Научная статья на тему '“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJNING TASHKILIYIQTISODIY FAOLIYATIDA RISKLARNI INOBATGA OLISH TAHLILI'

“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJNING TASHKILIYIQTISODIY FAOLIYATIDA RISKLARNI INOBATGA OLISH TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport xizmati / baholash usullari / transport xizmatiga ta’sir etuvchi omillar / samaradorlik. / transport service / assessment methods / factors affecting transport service / efficiency.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rahmonov G.

Mazkur maqolada temir yo’l transport xizmatining tashkiliyiqtisodiy tahlili O’zbekiston misolida qilingan bo’lib, unga ko’ra xalqaro va milliy darajadagi o’rni ham tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF TAKING RISKS INTO ACCOUNT IN THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC ACTIVITIES OF JSC "UZBEKISTAN RAILWAYS"

In this article, the organizational and economic analysis of the railway transport service was made on the example of Uzbekistan, and according to it, its role at the international and national levels was also analyzed.

Текст научной работы на тему «“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJNING TASHKILIYIQTISODIY FAOLIYATIDA RISKLARNI INOBATGA OLISH TAHLILI»

Rahmonov G.

"Menejment va marketing" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

TATU

"O'ZBEKISTON TEMIR YO'LLARI" AJNING TASHKILIY-IQTISODIY FAOLIYATIDA RISKLARNI INOBATGA OLISH TAHLILI

Annotatsiya. Mazkur maqolada temir yo'l transport xizmatining tashkiliy-iqtisodiy tahlili O'zbekiston misolida qilingan bo'lib, unga ko'ra xalqaro va milliy darajadagi o'rni ham tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: transport xizmati, baholash usullari, transport xizmatiga ta 'sir etuvchi omillar, samaradorlik.

Rahmonov G. independent researcher "Management and Marketing" department

TATU

ANALYSIS OF TAKING RISKS INTO ACCOUNT IN THE

ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC ACTIVITIES OF JSC "UZBEKISTAN RAILWAYS"

Abstract. In this article, the organizational and economic analysis of the railway transport service was made on the example of Uzbekistan, and according to it, its role at the international and national levels was also analyzed.

Keywords: transport service, assessment methods, factors affecting transport service, efficiency.

Yuqoridagi ko'rsatkichlarning tahlili natijasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJning tashkiliy-iqtisodiy holatida tashish xizmatida Covid-19 ning yetkazgan talofatlariga tayyor turish lozimligini namoyon etganligi bois risk faoliyatini inobatga olinishi lozimligini anglatadi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJning tashkiliy tuzilmasida bugungi kunda butunjahon iqtisodiy sharoitidagi rivojlantirishga qaratilgan strategik faoliyat qamrovida "transformatsiya ofisi", "investitsiyalarni jalb qilish investitsion loyihalarni amalga oshirish", "strategik rivojlantirish, sanoat faoliyatini tashkil etish va mehnat muhofazasi", "personalni tayyorlash muassasi", "tashishlarni tashkil qilish" bo'limi, boshqarmasi hamda markazlari temir yo'l transporida xizmat ko'rsatishning talofatlarini oldini olish yuzasidan tashkiliy tarkibda faoliyat olib boriladi, biroq hech qaysida risklarni boshqarish bilan bog'liq muvofiqlashtirish ishlab chiqilmagan. Shu nuqtai nazardan, boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo'yicha birinchi o'rinbosari boshqaruviga qarashli "Iqtisodiy tahlil va prognozlash departamenti" tarkibida

"Temir yo'l xizmatida risklarni boshqarish" mutaxassislarini jalb etish tavsiya etiladi. Bu o'z navbatida temir yo'l transportida risklarni boshqarish yuzasidan model ishlab chiqish taqozo etiladi (1-rasm).

Muallif ishlanmasi

"Экономика и социум" №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

Mazkur modelga ko'ra risklarni boshqarish yuzasidan menejmentning besh bosqichiga asosan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tashkiliy tarkibidagi mavjud bo'lim, boshqarma, muassasa hamda markazlarni o'zaro tizimlashtirish orqali risklarni baholash, ularni yumshatish, zaruratga qarab voz kechish yoki minimallashtirishdan tashqari insonlarni tashishda ko'rsatiladigan qo'shimcha xizmatlarning sifati hamda qulayligini oshirish maqsadida xizmat ko'rsatish, ta'minlash, shu bilan bir qatorda rivojlantirishga yo'naltirilgan.

Rejalashtirish bosqichida asosan risklarning yuzaga kelishi, shuningdek ehtimoliga ko'ra baholashni muntazam olib borishni yo'lga qo'yish uchun dasavval ma'lumotlarning saralanishi, ularning tegishli funksional tasnifiga ajratilishi natijasida rejalashtirish bilan bog'liq asosiy tarkiblar asosida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Biroq, mazkur holatda asosiy ish tashkiliy tarkibda mutaxassislarning jalb etilishi va aynan shu masala yuzasidan ishlarning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatini olib borishi muhim ahamiyatga ega.

Tashkil etish bosqichi yuzasidan xizmatlarni yo'lga qo'yish maqsadida risklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-atadbirlarni inobatga olish bilan bog'liq holat nazarda tutiladi.

Muqobillashtirish bosqichida risklarni inobatga olish yuzasidan amalda qo'llanilgan chora-tadbirlarning natijaviyligiga qarab qilib faoliyatdagi e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlarni qayta tahlil qilish imkonini beradi.

Nazorat qilishga kelganda risklar va ularning ishtiroki mavjud holatlarni me'yorida bo'lishini ta'minlash maqsadida monitoringi olib borilishi nazarda tutiladi. Muvofiqlashtirish bosqichida risklarning bartaraf etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil olib borilishini nazarda tutuvchi qaror qabul qilish tushuniladi. Bu o'z o'rniga rejalashtirishga ta'sir etish kuchiga ega bo'lib siklik aylanma xususiyat kasb etadi. Biroq mazkur iyerarxik modelni amalga oshirishda hujjatlar va ma'lumotlarning o'zaro almashuvi bilan bog'liq murakkabliklar va korxonalarning o'zaro ma'lumotlarni berishda tashkiliy tarkibdagi joylashuvi teskari integratsiyalashuvga yetaklashida murakkablik va amaliy ziddiyat yuzaga keladi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida ma'lumotlar almashinuvini raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish tavsiya etiladi (2-rasm).

Taqdim etilayotgan boshqaruv bo'g'inlari uchun ma'lumotlar bilan ta'minlash

Ma' lumotlar yordamida amalga oshiriladigan operatsoyalar

Ma'lumotlarni to'plash, saralash va yo' naltirish uchun mutaxassislarga muhit yaratish

N.

/

r~ ^m ■ ■ . . ■ _

Funksional maqsadga yo'naltirilgan xodimlarning vositalar, instrumentariy ko'rsatma talabi bilan ishlashi

r \

Hujjatlar bilan ishlash faoliyatini yo' lga qo'yishda xavflarni aniqlash va ogohlantirish

V

Rejalashtirishda ma'lumotlarni infratuzilmaviy bog'liqligini ta'minlash

Risklarni aniqlash orqali bartaraf etish choralarining tashkiliy asosi

Risklarning ta'siri natijasidagi asoratlarga qarshi kurash yuzasidan xizmatlarni muqobillashtirish

m ^ ■ ■ ■ I

Tizimlararo ma' lumotlar almashinuvida risk filtri uchun me' yoriy sikllarni faollashtirish

Tizimlarning maksimal talofatini strategik yumshatish

Aniqlangan risklarni tahlil qilish hamda ta' sir doirasining moliyaviy-iqtisodiy zararini hisoblash

Tahliliy dasturiy ta'minot kutubxonasi Ish hajmiga ko' ra munosabat dasturlari

Tahliliy mikroxizmatlarni amalga oshirish

N

Moliyaviy risklarning oldini olinishi natijasida qo'shimcha qiymatga ega bo'lish

Risklarni va ma'lumotlarni nazorat qilish

Risk bilan bog' liq ma' lumotlarni tahlili qilish injiringi

Mikroxizmatlarning muammolarini aniqlash

Ma' lumotlarni risk sxemasini aniqlash

Risklarni kompleks boshqashrish

Ma'lumotlarning xavfsizligi risklarini boshqarish

Amaliyotdagi ommalashuvining ijtimoiy ta'siri

Risklarni bartaraf etish choralarini modellashtirish

O'z-o'zini risk diagnostikasini amalga oshirish

Risklarning takroran ta'sir oqimi yuzasidan strategik ma' lumotlarni ajratish

Qaror qilishda risklarni inobatga olish

2-rasm. "O'zbekiston temir yo'llari" AJda xizmat ko'rsatishda risklarni boshqarishni amalga oshirish bosqichlarida ma'lumotlar bilan ishlash

sxemasi

39

Ushbu rasmda ma'lumotlarni boshqarish jarayonini aks ettiruvchi keng qamrovli sxema tasvirlangan bo'lib, unga ko'ra "O'zbekiston temir yo'llari" AJda xizmatlar ko'rsatishda risklarni boshqarishni amalga oshirish jarayonida ma'lumotlar bilan ishlash sxemasini ko'rsatish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U ma'lumotlarni samarali boshqarish bilan bog'liq bo'lgan turli bosqichlarning aniq va tashkiliy ifodasini beradi. Shuningdek, ma'lumotlarni yig'ishning dastlabki bosqichini ajratib ko'rsatish bilan tavsiflanadi. Bu mijozlar fikri, operatsion ma'lumotlar va bozor tadqiqotlari kabi tashkilot ichidagi turli manbalardan tegishli ma'lumotlarni to'plashni o'z ichiga oladi. Keyin to'plangan ma'lumotlar diqqat bilan tartibga solinadi va qulay kirish va olish uchun markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida saqlanadi.

Ushbu bosqich to'plangan ma'lumotlardan qimmatli tushunchalarni olish uchun ilg'or tahliliy vositalar va usullardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Shakllar, tendentsiyalar va korrelyatsiyalarni tahlil qilish orqali tashkilot asosli qarorlar qabul qilishi va potentsial xavf yoki imkoniyatlarni aniqlashi mumkin. Ushbu tahlildan olingan ma'lumotlar xizmatlar ko'rsatishni optimallashtirish,

' Muallif ishlanmasi

operatsion samaradorlikni oshirish va potentsial xavflarni samarali tarzda kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin.

Umuman olganda, ma'lumotlarni boshqarish jarayonining ushbu sxemasi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan xizmatlar ko'rsatishda risklarni boshqarishni tatbiq etishda tizimli yondashuvning vizual tasvirini beradi. U asosli qarorlar qabul qilish va tashkilotning uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun ma'lumotlarni to'plash, tartibga solish va tahlil qilish muhimligini e'tirof etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'ayrat I., Olim M., Davlat R. Klaster tizimining qishloq xo'jaligi samaradorligiga ta'siri //Agroiqtisodiyot.-Toshkent. - 2020. - №. 1. - C. 20-23.

2. Ismatulloyevich R. G. THE IMPACT OF CYBER THREATS ON ECOMMERCE SITES //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - T. 1. - №. 10. - C. 274-284.

3. Fazliddinovich R. G. Some disadvantages of the architectural design of residential buildings and their solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 4. - C. 411-416.

4. Raxmonov G'.I. Temir yo'l transportida xizmat ko'rsatish jarayonini rivojlantirishning retseptiv tahlili. "YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT" ijtimoiy, iqtisodiy ilmiy ommabop jurnal, 2024-yil, may. № 5-son, 557-562

5. Shokirovna B. Z., Xurram o'g'li X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. -2024. - T. 2. - №. 5. - C. 110-113.

6. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y., Xurram o'g'li X. S. TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. - 2023. - T. 2. - №. 16. - C. 42-45.

7. Shokirovna B. Z., Xurram o'g'li X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. -2024. - T. 2. - №. 5. - C. 110-113.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.