Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA INTENSIV BOG‘DORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA INTENSIV BOG‘DORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo`jaligi / meva / daraxt / sanoat / rivojlanish / intensiv texnologiya / integratsiya / seleksiya / pestitsid / hosil / fitontsid / nav / payvandtag.

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Djamalov Zohid Zafarovich, Sadullayev Jasur Mansur O‘g‘li, Sadullayeva Nozanin Xusan Qizi

Bozor iqtisodiyoti davrida aholi jon boshini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish soha oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ushbu maqolada Respublikamizda meva mahsulotlarini yetishtirish borasida bog‘dorchilikda intensivlashtirishni yangi bosqichlarga olib chiqish usullari, mevachilikni chuqur isloh qilish, ishlab chiqarishni integratsiya qilish, xosildorligini oshirish, tog‘ va tog‘ oldi zonalardan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA INTENSIV BOG‘DORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA INTENSIV BOG'DORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

1Djamalov Zohid Zafarovich, 2Sadullayev Jasur Mansur o'g'li, 3Sadullayeva Nozanin

Xusan qizi

1t.f.f.d. (PhD), dotsent Jizzax politexnika instituti, Jizzax shahri 2Assistant, Jizzax politexnika instituti, Jizzax shahri 3Magistrant, Jizzax politexnika instituti, Jizzax shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.13954757

Annotatsiya. Bozor iqtisodiyoti davrida aholi jon boshini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni to'g'ri yo'lga qo'yish soha oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ushbu maqolada Respublikamizda meva mahsulotlarini yetishtirish borasida bog'dorchilikda intensivlashtirishni yangi bosqichlarga olib chiqish usullari, mevachilikni chuqur isloh qilish, ishlab chiqarishni integratsiya qilish, xosildorligini oshirish, tog' va tog' oldi zonalardan samarali foydalanish bo'yicha atroflicha ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xojaligi, meva, daraxt, sanoat, rivojlanish, intensiv texnologiya, integratsiya, seleksiya, pestitsid, hosil, fitontsid, nav, payvandtag.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasini isloh qilish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida" farmoni va qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qishloq va suv xo'jalik vazirligining buyruq va qarorlari bu sohalar shirkatlarini fermer xo'jaliklariga aylantirish, agrosanoat firmalarini tashkil qilish va meva-sabzavotchilik tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirishda muhim o'rin tutdi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xo'jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda va respublikamiz hukumati bu sohaga katta e'tibor qaratmoqda.

Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston hududi ko'pgina qishloq xo'jalik, shu jumladan meva ekinlarini kelib chiqish markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimdan bu hududda o'rik,olxo'ri, olma, nok, gilos, pista, bodom, yong'oq, uzum singari meva ekinlarining qimmatli mahalliy navlari saqlanib qolgan.Meva yetishtirish strukturasi ishlab chiqilgan bo'lib, uni joylarda amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki, bu tadbirlarni amalga oshirish meva mahsulotiga bo'lgan xalq iste'moli ehtiyoji, qayta ishlash korxonalari talabi va eksportga mahsulot chiqarishga bo'lgan talablar bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning takliflari o'rtasidagi mutonosiblikni ta'minlaydi.Mevachilik qishloq xo'jaligining murakkab va ko'p qirrali sohasi hisoblanadi. Meva va rezavor meva ekinlari turli tuproq, iqlim va agrotexnika sharoitida o'stirilib, ularning mevasi turli maqsadlarda yangiligicha, quritilgan va qayta ishlangan hollarda foydalaniladi.Mevachilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining tarmog'i sifatida asosiy vazifasi aholini ho'l mevalar, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlashdan iborat. Mevachilik fan sifatida meva va rezavor-meva ekinlarining tuzilishi, o'sish, ko'payish va hosil berish qonuniyatlarini, tashqi muhit omillariga munosabati va biologiyasini o'rganish asosida yuqori, sifatli hamda muttasil hosil olish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Mevalarning o'sish va rivojlanish xususiyatlari. Mevalar kattalar va bolalar o'rtasida juda mashhur. Muammo shuki, ayrim mevalar savdo rastalarida qimmat narxlarda sotiladi (ayniqsa,

ekologik toza va mavsumdan tashqari yetilgan mevalar), shu bois ko'p insonlar yetarli miqdorda meva va rezavorlarni iste'mol qilishdan yiroq. Shuningdek, ko'pchilik qiziquvchilarga tomorqasi sharoitida mevali o'simliklar navlarini yetishtirish mumkinligi to'g'risida yetarlicha ma'lumotlar taqdim etilmagan. Ayrim insonlar mevalarni do'konlarda boshqa joyda, ya'ni tabiiy sharoitda hech qachon ko'rmagan va ularni tomorqa sharoitida o'sishi va rivojlanishi mumkinligini hamda ulardan turli hil taomlar pishirishda foydalanish mumkinligi to'g'risida yetarlicha ma'lumotga ega emas.

O'sib kelayotgan avlodga meva ekinlarini yetishtirish va hosildan foydalanish sirlarini o'rgatish, va ular ko'magida kelajak avlodlarga mevali o'simliklarni yetishtirish bilimlarini yetkazish muhimdir. Qiziquvchi yoshlarga muntazam ravishda mevali o'simliklarni ekish va parvarishlashni o'rgatish, bog'bonchilikka va ulardan taomlar pishirishda foydalanishni o'rgatish mamlakatimizda mevachilikka bo'lgan qiziqishni uyg'otish uchun turtki bo'ladi.Mevalar eng foydali mahsulotlar bo'lib, kun davomida meva va sabzavot mahsulotlaridan besh mahalgacha iste'mol qilishga e'tibor qaratish muhimdir. Qo'llanmada an'anaviy tez-tez yeyiladigan mahsulotlarda (masalan, pirog va tortlar, murabbo, konservalangan oziq-ovqatlar, meva sharbatlari, ichimliklar, muzqaymoq va yogurt) mevalardan keng foydalanish bo'yicha ma'lumotlar ham keltirilgan.

Maqolada mevali o'simliklarni nafaqat yetishtirsh, balki, ulardagi zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish (muammolarni hal etish), shuningdek foydali hasharotlarni aniqlash va ularni asrashga ham e'tibor qaratiladi.

Bog'dorchilik bilan shug'ullanish nafaqat yoshlarda, balki yoshi keksa odamlarga ham vaqtlarini unumli o'tkazishiga yordam beradi. Har bir mutaxassis yoki havaskor bog'bon mevali o'simliklarni kichik ko'chatligidan boshlab, ularning o'sishi, rivojlanishi, keyinchalik gullashi, meva tugishi, ularning pishib yetilishi, shu bilan bir qatorda turli tansiq mahsulotlar tayyorlashda ularning ishlatilishi jarayonini ko'rib borar ekan, shu orqali insonlarda - havaskor bog'bonlarda mevali o'simliklarga bo'lgan mehr va alohida qiziqish shakllanib boradi.

Mevali o'simliklarning rivojlanish xususiyatlari. Zamburug'li kasalliklarga qarshi pestitsidlar minimal darajada ishlatilgan, shuningdek gerbitsidlardan holi bo'lgan sharoitda yetishtirilgan ekologik toza mevalar salomatlik garovdir. Ma'lumki, meva ekinlarini ekologik toza sharoitda yetishtirishda ma'lum qiyinchiliklar kuzatiladi, ayniqsa keng maydonlarda, yoki atrofida boshqa mevali o'simliklarning zararkunandalar va kasalliklarga moyil bo'lgan navlari o'stirilganda muammo yanada chuqurlashadi. Kichik maydondagi mevali bog'larda o'sayotgan daraxtlarda kasallik va zararkunandalarning tarqalish ehtimoli kamroq bo'ladi. An'anaviy bog'dorchilikda muhim kamchiliklardan biri - bu daraxtlarni hosilga kirish muddating kechligidir, bu borada rezavor mevalarni yerishish imkoniyati yuqoriroqdir. Shu bois, bog'dorchilikda mevali o'simliklarni boshqa sabzavot va gulli ekinlar bilan uyg'unlashtirib ekish mutaxassislarda hamda havaskorlarda alohida qiziqish uyg'otadi. Bunday uyg'unlik talabalarda o'quv davrida nafaqat mevali o'simliklar, balki boshqa ekinlarni ham ekishdan, gullashi va mevalarining yetilishigacha bo'lgan jarayonni kuzatish imkoniga ega bo'ladi.Respublikamizda meva va rezavor mevalar yetishtirish xajmi ortib bormoqda, lekin jon boshiga mevalarni istemol qilishning yillik xajmi atigi 70 kilogramni tashkil qilmoqda. Kelajakda mevalarni jon boshiga yillik istemoli Respublika Sog'liqni saqlash akademiyasi talabiga binoan 81 kilogramni tashkil etishi lozim.

Bog'dorchilik maxsulotlarining oziqaviylik qiymati asosan ushbu meva va rezavor mevalarga insonlarning istemol talabiga bog'liq. 1 kilogram meva, rezavor meva va uzum mevasi 440-450 kilo kaloriya quvvatga ega bo'lib, bu insonlarni kunlik me'yorini 15% ni tashkil

etadi. Ushbu mevalar vitaminlar, mineral va organik moddalarga boy bo'lib inson organizmi tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.

Meva va rezavor meva o'simliklarining xosili respublikamiz aholisi istemol qiladigan eng asosiy oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi. Mevalarning istemol qilinadigan qismida 60 dan ortiq mineral birikmalar, shuningdek uglevodlardan fruktoza, glyukoza, saxaroza, vitaminlar va organik kislotalar mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 15 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag'ishlangan ma'ruzasida ta'kidlanganidek, 2020 yilgacha paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid kilish hajmining 350 ming tonnaga qisqartirildi. Shundan so'ng 170 ming 500 gektar sug'oriladigan yer paxtadan bo'shab, ularda avvalo, sabzavot va kartoshka, bog' va uzumzorlar barpo etildi.Respublikada meva yetishtirishni ko'paytirishda mevachilikni intensivlashtirishni yangi zamonaviy usullarini qo'llash, mevachilikni chuqur o'zlashtirish, ishlab chiqarishni integratsiya qilish, mavjud bog'larni xosildorligini oshirish, kam xosilli bog'larni o'rniga yangi zamonaviy ko'p xosilli bog'lar barpo qilish, tog' va tog' oldi zonalaridan unumli foydalanish, sug'orish va o'g'itlash usullaridan to'liq va unumli foydalanishdan iborat.

Meva bog'larini maydonini kengaytirish asosan mevachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadlarida barpo etiladi.Respublika bo'yicha meva maxsulotlari yetishtirib beruvchi mintaqlarga quyidagilar kiradi: Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari. Binobarin, Andijon viloyatida yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish miqdori 492.5 ming tonnani, Toshkent viloyatida 262.0 ming tonna, Qashqadaryo viloyatida 164.1 ming tonna va Samarqand viloyatida 377.2 ming tonnani tashkil etmoqda. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mevachilik tarmog'i oldiga ichki bozorni ta'minlash va xorijga eksport qilish salohiyatini kuchaytirish uchun mevachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish vazifasi qo'yilgan. Mazkur xalq-xo'jalik ahamiyatiga ega muhim vazifani quyidagi yo'llar bilan hal etish mumkin:Intensiv bog'dorchilikda meva ko'chatlarini urug'idan ko'paytirish - eng qulay va oson usul. Yetishtirishning mazkur usulida o'simliklar odatda juda yaxshi o'sadi, tashqi muhit sharoitlariga moslashadi, jadal ildiz tizimiini shakllantiradi, shuningdek yuqori inaktivatsiya xususiyatiga (viruslarga chidamlilik) ega hisoblanadi. Mevali o'simliklarni ko'paytirishning mazkur usuli afzalliklari bilan bir qatorda, o'zining jiddik kamchiklari ham bor. Xususan bunday yo'l bilan olingan o'simliklar genetik jihatdan turli-tumanligi bilan farqlanadi.

Mevachilikda urug'idan ko'paytirish quyidagi maqsadlarda qo'llaniladi:

1) Selektsion ishlarda yangi nav yaratishda.

2) Payvandtag yetishtirish uchun.

Vegetativ ko'paytirish - ona zot vegetativ a'zosi alohida qismidan o'simlikni takror ishlab chiqarish jarayoni. Mazkur jarayonda ona o'simlikning somatik hujayralari, to'qimalari va a'zolari ishtirok etadi. SHu bois navning vegetativ avlodi - klon - ona o'simlik bilan genetik bir xil va unda barcha xo'jalik foydali belgilar va sifatlar siqlanib qoladi. Bundan tashqari, bunday yo'l bilan olingan o'simliklar hosilga erta kiradi. Vegetativ ko'paytirishningk amchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: virusli infektsiyaning avlodga yuqishi mumkinligi, ildiz tizimining kuchsiz rivojlanishi va sayozroq joylashishi, o'simliklarning kamroq yashashi.Tabiiy o'sish sharoitlarida vegetiv ko'payishga moyillik urug'i bilan ko'payish bilan birgalikda fitotsenozda turning barqarorligini, uning raqobatbardoshligini va regeneratsion barqarorligini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi. Aksariyat mevali va rezavor mevali o'simliklar vegetativ ko'payishga qodir bo'lib, u xilma-xil shakllarda ifodalanishi mumkin. Vegetativ ko'paytirishning

asosi regeneratsiya - o'simlikning yo'qotilgan a'zo va to'qimalarini tiklay olishi hisoblanadi.

Reparatsiya - ya'ni, butun organizmning uning bitta qismidan tiklanishiga olib keluvchi jarayon

regeneratsiyaning mevachilikda keng tarqalgan xususiy holati hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bo'riev X.CH., Baymetov K.I., Jo'raev R.J. Meva ekinlari selektsiyasi va navshunosligi. Toshkent: Mehnat, 2010 y. 77-89 b.

2. Bo'riev X.CH., Jo'raev R.J., Alimov O.A. "Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish" Toshkent 2002 159 b.

3. Джамалов З.З., Кемалов Р.А., Исламов С.Я., Шамшиев Ж.А. Кинетика и термодинамика сушки виноградного жмыха // Вестник Хорезмской академии Маъмуна. - 2023. - №. 10/1 (107). - С. 130-133.

4. Джамалов З.З., Кемалов Р.А., Исламов С.Я., Шамшиев Ж.А. Оценка эффективности предварительной химической обработки виноградного жмыха и экологические аспекты процесса химического гидролиза // Вестник Хорезмской академии Маъмуна.

- 2023. - №. 10/1 (107). - С. 133-136.

5. Кемалов А.Ф., Кемалов Р.А., Джамалов З.З., Брызгалов Н.И., Мансуров О.П. Способ получения биоэтанола из виноградной выжимки // Патентное ведомство: RU 2790726.

- 2023. - № 2022114365.

6. Джамалов З.З., Кемалов Р.А. Моделирование составе мультиферментного комплекса для получения моносахаридов с высокой степенью конверсии // Альтернативная энергетика и экология (ISJAEE). - 2023. - №. 4. - С. 42-48.

7. Джамалов З.З., Кемалов Р.А. Современные состояние и пути совершенствования производства биоэтанола из виноградного жмыха // Альтернативная энергетика и экология (ISJAEE). - 2023. - №. 2. - С. 34-42.

8. Джамалов З.З. Перспективы технологии этанолпродуцирующих микроорганизмов, участвующих в брожении // Актуальные проблемы теории и практики развития научных исследований: сборник статей Международной научно-практической конференции (10 ноября 2022 г., г. Пермь). - Уфа: Аэтерна, 2022, стр. 14-20.

9. Джамалов З.З., Тулибаев А.Н., Кемалов Р.А. Биотехнологический потенциал производства биоэтанола, относительная диэлектрическая проницаемость смесей биоэтанола и бензина в зависимости от температуры и состава // Роль науки и образования в модернизации и реформировании современного общества: Сборник статей по итогам Международной научно-практической конференции (Новосибирск, 09 ноября 2022 г.) - Стерлитамак: АМИ, 2022. - С. 6-11.

10. Джамалов З.З., Мансуров О.П. Перспективные методы в области предварительной обработки лигноцеллюлозы для производства биоэтанола // Но вая наука в новом мире: сборник статей III Международной научно-практической конференции (7 ноября 2022 г.) - Петрозаводск : МЦНП «Новая наука», 2022. - С. 194-200.

11. Джамалов З.З., Кемалов Р.А., Исламов С.Я. Kinetics and Thermodynamics of Grape Drying // Journal «Eurasian Journal of Physics, Chemistry and Mathematics». - Belgium, 2023. - № 21. - P. 67-70 (ISSN (E) 2795-7667)

12. Джамалов З.З., Кемалов Р.А., Исламов С.Я. Evaluation of the Effectiveness of the Preliminary Chemical Treatment of Grape Cake and Environmental Aspects of the Chemical Hydrolysis Process // Journal «Eurasian Research Bulletin». - Belgium, 2023. - № 23. - P. 31-33. (ISSN (E) 2795-7675)

13. Джамалов З.З., Шамшиев Ж.А. Исследование влияния штаммов дрожжей на процесс спиртового брожения при получении биоэтанола из виноградных отходов // Альтернативная энергетика и экология (ISJAEE), 06 (423) 2024, с. 12- 16.

14. Джамалов З.З. Выбор штаммов дрожжей при получении биоэтанола из выжимки винограда // Вестник аграрной науки узбекистан. - 2024. - № 2 (14/2). - С. 148-150.

15. Sadullayev J.M. STORAGE OF FRUITS TECHNOLOGY // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2023. 11(116). URL:https://7universum.com/ru/tech/archive/item/16311c

16. Q.O.Dodayev, B.B. Xoldorov J.M.Sadullayev EXPORTBOP MEVALARINING TARKIBINI ANIQLASH // International Scientific and Practical Conference

17. Q.Dodayev, B. Xoldorov, Sh.Issaqov, J.Sadullayev STORAGE OF EXPORTBOP FRUITS AND DETERMINATION OF THEIR COMPOSITION // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. Dodayev Q.O. [и др.]. 2023. 9(114). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/15994

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.