O'ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI QATAG'ON DAVRIDA.
Valieva Nafisa Abdumajitovna.
Nam DU o 'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Islom dinining Sovet ittofoqi tomonidan qattiq taqiqiqa uchrab, qatag'on qurboniga aylangan hamyurtlarimiz haqida muloha yuritiladi. Bu dunyoda hech qaysi din yovuzlikni ifodalamaydi. Azaldan insoniyat dinning tasalli beruvchanlik, jamlovchilik, axborot ulashish, qonunlashtirish, boshqaruvchanlik vazifalarini qo'llab keldi. Jumladan islom ham O'rta Osiyo xalqlari hayotida muhim ahamiyat kasb etib keldi. Mustamlaka xalqning birdamligini buzish, ayni vaqtda ko 'p yillik e'tiqodi, ma 'naviyatini yo 'qotish mustabid tuzumning azaliy orzusi edi.
Kalit so'zlar: Islom, musulmonlar idorasi, qatag'on, mustabid, Ingliz josuslik rezidenturasi, Aksilinqilobiy jarayon.
Abstract: This article discusses our compatriots who became victims of repression under the strict ban of Islam by the Soviet Union. No religion in this world represents evil. From time immemorial, humanity has used the functions of religion as a consolation, a gathering, a sharing of information, a legalization, a governance. Islam, in particular, has played an important role in the lives of the peoples of Central Asia. Disrupting the unity of the colonial people, as well as the loss of many years offaith and spirituality, has always been a dream of the dictatorial regime.
Keywords: Islam, Muslim Board, Repression, Tyrant, British Spy Residency, Counter-Revolutionary Process.
Аннотация: В статье рассказывается о наших соотечественниках, ставших жертвами репрессий в условиях строгого запрета ислама Советским Союзом. Никакая религия в этом мире не представляет зла. С незапамятных времен человечество использовало функции религии как утешение, собирание, обмен информацией, легализацию, управление. В частности, ислам сыграл важную роль в жизни народов Центральной Азии. Нарушение единства колониального народа, а также потеря многолетней веры и духовности всегда были мечтой диктаторского режима.
Ключевые слова: ислам, мусульманское управление, репрессии, тиран, резиденция британского шпиона, контрреволюционный процесс.
KIRISH
Islom dini ulamolari, musulmon tashkilotlari uchun qatag'on yillari eng qora kunlar sifatida tarix sahifalarida muhrlandi. Qatag'on deyilsa, ko'pchilik 30-yillarning oxirini tushunsa-da, aslida u 1924 yildan boshlab bosqichma-bosqich
davom etdi. Mustabid tuzum rahbar lavozimlarida ishlash uchun Moskvadan O'zbekistonga o'zining sadoqatli xodimlari, vakillarini uzluksiz yuborib turdi. Ular yordamida o'lka haytida kechayotgan barcha jarayonlar, o'zgarishlardan doimiy xabardor bo'lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi. Xalqi, vatanini manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko'zlagan, bunga o'zida kuch-iroda topib, haqiqatga tik qarashga jur'at qila olgan yurtdoshlarimiz birin ketin markazning qahriga duchor bo'ldilar.
30-yillarga kelib, partiya hamma jabhalarda hukmron bo'lib olgach, deyarli barcha soha va yo'nalishlardan "xalq dushmanlari"ni izlab topish va ularning "qo'poruvchilik faoliyatini" fosh qilish avj oldi. Hukumat tomonidan madaniy oqartuv muassasalari: qizil choyxonalar, klublar, madaniyat saroylar, turli ko'rgazmali ishlar tashkil qilindi va ularda targ'ibot tashviqot ishlariga jiddiy etibor qaratildi. Zero, har qaysi xalqni o'tmishidan, madaniyatidan mahrum etilsa, ularning ongiga har qanday mafkurani singdirish, istalgan kuyga solish mumkin bo'ladi. SHunga ko'ra tashkil etilgan bunday "qizil" joylarni rivojlantirish uchun bir q ancha siyosiy talablar ishlab chiqildi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, obyektivlik, analiz va sintez usulidan foydalanildi. O'zbekiston musulmonlari idorasi qatag'on davrida duch kelgan tazyiqlar obyektiv ochib berildi. Ijtimoiy taqiqlarning oldini olish masalalari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Tadqiqot jarayonida Yo'ldoshxo'jaev H., Qayumova I., O'zbekiston ulamolari nomli kitobi metodologik manba sifatida olindi va tahlil qilindi
Eng avvalo, madrasa va masjidlar eskilik sarqiti, xurofot o'chog'i deb yopib tashlandi, dindorlar sotsializm dushmanlariga aylantirildi, uyidan arab imlosidagi kitob topilgan kishilar qamoqqa olindi[1]. SHundan so'ng xalq orasidagi fidoyi insonlarni yo'qotish choralari ko'rildi: ular og'machilik, buzg'unchilikda ayblanib, nomiga xalq dushmani, millatchi, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi la'nat tamg'asi tirkaldi. Ziyoli va taraqqiyparvar o'zbek milliy kadrlari sha'nini bulg'ashg a qaratilgan "o'n sakkizlar guruhi" (1929 y.) kabi asossiz bo'htonlar uyushtirildi[2].
SHu tariqa 1937-1938 yillarda O'zbekistonda go'yo Respublika rahbarlari Akmal Ikromov (1898-1938) va Fayzulla Ho'jaev (1896-1938) boshchiligidagi "Burjua millatchilik aksilinqilobiy markazi", Abduvohid Abduraufqoriev 1 rahbarligida "Musulmon ruhoniylarning millatchiisyonchi tashkiloti", "Aksilinqilobiy
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
o'ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi" , "Buxoro va Turkiston baxt saodati" aksilinqilobiy tashkiloti, Isroil Ortiqov boshchiligida "YOshlarning aksilinqilobiy burjua millatchilik tashkiloti", "Ingliz josuslik rezidenturasi", "YApon josuslik qo'poruvchilik rezidenturasi" kabi "aksil inqilobiy tuzilmalar" borligi to'qib chiqarildi. Bugungi kunda so'nggi ma'lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o'rganish, tahlil qilish aslida bunday tashkilotlar umuman bo'lmaganini tasdiqlaydi.
Davr taqozosiga ko'ra bunday tuhmatlar diniy arboblarga ham tirkaldi. Zero, kommunistik partiyaning jilovbardorlari diniy jamoalarni xalqlarning aql idrokini egallash uchun kurashda o'zlarining raqibi, deb hisoblardi. SHuning uchun dinni kamsitish, ruhoniylarni yo'qotish va omon qolganlarni bo'ysundirish uchun eng keskin choralarni ko'rdi. Din sun'iy ravishda mafkuraviy kurashning o'ta qizg'in jabhasiga aylantirib qo'yildi. 30-yillarda yuzlab din arboblari, ulamolar, mudarrislar, boringki, qaerda ilmli kishilar bo'lsa, bari "bosmachilarga yordam bergani uchun", Angliya yoki Turkiya foydasiga "josuslik qilgani uchun", "Turkiston muxtoriyati a'zosi bo'lgani uchun" kabi yasama ayblovlar bilan javobgarlikka tortildi[3].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sovet Ittifoqi davrida xalqimiz uchun bebaho me'moriy va tarixiy qadriyat sanalgan ko'plab obidalar dinga aloqadorlik vajidan xarobaga aylantirildi. SHundan so'ng sobiq Sovet respublikalaridagi musulmonlar orasida chin ma'nodagi bilimdon murabbiylar kamayib ketdi. Imom Hasanxon Abdulmajidov, Xoji Akbarxon Muhitdinov, Usmon Sodiqov, Umar Ikromov, Mulla Ali SHermuhamedov, Isroil Inoyatov, Fuzail maxsum SHamsiddinov, Abdulla qori Yo'ldoshev, Tillato'ra Qosimto'raev, Nasrulloxon Hoshimov, SHorasul qori Qoraboev, Nishon qori Rahmatullaev kabi davrining ko'zga ko'ringan ulamolari turmaga tashlandi, ko'plari qamoqda vafot etdi. 1937-1939 yillarning o'zida O'zbekistonda 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari esa turli muddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan[4].
Biroq bu qatag'onu qiynoqlar, taqiqlaru tazyiqlar xalqimiz ongi va shuuridan dinga bo'lgan muhabbat, iymon-e'tiqodini chiqarib tashlay olmadi. Ulamolar, ziyolilarga bo'lgan ehtirom so'nmadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Istoriya Uzbekistana. T., str. 32.
2. Yo'ldoshxo'jaev H., Qayumova I., O'zbekiston ulamolari. T., 2015. B. 24.
3. O'zbekiston musulmonlari idorasi. T., "Movarounnahr", 2014. B.10.
4.O'zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob. T., "O'zbekiston" 2019. B.335.
XULOSA VA TAKLIFLAR
5. Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.
6. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.
7. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-
8. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
9. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
10. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
11. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
12. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
13. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.
474 P.