Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA TA‘LIM VA TARBIYA UYG‘UNLIGI HAMDA TA‘LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTONDA TA‘LIM VA TARBIYA UYG‘UNLIGI HAMDA TA‘LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
420
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion rivojlanish vazirligi / Yoshlar akademiyasi / innovatsion loyhalar / xalqaro Global innovatsion indeks / ta‘lim / tarbiya

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Abdullayev Feruzbek Maksud Oʻgʻli

Ushbu maqolada ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion islohotlar va imkoniyatlar,ta‘lim va tarbiya uyg‘unligi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA TA‘LIM VA TARBIYA UYG‘UNLIGI HAMDA TA‘LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

O'ZBEKISTONDA TA'LIM VA TARBIYA UYG'UNLIGI HAMDA TA'LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Abdullayev Feruzbek Maksud o'g'li

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion islohotlar va imkoniyatlar,ta'lim va tarbiya uyg'unligi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar akademiyasi, innovatsion loyhalar, xalqaro Global innovatsion indeks, ta'lim ,tarbiya

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda fan-texnika ham o'sib bormoqda. Xususan ilm-fanda ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa har bir fanni yangi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holatda o'quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biridir. Innovatsion islohotlar haqida so'z yuritishdan oldin ,,Innovatsiya bu o'zi nima?'' va uning bugungi hayotimizdagi o'rni qay darajada ekanligi haqida to'xtalib o'tishimiz lozim. Innovatsiya- ilmiy texnika yutuqlariga va tajribalariga asoslangan texnologiya, boshqarish hamda mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yanglik va ularning turli faoliyat sohalarida qo'llanilishi hisoblanadi. Innovatsiya qaysi sohada bo'lishidan qat'iy nazar o'sha sohadagi barcha yangiliklarni tizimli tarzda uzluksiz joriy etilishini ta'minlab berish jarayonidir.

2020-yilda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash maqsadida Innovatsion ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirish Fondi'' tashkil etildi va aytish joizki, shu o'tgan davr mobaynida 1070ta innovatsion loyihalarga fond tomonidan moliyaviy yordam berildi. Shu o'rinda ta'lim tizimida ham bir qancha innovatsion loyihalar amalga oshirildi va amalga oshirib kelinmoqda. Aynan Innovatsion rivojlanish vazirligining Talabalar shaharchasiga joylashtirilishi ham ta'lim tizimiga nisbatan bo'lgan alohida e'tibordan dalolatdir. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday degan edilar. Vazirlikni Talabalar shaharchasiga joylashtirishimiz bejiz emas. Bu yerda minglab olim, tadqiqotchi va yoshlar ilmiy ishlar bilan mashg'uldirlar. Ularning ilmiy izlanishlarini qo'llab-quvvatlab, har bir sohada yangilik yaratishi uchun sharoit yaratish kerak. Innovatson rivojlanish vazirligi esa bu borada ilmiy markaz, baza bo'lishi lozim''Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi ham ilm-fan vakillarini qo'llab-quvvatlamoqda. Akademiya a'zolari innovatsion fikrlaydigan talabalar va 40yoshgacha bo'lgan olimlar bo'lib, ular bu yerda dasturlash, farmasevtika, biotexnologiya, robotlar texnikasi, mexatronika, 3D modellashtirish kabi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bir qator yo'nalishlarda o'z ilmiy ishlarini olib borishadi. Innovatsion yangiliklarni amalga oshiruvchi olimlarimizni rag'batlantirish maqsadida o'z ilmiy ishlarini yaratgan tadqiqotchilarga doktorlik hamda uni ilmiy ishlarini amalda tatbiq etganlarga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beruvchi binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, byudjet mablag'lari hisobidan esa stajyor-tadqiqotchilar institutini va biologik xilma xillikni o'rganadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ,,O'zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsin rivojlanish strategiyasi'' to'g'risidagi Prezident farmoni loyihasi bugungi kunda umumiy muhokamaga qo'yilgan bo'lib, unda xaqaro global innovatsion indeks ko'rsatkichi bo'yicha O'zbekiston Respublikasini 2030 yilda yetkchi davlat qatoriga qo'shilishi bosh maqsadlardan biri etib belgilangan. Buning uchun esa barcha sohalarda ta'lim sifatini yanada oshirish , uzluksiz ta'limni ta'minlash hamda talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holada kadrlar tayyorlashimiz ilm-fan, ta'lim va biznesni o'zaro bog'liqligini ta'minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqushimiz lozimdir . 2030 yilga qadar mamlakatimizni Global innovatsiya indeksida ilg'or mamlakatlar qatoridan joy olishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda . Masalan ilm-fan sohasining me'yoriy huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida ,, Fan " to'g'risida qonun loyihasi ishlab chiqildi

Adabiyotlar

1. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

2. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

3. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

4. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

5. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). ИННОВАЦИОННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПOЛYЧЕНИЯ БИОГАЗА. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.2441272181 -2454-2022-3-280285

6. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.