Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISTE’MOL KREDITLASHNING TUTGAN O’RNI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISTE’MOL KREDITLASHNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
576
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iste’mol krediti / kredit tarixi / to’lov qobiliyati / kredit konveer / kredit portfeli / consumer credit / credit history / solvency / credit conveyor / loan portfolio.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kasimov Dilmurod Mamasaliyevich

Ushbu maqolada iste’mol kreditlarining bank faoliyatigadgi ahamiyati, mazkur faoliyat turining rivojlanish holati tahlil qilingan bo’lib, maqola so’ngida uni yanada rivojlantirish bo’yicha muallif tomonidan taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlarda keltirilgan fikr-mulohazalar tahlil qilinib, iste’mol kreditlarini rivojlantirish doirasida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlariga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CONSUMER LENDING IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The article analyzes the importance of consumer lending in the banking sector, the state of development of this type of activity, and at the end of the article the author offers suggestions and recommendations for its further development. Also analyzes the opinions expressed in research conducted on this topic and refers to research conducted by researchers in the field of consumer credit development.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISTE’MOL KREDITLASHNING TUTGAN O’RNI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISTE'MOL KREDITLASHNING TUTGAN O'RNI

Kasimov Dilmurod Mamasaliyevich Bank moliya akademiyasi tinglovchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada iste'mol kreditlarining bank faoliyatigadgi ahamiyati, mazkur faoliyat turining rivojlanish holati tahlil qilingan bo 'lib, maqola so 'ngida uni yanada rivojlantirish bo 'yicha muallif tomonidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlarda keltirilgan fikr-mulohazalar tahlil qilinib, iste'mol kreditlarini rivojlantirish doirasida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlariga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: iste'mol krediti, kredit tarixi, to'lov qobiliyati, kredit konveer, kredit portfeli

Аннотация: В статье анализируется значение потребительского кредитования в банковской сфере, состояние развития этого вида деятельности, а в конце статьи автор предлагает предложения и рекомендации по его дальнейшему развитию.

Также анализирует мнения, выраженные в исследовании, проведенном по этой теме, и ссылается на исследования, проведенные исследователями в области развития потребительских кредитов.

Ключевые слова: потребительский кредит, кредитная история, платежеспособность, кредитный конвейер, ссудный портфель.

Abstract: The article analyzes the importance of consumer lending in the banking sector, the state of development of this type of activity, and at the end of the article the author offers suggestions and recommendations for its further development.

Also analyzes the opinions expressed in research conducted on this topic and refers to research conducted by researchers in the field of consumer credit development.

Key words: consumer credit, credit history, solvency, credit conveyor, loan portfolio.

KIRISH

O'zbekiston bank tizimini rivojlantirishning hozirgi bosqichi bank biznesini alohida tuzilishlar bo'yicha rivojlantirish jarayonlarini

kuchaytirish bilan ahamiyatlidir. Keng talab qilinadigan bank xizmatlari

812

Scientific Journal Impact Factor

R

segmentlarining ixtisoslashgan bank xizmatlariga nisbatan ma'lum afzalliklariga qaramay universal banklar maxsus xizmatlar ko'lamini kengaytirishga bo'lgan urinishlari ortib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan kredit tashkilotlari bu segmentlarda shunisi bilan jalb qilish xarakteriga egaki, ular cheklangan doiradagi operatsiyalarni bajarish va buni yuqori sifat bilan hamda bank faoliyatining birmuncha kam riski asosida bajaradilar.

O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining resurs bazasini tobora mustahkamlanib borayotganligi ularning aktivlari va kreditlari miqdorini oshirish imkonini bermoqda. Buning ustiga, banklarning likvidliligi va to'lovga qobilligining talab darajasida ekanligi ham ularning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Iqtisodchi olimlar tomonidan iste'mol kreditlari berish amaliyoti chuqur va har tomonlama tadqiq qilingan va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan.

Keynsning fikriga ko'ra, tijorat banklarining past foiz stavkalarida beradigan kreditlari umumiy talab va shaxsiy iste'mol hajmini oshirish imkonini beradi [5].

AQShlik taniqli iqtisodchi olim Blansharning (2010) fikriga ko'ra, iste'molni moliyalashtirish jarayoni davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar orqali rag'batlantirilishi lozim [6].

Taniqli iqtisodchi olimlarning yuqorida bildirilgan fikrlaridan ko'rinib turibdiki, iste'molni rag'batlantirishda tijorat banklarining kreditlari va davlatning moliyaviy qo'llab-quvvvatlashi muhim o'rin tutadi.

Lavrushinning (2008) fikriga ko'ra, banklarning iste'mol kreditlari berish amaliyotini takomillashtirish uchun quyidagi muammolarni hal etish talab etiladi:

- bo'lg'usi kredit oluvchilarning kredit tarixi to'g'risidagi ishonchli ma'lumotlarning mavjud emasligi;

- iste'mol krediti oluvchilarning kredit to'loviga layoqatliligini baholash tizimini takomillashmaganligi;

- iste'mol kreditlari ta'minotining yetarli emasligi [7].

Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarining iste'mol kreditlash faoliyatini rivojlantirishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

TADQIQOT METODOLOGIYASI

TAHLIL VA NATIJALAR

Keyingi vaqtlarda bank xizmatlari segmentining ko'chmas mulk ta'minoti asosida uy-joy binolarini sotib olish uchun ajratiladigan iste'mol kreditini kreditlash turiga bo'lgan talab sezilarli ravishda ortib bormoqda. Shu o'rinda savol tug'iladi, ushbu bank xizmati qanchalik muhim, u maxsus iste'mol kreditlash institutlarining paydo bo'lish zaruratini keltirib chikarishi mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, bu institutlar qanday ko'rinishda bo'lishi lozim? [1]

Respublikamizda aholining daromad darajasining oshayotganligi, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlanayotganligi va kreditlarning foiz stavkalarini pasayayotganligi aholining tijorat banklarining iste'mol kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonini bermoqda. Ayniqsa, maishiy asbob-usukunalar xarid qilish, ta'lim olish bilan bog'liq bo'lgan iste'mol kreditlari hajmining yildan-yilga o'sishi kuzatilmoqda [2].

Yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, iste'mol kreditlarini berish amaliyotini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan ayrim muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana shunday muammmolardan biri - ayrim tijorat banklari tomonidan berilayotgan iste'mol kreditlari bahosining nisbatan yuqori ekanligidir.

Hozirgi kunda O'zbekistonda aholiga iste'mol kreditlari berish tartibini amaliyotga joriy etayotgan kredit tashkilotlarining soni kundan kunga ko'payib bormoqda. Odatda, uy-joyni tanlash uchun vaqt cheklangan bo'ladi.

So'ngi yillarda O'zbekiston tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga mo'ljallangan kredit mahsulotlari turi ko'payishiga qaramasdan iste'mol kreditlari eng ommabop kredit mahsuloti bo'lib turibdi (1-jadval).

1-jadval

O'zbekiston tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash faoliyati

ko'rsatkichlari [3, 4]

№ Ko'rsatkichlar 2016 2017 2018 2019

Jami kreditlar portfeli 52603,1 110566,2 167287,8 210029,0

Ajratilgan kreditlar 27562,4 49540,5 100658,2 140762,4

Jismoniy shaxslarga 4698,7 6082,0 15390,1 26477,8

Shundan, ipoteka kreditlar 1856,7 2628,8 4557,2 7977,4

Iste'mol kreditlar 67,4 97,2 8102,8 11108,5

Jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, 2018 yilda jami 15,4 trln. so'mga yaqin kredit ajratilgan bo'lib, bu ko'rsatkich 26,5 trln. so'mga yetgan. Biroq, mazkur ajratilgan kreditlar tarkibida iste'mol kreditlarining ulushi 2018 yilda 52,6 foizni

tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich 42,0 foizga tushgan. Bunga bozorda overdraft, mikroqarz, kredit karta kabi yangi turdagi kredit mahsulotlarining taklif etila boshlaganligi bilan izohlanadi.

2-jadval

2019 yilda O'zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilgan iste'mol kreditlari

tarkibiy tahlili [3, 4]

№ Iste'mol kredit turlari Qiymati, mlrd. so'm Ulushi, %

1. Avtotransport vositalari xarid qilish uchun 5065,4 45,6

2. Mebel va interer buyumlari uchun 268,5 2,4

3. Maishiy texnika uchun 2419,6 21,8

4. Tibbiy xizmatlar uchun 7,7 0,1

5. Ta'lim kreditlari 157,6 1,4

6. Overdraft kreditlari 473,1 4,3

7. Turar joyni ta'mirlashda foydalaniladigan tovarlar uchun 259,2 2,3

8. Boshqa turdagi iste'mol kreditlari 2 457,4 22,1

Jami 11108,5 100,0

Iste'mol kreditlari tarkibida avtokreditlar so'ngi yillarda faollashuvi natijasida ularning ulushi sezilarli ravishda ortgan. Xususan, 2019 yilda ajratilgan iste'mol kreditlarining ulushi 45,6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Maishiy texnika mahsulotlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi ham jami iste'mol kreditlar tarkibida asosiy ahamiyat kasb etib, uning ulushi 21,8 foizni tashkil etgan.

Iste'mol krediti rivojlanishidagi muammolardan biri bo'lgan qarzdor tomonidan iste'mol krediti shartlari buzilganda garovga qo'yilgan mulk bo'yicha huquqlar kreditorga o'tishi mexanizmi hozirgacha to'liq ishlab chiqilmay kelinmoqda.

Iste'mol kreditlari, yuqorida qayd etilganidek, bir nechta kreditlash ob'ektlarini xarid qilish uchun beriladi. Shu sababli, iste'mol kreditlarining tarkibi va dinamikasidagi o'zgarishlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan keng ko'lamdagi bank mahsulotlari va xizmatlari orasida iste'mol kreditlari chakana biznes yo'nalishining eng talab yuqori bo'lgan yo'nalishidir.

Scientific Journal Impact Factor

R

Mazkur segment aholi pul daromadlari va turmush tarzi oshib borishi bilan bevosita bog'liqdir. Jismoniy shaxslar bankning istalgan filialidan uy-joyni ta'mirlash, mebel, avtotransport, maishiy texnika sotib olish, davolanish, dam olish xarajatlarini to'lash va boshqa ko'plab maqsadlar uchun iste'mol kreditlaridan foydalanishlari mumkin.

Mazkur maqolada tijorat banklarida iste'mol kreditlarini rivojlantirish bo'yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Kreditlash jarayonida banklarda ichki kredit nazorat tizimini takomillashtirish. Tijorat banklari iste'molchilarga iste'mol kreditini taqdim qilar ekan, uning asosiy baholash tizimini ishlab chiqishi kerak. Bunda kredit berish jarayonida kredit hujjatlarini to'liq va to'g'ri shakllantirish lozim. Mijozning kreditga layoqatlilini aniq baholash orqali berilgan kreditlarni o'z vaqtida va foizlari bilan qaytarilishini ta'minlaydi. Bu esa tijorat banklari daromadining oshishiga olib keladi.

2. Tijorat banklarining iste'mol kreditlarini reklama qilish orqali rivojlantirish. Tijorat banklari tomonidan iste'molchilarga taklif qilinayotgan iste'mol krediti turlari, foiz stavkalari va ularning shartlari hamda qulayliklari haqida to'liq axborotlar yetkazib berish va ishonchli mijozlarni topishda reklamalar yordam berishi mumkin.

3. Respublika viloyatlari tijorat banklarida iste'mol kreditini rivojlantirish. Ya'ni, iste'molchilar uchun qulay bo'lgan iste'mol kreditining qo'shimcha qilib boshqa turlarini ishlab chiqish lozim. Yana qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak, aholining barcha qatlamlari uchun ham imtiyozli ravishda iste'mol krediti berishni rivojlantirish lozim.

4. Tijorat banklarining savdo firmalari bilan hamkorlikda ishlash jarayonini rivojlantirish. Iste'molchilarning iste'mol tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida tijorat banklari va savdo firmalari hamkorlikda iste'molchilarga qulay bo'lgan iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishi, yetkazib berishi va boshqa xizmat turlarini ko'rsatish orqali ularning nafaqat banklarga, balki savdo firmalariga bo'lgan ishonchining ortishga olib keladi.

Mazkur yuqorida sanab o'tilgan takliflarning amliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklarida iste'mol kreditlash faoliyatni rivojlantirish, pirovardida esa ul arning faoliyati samaradorligini oshishiga yordam beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Алпатова Э.С., Валиева Л.М. Оценка эффективности потребительского кредитования в региональном коммерческом банке (по данным ООО «КАМКОМБАНК») и совершенствование механизма его организации // Научное обозрение. Экономические науки. 2016. № 2. С. 12-19.

2. Шагазатов О "Истъмол кредитининг ривожланиш омиллари".// Бозор, Пул ва Кредит журнали. -Т.: 2006. -№7. -6 -б.

3. Статистик бюлтень, Узбекистон Республикаси марказий банки, 2018 йил

4. Статистик бюлтень, Узбекистон Республикаси марказий банки, 2019 йил

5. Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. - Пер. с анл. -М.: Гелиос АРВ, 2012. - С. 98-99.

6. Бланшар О. Макроэкономика. Пер. с англ. - М ВШЭ, 2010. - С. 92-101.

7. Лаврушин О.И. Банкоское дело. - М.: КНОРУС, 2008. - С. 474.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.