarining shakllanishi, bunga muhitning ko'rsatgan ta'siri hamda rivojlanish omillarini tahlil qilish tarixshunoslik zimmasida. Tarixshunoslik va ushbu sohada amalga oshiriladigan tadqiqotlarning dolzarbligini aynan tarix fanining holati, rivoji tahlili hamda istiqbolda o'rganilishi kerak bo'lgan mavzularni aniqlash ehtiyoji belgilaydi 3.

Zamonaviy tarixshunoslar jamiyatida ushbu fanning predmetini kengroq ma'noda, aynan fanlararo maydonda tushunish tendensiyasi rivojlanib bormoqda. Tarixshunoslik fan tarixi, madaniyat tarixi va ijtimoiy tarix fanlari oralig'ida tushuniladi. Shu sababli, faqatgina ilmiy bilimlarni ishlab chiqarishga emas, balki ularni o'zlashtirish va tarqatishga ham e'tibor

1 Jahongirov Burxon Bo'ronovich. O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan ilmiy-texnikaviy aloqalari. O'tmishga nazar jurnali. 2021. 2 son, 4 jild. -B.16-21

2 Elektron manba: http://xs.uz/uzkr/post/shavkat-mirziyoev-mamlakatimizdagidek-boytarikh-bobolarimizdek-buyuk-allomalar-hech-qayerda-yoq.

3 Заболотный В., Камынин В. К вопросу о функциях и месте историографических исследований в развитии исторической науки // Вестник Тюменского университета. Тюмень, 2004. №1.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

qaratiladi. Hozirda tadqiqotchilar tarixshunoslikda muhit, xo'jalik, madaniy makon, ijtimoiy-madaniy an'ana, intellektual landshaft va intellektual diskurs kabi masalalarga ko'proq murojaat qilmoqda. Bunda tarixshunos nafaqat muayyan tarixiy ta'limot, shu bilan birga uning shaxsiy-individual qismi, yaratilish jarayoni, tarqalishi, ta'siri va taqdiriga ham qiziqadi.

So'nggi o'n yillikda fanda tayyor bilimgagina emas, balki unga erishish usullari va vositalariga ham katta e'tibor qaratilmoqda, bu esa, tabiiyki, o'z-o'zidan tarixchi shaxsini, uning laboratoriyasini o'rganishga undaydi4

Bugungi kunda mavjud yozma asarlarning hammasi ham ilmiy tasnif etilgan va maxsus kataloglarda chop qilingan, deya olmaymiz. Sharq qo'lyozmalarini tadqiq etish institutining tashkil etilishi (1943 yil 3 noyabr) nafaqat qo'lyozma va toshbosma asarlarni saqlash, balki ularni chuqur ilmiy tadqiq etish ishiga yo'l ochib berdi. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondi nafaqat mamlakat, shu bilan birga butun dunyodagi yirik fondlardan biridir. Ushbu institutda Sharq (arab, fors va turk) tillaridagi 18 ming jildga yaqin qo'lyozma asarlar, 18 ming jilddan ko'proq toshbosma asarlar hamda 3500dan ziyod akt va hujjatlar saqlanmoqda. Ming yillik tarixga ega bo'lgan qo'lyozma asarlar, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining aqlzakovatini o'zida aks ettirgan noyob durdonalardir.

Tarixshunos o'z tadqiqotida o'tmishni o'rganishning ma'lum bir metodologiyasini qo'llaydi va tarixiy adabiyotlarni baholashda unda yoritilgan tarixiy jarayonlar rivojiga oid o'z qarashlaridan xoli emas va shu asosda tarix fani tarixiga doir xolis tahliliy xulosalarini taqdim qiladi. Biroq, ma'lum bir metodologik yondashuv asosida yozilgan adabiyotni boshqa bir metodologik yondashuv asosida baholash to'g'ri bo'lmaydi va bu tarixshunosdan katta bilim, nazariy tayyorgarlik va xulosalarda xolislikni talab qiladi. O'z navbatida, tarixshunos tomonidan fanga oid tadqiqotning o'ziga xos tamoyillari va metodlarini o'zlashtirishi ham nihoyatda muhimdir. Tarixshunos mazkur fanga doir fakt va manbalar bilan ishlar ekan, bu o'rinda, ularning vujudga kelgan paytdagi tarixiy shart-sharoit, uning tarixchi dunyoqarashi va yondashuviga ko'rsatgan ta'siri hamda tarixchining mavzuni yoritishga qo'shgan hissasini baholashi, manbalardagi bugungi tarix fani uchun qimmatli bo'lgan jihatlarni aniqlay olishi kerak.

Tarixshunoslikning zamonaviy holati haqida gap ketganda, shuni ta'kidlash joizki, uning predmetini fanlararo maydonda tushunish tendensiyasi kuzatilmoqda. Tarixshunoslik madaniyat tarixi va ijtimoiy tarix qorishuvida mushohada qilinmoqda. Ushbu munosabat bilan ilmiy bilimning nafaqat vujudga kelishi, balki qo'llanilishi va yoyilishiga ham e'tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tadqiqotchilar madaniy muhit, ijtimoiy-madaniy an'ana, intellektual manzara va diskurs kabi kategoriyalarga murojaat qilmoqda.

Bugungi kunda tarix va tarixiy fanlarni o'qitish hamda ushbu sohadagi tadqiqotlarni rivojlantirish bo'yicha ko'plab qaror hamda dasturlar qabul qilinmoqda. Birgina misol, "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqot natijadorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga ko'ra, mamlakatda akademik ilm-fanni

4 Usmonov Q, Sodiqov M, Burxonova S. O'zbekiston tarixi. -T.: Iqtisodmoliya.2016.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

yanada rivojlantirish, Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va tadqiqot olib borish tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarini to'g'ridan-to'g'ri budjetdan moliyalashtirishga o'tkazish maqsad qilingan.

Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda tarixiy-ilmiy qo'lyozma asarlarni o'rganishga, tarixiy haqiqatlarni tiklashga hamda bu boradagi ilmlarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuksak darajada amalga oshirilmoqda.

References:

1. Jahongirov Burxon Bo'ronovich. O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan ilmiy-texnikaviy aloqalari. O'tmishga nazar jurnali. 2021. 2 son, 4 jild. -B.16-21

2. http://xs.uz/uzkr/post/shavkat-mirziyoev-mamlakatimizdagidek-boytarikh-bobolarimizdek-buyuk-allomalar-hech-qayerda-yoq.

3. Заболотный В., Камынин В. К вопросу о функциях и месте историографических исследований в развитии исторической науки // Вестник Тюменского университета. Тюмень, 2004. №

4. Usmonov Q, Sodiqov M, Burxonova S. O'zbekiston tarixi. -T.: Iqtisodmoliya.2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.