Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIK KORXONALARNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIK KORXONALARNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
780
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliya / innovatsiya / moliyaviy texnologiyalar / sug'urta avtomatizatsiyasi / fintech / финансы / инновация / финансовые технологии / автоматизация страхования / финтех

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Maxmudova Guljahon Nematjonovna, Karimov Diyor Muxtorovich, Xaitboyev Bexzod Xabibulla O‘G‘Li

Maqolada FINTECH misolida zamonaviy innovatsiyalarning ishlash mexanizmi, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari, O‘zbekiston bozoridagi Fintech tashkilotlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, moliyaviy ko‘rsatgichlari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ ФИНАНСОВО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ ПРЕДПРИЯТИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье анализируется механизм работы современных инноваций, особенности современного этапа развития финансовых технологий, специфические аспекты финтех­организаций на рынке Узбе­ кистана, их финансовые показатели и тенденции развития на примере финтех организаций.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIK KORXONALARNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI»

у

Maxmudova Guljahon Nematjonovna,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Iqtisodiy nazariya" kafedrasi professori

Karimov Diyor Muxtorovich,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Iqtisodiy nazariya" kafedrasi dotsenti

Xaitboyev Bexzod Xabibulla o'g'li,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Magistranti

OZBEKISTONDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIK KORXONALARNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI

UDK: 336.64

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2022_ISSUE_11_8

MAXMUDOVA G.N., KARIMOV D.M., XAITBOYEV B.X.-O' O ZBEKISTONDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIK KORXONALARNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI

Maqolada FINTECH misolida zamonaviy innovatsiyalarning ishlash mexanizmi, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari, O'zbekiston bozoridagi Fintech tashkilotlar, ularning o'ziga xos jihatlari, moliyaviy ko'rsatgichlari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: moliya, innovatsiya, moliyaviy texnologiyalar, sug'urta avtomatizatsiyasi, fintech.

МАХМУДОВА Г.Н., КАРИМОВ Д.М., ХАИТБОЕВ Б.Х.-У. РАЗВИТИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ ФИНАНСОВО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ ПРЕДПРИЯТИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье анализируется механизм работы современных инноваций, особенности современного этапа развития финансовых технологий, специфические аспекты финтех-организаций на рынке Узбекистана, их финансовые показатели и тенденции развития на примере финтех организаций.

Ключевые слова: финансы, инновация, финансовые технологии, автоматизация страхования, финтех.

MAKHMUDOVA G.N., KARIMOV D.M., KHAITBOYEV B.KH.-U. DEVELOPMENT AND PROSPECTS OF FINANCIAL TECHNOLOGY ENTERPRISES IN UZBEKISTAN

In the article is analyzed the working mechanism of modern innovations, the features of the current stage of development of financial technologies in the Uzbek market, their specific aspects, financial indicators and development trends on the example of Fintech organizations.

Key words: finance, innovation, financial technologies, insurance automation, fintech.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

Kirish.

Hozirgi vaqtda moliyaviy xizmatlar bozorining eng tez rivojlanayotgan segmenti "Moliyaviy texnologiyalar" hisoblanib, uni ta'riflashda texnologik innovat-siya (texnologik nuqtai nazardan), ammo, ko'pincha innovatsion texnologiyalardan foydalanish tashkiliy va mahsulot innovatsiyalari bo'lib hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar moliya bozorining nafaqat an'anaviy o'yinchilar (banklar, innovatsion, sug'urta tashkilot-lari va boshqalar) balki, shu yo'nalishda faoliyat olib borishni maqsad qilgan yangi yaratilgan tashkilotlar tomonidan ham faol ravishda ish faoliyatiga joriy qil-inmoqda. Bundan tashqari, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi tashkilotlar ham ushbu bozorga faol kirishmoqda. Koreyaning elektronika ishlab chiqaru-vchisi Samsung ning Samsung Pay to'lov tizimini ishga tushirilishi va Amerikaning Google internet kompani-yasi tomonidan yaratilgan Google Pay to'lov tizimi tendensiyaning yaqqol misoli bo'lib, O'zbekistonda esa ZoodMall tashkilotining Zood Pay to'lov tizimi birinchilardan bo'lib ko'zimiz oldiga keladi.

Mazkur yonalish moliya sohasining va axborot (raqamli) texnologiyalar kesimida shakillanib ikkala sohaning taraqqiyotida muhim rol o'ynashi bilan birga, Yangi O'zbekistonning 2022 -2026 yillarga rejalashtirilgan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda ham katta ahamiyatga ega.

Ilmiy muammoning qo'ilishi.

Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish borasida shu kunga qadar qator izlanishlar amaga oshirilgan. Jumladan, Fribourg menejment maktabi professori Patrik Shuffel so'nggi qirq yil ichida chop etilgan 200 dan ortiq ilmiy maqolalarni ko'rib chiqib, Fin-tech atamasini ko'rib chiqib, quyidagi ta'rifni berdi: "Fintech - moliyaviy ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanadigan rivojlanayotgan moliyaviy sanoatdir"1.

Yana boshqa tadqiqotchilar - Irene Aldridge va Stiv Kravtsiv sug'urta avtomatizatsiyasi (ko'pincha InsurTech deb ataladi)2, savdo va risklarni boshqar-ish kabi fintech tarqalayotgan bir qancha sohalarga ishora qiladi.

Zamonaviy sharoitda fintechning bunday tez rivojlanishi sabablarini aniqlash: uning qamrovi;

1 Patrick Schueffel. Taming the Beast: A Scientific Definition of Fintech // Journal of Innovation Management. — 2017-03-09. — Vol. 4, iss. 4. — P. 32-54. — ISSN 2183-0606

2 Павел Самиев. Хороший клиент — довольный клиент, или Зачем Insure нужен Tech // «Банки. ру«Хороший клиент — довольный клиент, или Зачем Insure нужен Tech | Банки.ру (banki.ru). — 2019. — 6 августа. — Дата обращения: 11.02.2022

O'zbekiston Respublikasidagi moliyaviy texnologiyalarni taqdim etuvchi tashkilotlar holati va statistik ko'rsatgichlari tahlil qilish, bizda fintechning rivojlanishi moliya, banklar va biznes sohasidagi mutaxassis-larning vakolatlarini tubdan o'zgartirish borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqot ishining obyekti: O'zbekiston Respub-likasida faoliyat ko'rsatayotgan Fintech tashkilotlari hisoblanadi.

Tadqiqot predmeti: iqtisodiyotni raqamlash-tirish sharoitida O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan Fintech tashkilotlarining faoliyati hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi: Fintech operatorlari o'z faoliyatlariga ma'lum an'anaviy texnologiyalarni joriy etishga kirishgan, an'anaviy moliya institutlari esa fintech elementlarini bosqichma-bosqich qo'llay bosh-ladi3.

Tadqiqot usullari

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, tasniflash, man-tiqiy metod, tizimli tahlil, ilmiy abstraksiya, umum-lashtirish usulidan foydalanildi.

Jarayonlar nuqtai nazaridan, "FinTech" atamasi to'liq yoki katta qismi Internet orqali yetkazib berila-digan bir yoki bir nechta qo'shilgan qiymatli moliyaviy xizmatlardan iborat moliyaviy xizmatlar sanoatidagi yangi ilovalar, jarayonlar, mahsulotlar yoki biznes modellarini anglatadi. Xizmatlar bir vaqtning o'zida turli mustaqil xizmat ko'rsatuvchi provayderlar tomonidan taqdim etilishi mumkin, bu esa odatda kamida bitta litsenziyaga ega bank yoki sug'urta kompani-yasi orqali amalga oshiriladi. Fintechning butunlay boshqacha modellari va tasniflari mavjud. Biroq, asosiy farqlovchi xususiyat fintech kompaniyalarining inno-vatsiyalar qilish qobiliyatidir.

Fintechning paydo bo'lishi va tez tarqalishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

- axborot texnologiyalarining sifat va miqdoriy o'sishi

- moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan kompaniya-larning o'z faoliyatini yaxshilash zarurati

- iste'molchi odatlarining o'zgarishi.

Moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi ko'p dara-

jada an'anaviy moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarni bir necha yo'nalishlarda modernizatsiya qiladi4:

3 Цифровизация банковской системы Узбекистана, Г.Н.Махмудова. "Устойчивое развитие цифровой экономики, промышленности и инновационных систем", 2020 г.

4 Основные направления развития финансовых технологий на период 2018-2020 гг.. Банк России. Дата обращения: 29 марта 2019 года.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

• to'lovlar va o'tkazmalar: onlayn to'lov xiz-matlari, onlayn o'tkazma xizmatlari, P2P valyuta ayir-boshlash (jismoniy shaxslar o'rtasida o'tkazmalar.), B2B to'lov va o'tkazma xizmatlari (yuridik shaxslar o'rtasida o'tkazmalar), bulutli kassalar va smart ter-minallar, ommaviy to'lov xizmatlari;

• moliyalashtirish: P2P iste'mol krediti, P2P biznes krediti, kraudfanding;

• pul boshqaruvi: robo-maslahat, moliyaviy rejalashtirish dasturlari va ilovalari, ijtimoiy savdo, algoritmik birja savdosi, maqsadli jamg'arma xizmat-lari.

• sug'urta (InsurTech): obuna bo'yicha sug'urta qilish, mikrosug'urta, yo'qotishlarni avtomatik hisob-kitob qilish (sug'urta qildiruvchi ishtirokisiz sug'urta to'lovlari)1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga binoan "2017

— 2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" ning 3-bob 1-bo'limida Moliyaviy xizmatlari turlari va hajmini oshirish ko'zda tutilishi Fintech yo'nalishini rivojlantirish uchun katta qadam bo'ldi. Ushbu sohada rivojlanishni davom ettirish tariqas-ida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga binoan "2022

— 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ning 25-maqsadida "Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish" ko'zda tutilgan bo'lib, Fintech yo'nalishida faoliyat olib boruvchi barcha tashkilot-larga davlat (hukumat) tomonidan qo'llab-quvvatlan-ishi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ushbu imkoniyat-lar natijasi sifatida Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan har yili o'tkaziladigan "Global innovat-siyalar indeksi" ning 2015-yilda chop etilgan hiso-botiga asosan O'zbekiston 140 davlatlar orasidan 122 o'rinni egallagan edi. 2020-yilda 80 ta ko'rsatkichdan iborat Global Innovatsiyalar indeksida O'zbekiston 131 davlatlar orasida 93-o'rinni egallab quyidagi yo'nalishlarda ijobiy natijalarga erishdi: Institutlar (Institutions), Inson kapitali va tadqiqot (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), bilimlar iqtisodiyoti va texnologiyalari natijalari (Knowledge & technology outputs) va ijodiy ish unumdorligi

1 Татьяна Гришина. «Страховщикам придется конкурировать с биг-техами, и это будет тяжело»: Один полис на все случаи жизни // "Коммерсантъ". — 2019. — 20 ноября. — Дата обращения: 11.02.2022.

(Creative outputs)2. Bugungi kunda, Global innovatsiyalar indeksining 2022-yilgi hisobotiga binoan O'zbekistonning pog'onasi yana 11 taga ko'tarilib 82-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo regioni bo'yicha esa 3- o'rinni egalladi3.

Naqd pulsiz to'lovlarning yuqori foizi mam-lakatdagi fintech startaplari istiqbollarining bevosita ko'rsatkichi hisoblanadi. Agar iste'molchilar ommaviy ravishda naqd pul olishdan bosh tortsa, u innovatsion fintech yechimlariga tayyor.

Naqd pulsiz to'lovlarning keskin o'sishi 2020 yilda pandemiya davrida qayd etilgan. Bunga xaridorlarning gavjum joylarda paydo bo'lishni istamasligi va virus tashuvchisi bo'lgan qog'oz banknotlardan qo'rqish sabab bo'lgan. Ammo pandemiyadan oldin ham naqd pulsiz to'lovlar ulushi asta-sekin o'sib borgan (1-расм).

Buning asosiy sabablaridan biri yoshlarning yangi texnologiyalarga sodiqligidir. Yoshlar raqamli dunyoga jalb qilingan va bu dunyoda ko'p tovarlar uchun naqd pul to'lash mumkin emas. Hatto kuchli istak bilan ham onlayn kurs yoki musiqa strimingiga obuna bo'lishingiz dargumon.

Yoshlarga ergashib, iste'molchilarning boshqa qat-lamlari naqd pulsiz pulga o'tmoqda. Ko'pgina kom-paniyalar mijozlarni tovarlar uchun onlayn to'lashga undaydi, masalan, naqd pulsiz to'lovlar uchun chegir-malar. Bunday to'lov formati biznes uchun foydalidir - pul muomalaga tezroq kiradi. XVJ iqtisodchilarining prognozlariga ko'ra, naqd pul eng kam ommalash-gan mamlakatlarda yaqin 5-17 yil ichida uning ulushi nolga yaqinlashishi mumkin.

Naqd pulsiz to'lovlar foizining oshishi iste'molchilarning onlayn to'lovga o'rganib qolgan-ligini va boshqa fintech vositalaridan foydalanishga tayyor ekanligini anglatadi.

O'zbekiston faol rivojlanayotgan fintech bozoridir. Masofaviy bank xizmatlaridan 22 million kishi foydala-nadi - bu mamlakat aholisining 65 foizini tashkil qiladi. Mamlakatdagi yetakchi to'lov vositasi bu Gruziyaning TBC bankiga tegishli bo'lgan Payme va Click elektron hamyonlaridir. 2022 yilga kelib faol iste'molchilar soni 1,3 million kishiga yetdi. Payme ilovasi xizmat mavjud bo'lgan olti yil davomida 6 million iste'molchi tomonidan yuklab olingan. 2022-yil iyun holatiga ko'ra, Click xizmatidan O'zbekistonda 8 million kishi va

2 https://nuz.uz/nauka-i-tehnika/1170534-uzbekistan-podnyalsya-na-30-poziczij-v-globalnom-innovaczionnom-indekse-2020.html

3 https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2022-section1-en-gii-2022-at-a-glance-global-innovation-index-2022-15th-edition.pdf

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

1-rasm. To'lov terminallari orqali amalga oshirilgan milliy valyutadagi tranzaksiyalar summasi1.

120 000

111 137

mhd.s

100 000

80 000

60 000

40 000

20 000

81 000

71 020

63 712

53 05052 972

31 324

22 758

16 308 ■

10 19212 658 | I

11742-71 l l l

143 284 594 1

2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

2-rasm. Payme to'lov tizimininig 2-chorak bo'yicha hisoboti.

Основной

Основной

Основно

Основной

I

Основной

Основно

Основной Основной

Oylik faol foydalanuvchilar soiii (mln)

Faol savdogarlar

Tolovlar hajmi (mln AQSh dollari)

Soffoyda (mln AQSh dollari)

12021 -2022

25 mingdan ortiq savdo nuqtalaridan foydalanadi (2-rasm).

TBC Bank Group PLC ning 2022-yil 2-chorak uchun auditdan o'tmagan, konsolidatsiyalashgan ma'limotlariga asosan Payme to'lov tizimining faoli-yatining har jabhasida mos davrning o'tgan yilga nis-batan solishtirganda o'zgarishlar quyidagi ko'rinishda bo'lgan:

- oylik faol iste'molchilar soni 2 barobarga oshdi;

- faol savdogarlar soni 53% ga oshdi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- to'lovlar hajmi 56% (P2P pul o'tkazmalari: 2021-yil uchun 75%; 2022-yil uchun 74%; xizmatlar

1 https://cbu.uz/uz/payment-systems/interbank-calculations/

uchun to'lovlar: 2021-yil uchun 19%; 2022-yil uchun 20%; boshqalar: 2021-2022-yil uchun 6%; ni tashkil etadi)

- sof foyda 73% ga oshgan.

Yana bir mashhur, to'lov tizimi, bank kartalari, pul o'tkazmalari va mobil aloqa xizmatlarini taqdim etu-vchi fintech korxonalardan biri bu "Humans" ("Humans Companies" AJ). Ushbu tashkilot 2022-yilning may oyida "UPay" to'lov tizimini sotib olib, to'liq va yagona egasiga aylandi. Shuningdek 2022-yil 2-chorak hiso-botlariga asosan 88 936,50 ming so'mlik sof foyda bilan yakunlagan2. Yuqorida aytib o'tilgan barcha fintech korxonalar asosan bir yo'nalishda raqobat-lashmoqda.

2 http://openinfo.uz/ru/reports/17740/

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

3-rasm. "IMAN Group Ltd"ning 2022-yiI yanvar-iyul davri uchun moliyaviy hisobotlari,

Investitsiya, muddatli to'lov, islomiy moliyaga aso-slangan xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot - "IMAN Group Ltd" hisoblanadi. U "IMAN Invest", "IMAN PAY" va "IMAN Merchant" kabi ilovalar orqali o'z xizmat-larini taqdim etmoqda. Bu mobil ilovalari o'zaro bir biriga bog'langan bo'lib, islomiy moliyaga asoslangan investitsiya, muddatli to'lov va biznes uchun tovarlarni sotish imkonini, moliyaviy savodxonlik, halol daro-mad kabi xizmatlarni o'z ichiga olgan. Ushbu fintech tashkilotining 2022-yil yanvar-iyul davri uchun moliyaviy hisobotlariga nazar solsak, quyidagi o'zgarishlarga yuzlanamiz1 (3-rasm).

2021-yil noyabr oyida "Click" o'zining 10 yilligini nishonladi. Bugungi kunda kompaniya 8 millionga yaqin iste'molchiga ega va yillik o'sish 25-30% ni tashkil qiladi. "Click" sezilarli darajada kengaymoqda va buni nafaqat xodimlar sonining keskin o'sishida (2020 yil boshida 70 tadan 2022 yil iyunda 308 tagacha), balki to'lov xizmati ishga tushiradigan loy-ihalar sonida ham ko'rish mumkin. Bular "Click Start" bolalar ilovasi, "Click BOX" logistika agregatori va "Click Market" bozoridir.

2021 yil sarhisobi bo'yicha, "Click" to'lov tashkil-otlari bozorining 65 foizini egallagan. Fintech bozori endigina shakllanmoqda va u hali soha qatnashchilari o'rtasida bo'lingan deb aytish mumkin emas.

Kompaniya ishining boshida faqat uyali aloqa uchun to'lov umumiy aylanmasining 90-95 foizini tashkil etgan. Iste'molchilar esa uyali aloqaga o'rtacha oyiga 50 ming so'm sarflaydi, ma'lum bo'lishicha, iste'molchilar pulining atigi 5 foizini uyali aloqa va

internet provayderlari uchun sarflagan. Boshqa hol-larda (kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, transport va boshqalar uchun to'lov) iste'molchilar to'lovlarni asosan oflayn rejimda amalga oshirib kelgan.

Bugungi kunda Click ko'proq xizmatlarni taklif qilib, endilikda uyali aloqa uchun to'lov umumiy aylanman-ing atigi 35 foizini tashkil qiladi. Qolgan 65 foiz esa kommunal xizmatlar, turli xil xaridlar, transport uchun to'lov, benzin va boshqalarni tashkil etadi2.

Xulosa.

Yuqorida keltirilgan Fintech tashkilotlari O'zbekiston bozorining eng mashhur, ommalashgan va asosiy soha qatnashchilaridan hisoblanadi. Banklar ham o'z mobil ilovalari orqali ham shu kabi xizmatlarni taklif qilishmoqda. Shunga qaramay, bozorda raqobatchi tashkilotlarning soni kam hisoblanadi. Moliyaviy xizmatlar ko'rsatishning u yoki bu shaklda, an'anaviy, innovatsion modellari va vositalarini bir-lashtirgan kompaniyalar, moliyaviy xizmatlar bozorida ustunlik qila oladi.

Click to'lov tizimi o'z faoliyatida yangi bosqichga o'tgani, yangi faoliyat turlariga kirib borishi, foy-dalanuvchilar segmentiga alohida xizmatlar taklif eti-shi O'zbekiston bozorining istiqbolli Fintech tashkil-oti sarasiga kiritish mumkin. Endilikda, Click to'lov tizimida "Hozir ol, keyin to'la" (Buy now Pay later) tizimini Visa va Mastercard kabi yo'lga qo'yish orqali imkoniyatlar chegarasini yanada oshiradi. Bu esa o'z navbatida, hamkorlar, iste'molchilar, savdogarlar va tranzaksiyalar soni ortishi, komission tushumlar, daro-mad va sof foyda ko'payishiga imkoniyat beradi.

1 https:||imaninvest.com|ru|report

2 https:||www.spot.uz|ru|2022|08|02|click|

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ИК.ТИСОДИЁТИ / ЭКОНОМИКА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ 57

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi".

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi".

3. Кронк Дж. Цифровая трансформация финансовых услуг - надежное вложение в будущее [Электронный ресурс] / Дж. Кронк // Cisco. - Режим доступа: https://www.cisco.com/c7 dam/m/ru_ru/internet-of-everything-ioe/iac/assets/pdfs/Cisco_Financial_ru.pdf. - Дата доступа: 05.11.2018.

4. Махмудова Г.Н. Анализ и стратегия развития банковской системы Узбекистана в условиях цифровизации экономики // Научно-технические ведомости СПбГПУ. Экономические науки. 2021. Т. 14, № 1. С. 47-57. DOI: 10.18721/JE.14104

5. Махмудова Г.Н. Цифровизация банковской системы Узбекистана // Устойчивое развитие цифровой экономики, промышленности и инновационных систем (ЭК0ПР0М-2020) / Под ред. Д.Г. Родионова, А.В. Бабкина. СПб.: ПОЛИТЕХ-ПРЕСС, 2020. С. 380-383.

6. Bobokhujaev Sh.I., Otakuziyeva Z.M., Aitmukhamedova T.K. Stages of Digital Economy Development and Problems of Use of Modem ICT on Uzbekistan Enterprises. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE), Volume-9 Issue-2, December 2019, Page No. 2097-2101. Published By: Blue Eyes Intelligence Engineering & Sciences Publication.

7. Официальный сайт Центрального банка РУз. Количество пользователей систем дистанционного банковского обслуживания на 1 марта 2022 г. [Электронный ресурс]. URL: https:// cbu.uz/ ru/statistics/paysistem/614664/.

8. Хасаншин И.А. и др. Цифровая экономика учебник. - М.: «Горячая линия - Телеком», 2019. С. 288.

9. Владыка М.В., Стрябкова Е.А., Гончаренко Т.В. Активизация применения цифровых технологий в финансовой сфере // Научно-технические ведомости СПбГПУ. Экономические науки. 2021. Т. 14, № 1. С. 84-96. DOI: 10.18721/JE.14107

10. Patrick Schueffel. Taming the Beast: A Scientific Definition of Fintech // Journal of Innovation Management. — 2017-03-09. — Vol. 4, iss. 4. — P. 32-54. — ISSN 2183-0606

11. Павел Самиев. Хороший клиент — довольный клиент, или Зачем Insure нужен Tech // «Банки.ру«. — 2019. — 6 августа. — Дата обращения: 11.02.2022

12. Global Innovation Index 2022 What is the future of innovation-driven growth? 15th Edition Soumitra Dutta, Bruno Lanvin, Lorena Rivera León and Sacha Wunsch-Vincent Editors

13. Основные направления развития финансовых технологий на период 2018-2020 гг.. Банк России. Дата обращения: 29 марта 2019.

14. Татьяна Гришина. «Страховщикам придется конкурировать с биг-техами, и это будет тяжело» : Один полис на все случаи жизни // «Коммерсантъ«. — 2019. — 20 ноября. — Дата обращения: 11.02.2022.

15. https://nuz.uz/nauka-i-tehnika/1170534-uzbekistan-podnyalsya-na-30-poziczij-v-globalnom-innovaczionnom-indekse-2020.html

16. https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2022-section1 -en-gii-2022-at-a-glance-global-innovation-index-2022-15th-edition.pdf

17. https://cbu.uz/uz/payment-systems/interbank-calculations/

18. http://openinfo.uz/ru/reports/17740/

19. https://imaninvest.com/ru/report

20. https://www.spot.uz/ru/2022/08/02/click/

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.