Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYATNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYATNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy-madaniy faoliyat / shaxs / jamiyat / ta'lim tizimi / madaniyat / qonun / qaror / maktabdan tashqari ta'lim / madaniy ehtiyoj / san'at / ijtimoiy pedagogika / социально-культурная деятельность / человек / общество / система образования / культура / право / решение / внешкольное образование / культурная потребность / искусство / социальная педагогика.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — B.B. Inatullaev

bugungi jamiyatda ijtimoiy me'yorlarni o‘zlashtirishning turli usullarini, jamiyat a'zolari o'rtasidagi aloqa va o'zaro ijtimoiy munosabatlarining yangi shakllarini amaliyotga joriy etishni talab etadi.Mazkur maqolada jamiyatning ma'naviy yangilanishi va ijtimoiylashuvning an'anaviylik va zamonaviylik asosidagi uslubiyoti ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asoslari tahlil etilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION AL AND LEGAL BASIS OF SOCIO-CULTURAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN

в современном обществе необходимо внедрять в практику различные методы освоения социальных норм, новых форм общения и взаимных социальных отношений между членами общества.В данной статье анализируются нравственное обновление общества и методология социализации, основанная на традиционализме и современности, правовые основы социокультурной деятельности.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYATNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

,JH}IOb

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYATNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

© B.B. Inatullaev18_

1Namangan davlat universiteti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: bugungi jamiyatda ijtimoiy me'yorlarni o'zlashtirishning turli usullarini, jamiyat a'zolari o'rtasidagi aloqa va o'zaro ijtimoiy munosabatlarining yangi shakllarini amaliyotga joriy etishni talab etadi.Mazkur maqolada jamiyatning ma'naviy yangilanishi va ijtimoiylashuvning an'anaviylik va zamonaviylik asosidagi uslubiyoti ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asoslari tahlil etilmoqda.

MAQSAD: O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asoslari mazmun-mohiyatini tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR: maqolada ijtimoiy-madaniy faoliyatning muhim komponentlari va ularni shakllantirishga muhim shart-sharoit yaratuvchi qonun-hujjatlari mazmun-mohiyati o'rganilib, hozirgi zamon talablariga va istiqboldagi tendensiyalarga javob berishiga e'tibor qaratilgan.Maqolada ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asoslarini yoritishda sintez, analiz, kontent tahlil, kompleks yondashuv, tizimli yondashuv,, mantiqiylik kabi usul va tamoyillardan foydalanilgan, shuningdek mahalliy va xorijiy manbalarning tahliliga asoslangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ijtimoiy-madaniy faoliyat - jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlarini madaniy o'zlashtirish asosida jamiyat a'zolarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ong-tafakkur islohotlarini kechishiga yo'naltirilgan uzluksiz tizim sifatida o'zining muayyan me'yorlari, institutsional tuzilmalariga egadir. Bu institusional tuzilmalar huquqiy demokratik davlat hisoblangan O'zbekistonda qonun va qonunosti hujjatlar asosida o'z faoliyatini tashkil etishi lozim.

Xulosa: ijtimoiy madaniy faoliyatni tashkil etish jamiyat a'zolarini jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlarni o'zlashtirishiga yordam beradi, maqolada tahlil etilgan huquqiy manbalar ijtimoiy-madaniy faoliyat subyektlari harakatlarini huquqiy jihatdan kafolatlaydi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy-madaniy faoliyat, shaxs, jamiyat, ta'lim tizimi, madaniyat, qonun, qaror, maktabdan tashqari ta'lim, madaniy ehtiyoj, san'at, ijtimoiy pedagogika

Iqtibos uchun: Inatullaev B.B. O'zbekistonda ijtimoiy-madaniy faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari. // Inter education & global study. 2024. №7. B.468-475.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В УЗБЕКИСТАНЕ_

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© Б.Б. Инатуллаев 1И

Жаманганский государственный университет, Наманган, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в современном обществе необходимо внедрять в практику различные методы освоения социальных норм, новых форм общения и взаимных социальных отношений между членами общества.В данной статье анализируются нравственное обновление общества и методология социализации, основанная на традиционализме и современности, правовые основы социокультурной деятельности.

ЦЕЛЬ: проанализировать содержание и сущность правовой основы социально-культурной деятельности в Республике Узбекистан.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: В статье рассматривается содержание важных компонентов социокультурной деятельности и нормативно-правовых актов, создающих важные условия для их формирования, обращая внимание на то, что они отвечают требованиям современности и тенденциям будущего.В статье для выяснения правовых основ социокультурной деятельности на основе анализа отечественных и зарубежных источников использованы такие методы и принципы, как синтез, анализ, контент-анализ, комплексный подход, системный подход, логичность.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: социально-культурная деятельность имеет свои специфические нормы и институциональные структуры как непрерывная система, направленная на удовлетворение духовных потребностей членов общества и претерпевающая психические преобразования на основе культурного присвоения законов и ценностей общества. Эти институциональные структуры должны организовать свою деятельность на основе законов и нормативных документов Узбекистана, который считается правовым демократическим государством.

ВЫВОД: организация социальной и культурной деятельности помогает членам общества усваивать социальные нормы в обществе, анализируемые в статье правовые источники юридически гарантируют действия субъектов социальной и культурной деятельности.

Ключевые слова: социально-культурная деятельность, человек, общество, система образования, культура, право, решение, внешкольное образование, культурная потребность, искусство, социальная педагогика.

Для цитирования: Инатуллаев Б.Б. Организационно-правовые основы социально-культурная деятельность в Узбекистане. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 468-475.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ORGANIZATIONAL AND LEGAL BASIS OF SOCIO-CULTURAL ACTIVITY IN

UZBEKISTAN ИИ^ИИ^ИИИИИИИ^^И^^^^^И

© Baxromjon B. Inatullayev 1И

1Namangan State University, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in today's society, it is necessary to put into practice different methods of mastering social norms, new forms of communication and mutual social relations between members of society. This article analyzes the moral renewal of the society and the methodology of socialization based on traditionalism and modernity, the legal basis of socio-cultural activity.

AIM: to analyze the content and essence of the legal basis of socio-cultural activity in the Republic of Uzbekistan.

MATERIALS AND METHODS: the article examines the content of important components of socio-cultural activities and the laws and regulations that create important conditions for their formation, paying attention to the fact that they meet the requirements of the present time and future trends. In the article, methods and principles such as synthesis, analysis, content analysis, comprehensive approach, systematic approach, logicality were used to clarify the legal basis of socio-cultural activity, and based on the analysis of local and foreign sources.

DISCUSSION AND RESULTS: socio-cultural activity has its own specific norms and institutional structures as a continuous system aimed at meeting the spiritual needs of society members and undergoing mental reforms based on the cultural appropriation of society's laws and values. . These institutional structures should organize their activities on the basis of laws and statutory documents in Uzbekistan, which is considered a legal democratic state.

CONCLUSION: the organization of social and cultural activities helps the members of the society to master the social norms in the society, the legal sources analyzed in the article legally guarantee the actions of the subjects of social and cultural activities.

key words: socio-cultural activity, person, society, educational system, culture, law, decision, extracurricular education, cultural need, art, social pedagogy

For citation: Baxromjon B. Inatullayev. (2024) 'Organizational and legal basis of socio-cultural activity in uzbekistan', Inter education & global study, (7), pp. 468-475. (In Uzbek).

O'zbekiston Respublikasida bugungi keng ko'lamli islohotlar tub negizini jamiyat a'zolarining tafakkur o'zgarishlari tashkil etib, bu bevosita xalqning boy madaniy merosi asosida zamonaviy ilm-fan vositasida yuksalib bormoqda. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ko'p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini o'rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo4 ochildi. Ma'naviy boyliklar,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Hayotning o'zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo'lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda.[1] Bu vazifalarni to'la zamon talablari darajasida ado etishda esa ijtimoiy-madaniy faoliyat zarur bo'ladi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat - jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlarini madaniy o'zlashtirish asosida jamiyat a'zolarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ong-tafakkur islohotlarini kechishiga yo'naltirilgan uzluksiz tizim sifatida o'zining muayyan me'yorlari, institutsional tuzilmalariga egadir. Bu tizim jamiyatda olib borilayotgan madaniy-ma'rifiy ishlarni qamrab oladi, shuningdek, ilm-fanning turdosh boshqa sohalari, xususan, ijtimoiy pedagogikaning integrativ jihatlarini o'z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika bu-pedagogikaning shaxs tarbiyasi va shakllanishiga ta'sirini tadqiq qiluvchi, shaxs tarbiyasini optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ijtimoiy muhitning muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqib ishlab chiqish yo'llarini tadqiq qi luvchi sohasidir.[2.]

Nemis pedagog olimi Ye. Mollenxauerning ta'rifiga ko'ra ijtimoiy pedagogika bu -yoshlarga ijtimoiy tizimga tez moslashishga, xulq-atvor normalaridan og'ishga qarshi turishlarini ilmiy ta'minlashga yordam beruvchi fandir.[3.] Yuqoridagilardan ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni, ya'ni ijtimoiy pedagog bu - bolalar, ota-onalar, o'smirlar, yoshlar, yoshi kattalar bilan ta'lim, muassasalar, turar joylarda ijtimoiy-tarbiyaviy ish olib boruvchi mutaxassisdir.[4.]

Mazkur ta'riflar O'zbekiston Respublikasida jamiyat hayotining ma'naviy yangilanishini asosi bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning zarurati va shu soha xodimlarining kompetensiyalarini o'zaro uyg'un bo'lishi lozimligini ta'qazo etadi.

Ma'naviyat haqida har qancha da'vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o'ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko'z langan maqsadga erisholmaymiz, ya'ni, inson qalbiga yo'l topolmaymiz. Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san'atigacha, bir so'z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o'tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma'naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko'tarishimiz zarur.[5.]

O'zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatda yoshlar, xususan, talaba yoshlar tarbiyasi masalasi o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, «Ma'naviy tiklanish -fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi avlodga mansub ijodiy ziyolilarning paydo bo'lishi, demakdir. Bizning tushunishimizcha, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish -o'z tarixiy yo'nalishimizdan voz kechish, degani emas. Bu biryoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir».[6.]

Bundan oliy ta'lim tizimida nafaqat ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuqori darajada tashkil etish, balki oliy ta'lim tizimida jamiyatni ma'naviy yangilashga qodir mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifa kelib chiqadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bu o'z o'zidan ijtimoiy-madaniy faoliyatda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratilganligiga bog'liq bo'ladi.

O'zbekiton Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkiliy-huquqiy asoslarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin bo'ladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'limini tashkil etishdagi ta'lim tizimidagi islohotlar birinchi guruhni tashkil etsa, ikkinchi guruh asoslar ijtimoiy-madaniy faoliyatning namoyon bo'lish sohalaridagi tashkiliy-huquqiy asoslarni qamrab oladi.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimida olib borilayotgan madaniy faoliyatni ta'lim to'g'risidagi qonun asosida ham tashkil etilishi mumkin.

Ta'lim to'g'risidagi qonunga ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish, ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish masalasi kiritilgan. Shuningdek, ta'lim to'g'ris idagi qonunning 14-moddasida maktabdan tashqari ta'lim turi kiritilib, bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo'nalishidagi maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkinligi, maktabdan tashqari ta'lim bolalarga uzluksiz ta'lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma'naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilganligi, maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, "Barkamol avlod" bolalar maktablari, bolalar -o'smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog'lomlashtirish muassasalari kirishi belgilab qo'yilgan.[7.]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentabrdagi "Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4467-son qarori bilan xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini yanada oshirish, o'quvchi yoshlarda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo'naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi «Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, o'lkashunoslik va ekologiya bo'yicha «Barkamol avlod» respublika bolalar markazlari negizida Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabini, «Barkamol avlod» tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpog' iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar «Barkamol avlod» bolalar markazlari negizida «Barkamol avlod» bolalar maktablarini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida «Bolalar kutubxonalari»ni, 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

rivojlantirish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar maktablari huzurida 100-200 o'rinli «Bolalar sayyohlik bazalari»ni tashkil etish belgilab qo'yildi.[8.]

Bu o'z o'zidan ta'limiy jarayon ishtirokchilarining darsdan tashqari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tizimga ehtiyoj mavjudligini va bu o'z o'zidan ijtimoiy-madaniy faoliyatda namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Bu faaoliyatni amalga oshirish uchun esa jamiyatda ijtimoiy-madaniy faoliyatga doir fundamental bilimga ega, yuksak ma'naviy fazilatlarga ega oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj mavjud bo'ladi. Bu oliy ta'lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiya ishini olib boruvchi kadrni tayyorlash vazifasini qo'yadi. Bu sohada olib borilgan integratsion faoliyat esa natijasida yanada takomillashadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida»gi qarorining qabul qilinishi, O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrda "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori bilan jamiyatnig ma'naviy yangilanishida ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'rni yorqinroq namoyon bo'la boshladi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko'maklashish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-son qarori[9.]qabul qilindi. Unga ko'ra Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining tarkibi, ishchi organi va faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907-son qarori[10.] bilan ta'lim tizimida ijtimoiy-madaniy faoliyatni rag'batlantirish mexanizmlari amaliyotga qo'llanila boshladi. Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha 6 ta yo'nalishdan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PQ-4038-sonli qarori[11.] bilan madaniyat tizimida ijtimioy-madaniy faoliyat imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish, aholining turmush madaniyatini yuksalishiga salmoqli ta'sir etish mexanizmlari ishlab chiqildi. Shuningdek, madaniy xizmat ko'rsatishning yangi tuzilmasi madaniyat markazlari tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida madaniyat sohasini isloh qilish, ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirish, xususan madaniyat sohasida innovatsiyalarni ishlab chiqish bilan bog'liq bir qator qaror, farmonlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2017 yil 16 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3325-sonli qarori, 2018 yil 1 avgustdagi "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3892-son qarori, 2018 yil 27 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori,

2020 yil 26 maydagi "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi "20l 0-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va u lardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 222-son qarori, 2017 yil 11 dekabrdagi 2017 - 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi975-son qarori, 2018 yil 19 iyundagi "Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida"gi 458-son qarori, 2019 yil 9 yanvardagi "ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 9-sonli qarori, 2019 yil 20 martdagi «Madaniyat va san'at fidokori» ko'krak nishonini ta'sis etish to'g'risida"gi 236-son qarori, 2019 yil 30 martdagi "madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 264-son qarorini, O'zbekiston Respublikasida ilk bor

2021 yil 21 yanvarda "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi qonunning [12.] qabul qilinishi ijtimoiy-madaniy faoliyatni imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Yuqorida tahlil qilib o'tilgan barcha qonun, qaror, farmonlar O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning zaruratini ko'rsatish bilan bir qatorda uni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishda huquqiy asos vazifasini o'taydi. Shuningdek, mazkur huquqiy manbalarning to'la xalq manfaatlari yo'lida ijro etilishi xalqchil madaniy siyosatni ifodalaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Karimov I. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. -T.: O'zbekiston, 1998. -B-73.

2. Коджаспирова Г.М., Коджаспиров А.Ю. Словарь по педагогике. - Москва: ИКЦ МарТ; Росьов н/Д: Издательский центр "МарТ", 2005. - 448 с

3. http://elibrary.bsu.az/books_163/N_66.pdf

4. Мустаева Ф.А. Основы социальной педагогики: Учебник для студентов высших педагогических учебных заведений - 2-е изд., перереб. и доп. - М.: Академический проект, 2001 - 416 с

5. Мирзиёев Ш. Танкидий тах,лил, катьий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик -х,ар бир рах,бар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. -Тошкент: Узбекистон, 2017. -Б.8.

6. Каримов И.А. Юксак маьнавият -енгилмас куч.-Тошкент: Маьнавият, 2008. -Б. 129.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

7. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son.//lex.uz

8. Узбекистон Республикаси Президентининг «Халк таълими тизимига бошкарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-тадбирлари тyfрисида»ги ПК-3931-сон карори.//К,онун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 0J.10.2019 й., 07/19/4467/3825-сон, 04.10.2019 й., 06/19/5846/3866-сон

9. Узбекистон Республикаси Президентининг "Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш буйича кушимча чора-тадбирлар тyfрисида" ги ПК-4307-сон карори.// Конун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.05.2019 й., 07/19/4307/3079-сон

10. Узбекистон Республикаси Президентининг "Ёшларни маънавий-ахлокий ва жисмоний баркамол этиб тарбиялаш, уларга таълим-тарбия бериш тизимини сифат жих,атидан янги боскичга кутариш чора-тадбирлари тyfрисида"ги ПК-3907-сон карори.//Конун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.08.2018 й., 07/18/3907/1706-сон

11. Узбекистон Республикаси Президентининг2018 йил 28 ноябрдаги "Узбекистон Республикасида миллий маданиятни янада ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyfрисида" ги ПК-4038-сонли карори.// Конун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.11.2018 й., 07/18/4038/2243-сон

12. O'zbekiston Respublikasining "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi qonuni. 2021 yil 21 yanvar// lex.uz

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Inatullayev Baxromjon Boqijonovich, musiqa ta'limi va madaniyatshunoslik kafedrasi dotsenti, [Инатуллаева Бахромжана бокижанович, доцента кафедры музыкального образования и культурологии], [Baxromjon B. Inatullayev, Inatullaev bahromzhan bogizhanovich, Associate Professor of the Department of Music Education and Cultural Studies]; manzil: O'zbekiston, Namangan sh., [адрес: Узбекистан, г. Наманган], [address: Uzbekistan, Namangan city] atribut_@mail.ru.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.