Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA PATENT HUQUQI OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TARTIBI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA PATENT HUQUQI OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
patent / patent idorasi / ixtiro / foydali model / sanoat namunasi / huquqiy himoya. / patent / patent office / invention / utility model / industrial model / legal protection.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Soyibnazarov, Bahtiyor Abdunazar O‘G’Li

Bugun zamonaviy dunyoda mamlakatning dunyo reytingidagi mavqei harbiy va siyosiy qudrat, ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda, uning ixtirochilik va intellektual faoliyat natijalarini yaratish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Innovatsion texnologiyalarni yaratish va qo‘llash qobiliyati ayni vaqtda nafaqat ilmiy-innovatsion yuksalish, balki mamlakatning jahon iqtisodiyotida samarali ishtiroki va uning aholisi munosib turmush darajasi uchun zarur shartlardan biri hisoblanmoqda. Shu boisdan ham mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini yaratilishi har jihatdan rag‘batlantirilib, himoya qilib kelinadi. Quyidagi maqolada intellektual mulk huquqida hamisha dolzarb bo‘lib qolayotgan mavzulardan biri hisoblanadigan patent huquqi obyektlarining huquqiy himoyalash tartibini O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib o‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR LEGAL PROTECTION OF PATENT RIGHT OBJECTS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE PEOPLE'S REPUBLIC OF CHINA

Today in the modern world, position of the countries in the world ranking is determined by not only its military and political power, production volume, as well as its ability to create the results of inventive and intellectual property. At the same time, the ability to create and use innovative technologies is considered one of the necessary conditions not only for scientific and innovative growth, but also for effective participation of the country in the world economy and a decent standard of living for its inhabitants. Therefore, the creation of intellectual property objects in the countries is encouraged and protected in every way. In the following article, we will analyze the procedure of legal protection of objects of patent law, which is one of the topics that remain relevant in intellectual property law, within the framework of the legislation of the Republic of Uzbekistan and the People’s Republic of China.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA PATENT HUQUQI OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TARTIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA PATENT HUQUQI OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH

TARTIBI

Bahtiyor Abdunazar o'g'li Soyibnazarov

Erkin tadqiqotchi, Toshkent bakhtiyorsoyibnazarov233@gmail.com

ANNOTATSIYA

Bugun zamonaviy dunyoda mamlakatning dunyo reytingidagi mavqei harbiy va siyosiy qudrat, ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda, uning ixtirochilik va intellektual faoliyat natijalarini yaratish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Innovatsion texnologiyalarni yaratish va qo 'llash qobiliyati ayni vaqtda nafaqat ilmiy-innovatsion yuksalish, balki mamlakatning jahon iqtisodiyotida samarali ishtiroki va uning aholisi munosib turmush darajasi uchun zarur shartlardan biri hisoblanmoqda. Shu boisdan ham mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini yaratilishi har jihatdan rag'batlantirilib, himoya qilib kelinadi. Quyidagi maqolada intellektual mulk huquqida hamisha dolzarb bo 'lib qolayotgan mavzulardan biri hisoblanadigan patent huquqi obyektlarining huquqiy himoyalash tartibini O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib o'tamiz.

Kalit so'zlar: patent, patent idorasi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, huquqiy himoya.

ABSTRACT

Today in the modern world, position of the countries in the world ranking is determined by not only its military and political power, production volume, as well as its ability to create the results of inventive and intellectual property. At the same time, the ability to create and use innovative technologies is considered one of the necessary conditions not only for scientific and innovative growth, but also for effective participation of the country in the world economy and a decent standard of living for its inhabitants. Therefore, the creation of intellectual property objects in the countries is encouraged and protected in every way. In the following article, we will analyze the procedure of legal protection of objects ofpatent law, which is one of the topics that remain relevant in intellectual property law, within the framework of the legislation of the Republic of Uzbekistan and the People's Republic of China.

Key words: patent, patent office, invention, utility model, industrial model, legal protection.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH

Ma'lumki, intellektual mulk huquqi fuqarolik huquqining o'ziga xos sohalaridan birini tashkil etadi. Professor O.Oqyulov intellektual mulk huquqi ham quyidagi o'ziga xos institutlarga bo'linishini ta'kidlaydi:

- Patent huquqi (sanoat mulki huquqi ham deb ataladi);

- Mualliflik va turdosh huquqlar (qisqacha, mualliflik huquqi);

- Tijorat siri huquqi;

- Fuqarolik muomalasi qatnashchilari va ularning tovarlarining (xizmatlari, ishlari) individuallashtirish (farqlash) vositalariga bo'lgan huquq (qisqacha, farqlash vositalariga bo'lgan huquqlar deb ham aytish mumkin).

Biz esa ushbu maqola orqali intellektual mulk huquqining asosiy institutlaridan biri bo'lgan patent huquqi institutining bir qismini, ya'ni paten huquqi obyektlarinining huquqiy himoya qilinishi tizimini milliy qonunchiligimiz va Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligi va amaliyotini qiyosiy tahlil qilgan holda o'rganamiz. Xitoy Xalq Respublikasi bugungi kunda intellektual mulk huquqi obyektlarini yaratishda eng ilg'or davlatlardan biri hisoblangani, shuningdek, Butunjahon Intellektual mulk Tashkiloti bergan statistik ma'lumotlarga ko'ra, butun dunyo bo'yicha patentlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beruvchi va patent oluvchilar soni bo'yicha 2022-yilda birinchi o'rinni olgani bois ham Xitoy tajribasini o'rganishni ma'qul deb topdik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi Qonuniga asosan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda O'zbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari" to'g'risida"gi Qonuniga asosan seleksiya yutug'i - o'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari patent orqali huquqiy muhofazaga olinadi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1082-moddasi ikkinchi qismida ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo'yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Departamentining bunday hujjatni taqdim etish tartibi va 1092-moddaning ikkinchi qismida seleksiya yutug'iga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qo'yilishi nazarda tutilgan.

Hozirgi vaqtda butun dunyoda sanoat mulkining ana shu obyektlarini muhofaza qilishning patent tizimi e'tirof etilgan va amal qilib kelmoqda. Muhofaza qilishning patent shaklining mazmun-mohiyati shundan iboratki, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining muallifi yoxud u vakil qilgan boshqa shaxs texnika yutug'iga

Research BIB / Index Copernicus

bo'lgan mualliflikni va undan foydalanishga bo'lgan huquqni mustahkamlash uchun vakolatli davlat organiga muhofaza hujjati, ya'ni ixtiro, sanoat namunasi, foydali model uchun patent berishni so'rab talabnoma topshiradi. Patent "patent egasi" deb nomlanuvchi patent olgan shaxsning sanoat mulki obyektiga bo'lgan mualliflik huquqini va undan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent munosabatlari ular ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari aniq reglamentlanganligi bilan ajralib turadi. Obyektni ro'yxatga olish va ixtiro yaratilganidan keyin birlamchi patent huquqlarini mustahkamlash birmuncha rasmiyatchilikni talab qiladi va shunisi bilan mualliflik huquqidan farq qiladi. Buni ixtiro muallifini aniq belgilash va ixtironi boshqa shaxsning xuddi shunday yoki shunga o'xshash ijodidan aniq farqlash zarurati bilan izohlash mumkin. Binobarin, takrorlab bo'lmaydigan va asl nusxa hisoblangan adabiyot yoki san'at asaridan farqli o'laroq, ixtiro takrorlanishi mumkin. Texnika ijodiyoti sohasidagi yangi munosabatlarni tartibga solish uchun fuqarolik qonunchiligining alohida kichik tarmog'i -intellektual mulk instituti va uning subinstituti — patent huquqi shakllantirilgan. Patent huquqi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari yaratishda hamda ulardan foydalanishda yuzaga kelgan mulkiy va ular bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy huquqlarni tartibga soladi.

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining real sharoitlarini, intellektual mulk sohasidagi xalqaro bitimlarni, shuningdek mamlakatimizning patent-axborot jihatidan ta'minlanganlik darajasini inobatga olgan holda O'zbekistonda patentlashning mustaqil tizimi yaratildi. Qolaversa, patent huquqining obyektlari haqida so'z borganda ularning har biri patentga layoqatlilikning alohida talablari va o'zaro farqli muhofaza muddatlariga egaligini ham ta'kidlab o'tish lozim. Shu sababdan har bir obyekt alohida o'rganish va e'tiborni talab qiladi. Shuningdek, patent huquqi obyektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish uchun Xitoy davlati qonunchiligiga to'xtaladigan bo'lsak, Xitoyda patent himoyasini olish uchun ixtirochi yoki ixtiro egasi Xitoy patent idorasiga ariza topshirishi kerak. Xitoy Davlat intellektual mulk idorasi (SIPO) patent talabnomalarini qabul qiluvchi va ko'rib chiqadigan davlat organi hisoblanadi. Bu o'rinda intellektual mulkni himoya qilish choralari faqat patentga talabnoma topshirish bilan cheklanmaydi. Huquqiy, texnik, ma'muriy va hatto siyosiy jihatlarni qamrab olgan umumiy intellektual mulk strategiyasini amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ixtiroga patent berilishi uchun muhim talablardan biri uning "yangi" bo'lishi, ya'ni patentga talabnoma berilgan sanadan oldin ommaga ma'lum bo'lmasligidir. Shuning uchun ixtiro egasi ixtironi dunyoning istalgan nuqtasida bozorga chiqarish, sotish yoki boshqa yo'l bilan ommaga ma'lum qilishdan oldin patentga talabnoma topshirishi kerak.

Research BIB / Index Copernicus

Dunyo miqyosida patent va patent huquqi rivojlangan davlat - Xitoyda patent huquqi obyektlari bilan bog'liq munosabatlar "Patent huquqi to'g'risida"gi Qonun bilan tartibga solinadi. Xitoy patent qonuni uchta alohida sohani qamrab oladi:

1.Ixtiro patenti xorijda yoki Xitoyda ilgari nashr etilmagan bo'lishi va patentga ariza berilgunga qadar Xitoyda ishlatilmagan bo'lishi kerak. Mavjud texnologiya bilan taqqoslaganda, ixtiro patenti afzalliklarga ega bo'lishi lozim.

2.Foydali model patentlari ixtiro patentlariga juda o'xshash bo'lib, foydali modellar faqat yangi shakl yoki strukturaviy jismoniy xususiyatlarga ega mahsulotlarni himoya qiladi. Foydali model tizimiga ega Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar qatorida Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya va boshqalar kiradi. AQSh va Buyuk Britaniyada foydali model tizimi mavjud emas. Xitoy tizimida keng tarqalgan amaliyot - bu foydali model va ixtiro patentini parallel ravishda topshirish, keyin esa ixtiro patenti rasman berilganidan keyin foydali modeldan voz kechishdir.

3.Dizayn patenti chet elda yoki Xitoyda nashr etilmagan bo'lishi va Xitoyda ishlatilmagan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, dizayn patenti boshqa shaxsning oldingi huquqlariga zid bo'lishi mumkin emas. "Xitoyda ishlatilmagan" iborasi mahsulot Xitoyda ommaviy ravishda ishlatilmaganligini anglatadi. Umumiy qoidaga ko'ra, agar kompaniya ro'yxatga olish uchun ariza berishdan oldin o'z mahsulotlarini Xitoyda sotsa, bu patentning "yangiligini" yo'q qiladi.

Xitoyda patent huquqlarini qonuniy himoya qilish tartibi ixtirochilarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlash uchun bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi: -Patent talabnomasini topshirish -Ekspertiza -E'lon qilinishi -Patent berish -Texnik xizmat ko'rsatish -Amalga oshirish va huquqiy himoya -Yaroqsiz deb topish va qayta ekspertizadan o'tkazish -Apellatsiya

Yuqoridagi bosqichlar ketma-ketlikda amalga oshirilgach, talabnoma beruvchida ko'rsatilgan intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar paydo bo'ladi va ushbu huquqlarni tasdiqlovchi patent hujjati beriladi. Mazkur hujjat patent egasining patent olingan obyektning uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishidan himoyalash imkonini beradi.

Xitoy qonunchiligida esa "Patent huquqi to'g'risida"gi Qonunning 42-moddasida ixtirolarga patent huquqining amal qilish muddati yigirma yilni, foydali modelga patent

Research BIB / Index Copernicus

huquqining amal qilish muddati o'n yilni, namunalarga patent huquqining amal qilish muddati ariza berilgan kundan e'tiboran o'n besh yilni tashkil etishi nazarda tutilgan. Agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan kundan boshlab to'rt yil o'tgandan keyin va mohiyatan ekspertiza so'ralgan kundan boshlab uch yil o'tgandan so'ng berilgan bo'lsa, Davlat kengashi huzuridagi Patent ma'muriyati departamenti patent egasining iltimosiga ko'ra ixtiroga patent berishning asossiz kechikishi uchun patent to'lashi mumkin, ammo patent muddati bo'yicha kompensatsiya talabnoma beruvchi sabab bo'lgan asossiz kechiktirishga nisbatan qo'llanilmaydi. Xitoyda sotish uchun ruxsatnoma olingan yangi dori vositasiga tegishli ixtiroga patent uchun yangi dori vositasini sotishga ruxsat berishga sarflangan vaqtni qoplash maqsadida Davlat kengashi huzuridagi Patent ma'muriyati boshqarmasi patent egasining iltimosiga binoan, patentning amal qilish muddati bo'yicha kompensatsiya to'lashi mumkin, lekin kompensatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak, shuningdek, patentning amal qilish muddati yangi dori vositasini sotishga ruxsat berilgandan keyin esa o'n to'rt yildan oshmasligi kerak.

Xitoy qonunchiligida agar patentdan patent egasining ruxsatisiz foydalanish natijasida, ya'ni patent egasining patent huquqining buzilishi natijasida nizo kelib chiqsa, u tomonlarning maslahatlashuvi orqali hal qilinishi nazarda tutilgan. Lekin tomonlar bir-birlari bilan maslahatlashishni istamasalar yoki murosaga kelolmasalar, patent egasi yoki manfaatdor tomon mediatsiya tartib-taomilini qo'llashi yoki ma'muriy organdan ushbu masalani hal qilish uchun patent yarmarkalarini talab qilishi mumkin. Chunonchi, bizning qonunchilikka ham ushbu normani kiritsa bo'ladi, ya'ni taraflar mediatsiya tartib-taomiliga rioya qilishidan yoki vakolatli organga murojaat qilishidan avval bir-birlari bilan kelishishlari yoxud yuridik shaxslar esa talabnoma tartibida harakat qilishi mumkin. Bu esa o'z navbatida vakolatli organda va sudda ushbu boradagi nizolarning kamayishiga va patent huquqi bilan bog'liq qonun buzilish holatlarining tezroq va samaraliroq bartaraf etilishiga xizmat qilishi mumkin.

Xitoydagi "Patent huquqi to'g'risida"gi Qonunning 68-moddasida esa agar biror shaxs boshqa shaxsning patentini o'ziniki qilib o'tkazsa, u qonunga muvofiq o'z fuqarolik javobgarligini o'z zimmasiga olishi bilan bir qatorda, patentni qo'llash bo'yicha mas'ul bo'lim tomonidan tuzatishni buyirishi va buyruq e'lon qilinishi hamda noqonuniy daromad musodara qilinishi va noqonuniy daromadning besh baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima solinishi mumkinligi nazarda tutilgan. Qolaversa, noqonuniy daromad bo'lmasa yoki noqonuniy daromad 50 000 yuandan kam bo'lsa, 250 000 yuandan ko'p bo'lmagan jarima solinishi mumkin.

Research BIB / Index Copernicus

O'zbekistonda ham patent huquqi obyektlarini huquqiy himoya qilishning ma'muriy tartibi, xususan, patent berishni rad etish, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek patent egasining litsenziya shartnomasini tuzishdan bosh tortishi bilan bog'liq nizolarni hal qilishni nazarda tutilgan. Patent huquqi obyektlarining huquqiy himoya qilishning ma'muriy protsedurasi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Departamentining Apellatsiya kengashi tomonidan hal qilinadi.

Apellatsiya kengashi:

• Departamentning talabnomada ko'rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagiqarori ustidan;

• Sanoat mulki obyektlari va seleksiya yutuqlariga patent berilganligiga qarshimanfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;

• Sanoat mulki obyektlari va seleksiya yutuqlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalarni ko'rib chiqadi.

Xitoyda esa patent huquqi obyektlarini ma'muriy tartibda himoya qilish maqsadida Davlat Kengashi huzuridagi Patent ma'muriyati departamenti patent egasi yoki manfaatdor shaxsning iltimosiga binoan butun mamlakat bo'ylab sezilarli ta'sir ko'rsatadigan patentning buzilishi to'g'risidagi nizoni ko'rib chiqishi mumkin. Mahalliy xalq hokimiyati qoshidagi patent ma'muriyati bo'limi patent egasining yoki manfaatdor shaxsning iltimosiga binoan patent buzilishi to'g'risidagi nizoni ko'rib chiqsa, u o'zining ma'muriy hududida xuddi shu patent huquqi buzilgan holatlarni birlashtirishi va ko'rib chiqishi yoki bir xil patent huquqining mintaqalararo buzilishi bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqish uchun yuqori darajadagi mahalliy xalq hokimiyati bo'limining patent ma'muriyatiga murojaat qilishi mumkin. Qolaversa, milliy qonunchiligimizda agar sud patent huquqlari buzilgan deb topsa, javobgar fuqarolik va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Fuqarolik javobgalikning asosi aybning mavjudligi, javobgar tomonidan patent huquqlarini buzish faktidan kelib chiqadigan zarar va huquqbuzarning noqonuniy xatti-harakatlari va yetkazilgan zarar o'rtasidagi sababiy bog'lanishdir. Zarar deganda yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foyda tushuniladi.

Patent huquqi obyektlarini huquqiy jihatdan mohofaza qilish maqsadida fuqarolik sanksiyalari bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni ham ko'zda tutadi. Jinoyat kodeksining 149-moddasiga asosan, intellektual mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o'zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ular rasman

Research BIB / Index Copernicus

ro'yxatdan o'tkazilginga yoki e'lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan qiyosiy tahlillardan kelib chiqib xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, patent huquqi borasida rivojlangan davlat hisoblangan Xitoy qonunchiligini tahlil qilgan holda, qonunchiligimizga tegishli o'zgartirishlar kiritish va patent huquqi obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, patent huquqining huquqiy muhofazasi boshqa shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda ushbu masalani sudga hal qilish mexanizmini ishlab chiqish va bu borada qonunchilikni takomillashtirish darkor. Ya'ni patent huquqini buzish bilan bog'liq nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmi sifatida Xitoyda bo'lgani kabi taraflar muzokarasini o'tkazish, yuridik shaxslar o'rtasida esa talabnoma yuborish tartibi asosida hal qilishni intellektual mulk bilan bog'liq moddiy qonunlarda va protsessual qonunchilikka kiritish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son qarori.

2. Raxmatov A.I., Yakubova I.B. Patent huquqi. Darslik. - T.: YUMOM nashriyoti. 2021.

3. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Toshkent: Baktria press, 2013.

4. Intellektual mulk huquqi. Darslik. Ma'sul muharrirlar: yu.f.d, prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD), dotsent N.E.Gafurova // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019.

5. Fuqarolik huquqi, 2-qism. Darslik. Mualliflar jamoasi. Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil.

6. Patent Litigation in China from a Comparative Perspective. Jason Ma. U. OF PENNSYLVANIA EAST ASIA LAW REVIEW [Vol. 10]

7. Louis S. Sorell, A Comparative Analysis of Selected Aspects of Patent Law in China and the United States, 11 Pac. Rim L & Pol'y J. 319 (2002). Available at: https://digitalcommons.law.uw. edu/wilj/vol 11 /iss2/3

8. China's technological performance as refected in patents Ulrich Schmoch. Birgit Gehrke. Scientometrics (2022) 127:299-317 https://doi.org/10.1007/s11192- 021-

9. Xiaoning Long, C., & Wang, J. (2019). China's patent promotion policies and its quality implications. Science and Public Policy, 46(1), 91-104. H

XULOSA

04193-6

Research BIB / Index Copernicus

10. Patent Law of the People's Republic of China. http://www.npc.gov.cn/zgrdw/englishnpc/Law/2007-12/13/content 1383992.htm

11. Prud'homme, D. (2015). China's shifting patent landscape and state-led patenting strategy. Journal of Intellectual Property Law and practice, 10(8), 6

12. Research on Patent Law Education of Science and Engineering College Based on Scientific and Technological Innovation. Hongzhen Lin. Advances in Social Science, Education and Humanities Research, volume 345. International Conference on Advanced Education and Social Science Research (ICAESSR 2019)

13. Overview of Chinese Patent Law October 19 - 22, 2004; 35th International Congress of the PIPA Toyama, JAPAN. Authors: Mr. Bonan Lin - Zhongzi Law Office, Beijing, China Mr. Jon Wood: Eastman Chemical Co., Kingsport, TN USA Ms. Soonhee Jang - Eli Lilly and Co., Indianapolis, IN US

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.