Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSION FAOLIYAT, UNING
KAFOLATLARI VA RISK BOSHQARUVINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH BO'YICHA QONUNCHILIK TIZIMI, VAKOLATLI ORGANLAR HUQUQIY MAQOMI HAMDA ULARNING RIVOJLANISH
TENDENSIYASI
Nozimbek Dilboboyev
Toshkent davlat universiteti xalqaro xususiy huquq kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Hozirda investitsiya sohasi bilan bog'liq munosabatlar global miqyosda jadal suratda o 'sib bormoqda. Investitsiyaviy munosabatlar shu darajada murakkablashib bormoqdaki, u huquqning deyarli barcha tarmoqlari bilan bog'lanib, alohida bir sohaga aylanmoqda. Ayni vaqtda investitsiya iqtisodiy kategoriya ham bo'lib, bu holat fanlararo tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. Mazkur maqolada esa investitsiya qonunchiligining rivojlanish tendensiyasini milliy huquq tizimining rivojlanish tendensiyasi bilan solishtirgan holda mavjud holat va potensial o 'zgarishlar haqida fikrlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Investitsiya, Chet el investitsiyalari, Investor, Rekvizitsiya, Ekspropriatsiya, Investitsiya vizasi, Investitsiya kompaniyasi.
ABSTRACT
Currently, relations related to the investment sector are growing rapidly on a global scale. Investment relations are becoming so complicated that it is connected with almost all branches of law and is becoming a separate field. At the same time, investment is also an economic category, which requires interdisciplinary research. This article compares the development trend of investment legislation with the development trend of the national legal system and analyzes the current situation and potential changes.
Key words: Investment, Foreign investment, Investor, Requisition, Expropriation, Investment visa, Investment company.
KIRISH
Har qanday investor investitsiya kiritishda muayyan darajada tavakkal qilishiga to'g'ri keladi. Shu sababli ham u muayyan investitsiya loyihasini boshlashdan oldin o'zining huquq va manfaatlari himoya qilish va kelajakda asosiy maqsadlariga erishishi qay darajada amalga oshishini o'rganib chiqadi. Bu holatda esa birinchi darajali vazifa investitsiya faoliyatiga doir qonunchilikni o'rganib chiqishdir. Ayniqsa, chet ellik investorlar malakali yuristlarga ushbu vazifani amalga oshirish
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
uchun katta miqdorda pul sarflashga ikkilanishmaydi va bu eng samarali vosita ekanligi o'z tasdig'ini topgan. Mana shunday xizmatlardan biri "due diligence" hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda mamlakatning sohaga doir qonunchilik tizimi komleks o'rganib chiqiladi, shuningdek, iqtisodiy vaziyatni o'rganib chiqish ham nazarda tutilganligini inobatga olsak, mazkur xizmat natijasida berilgan xulosa ijobiy chiqishi mamlakatdagi huquqiy baza va uning qay darajada ishlashiga bog'liq bo'ladi.
Ko'rnib turibdiki, qonunchilik va uning ijrosi qay darajada mukammal ekanligi eng ustuvor masala bo'lib qolmoqda. Mazkur vaziyatda esa qonun ijodkorligini amalga oshirish va qonunchilik tashabbusini amalga oshiruvchi organlar faoliyatiga tanqidiy yondashib chiqish lozim. Biroq hech bir davlat o'z taraqqiyoti cho'qqisiga birdaniga chiqib qolmagan va muayyan taraxiy-evolutsion jarayonlarni bosib o'tgan. Albatta, qonunchilik tizimi ham bundan mustasno emas.
Xususan, O'zbekiston Respublikasida ham investitsiyalar va investitsiya faoliyatiga doir qonunchilik tizimining rivojlanishi va takomillashuvi ma'lum tadrijiy bosqichlarda amalga oshdi. Bu davrni shartli ravishda uch davrga ajratish mumkin:
Birinchisi - 1993-yildan 2001-yilgacha bo'lgan davr. Bu davr investitsiya faoliyatining, shuningdek, shartnoma mexanizmining asosiy sharti bo'lgan majburiyatlar, huquqlar va tarmoq ilmiy qonunchiligini shakllantirish bosqichi bo'ldi. Buni ifodasi sifatida O'zbekiston Respublikasining sohaga doir bir qator qonunlari qabul qilingan edi.
Ikkinchisi - 2002-yildan 2016-yilgacha bo'lgan davr. Bu davr investitsiyaviy faoliyat sohasi va uni tartibga soluvchi qonunchilik tizmining rivojlanishi va takomillashuvi bosqichi bo'ldi. Chunki mazkur davr investorlarning investitsiya loyihalariga bo'lgan qiziqishi bilan xarakterlanadi. Aynan shu narsa sohaga doir qonunchilikni rivojlantirishga turtki berdi.
Uchinchisi - 2017-yildan hozirgacha bo'lgan davr. Mazkur davr O'zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas'uliyatini oshirish bosqichi bo'lmoqda. Qisqa qilib aytganda, O'zbekiston jahon investitsiya bozorida o'z brendini shakllantirmoqda deyish mumkin. Mamlakatda so'nggi yillarda sohada olib borilayotgan tub islohotlar buning isboti bo'lib turibdi va huquqiy bazaning butkul yangilanishi ham buni tasdiqlamoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF - 4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni bilan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
tasdiqlangan 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi bu boradagi dastlabki qadam bo'lgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF - 5495-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF - 5583-sonli "Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarning mantiqiy davomi bo'ldi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ -598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonunining qabul qilinishi qonunchilik tizimidagi ko'plab muammolarning amaliy yechimi topilishiga asos bo'ldi va islohotlarning yangi to'lqinini boshlab berdi.
Mazkur Qonunning ijrosini ta'minlashning amaliy ifodasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PF - 4563-sonli "O'zbekiston Respublikasining 2020 - 2022-yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF - 5953-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmonining qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega bo'ldi.
Xo'sh, investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazaning yuqoridagi rivojlanish tendensiyasi O'zbekiston Respublikasida chet ellik va mahalliy investorlar faoliyati, uning kafolatlari va risk boshqaruvini huquqiy tartibga solish bo'yicha qanday masalalarga e'tibor qaratmoqda?
O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ - 598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuniga ilk bor investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari haqidagi norma kiritildi. Ular quyidagilardan iborat:
❖ qonuniylik;
❖ oshkoralik va ochiqlik;
❖ investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
❖ adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
❖ investorlarga nisbatan kamsitishga yo'l qo'ymaslik;
❖ investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi1.
Shuningdek, Qonunning 4-moddasi 2-qismida investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo'llanilishi belgilab qo'yildi.
Mazkur Qonunda ham xorijiy, ham mahalliy investorlar faoliyati uchun umumiy bo'lgan kafolatlar belgilandi. Ular quyidagicha guruhlanadi:
1. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari.
2. Mablag'lardan foydalanish kafolatlari.
3. Mablag'larni erkin o'tkazish kafolatlari.
4. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari.
5. Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o'zgarishlariga qarshi kafolatlar.
6. Oshkoralik va ochiqlikni ta'minlash kafolatlari.
7. Investitsiyalarni himoya qilish kafolatlari.
8. Investitsiyalarni himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari va choralari.
9. Ziddiyatli qoidalar bo'yicha kafolatlar.
Qonunda belgilangan yuqoridagi kafolatlar investorlar uchun eng e'tiborli jihat bo'lgan investitsiya riskini kamaytirish bilan uzviy bog'liqdir.
Uilyam Sharpe investitsiya xavfini quyidagicha tavsiflaydi: "Investitsiya xavfi -bu foiz stavkalarining oshishi natijasida muayyan foizli qarz vositasining qiymati kamayishi ehtimoli. Investorlar belgilangan daromadlilik darajasi bilan qimmatli qog'ozlarni sotib olganlarida, ular o'zlarini foiz stavkasini o'zgartirish xavfiga duchor qilishadi"2.
Shu o'rinda mazkur kafolatlar xususida qisqacha to'xtalib o'tsak.
Xususan, investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari masalasida asosiy e'tibor davlat organlari va ular mansabdor shaxslari bilan investorlar o'rtasidagi munosabatlar doirasiga, investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyat joyi, mamlakati bilan bog'liq kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik, investorlarning o'zaro munosabatlarda huquq va majburiyatlari tengligi kabi masalalarga qaratilgan.
Qonundagi yana bir o'ziga xos yangi o'zgarishlardan biri - bu mablag'larni erkin o'tkazish kafolatidir. Qonunning 17-moddasiga ko'ra investorlarga soliqlar va to'lovlarni to'lash sharti bilan chet el valyutasidagi mablag'larni O'zbekiston
1 O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ - 598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-yil, 03/19/598/4221-son.
2 William Sh. Fundamental textbook on investments. Moscow. Infra 2001, pp. 1030.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Respublikasiga va O'zbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin o'tkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi.
Qonunning investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari haqidagi 18-moddasida esa chet ellik investor O'zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish hamda investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan o'z aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning O'zbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Yuqoridagi kafolatlar orasida qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o'zgarishlariga qarshi berilgan kafolatlar ham alohida ahamiyatga ega. "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasida bu borada quyidagilar nazarda tutilgan: "Agar qonun hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan bo'lsa, ushbu qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo'lmaydi. Agar O'zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda bo'lgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan inv estitsiya qilish paytidan e'tiboran o'n yil mobaynida qo'llaniladi. Investor o'zining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonun hujjatlari qoidalarini o'z xohishiga ko'ra qo'llash huquqiga ega".
Yangi Qonundagi yana bir investorlarni e'tiborini tortadigan ahamiyatli jihat Qonunning 21-moddasida belgailangan investitsiyalarni himoya qilish bo'yicha davlat kafolatlaridir. Unga ko'ra davlat investitsiyalarning O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi. Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi. Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo'lgan boshqa hollar mustasno. Qonunda qanday holatlarda rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilish ham belgilab berildi.
O'ziga xos jihatlardan yana biri Qonunda investor sud va arbitraj tartibida nizolashishi mumkin bo'lgan holatlarning belgilanishidir. Xususan, investor rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi, rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori, rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash, to'lanishi lozim bo'lgan kompensatsiya to'lovining muvofiqligi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani)
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
amalga oshirish chog'ida rioya etgan tartib-taomil kabilar yuzasidan nizolashishga haqli ekanligi belgilandi.
Bu holat bir tomondan investorlarning huquqlarini cheklash ham hisoblanishi mumkin. Shu bilan birga Qonunda investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug'urtalashni ixtiyoriy asosda amalga oshirishlari belgilangan.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF - 5495-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining 9-bandiga muvofiq investitsiya kiritish vaqtida O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda xo'jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O'zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ko'p martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berildi3.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmonining 11-bandiga muvofiq 2019-yil 1-martdan boshlab quyidagicha tartib o'rnatildi:
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta'sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a'zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo'lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan "investitsiya vizasi" joriy etiladi;
- O'zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta'sischilari (ishtirokchilari)ga O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
- O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki "investitsiya vizasi"ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a'zolari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta'lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo'ladi;
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF - 5495-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-yil, 06/19/5894/4161-son.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
- xorijiy investorlar, ular tomonidan xorijiy davlatlar fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a'zolarini vaqtincha ro'yxatga olish investitsiya loyihasi ro'yobga chiqarilayotgan hududdagi aholi yashash punktida, mamlakatning boshqa hududlarida bo'lganda qayta ro'yxatdan o'tish majburiyatisiz, vizaning amal qilish muddatiga (viza mavjud bo'lmaganda esa 1 yil muddatga) amalga oshiriladi4.
Ayni vaqtda amaldagi investitsiya faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini mazmun-mohiyatiga ko'ra 3 guruhga ajratish mumkin. Bular:
1. Mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar. Bunga O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 2012-yil 24-sentabrdagi O'RQ - 336-sonli "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, 1990-yil 31-oktabrdagi O'RQ - 152-XII-sonli "Mulkchilik to'g'risida"gi, 2015-yil 3-iyundagi O'RQ - 387-sonli "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi Qonunlarini misol qilib keltirish mumkin.
2. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonunlar. Bunga O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O' RQ - 328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi, 2001-yil 6-dekabrdagi O'RQ - 310-II-sonli "Mas'uliyati cheklangan jamiyat va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat to'g'risida"gi, 2014-yil 6-maydagi O'RQ - 370-sonli "Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunlarini keltirish mumkin.
3. Investitsiyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunlar. Mazkur qonunlarga O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ -598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi, 1995-yil 30-avgustdagi O'RQ - 110-II-sonli "Konsessiyalar to'g'risida"gi, 2020-yil 18-fevraldagi O'RQ - 604-sonli "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi, shuningdek, 2001-yil 7-dekabrdagi O'RQ - 312-II-sonli "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to'g'risida"gi, 2015-yi 25-avgustdagi O'RQ - 392-sonli "Investitsiya va pay fondlari to'g'risida"gi, 2019-yil 10-maydagi O'RQ - 537-sonli "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi Qonunlar kiradi.
Umuman olganda, investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar doimiy rivojlanish tendensiyasiga yuqoridagi holatlardan ham amin bo'lish mumkin. Mazkur qonun hujjatlaridagi normalar esa borgan sari liberallashib bormoqda. Ammo ayrim kamchiliklar ham mavjud bo'lib, yuqoridagi islohotlar
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-yil, 06/19/5892/4134-son.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
doirasida mazkur muammolarga amaliy yechim topish bo'yicha ham muayyan takliflar ilgari surilmoqda.
Albatta, investitsiya faoliyatini amalga oshirishda davlat hokimiyatining maqomi qanday ekanligi har qanday investorni qiziqtirishi tabiiy. Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya sohasini tartibga soluvchi bir qator davlat organlari mavjud bo'lib, ularning vakolatlari tegishli huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mazkur organlar orasida O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maxsus vakolatli organ bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi negizida tashkil etildi5 . O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to'g'risida"gi Nizomning 12-bandiga muvofiq vazirlikning sohaga doir asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bo'yicha vakolatli organlar tizimidagi islohotlarga ham bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni turtki bo'ldi deyish mumkin. Unga ko'ra quyidagi tashkiliy-institutsional tuzilmalar tashkil etilishi belgilandi:
Birinchisi - mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta'minlashni amalga oshirish, shuningdek jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi.
Ikkinchisi - e'lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollari miqdorida bo'lgan O'zbekiston Respublikasining to 'g'ridan to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi.
Uchinchisi - O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100 foiz bo'lgan O'zbekiston Respublikasi to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar jamg'armasining boshqaruv kompaniyasi.
5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF - 5643-sonli "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-yil, 06/19/5848/3901-son.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
To'rtinchisi - Abu Dabi rivojlanish jamg'armasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining 25 foiz miqdordagi ulushlari hisobiga 10 million AQSh dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi e'lon qilingan kapitaliga ega bo'lgan, mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O'zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi.
Yuqoridagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli Farmonida belgilangan islohotlarning uzviy davomi sifatida O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ - 598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuni investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish xususidagi ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. Mazkur Qonunning 25-moddasida investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari sifatida quyidagilar keltirib o'tilgan:
* investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
* investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
* O'zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
* asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
* texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
* raqobatni qo'llab-quvvatlash choralarini qo'llash;
* yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Qonunda quyidagi davlat organlarining investitsiya faoliyatini tartibga solishdagi huquqiy maqomi belgilangan:
^ O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
^ Mahalliy davlat hokimiyati organlari;
^ Davlat xizmatlari markazlari;
^ O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari;
^ O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi O'zbekiston Respublikasi vakolatxonalari;
^ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O'RQ - 598-sonli "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-yil, 03/19/598/4221-son.
2. William Sh. Fundamental textbook on investments. Moscow. Infra 2001, pp.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF - 5495-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019 -yil, 06/19/5894/4161- son.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF - 5635-sonli "2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-yil, 06/19/5892/4134-son.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF - 5643-sonli "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11. 10.2019-yil, 06/19/5848/3901 -son.
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-yil, 07/19/4332/3174-son.
1030.