Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1176
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Murodjonova Lobar

Guliston Davlat Universiteti Buxgalteriya hisobi va audit yo 'nalishi talabasi

Annonatsiya: Inson faoliyati turlicha bo'lib, turli xil yo 'nalishga qaratilgan. Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o'rin tutadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanadi va albatta kerakli shart-sharoitlar bilan ta 'minlanishni taqozo etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, unga keng erkinlik berishga, uning rivojlanishiga to'siq bo'ladigan har qanday g'ov va cheklovlarni bartaraf qilishga alohida e 'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, kichik biznes, yalpi ichki mahsulot, byudjet, kichik va o'rta tadbirkorlik, soliq stavkalari, raqamli iqtisodiyot, kredit, subsidiya, litsenziya, ko'chmas mulk, resurus, kompaniya, tijorat bank, aksiyalar, raqamli iqtisodiyot, IT

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7713741

Inson faoliyati turlicha bo'lib , turli xil yo'nalishga qaratilgan bo'ladi. Ularning ichida tadbirkarlik faoliyati alohida o'rin tutadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda shaxsiy omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida tadbirkorlik foliyatiini rivojlantirish, unga keng erkinlik berishga, uning rivojlanishiga to'siq bo'ladigan har qanday g'ov va cheklovlarni bartaraf qilishga alohida e'tibor qaratilmaqda. Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish - eng muhum vazifamizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so'zlagan nutqi. Siz kabi ishning ko'zini biladigan, ishbilarimiz timsolida biz tom ma'nodagi Yangi O'zbekiston bunyodkorlarini ko'ramiz.

Bu haqida so'z yuritganda, mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o'rning 90 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri kelishini ta'kidlash lozim. Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o'rni ham ortib borayotganini ko'rsatadi. Shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojntirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Albatta, keying 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko'chmas mulk va resuruslarga ega

J Ol 'RNA L-RESEA RCHS. COM

207

MARCH, 2023

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo'lish , eksport kabi masalalarda yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar nuqd pul, valyuta va xomashyo bo'yicha mavjud cheklovlar, to'siq va g'ovlarning aksariyatiga barham berildi. Eng asosiysi, el-yurtimiz o'rtasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatab munosabat o'zgardi, jamiyatda ularning obro'yi va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda, bundan tashqari 2023-yildan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so'm yo'naltirilgan va ushbu resurslar hududlar kesimida olib boriladi. Yana bir ma'lumatni takidlab o'tish lozin, Davlat soliq qo'mitasi 1-yanvar holatiga Ozbekistondagi yakka tatibdagi tadbirkorlar 2022-yilning 12 oyi davomida 238 188taga yetgan. Bu ko'rsatkich 2021-yilga nisbatan 9,4%ga (20,5mingta) oshgan. Hududlar kesimida yakka tartibdagi tadbirkarlar eng ko'p qismi Toshkentda -29 152, Samarqandda - 28 618 hamda Farg'onada 24 272 tani tashkil etilgan. Jami tadbirkorlar 41,6%i ya'ni 99 307 tasi ayollar hissasiga to'g'ri keladi. Mamlatatimizda foliyati uchun yangilik joriy qilinmoqda. Xususan, 2023- yilda boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha bo'lgan stavkalari o'rniga yagona 4% soliq stavkasi qo'llaniladi. O'zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo'lab -quvvatlash va rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida ko'pgina ma'lumatlar bor. Yoshlarni ish bilan ta'minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o'z o'rinlarni topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo'lib xizmat qiladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil uchun 22.12.2022 sanadagi bo'lib o'tgan Murojaatnomasining oltinchi yo'nalishida tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash ko'zda tutilgan. Unda aytilishicha "Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko'paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilaymiz.

Biz so'nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishdik.

Kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar bo'ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. faol investitsiyalarni jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish zarur.

Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, 1 mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi.

Bugun ko'nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim -yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo'lsin. Odamlarimiz o'z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo'lsin. Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o'z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalqchil IPO bo'lishiga ishonaman.

Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni o'rinli, deb bilaman: xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo 'ladi.

Navbatdagi masala - 2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo'shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo'ladi.

JOl IRNA L-RESEA RCHS. COM

208

MARCH,2023

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

Bu yil boshlangan "Yangi O'zbekiston - raqobatbardosh mahsulotlar yurti" dasturi o'z samarasini bermoqda. Bir yilning o'zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi.

Kelgusi yilda ham eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.

Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti bo'yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobar qisqaradi. Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz.

Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi." Raqamli inqilob butun dunyo jamiyatini, shuningdek bizning ham hayotimizni misli ko'rilmagan tezlikda o'zgartirmoqda. Albatta, bu o'zgarishlar katta imkoniyatlar bo'libgina qolmay, ulkan qiyinchiliklarni ham yuzaga keltiradi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadiga erishishda yangi texnologiyalar yaratish muhim hissa qo'shadi ammo, to'liq ming foizli ijobiy natijalar kafolatsizdir. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o'rni juda baland. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar ishini osonlashtiradi. Vaqtini va xarajatlar kesimining kamayishiga sabab bo'ladi. Oxirgi yillarda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishga imkoniyatlar yaratilmoqda, ayniqsa, IT sohasini rivojlantirish, kerakli kadrlar yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Stat.uz - davlat statistika qo'mitasi

2. Kun.uz

3. Sh.Mirziyoyevning 22.12.2022 yildagi Murojaatnomasi

4. https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/6971

JO I !RNA L-RESEA RCHS. COM

I

209

MARCH, 2023

I

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.