Научная статья на тему 'O„ZBEKISTONDA GLOBAL TA‟LIM MUAMMOLARI BO„YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR'

O„ZBEKISTONDA GLOBAL TA‟LIM MUAMMOLARI BO„YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O„ZBEKISTONDA GLOBAL TA‟LIM MUAMMOLARI BO„YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

O'ZBEKISTONDA GLOBAL TA'LIM MUAMMOLARI BO'YICHA OLIB

BORILAYOTGAN ISHLAR

Z. F. Sharopova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani, dotsent,

O'zbekiston

Globallashuv tushunchasi ilk bor 1833-yilda Britaniyalik iqtisodchi Foter tomonidan ilmiy maqolada qo'llanilgan[1] bo'lib, globallashuv deganda dunyoning barcha mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda har bir sohada milliy chegaralarni bekor qilish orqali birlashishi tushuniladi. Tushunchaning kengroq ta'rifi: "global integratsiya, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarning o'rnatilishi va rivojlanishi, mafkuraviy tafovutlarga asoslangan qutblanishning barham topishi" sifatida tariflanadi [2]. Globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha jabhalari shu jumladan ta'lim tizimi va metodikasiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Bugungi kunda har bir mamalakat ta'lim tizimida global ta'lim tushunchasi mavjud bo'lib, unda har bir mamalakat yoshlarinig chet el talim muassalaridagi ta'lim ulushi asosiy manbaa hisoblanadi.

Shu jumladan O'zbekiston respublikasida ham globat ta'lim keng rivojlanib, bugungi kunda ko'plab mamlakatimiz talabalari jahon oliy ta'lim muassasalarida 87ptic87 olayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni 1-ilovasi 2- Oliy ta'lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar bobi)da quyidagi asosli ma'lumotlar keltirilgan:

Bugungi kunda respublikada 114 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud bo'lib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta'lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan, so'nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta'lim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi filiali tashkil etildi.

Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta'lim yo'nalishi va 582 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi.

2019/2020 o'quv yilida 59 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi ta'lim, 10 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim shakli joriy etildi.

Respublika oliy ta'lim muassasalarida olayotgan talabalar soni bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi bo'yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so'nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.

87

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va 25,2 foizi ishlab chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 4,4 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 4,5 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha olmoqdalar.

Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va 23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 13,5 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 3,2 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari bo'yicha olmoqdalar.

2019/2020 o'quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va o'tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi.

Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, Yarimo'tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot Biofizika va biokimyo Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017-yilda 48 ta). So'nggi 3 yilda 1 693 nafar professor-o'qituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta'lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan 2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda respublika oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga oshis higa erishildi.

So'nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalarining 1 611 nafar professor -o'qituvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tashi va malaka oshirishi ta'minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta'lim olishga qabul qilindi.

"El-yurt umidi" jamg'armasi orqali 46 nafar professor-o'qituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka o'tashi ta'minlandi.

2017 -2019-yillarda ta'lim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar). Oliy ta'lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi[3].

Oliy ta'lim tizimi sohasida sezilarli islohotlar va o'zgarishlar olib borilayotgan bo'lishiga qaramay, oliy ta'lim tizimi amaldagi qonunchilik doirasida O'zbekiston Respublikasi hududida bakalavr - kunduzgi 4 yil, sirtqi ta'lim - 5 yil,

88

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

shuningdek, kechki ta'lim shaklida olib borilish ham ko'p sonli o'zbek yoshlarini qaymrab olish koeffisientini qoniqarli deb bo'lmaydi. Shu sababdan o'zbek talabalari orasi global ta'lim asosida xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalariga xujjat topshirish va tahsilning ma'lum davridan so'ng respublikamiz hududidagi OTMlarga tahsilni ko'chirish istagini bildirish holatlari juda ko'p uchraydi. Xususan, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilning 8 oyi statistikalari bo'yicha, xorijiy ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tan olish uchun eng ko'p murojaatlar Qirg'iziston Respublikasi ta'limini tugatganlardan (45,7 foiz) kelib tushgan. Ikkinchi o'rinni esa Tojikiston (16,7 foiz), so'ng Rossiya (14,3 foiz), Qozog' iston (10,6 foiz) egallagan.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilning 8 oyi statistikalari bo'yicha, xorijiy ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tan olish uchun eng ko'p murojaatlar Qirg'iziston Respublikasi ta'limini tugatganlardan (45,7 foiz) kelib tushmoqda. Ikkinchi o'rinni esa Tojikiston (16,7 foiz), so'ng Rossiya (14,3 foiz), Qozog'iston (10,6 foiz) egallagan.

Masalan 2019-yilda 1 milliondan ortiq talabgor oliy ta'lim muassasasalariga hujjat topshirdi. Garchi islohotlar natijasida yillarda qabul kvotalari 9 foizdan 12-13 foizga oshgan bo'lishiga qaramay umumiy ehtiyojni qondirish uchun bu qamrov hali kam.

2018-yil avgust holatiga ko'ra, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarining tan olinishi uchun jami 1 ming 481ta ariza kelib tushgan b o'lib, ularning 543tasi tan olingan[4].

O'zbekistonda davlat byudjyetidan har bir talabaga to'g'ri keluvchi xarajat Rossiyaga nisbatan 2 marta, Turkiyaga nisban 3 marta, Malayziyaga nisbatan 7 marta kam. 2000 yildan beri oliy ta'limni moliyalashtirishning umumiy miqdorida davlat g'aznasidan xarajatlar 60 foizdan 35 foizacha kamaydi. Davlat xarajatlari kamayishi bilan oliy o'quv yurtlari ko'proq ta'lim uchun to'lovlar hisobiga moliyalashtirishga o'tmoqda. O'zbekistonda oliy ta'limni xususiy moliyalash darajasi (60 foiz) AQShga nisbatan (57 foiz) va Buyuk Britaniyaga nisbatan (52 foiz) ham yuqori. Aholi daromadlari yuqori bo'lgan mamlakatlar orasida oliy ta'limni xususiy moliyalashtirish o'rtacha 29 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda oliy ta'limni xususiy moliyalashtirish hajmining oshishi nafaqat to'lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar soni oshishi bilan, balki ta'lim uchun to'lovlar miqdorining ko'payishi bilan ham bog'liq [5].

Ta'lim sifati va samaradorigida global tarmoqqa ulanish va jahon ma'lumotlar va yangiliklar bazasidan samamrali foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi bu

89

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Toshkentjqisodzi;^^

borada XXI asrda raqamli texnologiyalar asri ekanligi inobatga olib, raqamli iqtisodiyot izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili - zamonaviy AKT-infratuzilmasini yaratish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2020 yil boshidan bugungi kungacha respublika b o'yicha internet tarmog' iga keng polosali ulanish portlarining umumiy soni 2,2 mln.ga yetkazildi, 7,8 ming km. tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oshdi. Shundan 7,3 km. tolali aloqa liniyalari 9410 ta ijtimoiy soha ob'ektlariga tortilishi natijasida 4 786 ta maktab, 2 895 ta maktabgacha ta'lim va 1 729 ta sog'liqni saqlash muassasasini tezkor internetga ulash imkoniyati yaratildi. Bu o'z navbatida yosh avlodning zamonaviy bilim olishida ahamiyatlidir.

"Ookla" kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo'yicha 2020 yil iyun oyi natijalariga ko'ra yangi ma'lumotlarni e'lon qildi va ushbu Speedtest Global Index reytingida O'zbekiston keskin o'sishni namoyon etib Internet tezligi bo'yicha 94-pog'onani egallab turibdi, bir yil ichida 36 pog'onaga ko'tarilish kuzatildi. Umuman, oxirgi yil natijalariga ko'ra O'zbekistonda simli internet tezligi 2,5 barobarga o'sdi[6]. Ushbu ijobiy o'zgarishlar har bit ta'lim oluvchi va ta'lim jarayonida ishtirok etayotgan pedagog kadrlarda global tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalanish, o'z ta'lim sohasi bo'icha o'lkan axborot va ma'lumotlar bazasiga ulanish va undan samarali foydalanish, ma'lumot almashihs va o'z bilim va maakasini mustahkamlash imoniyatini yaratmoqda.

References / Adabiyotlar

1. Gomleksiz, Kilm5, (2012). "Kureselle §menin Egitim Programlari Uzerindeki Etkisine ili§kin Akademisyen Goru § leri: Nitel Bir Qali §ma", Mustafa Kemal Universitesi Sosyal Bilimler Enstitusu Dergisi, 9(17), 397-413.

2. Qelik, Gomleksiz, (2000). "A Critical Examination of Globalization and its Effects on Education", Firat Universitesi Sosyal Bilimler Dergisi, 10(2), 133 - 144.

3. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni 1-ilovasi.

4. Zilola G'aybullayeva https://kun.uz/uz/news/2019/09/15/masofaviy-talim-shakli-ozbekistonda-tan-olinmaydi-qoshni-davlatlar-universitetlarida-oqiyotgan-yoshlar-muammolari

5. https://hozir.org/talim-global-muammo-sifatida.html

6. https://mitc.uz/uz/news/2315

90

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.