Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
O'ZBEKISTON SHAROITIDA IQLIM O'ZGARISHINING ASOSIY
SABABLARI
Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti
O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri E-mail: axmatj anovravshanj on79@gmail .com
Abdujalilova Moxinur Valijon qizi Toshkent davlat transport universiteti talabasi O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri E-mail: abduj alilovamohinur03 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Maqolada ekologik muammo turlari, ekologiyaga tasir etuvchi omillar, O'zbekistondagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risida so 'z borgan bo 'lib, eng global ekologik muammolar yoritilgan .
Kalit so'zlar: Iqlim, tabiiy muhit, ekologiya, mintaqa.
ABSTRACT
The article talks about types of environmental problems, factors affecting ecology, environmental problems in Uzbekistan and ways to solve them, and the most global environmental problems are covered.
Key words: Climate, natural environment, ecology, region.
KIRISH
Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi - insonning tabiatga antropogen ta'siri deyiladi. Insonning tabiatga ta'siri ikki xil bo'ladi, ya'ni ijobiy va salbiy. Hozirgi kunda inson o'z faoliyati davomida tabiatga juda ko'p salbiy ta'sir ko'rsatmoqda va tabiatga katta zarar keltirmoqda. Buning asosiy sabablari esa tabiiy resurslardan noto'g'ri foydalanish, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, ekotizimlarga me'yoridan ortiqcha ta'sir qilish kabilar bo'lib buning oqibatida ekologik muammolarning keskinlashuvi, mahalliy, milliy, regional (mintaqaviy) va global ekologik muammolar kattalashuviga olib kelmoqda. Ayniqsa hozirgi texnika asrida energetikaning shiddat bilan o'sishi havo haroratining keskin ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa birinchi navbatda aholi salomatliga katta xavf solishi bilan birgalikda atmosfera havosi, suv, tuproq va shu kabi tabiiy resurslarning tarkibini buzilishiga olib kelyapti. Atmosferaga tabiiy va antropogen omillar ta'sirida chiqarilayotgan turli gazlar va qattiq zarrachalar hisobiga quyidagi ekologik muammolar kelib chiqmoqda:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(7), July, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1. "Issiqxona samarasi" hodisasi; 2. Ozon qatlamining yemirilishi; 3. Kislotali yomg'irlar. 4. "Fotokimyoviy tutun" hodisasi;
"Issiqxona samarasi" hodisasi. Hozirgi kunda Yer sayyorasining deyarli barcha qismida keskin havo haroratining ko'tarilishi " Issiqxona samarasi " hodisasini ketirib chiqaradi. Bunga asosiy sabab sifatida ko'pgina omillar ko'rsatiladi. Ya'ni atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid (CO2), metan (SN4), xlorftoruglevodorodlar (freon), ozon (O3), azot oksidlari (NOx) kabilarning miqdori ortib ketishi va bunday zararli gazlarning ortishiga sabab bo'layotgan sanoat korxonalaridir. Karbonat angidrid - CO2 o'simliklar oziqlanishining eng muhim komponenti bo'lsa ham keyingi bir asr davomida organik yoqilg'i turlari - ko'mir, neft, gazni qazib olish va ishlatilishining keskin ortishi natijasida atmosfera havosi tarkibidagi karbonat angidrid miqdorining uzluksiz ortishi kuzatilmoqda.
Ozon qatlamining yemirilishi. Ozon qatlami atmosferaning stratosfera qismini tashkil qiladi va yuqori konsentratsiyadagi ozonni (O3) saqlaydi. Bu qatlam taxminan 93 foizdan 99 foizgacha quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutadi. Agar Ozon qatlami bo'lmaganda edi ultrabinafsha nurlari to'liq yerga tushardi va yerdagi hayot to'xtagan bo'lar edi. Ozon qatlami Yer yuzasidan 10 dan 50 kmgacha bo'lgan masofada joylashgan. Ozon qatlamining siyraklashishi, ultrabinafsha nurlarining Yer yuzasida ortishiga, nurlarning ortishi esa o'z navbatida aholi salomatligi va ekologiya bilan bog'liq muammolarning ortishiga olib keladi. Masalan, insonlarda teri saratoni, o'simliklarda poya shikastlanishi, mahsulotining kamayishi, fotosintez jarayonlarining susayishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda Ozon qatlamining yemirilishi okeanda yashovchi plankton va fitoplanktonlarning nobud bo'lishiga olib keladi. Fitoplanktonlarning qisqarishi esa global isishga ta'sir qiladi. Ya'ni, ular okeandagi uglerod zahirasini tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Har yili 16 sentyabr xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida bayram qilinadi. O'zbekistonda ozonning qalinligi yiliga o'rtacha 1,9 dan 2,7 mm oralig'ida o'zgarib turadi. Atmosferada ozon aprel oyida eng ko'p va oktabr oyida eng kam bo'ladi.
Kislotali yomg'irlar. Biz foydalanayotgan avtomobillar va shu kabi texnikalarning dvigatellaridan shunchalik ko'p zaxarli gaz chiqadiki, bu zaxarli gazlar havoni azot oksidlari va oltingugurt dioksidlari bilan ifloslantirib tashlaydi. Oqibatda osmondan yog'ayotgan yomg'ir suvi taxir bo'lib qoladi, ya'ni kislatali yomg'ir yog'a boshlaydi. Kislotali yomg'irlarning yog'ishi o'rmonlarning yo'q bo'lib ketishi, hosilning nobud bo'lishi, tuproq unumdorligining pasayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Shu bilan birgalikda kislotali yomg'irlar, binolarni, madaniy yodgorliklarni, quvurlarni yemirmoqda va avtomobillarni ishdan chiqarmoqda.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
Kislotali yomg'irlar yog'ishining oqibatini AQSH, Germaniya, Chexiya, Shveytsariya, Avstraliya va sanoati rivojlangan boshqa ko'plab mamlakatlarda kuzatish mumkin. Kislotali yomg'irlar ko'l, daryo va boshqa suv havzalariga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni ulardagi taxirlik darajasini ko'tarib, suvdagi o'simlik va hayvonlarni nobud qiladi. Kislotali yomg'irlar nafaqat suv va hayvonot olamiga zarar yetkazadi, balki ular yerdagi o'simliklarni ham nobud qiladi.
"Fotokimyoviy tutun" hodisasi; Smog - atrof-muhit ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan bulutning bir turi hisoblanadi. U ifloslangan bulutga o'xshaydi. Smog ishlab chiqaradigan asosiy ifloslantiruvchi moddalar bular azot oksidlari (NOx), ozon (03), azot kislotasi (HN03), nitroasetil peroksid (PAN), vodorod peroksid (H2O2)lardir. Yana bir muhim omil sifatida quyosh nurini aytishimiz mumkin, chunki, u erkin radikallarni hosil qiladi va ushbu bulutni hosil qiluvchi kimyoviy jarayonni boshlaydi. Ba'zan bu tutun NO2 tufayli to'q sariq rangli bo'ladi, ammo, u odatda kulrang rangda bo'ladi. Fotokimyoviy tutunning atrof tabiiy muhitga zarari katta hisoblanadi. Masalan, agar fotokimyoviy tutun haddan tashqari ko'p bo'lsa, bu bulutlar ortidan ochiq osmon ko'rinmaydi. Buning natijasida yulduzli kechalar ham ochiq oydin osmon ham ko'rinmaydi. Osmonda faqatgina sarg'ish pardani va kulrang to'q sariq rangni ko'ramiz.
Tirik organizmlarga ta'sir etuvchi muhitning har qanday bo'laklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat.Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo'lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo'lgan elementlar yoki omillardan yorug'lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko'rsatgan ta'siri natijasi esa xilma-xildir.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, atrof tabiiy muhitning buzilishiga asosiy eng katta sabab bu antropogen omil ya'ni inson omilidir. Sababi barcha texnika va texnologiyalarni ham sanoat korxonalarini ham inson tartibga solishi mumkin o'z navbatida izdan chiqarishi ham mumkin. Shuni ta'kidlab o'tmoqchimanki, tabiat inson uchun hizmat qilar ekan inson ham tabiatga befarq bo'lishi kerak emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Salimjon Buriyev , Dildora Maxkamova , Vafabay Sherimbetov ( "Ekologiya va atrof muhit muhofazasi " ,
2. Saloxiddinov A. T., Valiev X.I., Xolmirzaeva M., "Ekologiya", Toshkent, 2014.