Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA KAPITAL BOZORI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI'

OʻZBEKISTONDA KAPITAL BOZORI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
860
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jahon banki / tijorat bank / investitsiya / iqtisodiyot / korxonalar / investitsiya fondlari / aksiyador / dividend / kapital bozor / moliya bozor / regulyator / World Bank / commercial bank / investment / economy / enterprises / investment funds / shareholder / dividend / capital market / financial market / regulator

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Alikulov, Azamat Tugunovich, Oʻrinov, Komiljon

Ushbu maqolada soʻngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni joriy etishda xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoʻl xaritalari tuzish va rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqilishi koʻrsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR CAPITAL MARKET DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

This article shows the development of roadmaps and development concepts for the implementation of economic reforms in the country with the involvement of internationally experienced specialists and experts in the implementation of economic reforms in our country in recent years.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA KAPITAL BOZORI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA KAPITAL BOZORI RIVOJLANISHINING

ISTIQBOLLARI

PhD-Azamat Tugunovich Alikulov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

O'rinov Komiljon

"Bank ishi va auditi" yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada so 'ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni joriy etishda xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yo'l xaritalari tuzish va rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqilishi ko 'rsatilgan.

Kalit soizlar: Jahon banki, tijorat bank, investitsiya, iqtisodiyot, korxonalar, investitsiya fondlari, aksiyador, dividend, kapital bozor, moliya bozor, regulyator,

ABSTRACT

This article shows the development of roadmaps and development concepts for the implementation of economic reforms in the country with the involvement of internationally experienced specialists and experts in the implementation of economic reforms in our country in recent years.

Keywords: World Bank, commercial bank, investment, economy, enterprises, investment funds, shareholder, dividend, capital market, financial market, regulator,

АННОТАЦИЯ

В данной статье показана разработка дорожных карт и концепций развития по реализации экономических реформ в стране с привлечением специалистов и экспертов с международным опытом проведения экономических реформ в нашей стране за последние годы.

Ключевые слова: Всемирный банк, коммерческий банк, инвестиции, экономика, предприятия, инвестиционные фонды, акционер, дивиденды, рынок капитала, финансовый рынок, регулятор.

KIRISH

Investitsiyalarni jalb etishda asosiy yo'l xaritasi hisoblanayotgan O'zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasini, "Buyuk kelajak" Xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti tomonidan ko'rsatib berilgan ma'lumotlariga asosan 2020-yilda O'zbekistonda jami investitsiyalarni hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu

690

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rsatkichlarga "O'zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanishi konsepsiyasi" loyihasi to'g'ri yo'lga quyilganidan dalolat beradi. Albatta, bu hisob kitoblarga asoslangan kelajak rejalar va bu rivojlanishni ta'minlash ko'plab muammoli munosabatlarni hal qilish orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iqtisodiyotni liberallashtirishda muhim qadamlardan biri sifatida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan 2020-yilning 26-fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"1 gi Qarori loyihasi internet tarmog'ida muhokamaga joylashtirildi. Ushbu qaror loyihasiga ko'ra O'zbekistonda 115ta davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiy sektorga davlat ulushini sotish taklif etilgani ijobiy holat ammo bu kabi yirik miqdorda davlat ulushini realizatsiya qilishda ba'zi tizimli yondashuvlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi nazarimizda. Ya'ni Davlat ko'chmas mulki obyektlari belgilangan shartlarda ikki oy mobaynida (E-ijro auksion" yagona elektron savdo maydonchasida) sotilmagan taqdirda, bir so'm qiymatda sotishga taklif etilgan. Albatta, bu kabi katta miqdordagi taklifni qondirish uchun investorlarda yetarli mablag'larning mavjud bo'lmaslik ehtimoli yuqori shu boisdan, Investitsiya fondlari (IF) rolini oshirish ushbu fondlarni kapital jamlash va takliflarni qanoatlantirish uchun moliyaviy resurslarni jamlashlari va nisbatan kam moliyaviy resurslari mavjud investorlarni ham ushbu savdolarda qatnashish imkoniyatlarini yaratishlari zarur nazarimizda. Chunki, ikki oy davomida 1 so'm qiymatda olingan obyektlarga investitsiyalar kiritishda yana tijorat banklari resurslariga bo'lgan talabning oshib ketishi kuzatiladi, aslida esa ushbu subyektlar harakatda bo'lmagan moliyaviy resurslarni harakatlantirish orqali xususiylashtirsa nafaqat davlat ulushi xususiy sektorga o'tib ularni rentabelligi oshiriladi balki, pul massasini yuqori darajada oshirib yubormasdan jarayonni amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Buni amalga oshirishda IFlaridan keng foydalanish zarur bo'ladi ya'ni ushbu fondlar o'zlari uchun investitsion jozibador bo'lgan xususiylashtirilayotgan korxonalar haqida barcha ma'lumotlar (so'ngi yillarda foydasi, aksiyadorlar yoki ulushdorlarga berilgan dividendlar kelajakda investorlar uchun daromadlilik darajasi prognozlari va h.k.ni) bilan qisqacha axborot manbasi sifatida ommani tanishtirish orqali, moliyaviy resurslarni jalb qilish va investitsiyalash imkoniyatlarini oshirish mumkin bo'ladi nazarimizda.

1 https://regulation. gov.uz/ru/document/14153

691

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bundan tashqari, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishda kapital jalb qilish mexanizmining eng asosiy dastaklaridan biri bu kapital bozorining regulyatori hisoblanadi. Albatta, O'zbekistonda ushbu faoliyatni amalga oshirish tizimi so'ngi yillarda ancha yaxshilandi ayniqsa Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tashkil etilishi bu borada muhim qadam bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi nazarimizda. Shu boisda dunyo mamlakatlarida bu borada qanday amaliyotlar joriy etilganligi va ularning samaradorligini o'rganish va bu orqali O'zbekiston uchun zaruriy xulosalarga kelishimizda muhim axborot manbai bo'lsa ajab emas.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kapital bozorini nazorat qilish va tartibga soluvchi tuzilma (regulyator) borasida dunyoning ba'zi davlatlari tajribalarini ko'rib chiqamiz.

AQSHda bir vaqtning o'zida moliyaviy resurslar bozorini quyidagi 3 ta regulyator boshqaradi:

1. Qo'shma shtatlar qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasi (SEC- The United States Securities and Exchange Commission);

2. Fyucherslar bilan savdolar qumitasi (Commodity Futures Trading Committee);

3. Milliy fyucherslar assosatsiyasi (National Futures Association)

Ammo AQSHda 3 ta regulyator mavjud bo'lishiga qaramasdan qimmatli qog'ozlar bo'yicha yagona siyosat olib boruvchi bu Qo'shma shtatlar qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) bo'lib hisoblanadi.

Rossiya Federatsiyasida Rossiya Markaziy banki yagona regulyator hisoblanadi.

Kanadada Investitsiya sanoatini tartibga solish solish tashkiloti (IIROC-Investment Industry Regulatory Organization of Canada);

Buyuk-britaniyada Moliyaviy hizmatlar idorasi (FSA — Financial Services Authority);

Germaniyada Federal nazorat idorasi (BaFin-T he Federal Financial Supervisory Authority)

Koreyada ikkita birinchisi, Davlat sektorida-Moliyaviy hizmatlar bo'yicha komissiya (FSC-Korea's Financial Services Commission), ikkinchisi, nodavlat sektorda-Korea moliyaviy investitsiyalar assosatsiyasi (KOFIA-Korea Financial Investment Association);

Ukrainada Qimmatli qog'ozlar va fond bozori bo'yicha milliy komissiya (NSSMC-National Securities and Stock Market Commission)

Qozog'istonda Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC-Astana International Financial Centre).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqorida keltirganlarimiz dunyo mamlakatlarida moliya bozori regulyatori vazifasini asosan faqat bitta tashkilotga biriktirilganligi (Janubiy Koreyadan tashqari), ushbu mamlakatlarda moliya bozorining rivojlanishi investitsion jarayonlarni amalga oshirishiga ijobiy hissa qo'shganligi shubhasiz shu boisdan davlatlarda investitsion muhitga baho berishda muhim hisoblangan Jahon bankining Doing business indeksida aynan shu davlatlarning egallab turgan o'rnini ko'rib chiqamiz.

1-rasm2

Januniy Koreya AQSH Buyuk Britaniya Germaniya Kanada Qozog'iston Rossiya

Federatsiyasi

Jahon bankining "Doing business" 2020 reytingi

Yuqoridagi diagramma ma'lumotlarini hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, kapital bozorini tartibga solishda va investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishda bozor iqtisodiyotining liberal modeli yo'nalishini tanlagan Janubiy Koreya, AQSH va Buyuk Britaniya tajribalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, bundan tashqari bozor sharoitlari va rivojlanish davrlari O'zbekiston bilan yaqin bo'lgan Qozog'iston va Rossiya Federatsiyasi tajribalarini ham o'rganib mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi nazarimizda. Chunki so'ngi yillarda yuqoridagi ikki davlatda amalga oshirilgan islohotlar, iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishda ijobiy natijalar berayotganligi dunyo hamjamiyatida e'tirof etilmoqda.

XULOSA

Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari moliya bozoridagi munosabatlarni tartibga solish va nazorat qilishda turli yo'llardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Fikrimizcha ulardan moliya bozorini davlat organi sifatida yagona nazorat qiluvchi

2 http://documents.worldbank.org/curated/en/688761571934946384/pdf/Doing-Business-2020-Comparing-Business-

Regulation-in-190-Economies.pdf

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

organ (bitta regulyator)ning mavjud bo'lishi eng samarali yo'l bo'ladi nazarimizda, chunki bunda nazorat qilish, istiqbollarni belgilash, rivojlantirish va shunga muvofiq huquqiy bazani shakllantirish bitta tizimda birlashsagina eng optimal natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari kapital bozorini tartibga solishda qabul qilingan va qabul qilinayotgan huquqiy bazani ham soddalashtirish, tartiblashtirish va jahon standartlariga moslashtirish talab etiladi. Buning uchun albatta so'ngi yillarda kapital bozorini rivojlantirish agentligi "Kapital bozorining yagona kodeksi" 3ni amaliyotga tatbiq etish choralarini ko'rayotganligidan xabarimiz bor, bu albatta kapital bozorini tartibga solish, investorlar huquqlarini himoya qilish va yangi investorlarni iqtisodiyotimizga kapital kiritishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

REFERENCES

1. Alikulov, A. T. (2022). In Uzbekistan, the use of the Stock Market in Attracting Financial Resources by Corporate Entities is One of the Tools. Journal of Marketing and Emerging Economics, 2(5), 66-69.

2. Rashidov, R., Turobov, S., Dustova, M., & Azamatova, G. (2020). The crisis conditions and the ways of solving them. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 2104-2011.

3. Рашидов, Р. И., & Муртазаев, Н. Р. (2020). DIRECTIONS OF INNOVATIVE AGRICULTURAL DEVELOPMENT. ЖУРНАЛ АГРО ПРОЦЕССИНГ, 2(7).

4. Alikulov, A. T., Iskandarovich, R. R., & Komiljon, О. (2022). O'ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARINING BARQAROR FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA RAQAMLI BANK HIZMATLARINI JORIY ETISH. Results of National Scientific Research, 1(2), 62-67.

5. TUYGUNOVICH, A. A., OGLI, S. O. A., & QIZI, K. Z. K. Problems of Improving Stock Market Trading Mechanisms in Uzbekistan. JournalNX, 6(07), 330334.

6. AmKynoB, А. Т. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ ТОРГОВЛИ НА ФОНДОВОМ РЫНКЕ УЗБЕКИСТАНА. In Актуальные Bonpocbi эгашмики (b. 63-66).

7. Alikulov, A. T. (2022). In Uzbekistan, the use of the Stock Market in Attracting Financial Resources by Corporate Entities is О^ of the Tools. Journal of Marketing and Emerging Economics, 2(5), 66-69.

3 https://www.spot.uz/ru/2019/05/29/tawn-hall-meeting/

694

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Yakubova, Sh. Sh., Rashidov, R. I., Umarova, M. X., & Urinov, K. T. (2022). Ways of effective implementation of monetary policy in our country. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (107), 859-864. Soi: http://s-o-i.org/L1/TAS-03-107-64 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2022.03.107.64

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.