Научная статья на тему 'O’zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari'

O’zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
231
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
quruq issiq iqlim / turar joy binolari

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Nurmuxammat Abdunazarovich Asatov, Baxodir Uktamovich Sagatov, Tolibjon Tursunmat O’g’li Egamberdiyev

Maqolada O’zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari. Quruq issiq iqlim sharoitida axoli yashash punktlarini loyixalash va qurish, yangi ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni shakllanish sharoitida shaxarsozlikni rivojlantirish xozirgi kunda Respublika shaxarsozlik loyixachilari va quruvchilari oldida turgan asosiy vazifalar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari»

O'zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan

turar-joy binolari

Nurmuxammat Abdunazarovich Asatov Baxodir Uktamovich Sagatov Tolibjon Tursunmat o'g'li Egamberdiyev Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston Respublikasida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari. Quruq issiq iqlim sharoitida axoli yashash punktlarini loyixalash va qurish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllanish sharoitida shaxarsozlikni rivojlantirish xozirgi kunda Respublika shaxarsozlik loyixachilari va quruvchilari oldida turgan asosiy vazifalar haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: quruq issiq iqlim, turar joy binolari

Residential buildings built in 1970-2020 in the Republic of

Uzbekistan

Nurmukhammat Abdunazarovich Asatov Bakhodir Uktamovich Sagatov Talibjon Tursunmatovich Egamberdiyev Jizzakh Polytechnic Institute

Abstract: In the article residential buildings built in the Republic of Uzbekistan in 1970-2020. Design and construction of residential areas in hot dry climate, development of urban planning in the conditions of formation of new socio-economic relations, information is given about the main tasks facing urban planners and builders of the Republic today.

Keywords: dry hot climate, residential buildings

Malumki O'zbekiston Respublikasi keskin kontinental iqlimga ega xuddudda joylashgandir. Quruq issiq iqlim sharoitida axoli yashash punktlarini loyixalash va qurish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllanish sharoitida shaxarsozlikni rivojlantirish xozirgi kunda Respublika shaxarsozlik loyixachilari va quruvchilari oldida turgan asosiy vazifalardan xisoblanadi.

Xozirgi kundagi kompleks shaxarsozlik yechimlarini amalga oshirish qoidalari ijtimoiy, iqlimiy, defografik, ekologik, geofizik va boshqa xususiyatlar inobatga olingan xolda amalga oshirilmog'i lozim.

Axoli turar joylarini rejalashtirish va obodonlashtirish - injener-quruvchilar va arxitektorlarning birgalikda olib boradigan ish jarayoni bo'lib, bu boradagi xarakatlar axoliga eng yaxshi moddiy va ijtimoiy-ekologik xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan.

Loyixalashtirilayotgan binolarni xududlarga joylashtirish uchun qurilish tumanlarning iqlimiy sharoitlarini xisobga olish talab qilinadi.

Ma'lumki mamlakatimizda chuqur o'zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xayotning barcha tomonlarini izchil isloxotlar va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yulida belgilab olingan va amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustaxkam zamin yaratmoqda.

Shaxar va qishloq axoli punktlari umumrespublika miqyosida joylashtirish tizimining va unga kiruvchi viloyatlar, tumanlar, qishloq xo'jalik korxonalarining joylashtirish tizimlari, shuningdek, mintaqaviy joylashtirish tizimlarining tarkibiy qismlari sifatida loyixalashtirilishi lozim. Bunda joylashtirish tizimlari uchun yagona bo'lgan ijtimoiy, ishlab chiqarish, muxandislik transport va boshqa infratuzilmalarning shakllanishini, shuningdek markaz axoli punkti yoki joylashtirish tizimi kichik markazi ta'sir doirasida kelajakni ko'zda tutib rivojlantiriladigan mexnat, madaniy maishiy va dam olish aloqalarini xisobga olish zarur.

Тurli xududiy daraja joylashtirish tizimlarining markaz axoli punktlari ta'sir doiralarining ko'lami O'zbekiston Respublikasi xududida Bosh joylashtirish sxemasi, O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (tuman guruxlari) xududini rejalashtirish sxema va loyixalarining ma'lumotlari asosida qabul qilinishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo Respublikalarida 1970-2020 yillarda qurilgan turar-joy binolari qurilishi quyidagicha tendensiyada amalga oshirilgan:

- 1949 yil Ashxabod zilzilasi va 1966 yilgi ^shkent zilzilasidan keyin barcha turar-joy binolarida beton va temir beton maxsulotlari va konstruksiyalari asosiy qurilish materiali va konstruksiyasi sifatida qo'llanila boshladi;

- 1949 yil Ashxabod zilzilasi va 1966 yilgi ^shkent zilzilasi Markaziy Osiyo Respublikalarining barcha markaziy shaxarlarida temir beton buyumlari va uy qurilish kombinatlarining rivojlanishiga asos soldi;

- 1970 yillardan boshlab quriladigan turar-joy binolarining asosiy qismi namunaviy (tipovoy) loyixalar asosida amalga oshirila boshladi.

- 1970 yillardan boshlab quriladigan turar-joy binolarining asosiy qismi industrial konstruksiyalar asosida industrial qurilish usuli asosida amalga oshirila boshladi.

Rasm 1.1. 1970-1980 yillarda loyixalab industrial va ananaviy uslubda qurilgan uylar

- Markaziy Osiyo Respublikalarida quruq issiq iqlim sharoitida loyixalab qurilishi amalga oshiriladigan uy - joy qurilishi uchun birinchi me'yorlar qabul qilindi.

- Markaziy Osiyo Respublikalarining shaxarlari energosamaradorlik parametrlaridan kelib chiqib (yoritish, shamollatish, quyosh radiatsiyasining tasiri, binolarni quyoshning o'tishiga qarab joylashtirish va x.k. faktorlar) aloxida tumanlarga ajratildi va klimatik zonalarning kartalari tuzildi.

Malumki turar-joy binolari qurilishi boshqa qurilish turlari singari industrial va ananaviy qurilish usullariga asoslanganki, bizning ajdodlarimiz tomonidan turar-joy binoloarini qurilishini amalga oshirish bo'yicha yetarlicha tajribalar to'planganki ushbu tajribalar Respublikadi industrial qurilish bilan birgalikda ananaviy qurilishning xam keng ko'lamda rivojlanishi uchun sharoitlar yaratdi.

Malumki 1990 yillarning boshidan boshlab dunyo mamlakatlari kartasida siyosiy o'zgarishlari sodir bo'ldiki, ushbu o'zgarish natijasida Markaziy Osiyoda xam aloxida davlatlar tuzilib xar bir davlat o'zinigg arxitektura-qurilish soxasida siyosatini yurita boshladi, shu jumladan O'zbekistonda xam arxitektura qurilish, xususan uy joy qurilishida xam Respublikada tegishi qarorlar qabul qilinib, loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda Respublikada mavjud muammolar, uy joy qurilishida axoliga qulayliklar yaratish, mavjud turar-joy binolaridan samarali foydalanish va boshqa qo'yiladigan muammo va talablardan kelib chiqqan xolda uy joy qurilishi amalga oshirila boshladi.

1973 yildagi jaxon energetik inqirozidan so'ng, jaxon qurilish va arxitektura amaliyoti binolarni energiya bilan ta'minlashga sarflangan yoqilg'i va energiya manbalarini tejash muammosiga katta e'tibor qaratmoqda.

O'tmishda belgilovchi ko'rsatkich bo'lmagan, binoning energiya iste'moli loyixa sifatining ustun mezoniga aylandi. Vaqt o'tishi bilan o'rganish ob'ekti o'zgardi va kengaydi, binoda energiyadan foydalanish samaradorligini aniqlash zarurligi ko'rinib qoldi.

Shunday fikrlar mavjudki, yangi xosil bo'luvchi energiya manbalari xisobiga

elektr energiyasi mutlaqo ekologik "toza" variantdir. Bu fikr unchalik to'g'ri emas, chunki an'anaviy organik mineral va gidravlik yonilg'i asosidagi energoqurilmalar ayrim xollarda kamroq xavf tug'diradi. Shuningdek, yangi xosil bo'luvchi energiya manbalarining atrof-muxitga ekologik ta'siri xozirgacha aniq emas, ayniqsa vaqt jixatidan, shuning uchun bu ta'sir manbalaridan foydalanish, mexanik masalalariga qaraganda kamroq o'rganilgan. Gidroenergetik resurslar yangi xosil bo'luvchi energiya manbalarining bir turi bo'lib xisoblanadi. Uzoq vaqt uni ekologik "toza" energiya manbai deb xam atashgan. Bunday foydalanishning ekologik oqibatlarini xisobga olmay, tabiatni va atrof-muxitni ximoya qilish chora-tadbirlari ko'rilmagan, bu 90-yillarga kelib gidroenergetikani chuqur krizisga olib keldi. Shuni xisobga olib, yangi xosil bo'lgan energiya manbalaridan foydalanishning ekologik oqibatlari oldindan tadqiq qilinishi zarur. Binolarni loyixalash va qurish jarayonida mavjud bo'lgan ekologik muammolar majmuasiga bugungi kunda energetika yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Yangi xosil bo'luvchi energiya manbalarini amaliy qo'llanishga jalb qilinishi ularni atrof-muxit ekologiyasiga ta'sirini o'rganishga e'tibor qaratishga majbur qilmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy jixatdan eng samarador xisoblangan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishning asosiy yo'nalishi, bu quyosh energiyasini xech qanday quyosh qurilmalaridan foydalanilmagan xolda binolarni isitishda qo'llashdir. Noan'anaviy yangi xosil bo'luvchi manbalar energiyasini yaroqli shaklga elektr yoki issiqlik xoliga keltirish zamonaviy bilim va texnologiyalar darajasida nisbatan qimmatga tushadi. Barcha xollarda xam ulardan foydalanish organik yoqilg'i sarfini pasayishiga va atrof-muxitni nisbatan kamroq ifloslanishga xizmat qiladi. Shu kungacha yangi xosil bo'luvchi manbalardan olinadigan an'anaviy usullarni texnik-iqtisodiy solishtirish natijasida ekologik omillar xisobga olinmagan yoki faqat aytib o'tilgan, miqdor jixatidan xam baxolanmagan. Shunday qilib, yangi xosil bo'luvchi energiya manbalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keluvchi ekologik muammolarning yechimi dolzarb bo'lib bormoqda. Energiyani bir turdan boshqasiga o'tishida yangi usullar o'ylab topish an'anaviy uskunalardan foydalanilganga nisbatan atrof-muxitga kamroq zarar yetkazish imkonini berishi zarur. Noan'anaviy yangi xosil bo'luvchi energiya manbalarini turli tabiiy muxit va ob'ektlarga ekologik ta'sirining asosiy omillarini ko'rib chiqamiz. Ekologik xolat binolarni loyixalash va qurishda arxitektor va quruvchilardan yangi fikrlashni talab qiladi. Bugungi kunda an'anaga aylanayotgan zamonaviy energetika, energiya tashuvchilar turidan qat'iy nazar atrof-muxit ekologiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun bino va inshootlarni, shuningdek shaxarlarni energiya bilan ta'minlash soxasida yangi xosil bo'luvchi resurslardan tejamkor foydalanish imkonini beruvchi yechimlarni qabul qilish lozim. Rivojlangan xorijiy davlatlarda xam binolarni isitishda asosan quyosh energiyasidan foydalanilgan. Nashr etilgan ma'lumotlar, xususan "Internet" ma'lumotlarini taxlili

shuni ko'rsatadiki, butun jaxonda energiyaga bo'lgan extiyoj yangi xosil bo'luvchi quvvat manbalarini 4-avlodidan foydalanishga turtki bo'lmoqda. Bunday usullar binolarni energiya bilan ta'minlashni tejamkor vositalari - quyosh qurilmalarini jixozlash va o'rnatishni kam sarf-xarajat qilib amalga oshirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Алиев, М. Р. (2020). Экспериментальное определение динамических характеристик кирпичных школьных зданий. Academy, (11 (62)), 66-70.

2. Rakhmonkulovich, A. M., & Abdumalikovich, A. S. (2019). Increase seismic resistance of individual houses with the use of reeds. Modern Scientific Challenges And Trends, 189.

3. Юсупов, У. Т., Алиев, М. Р., & Рузматов, И. И. (2021). Энергоэффективность новых жилых домов. Science and Education, 2(5), 131-143.

4. Юсупов, У. Т., Алиев, М. Р., & Илх,омов, Р. (2021). Архитектурное решение энергоэффективных многоэтажных жилых домов. Science and Education, 2(5), 276-287.

5. Алиев, М. Р. (2022). ХАРАКТЕРНЫЕ ПОВРЕЖДЕНИЯ ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ДОМОВ СО СТЕНАМИ ИЗ СЫРЦОВОГО КИРПИЧА. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 264-268.

6. Aliyev, M. R. (2022). Bino va inshootlarning konstruksiyalarini tekshirishning asosiy bosqichlari. Science and Education, 3(2), 98-102.

7. Asatov, N., Tillayev, M., & Raxmonov, N. (2019). Parameters of heat treatment increased concrete strength at its watertightness. In E3S Web of Conferences (Vol. 97, p. 02021). EDP Sciences.

8. Рахмонов, Н. Э. (2020). Проблемы разработки отечественного синтетического пенообразователя. Academy, (11 (62)), 93-95.

9. Rahmonov, N. E. (2022). Energiya samarador uylar qurilishini qishloq sharoitida ommalashtirish istiqbollari. Science and Education, 3(2), 169-174.

10. Асатов, Н. А., & Рахмонов, Н. Э. (2022). ПУТИ УМЕНЬШЕНИЯ КРАЕВОГО ЭФФЕКТА ПРИ РАСЧЕТЕ КОНИЧЕСКОГО КУПОЛА С УЧЕТОМ ВЛИЯНИЯ ПРЕДНАПРЯЖЕННОГО ОПОРНОГО КОНТУРА. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 260-263.

11. Ablayeva, U., & Normatova, N. (2019). Energy saving issues in the design of modern social buildings. Problems of Architecture and Construction, 2(1), 59-62.

12. Норматова, Н. А. (2020). Проектирование энергосберегающих зданий в условиях Узбекистана. Academy, (11 (62)), 89-92.

13. Аблаева, У. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Тошкент: лойих,алашнинг анъанавийликдан хозирги кунигача. Science and Education, 2(5), 206-216.

14. Aблаева, У. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Узбекистондаги мавжуд биноларнинг энергия тежамкор шамоллатиладиган тизимлари асосий системалари. Science and Education, 2(5), 193-205.

15. Норматова, Н. А. (2022). САНОАТ БИНОСИ ТАШ^Н ДЕВОРИНИНГ ИССЩЛИК САМАРАДОРЛИГИНИ АНЩЛАШ ВА ЕЧИШ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 224-227.

16. Испандиярова, У. Э. К. (2020). Усиление мостовых железобетонных балок высокопрочными композиционными материалами. European science, (6 (55)), 63-67.

17. Асатов, Н. А., & Испандиярова, У. Э. К. (2021). Бетон с комплексной добавкой на основе суперпластификатора и кремнийорганического полимера. Academy, (5 (68)), 6-10.

18. Карабеков, У. А., & Каримов, В. Ш. У. (2021). Использование ГИС-технологий в городах строителство. Science and Education, 2(5), 257-262.

19. Karabekov, U. A. (2022). IMPROVE THE USE OF GIS IN LAND MANAGEMENT FOR AGRICULTURE AND FARMERS. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 256-259.

20. Karabekov, U. B. A. (2022). Qishloq xo'jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT dasturlarini qo 'llash texnologiyasini takomillashtirish. Science and Education, 3(2), 163-168.

21. Gayrat, S., Salimjon, M. K., & Dilshod, Z. (2022). THE HEAT DOES NOT COVER THE ROOF OF RESIDENTIAL BUILDINGS INCREASE PROTECTION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(2), 674-678.

22. Асатов, Н. А., & Саримсоков, С. Ш. (2022). ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ДИНАМИЧЕСКИХ ПАРАМЕТРОВ ВИСЯЧИХ СИСТЕМ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 232-237.

23. Худайкулов, Н. Ж. (2021). Масофадан зондлаш технологияларидан харита тузиш ишларида фойдаланиш. Science and Education, 2(5), 217-222.

24. Худайкулов, Н. Д. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЛАЗЕРНОГО СКАНИРОВАНИЯ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 238-243.

25. Xudaykulov, N. D. (2022). Qishloq xo 'jaligi yerlarini masofadan zondlash texnologiyalarini zamonaviy dasturlar orqali qo 'llash. Science and Education, 3(2), 408-413.

26. Мусаев Ш. М. ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЕ ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЗНАЧЕНИЙ КОЭФФИЦИЕНТА ГИДРАВЛИЧЕСКОГО СОПРОТИВЛЕНИЯ ДЛЯ ОРОСИТЕЛЬНЫХ ЛОТКОВ ИЗ КОМПОЗИТНОГО МАТЕРИАЛА //Current approaches and new research in modern sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 4. -С. 49-54.

27. Мусаев Ш. М. МЕТОДЫ ГИДРАВЛИЧЕСКОГО РАСЧЕТА ОРОСИТЕЛЬНЫХ ЛОТКОВ ТИПА ЛК-60, ЛК-80 И ЛК-100 ИЗ ПОЛИЭФИРНОЙ СМОЛЫ //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 5. - С. 190-195.

28. Мусаев Ш. М. Мероприятие сокращение загрязнение атмосферы вредными веществами //Me' morchilik va qurilish muammolari. - 2020. - С. 45.

29. Sarimsoqov, S. S. (2022). Armaturalangan ikki qiyali yog 'och to 'sinni loyihalash. Science and Education, 3(2), 175-183.

30. Sarimsoqov, S. (2019). The main characteristics of the situational method of teaching a foreign language. In SCIENCE AND PRACTICE: A NEW LEVEL OF INTEGRATION IN THE MODERN WORLD (pp. 205-207).

31. Uktamovich, S. B. (2016). About transfer of effort through cracks in ferroconcrete elements. European science review, (7-8), 220-221.

32. Bakhodir, S., & Mirjalol, T. (2020). Development of diagram methods in calculations of reinforced concrete structures. Problems of Architecture and Construction, 2(4), 145-148.

33. Сагатов, Б. У. (2020). Исследование усилий и деформаций сдвига в наклонных трещинах железобетонных балок. European science, (6 (55)), 59-62.

34. Uktamovich, S. B., Yuldashevich, S. A., Rahmonqulovich, A. M., & Uralbayevich, D. U. (2016). Review of strengthening reinforced concrete beams using cfrp Laminate. European science review, (9-10), 213-215.

35. Asatov, N., Jurayev, U., & Sagatov, B. (2019). Strength of reinforced concrete beams hardenedwith high-strength polymers. Problems of Architecture and Construction, 2(2), 63-65.

36. Sagatov, B., & Rakhmanov, N. (2019). Strength of reinforced concrete elements strengthened with carbon fiber external reinforcement. Problems of Architecture and Construction, 2(1), 48-51.

37. Ашрабов, А. А., & Сагатов, Б. У. (2016). О передаче напряжений через трещины железобетонных элементах. Молодой ученый, (7-2), 41-45.

38. Ашрабов, А. А., Сагатов, Б. У., & Алиев, М. Р. (2016). Усиление тканевыми полимерными композитами железобетонных балок с трещинами. Молодой ученый, (7-2), 37-41.

39. Sagatov, B. U. (2022). O'zbekistonda energiya tejamkor binolar qurilishining ahvoli. Science and Education, 3(1), 261-265.

40. Asatov, N. A., Sagatov, B. U., & Maxmudov, B. I. O. G. L. (2021). Тashqi to'siq konstruksiyalarini issiqlik fizik xususiyatlariga ta'siri. Science and Education, 2(5), 182-192.

41. Шукуров, И. С., Сагатов, Б. У., & Нияткул, F. (2022). Том конструкциясини энергия самарадорлигини оширишда мах,аллий

материалларини куллашнинг мукобил ечимлари. Science and Education, 3(4), 548-554.

42. Шукуров, И. С., Сагатов, Б. У., & Нарзикулов, F. Н. У. (2022). Биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш буйича ривожланган мамлакатлар ва Узбекистонда амалга оширилаётган ишлар тахлили. Science and Education, 3(4), 601-608.

43. Asatov, N. A., Shukurov, I. S., Sagatov,B. U., & Usmonova, M. O. (2022). Binolarning pollardagi issiqlik yo'qotishlar xisobi. Science and Education, 3(4), 390395.

44. Матниязов, Б. И., Сагатов, Б. У., & Апроилов, А. А. И. (2023). Усиление железобетонных балок железнодорожных мостов композиционными материалами. Science and Education, 4(2), 687-691.

45. Sagatov, B. U. (2022). COMPOSITE MATERIALS FOR REINFORCING FERRO-CONCRETE ELEMENTS. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 281-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.