Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON-XITOY O‘RTASIDAGI STRATEGIK SHERIKCHILIKNING HUQUQIY ASOSLARI TARIXSHUNOSLIGI'

O‘ZBEKISTON-XITOY O‘RTASIDAGI STRATEGIK SHERIKCHILIKNING HUQUQIY ASOSLARI TARIXSHUNOSLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
strategik sheriklik / hamkorlik aloqalari / shartnomalar / gegemon davlatlar. / strategic partnership / cooperative relations / contracts / hegemonic states.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jumaboyev, Axror

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ikki tomon o‘rtasidagi strategik sherikchilik bo‘yicha imzolangan shartnomalar va ularning ahamiyatini o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada imzolangan shartnomalarning mazmuni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORIOGRAPHY OF THE LEGAL BASIS OF THE STRATEGIC PARTNERSHIP BETWEEN UZBEKISTAN AND CHINA

The People's Republic of China has been paying special attention to the development of economic relations with Uzbekistan. Studying the agreements signed on strategic partnership between the two sides and their importance is one of the most urgent issues today. This article describes the contents of the signed contracts.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON-XITOY O‘RTASIDAGI STRATEGIK SHERIKCHILIKNING HUQUQIY ASOSLARI TARIXSHUNOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON-XITOY O'RTASIDAGI STRATEGIK SHERIKCHILIKNING HUQUQIY ASOSLARI TARIXSHUNOSLIGI

Jumaboyev Axror

Mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Xitoy Xalq Respublikasi O 'zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Ikki tomon o'rtasidagi strategik sherikchilik bo 'yicha imzolangan shartnomalar va ularning ahamiyatini o'rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada imzolangan shartnomalarning mazmuni yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: strategik sheriklik, hamkorlik aloqalari, shartnomalar, gegemon davlatlar.

ABSTRACT

The People's Republic of China has been paying special attention to the development of economic relations with Uzbekistan. Studying the agreements signed on strategic partnership between the two sides and their importance is one of the most urgent issues today. This article describes the contents of the signed contracts.

Keywords: strategic partnership, cooperative relations, contracts, hegemonic states.

KIRISH

Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Bugungi davrda ham O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik strategik sheriklik darajasida olib borilmoqda. Xususan, ikki tomon o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, harbiy hamda boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga kengayib, Xitoy O'zbekistonning eng asosiy sheriklaridan biriga aylanib ulgurdi. Shu o'rinda O'zbekistonning Xitoy bilan aloqalarining huquqiy asoslarini o'rganish, Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan O'zbekiston mustaqilligi tan olinganidan keyin imzolangan shartnomalar va qabul qilingan qonunlarning mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatganligini o'rganish muhim sanaladi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi va Xitoy o'rtasida jami 283 ta hujjat, jumladan: 113 ta davlatlararo va hukumatlararo xalqaro shartnomalar, 82 ta idoralararo va 88 ta boshqa turdagi hujjatlar imzolangan.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, 2022-yilda Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainaga bostirib kirishi natijasida xalqaro geosiyosatda o'rnatilgan bipolyar tizim o'zining ahamiyatini yo'qotdi. Endilikda dunyoning geostrategik jihatdan turli xil

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ta'sir doiralariga bo'linishining transformatsiyasi jarayoni bo'lib o'tmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, hozirda Markaziy Osiyo respublikalariga, xussan O'zbekistonga dunyoning gegemon davlatlari o'zlarining qiziqishlarini bildirmoqdalar. Ular orasida eng asosiy o'yinchilar sifatida Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Turkiya kabi davlatlarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Bunday vaziyatda, Markaziy Osiyo davlatlarining kelajagi qaysi yo'nalishga qarab buriladi va ular zamonaviy dunyo tartibida o'z o'rnini qay darajada topa oladi? Aynan shu masalalar bugungi kunda ko'plab tadqiqotchilarning izlanishlariga sabab bo'layotgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

Shu o'rinda ikki tomonlama aloqalarning tarixiga nazar tashlash o'rinlidir: O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng dastlabki o'n yillikda Xitoyning mamlakatga nisbatan qiziqishi yuqor bo'lmagan. Agar shunday bo'lgan taqdirda ham xalqaro vaziyat Xitoyning O'zbekiston bilan faol siyosat olib borishi uchun qulay hisoblanmagan. bu davrda Xitoy Xalq respublikasining rahbari Szyan Szemin 1996-yilda o'zbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshiradi. XXI asrning dastlabki dekadasida ham ikki tomon o'rtasidagi aloqalar sezilarli darajada yuqori bo'lmagan bo'lsa ham nisbatan o'sish boshlangan. Bu vaqtda Xitoy rahbari Xu Tszintao mamlakarimizga ikki marotaba 2004 va 2010 yillarda tashrif buyuradi va ikki o'rtada bir qator shartnomalar imzolanadi. Aynan shu davrdan boshlab aloqalarning o'sishi boshlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi rahbariga aylanganidan so'ng mamlakatning Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishi yildan yilga ortib bordi. Xususan, Si Tszinpin 2013, 2016, 2022 yillarda O'zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurdi. Bu tashriflar davomida esa bir qator shartnomalar imzolandi. Ayniqsa, 2022-yilda Rossiya-Ukraina qurolli mojarosining boshlanishi Xitoyning Markaziy Osiyodagi siyosiy ambitsiyalarini rivojlantirib yubordi.

Buni quyidagi raqamlarda ham ko'rishimiz mumkin: Misol uchun, Ikki davlat o'rtasida 2011 yildan boshlab o'zaro savdoda eng qulay davlat rejimi o'rnatildi. O'zbekiston tomonidan o'zlashtirilgan Xitoy sarmoyasi 2017-2022 yillarda 10,9 mlrd dollarni, shu jumladan, 2022 yilda 2,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Xitoy Eksimbanki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoy sanoat va tijorat banki orqali O'zbekistonga berilgan kreditlarning umumiy portfeli 6,9 milliard dollardan oshadi. 2008-2022 yillarda 51 ta loyihani amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining 246,3 mln dollarlik, 2022 yilda esa 10,1 mln dollar miqdoridagi grantlari jalb etildi. Shuningdek, O'zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 1763 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 275 tasi 2022 yilda tashkil etilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan amalga oshirilgan O'zbekiston-Xitoy savdosi tahliliga ko'ra, O'zbekistonning Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 2022-yildagiga ko'ra 51,5 foizga o'sib, 13,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bunda eksport hajmi 2,5 milliard dollar, import 11,3 milliard dollarga yetgan. Markaz Xitoydan import qilish ulushi qariyb 75,2 foizga o'sganini qayd etgan. Umuman olganda, 2023-yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 21,9 foizni tashkil etgan. Shundan jami eksportning 10,1 foizi, importning 29,5 foizi Xitoy hissasiga to'g'ri kelgan.

Statistika agentligi hisobotida ikki davlatning 2022-yildagi tovar aylanmasi hajmi 9 milliard dollarni tashkil etgani keltirilgan. Bunda O'zbekistonning eksport ulushi 2,6 milliard dollar, importi esa 6,4 milliard dollar bo'lgan.

Markazning eslatishicha, 2023-yilning 17-oktyabr kuni "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusining 10-yilligi munosabati bilan bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Xitoy rahbarlari yaqin 5 yilda tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha asoslar mavjudligini ta'kidlashgan.

2023-yilning may oyida Xitoyning Sian shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi sammitida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Bu sammitni O'zbekiston va Xitoy aloqalarining yangi boshqichining boshlanishi deb to'la e'tirof etish mumkin. Xususan, tomonlar o'rtasida 41 dan ortiq turli xil sohalarga aloqador bo'lgan shartnomalar imzolangan. Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qo'shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston bilan XXR o'rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar. Ikki davlat yetakchilari ishtirokida: O'zbekiston va Xitoy hukumatlari o'rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi bitim; O'zbekiston va Xitoy hukumatlari o'rtasida Hamkorlik bo'yicha o'zbek-xitoy hukumatlararo qo'mitasini tashkil etish to'g'risidagi Bitimga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi bayonnoma; O'zbekiston va Xitoy hukumatlari o'rtasida o'rta ta'lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo'yicha loyihani amalga oshirish to'g'risidagi bitim; O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma'muriyati o'rtasida O'zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda go'shtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari to'g'risidagi bayonnoma; O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma'muriyati o'rtasida O'zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to'g'risidagi bayonnoma; O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi bilan Xitoy Bojxona bosh ma'muriyati o'rtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini o'zaro tan olish

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

to'g'risidagi kelishuv; O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Tijorat vazirligi o'rtasida ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish bo'yicha anglashuv memorandumi; O'zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan Xitoy Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o'rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumi; 2023-2024-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o'rtasida hamkorlik dasturi; Toshkent shahri va Sichuan muzofoti o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish to'g'risidagi bitim; Sirdaryo viloyati va Shensi muzofoti o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish to'g'risidagi bitim; Samarqand viloyati va Shensi muzofoti o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish to'g'risidagi bitimlar imzolandi.

Bundan tashqari, elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to'g'risida; multimodal logistika markazini tashkil etish to'g'risida; "O'zbekiston temir yo'llari" AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizatsiya qilish to'g'risida; O'zbekiston-Xitoy agrosanoat parkini tashkil etish to'g'risida; Agroinnovatsion parkni tashkil etish to'g'risida; O'zbekiston-Xitoy biotexnologik klasterini tashkil etish to'g'risida; "O'zbektelekom" AKning telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada kengaytirish to'g'risida; "EXEED" kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to'g'risida; "BYD Auto Industry" kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to'g'risida; "O'zbekiston milliy banki" AJ bilan "Xitoy Eksim banki" o'rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to'g'risida; "O'zbekiston milliy banki" AJ bilan "Xitoy taraqqiyot davlat banki" o'rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to'g'risida; "China Export and insurance corporation" bilan hamkorlik to'g'risida; Sirdaryo viloyatida "Norin GES kaskadini qurish" va Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida "Aygain GES kaskadini qurish" loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash to'g'risida; telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bir qator iqtisodiy kelishuvlarga ham erishildi.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashrifi juda ham samarali o'tdi va ikki tomon o'rtasida qator memorandumlar ham imzolandi. Ular orasida O'zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan millatlararo munosabatlar va do'stona aloqalar Qo'mitasi bilan Xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik Shanxay xalq uyushmasi o'rtasida; O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Xalqaro savdoga ko'mak ko'rsatish bo'yicha Xitoy kengashi o'rtasida tijorat huquqi sohasida hamkorlik bo'yicha O'zbek-Xitoy qo'mitasinni tuzish to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan Dalyan tovar birjasi o'rtasida; O'zbekiston

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Parrandachilik uyushmasi bilan Xitoy Chorvachilik uyushmasi o'rtasida parrandachilik sohasida hamkorlik to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi "Uzcharmsanoat" uyushmasi bilan Xitoy charm sanoati bo'yicha hamkorlik uyushmasi o'rtasida; Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti o'rtasida; Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Lyaonin pedagogika universiteti o'rtasida; Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti o'rtasida; Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o'rtasida; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o'rtasida imzolangan memorandumlarni ko'rishimiz mumkin.

Ikki tomon o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining kengaytirilishi o'z natijasini ko'rsatmay qolmadi. Xususan, 2024-yilning birinchi choragidagi statistik ma'lumotlarga ko'ra Xitoy 2,13 milliard dollarlik tovar aylanmasi va 21,5 foizlik ulush bilan O'zbekistonning asosiy savdo sherigi bo'lib qolmoqda. Bu o'tgan yilning shu davridagi ko'rsatkich 14,9 foizdan deyarli 6,6 foizga ko'proqdir.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ikki tomon o'rtasida 2022-2023-yillar davomida imzolangan sherikchilik shartnomalari ba ko'rinishdagi xujjatlar Xitoyning O'zbekistonga bo'lgan qiziqishining tobora ortib borayotganligini ko'rsatib beradi. Qonun hujjatlariga asoslanadigan bo'lsak ikki tomon o'rtasidagi munosabatlar yanada rivojlanib boradi hamda yaqin kelajakda Xitoy O'zbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkori sifatidagi o'rnini batamom mustahkamlab oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bekmurotov I. O'zbekiston Xitoy manfaatlar mushtarakligi // Jamiyat va boshqaruv. - Toshkent, 2004. №4. - B. 65-66.

2. Van Shuylin. Xitoy islohotlar yo'lida // Bozor. Pul va kredit. -Toshkent, 1999.№3. - B. 45-47.

3. O'zbekiston va Xitoy : Yangi asrda yangicha hamkorlik. // Xalq so'zi. 2004, 16 iyun.

4. Xodjayev.A Buyuk Ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyot, 2007 - 280 b.

5. Xudoyqulov A., Nurullayev N. O'zbekiston- Xitoy hamxorlikning yangi bosqichi // Ilm sarchashmalari -Urganch, 2006. №2. - B. 20-22.;

6. O'zbekiston va Xitoy vakillari o'rtasida 41 ta hamkorlik hujjati imzolandi // https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/18/documents/

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7. 2023-yilda O'zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi hajmi keskin oshdi // https://daryo.uz/2024/01/23/2023-yildaozbekistonning-xitoy-bilan-tovar-ayirboshlash-hajmi-515-foizgaosdi

8. https://uzreport.news/economy/2023-yilda-o-zbekistonnmg-xitoy-bilan-savdo-aylanmasi-hajmi-keskin-oshdi // https : //uzreport.news/economy/2023-yilda-o-zbekistonning-xitoy-bilan-savdo-aylanmasi-hajmi-keskin-oshdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.