Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI'

O’ZBEKISTON SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt / raqamli iqtisodiyot / inson omili / rivojlangan mamlakatlar / iqtisodiy rivojlanish / texnik taraqqiyot. / artificial intelligence / digital economy / human factor / developed countries / economic development / technical development.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Vaxabov Ulug’Bek Xurbayevich

Ushbu maqolada dunyo ilm-fani yutuqlaridan biri – sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotning O’zbekiston sharoitidagi o’rni, uni rivojlantirishda xorijiy tajribalar va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes one of the achievements of world science artificial intelligence and the role of digital economy in the conditions of Uzbekistan, foreign experiences in its development and their implementation.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI»

O'ZBEKISTON SHAROITIDA SUN'IY INTELLEKT VA RAQAMLI

IQTISODIYOTNING O'RNI

Vaxabov Ulug'bek Xurbayevich

"O'zkimyoimpeks" MChJ Nazorat bo'limi boshlig'i u.vakhabov@mail .ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo ilm-fani yutuqlaridan biri - sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyotning O'zbekiston sharoitidagi o'rni, uni rivojlantirishda xorijiy tajribalar va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, inson omili, rivojlangan mamlakatlar, iqtisodiy rivojlanish, texnik taraqqiyot.

Abstract: This article describes one of the achievements of world science -artificial intelligence and the role of digital economy in the conditions of Uzbekistan, foreign experiences in its development and their implementation.

Key words: artificial intelligence, digital economy, human factor, developed countries, economic development, technical development.

Dunyo ilm-fanining mahsuli bo'lgan sun'iy intellekt insonning ish faoliyatini, ishlab chiqarishning turli sohalarini boshqarishni yengillashtiribgina qolmay, jamiyatda doimiy mavjud bo'lib kelayotgan ijtimiy-iqtisodiy muammolarni katta ko'lamda bartaraf etishga zamin yaratdi.

Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyotning hayotimizga kirib kelishi barcha sohalarda tub burilish yasash bilan birga, ma'lumotlarni kiritish, olish, saqlash, boshqarish jarayonini yangi darajaga olib chiqdi, natijada ish yuritish va boshqarishda inson omilining aralashuvi cheklanib, turli yo'nalishlarda iqtisodiy olg'a siljish yuz berdi. Inson hayotini iqtisodiy rivojlantirish sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy qilishni taqozo qiladi. Eng katta muammolardan biri - barcha sohalarda korrupsiyani yo'q qilish, hisob-kitoblarda, ma'lumotlarda aniqlikni, shaffoflikni ta'minlash, haqiqat va adolatni yuzaga chiqarish raqamli texnologiyalarning har bir sohada muhimligini ko'rsatadi. Farovon, erkin va adolatli jamiyat barpo qilinar ekan, bunday texnologiyalarga ehtiyoj kuchayib boraveradi. Mana shu ehtiyoj natijasi o'laroq, hukumat tomonidan bir qancha me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni [1], "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" 20121-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori [2] hamda bu qarorga muvofiq sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish

ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qarori [3] qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi [4]da iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko'rsatilgan edi. Bu borada "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va "raqamli iqtisodiyot"ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori [5] qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro'yxati, "Raqamli Toshkent" kompleks dasturini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo'yicha loyihalar ro'yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi.

Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob'ektlari, ishlab chiqarish, yo'l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.

Bunday farmon va qarorlarning qabul qilinishi sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarning O'zbekiston iqtisodiyotida naqadar muhim rol o'ynashini, bu texnologiyalar ulkan va dolzarb iqtisodiy muammolarning yagona yechimi ekanligini ko'rsatib turibdi. Raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biri bo'lib qolaveradi, chunki bu texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi, balki, yuqorida ta'kidlanganidek, ijobiy iqtisodiy o'sishga zamin hozirlaydi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, korrupsiyaga chek qo'yadi.

Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyot iqtisodiy muammolarga qanchalik mutanosib yechim bo'lmasin, tabiiy ravishda, ayrim muammolarning paydo bo'lishiga ham yo'l ochadi: insonning erkin, farovon, demokratik va adolatli jamiyatda yashashini ta'minlash bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda bir qator muammolarni yuzaga chiqaradi. Bu ishlab chiqarishda inson omilini kamaytiradi, inson mehnatiga ehtiyoj qolmaydi, ish o'rinlari qisqaradi, ishsizlik daromadni kamaytiradi. Barcha asosiy harakatlarni aqlli mashinalar bajarar ekan, odam sekin-asta ish qobiliyatini yo'qotib boraveradi, natijada oddiy harakatlarni ham bajarmay qo'yadi. Bu esa inson sog'ligiga putur yetkazadi. Jamiyatda inson mehnatiga emas, raqamlarga, dasturlarga ustunlik beriladi. Biroq bularning barchasi raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt bera oladigan ulkan natijalar oldida o'z ahamiyatini yo'qotadi. Binobarin, paydo bo'ladigan bunday muammolarni omma muhokamasiga tashlagan holda yechish mumkin. Fikrimcha, bunday vaziyatda quyidagilarni e'tiborga olish foydadan holi bo'lmaydi:

1. Texnika ishlash jarayonida insonni doimiy nazorat qiluvchi va kuzatuvchiga aylantirish (bunda texnik kamchiliklarni bartaraf etish, texnikani yanada takomillashtirish imkoniyati tug'iladi. Ya'ni inson texnika bilan yonma-yon harakat qiladi);

2. Insonni doimiy harakatlantirish, ishlatish uchun sharoit yaratish (bunda uni tashkilot ichida yoki tashqarisida foydali mehnatga jalb qilinadi, har qanday ish turidan manfaatdorlik tuyg'usi shakllantiriladi);

3. Raqamli, dasturiy boshqaruvni mashinalar amalga oshirsa, inson omili, asosan, ruhiyat, hissiyot, ma'aviyat bilan bog'liq jarayonlarda faol bo'lishini ta'minlash (turli tadbirlar, uchrashuvlar, aloqalar va h.)

4. Insonda jismoniy harakatga moyillikni oshirish (asosan, harakatli ish jarayonini tashkil etish).

Sanab o'tilgan tavsiyalar u qadar katta muammoni qamrab olmagan. Chunki yuqorida aytib o'tilganidek, sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot kabi texnologiyalarning kutilajak foydasi ko'riladigan taxminiy zarardan (agar bu haqiqatan ham zarar bo'lsa) ancha ustun. Binobarin, raqamli iqtisodiyotning o'zi raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat sifatida iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi, yangi ish o'rinlari yaratilishiga olib keladi. Demak, sun'iy intellektdan farqli o'laroq, raqamli iqtisodiyot ish o'rinlarining ko'payishiga ham xizmat qiladi.

Qayerda "Raqamli iqtisodiyot" va "Elektron hukumat"ga o'tilgan bo'lsa, odamlarning og'iri yengil bo'layotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo'lmoqda [6].

Hozirda marketing sohasi analitik va sun'iy intellektdan foydalanishda haqiqiy inqilobni boshdan kechirmoqda. Chunki qisqa vaqt ichida takliflarni qanday avtomatlashtirishni, qanday qilib ko'proq ma'lumot olishni, mijozlar nimani xohlashini va boshqalarni bilib olish mumkin. Sun'iy intellektdan samarali foydalanish strategiyasi asosiy biznes-maqsadga mos kelishi kerak, shuning uchun odamlar, jarayonlar va texnologiyalarning o'zaro ta'sirini hisobga olish har doim muhimdir.

SAS ijrochi vitse -prezidenti va texnologiya bo'yicha bosh direktori Oliver Shabenbergerning so'zlariga ko'ra, sun'iy intellekt kompyuterlarni aqlli qilishiga yordam beradi, dunyoni egallamaydi [7]. Shu fikrga qo'shilgan holda, aqlli texnologiyalar inson hayotida taraqqiyotning muhim zanjiri ekanligini e'tirof etamiz. Ular uzoq kelajakda ham insonga benazir xizmat qiladigan, jamiyatda haqiqat va adolatni ta'minlaydigan kuchli vosita bo'lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son https://www.lex.uz/docs/-5544451

2. "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" 20121-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son https://lex.uz/docs/5297046

3. Vaz^^ Mahkamasining "Raqamli texnologiya^ va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qarori https://www.lex.uz/docs/-5544451

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://president.uz/oz/lists/view/4057

5. "Toshkent shahrida гaqamli texnologiyalarni keng joгiy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son https://lex.uz/docs/-4767514

6. https: //psec.uz/oz/news/2

7. https://www.sas.com/ru ru/insights/articles

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.