Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON - ISPANIYA O’RTASIDAGI HAMKORLIK VA UNING RIVOJLANISHI'

O‘ZBEKISTON - ISPANIYA O’RTASIDAGI HAMKORLIK VA UNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
210
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HAMKORLIK / QO'SHMA KORXONALAR / TA'LIM / MADANIYAT / DO'STLIK MARKAZI / TURIZM

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Izzatova A.U.

Mazkur maqolada O‘zbekiston va Ispaniya qirolligi o’rtasida olib borgan hamkorliklar hamda uning rivojlanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Ispaniya va O‘zbekiston o’rtasidagi hamkorliklarning istiqboliga ham ‘toxtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN - SPAIN AND ITS DEVELOPMENT

This article provides information about the cooperation between Uzbekistan and the Kingdom of Spain and its development. The prospect of cooperation between Spain and Uzbekistan was also touched upon.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON - ISPANIYA O’RTASIDAGI HAMKORLIK VA UNING RIVOJLANISHI»

Izzatova A. U.

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti

O'ZBEKISTON - ISPANIYA O'RTASIDAGI HAMKORLIK VA UNING

RIVOJLANISHI

Annotatsiya: mazkur maqolada O'zbekiston va Ispaniya qirolligi o'rtasida olib borgan hamkorliklar hamda uning rivojlanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Ispaniya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorliklarning istiqboliga ham 'toxtalib o'tilgan.

Kalit so'z: hamkorlik, qo'shma korxonalar,ta'lim, madaniyat, do'stlik markazi, turizm.

Izzatova A.U.

Chirchik State Pedagogical University

COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN - SPAIN AND ITS

DEVELOPMENT

Abstract: this article provides information about the cooperation between Uzbekistan and the Kingdom of Spain and its development. The prospect of cooperation between Spain and Uzbekistan was also touched upon.

Key words: cooperation, joint ventures, education, culture, friendship center, tourism.

O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishida Yevropaning imkoniyatlari milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan muhimdir. Yevropa va butun g'arb yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbaidir, hozirgi zamon demokratiya va inson huquqlari ramzidir. Yevropa ittiqfoqi tarkibiga kiruvchi davlatlardan biri bu Ispaniya qirolligidir.

O'zbekiston va Ispaniya davlatlari o'rtasidagi hamkorlikning ildizlari uzoq davrlarga borib taqaladi. Sharq va G'arb davlatlari o'rtasidagi diplomatik aloqalar rivoji Amir Temur va temuriylar davrida o'ziga xos va takomil bosqichiga kirganligi bilan ajralib turadi. O'sha davrda Yevropaning yirik davlatlaridan biri - Ispaniya bilan hamkorlik aloqalari keng yo'lga qo'yilganligini ta'kidlash o'rinlidir[1].

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, O'zbekiston va Ispaniya hamkorligidagi asosiy e'tibor ozaro savdo-iqtisodiy, madaniy va talim sohalaridagi tajribalarni o'rganishga qaratilgan.

Bu mamlakat o'tgan asrning 90-yillaridayoq O'zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarni o'rnatgan hamda, rivojlantirib kelayotgan davlatlardan biridir[2].

Ispaniyaning to'g'ridan-to'g'ri investitsiya jalb qilish bo'yicha jahon mamlakatlari ichida 4-o'rinda (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiyadan keyin), Yel mamlakatlari ichida esa 5-o'rinni egallaganligi uning ulkan salohiyatli davlat ekanligidan dalolat beradi[3]. Evropani Afrika qit'asi bilan bog'lovchi hududda joylashgan Ispaniya Qirolligi nafaqat jug'rofiy qulayligi, balki iqtisodiy salohiyati, savdo va sayyohlik sohalaridagi imkoniyatlari jihatdan ham jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Darhaqiqat, davlati Ispaniya qirolligi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yilda o'rnatdi[4].

Ikki davlat hamkorlik aloqlari dastlabki yillarda biroz sust rivojlandi, shunga qaramay mamlakatimizda 50 ga yaqin kichik va orta hamkor korxonalar faoliyati yo'lga qo'yildi.

Hozirgi paytda mamlakatimiz Ispaniyaga paxta tolasi, gazlama, kalava ip eksport qilsa, u yurtdan elektronika va mexanika asbob - uskunalari, dori-darmon, qora metallar, tezyurar poezd, plastmassa, keramika mahsulotlari sotib oladi[5]. Mamlakatimizda O'zbekiston va Ispaniya ishbilarmonlari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikka asoslangan 1990-yil sentabrda "Mediz" zavodi hissadorlik korxonasi maqomida ro'yxatga olindi. 1991-yil oktabrida esa o'z faoliyatini boshladi. "Mediz" korxonasi bir marta ishlatiladigan shiprislar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 1992-1995 yillar mobaynida korxona 1221,0 million so'mlik 293 million dona va 1996 yilning oxirigacha 66,4 million so'mlik 35,1 million dona shiprist ishlab chiqaradi. U zamonaviy texnika va texnologiya, Ispaniyada o'qigan, malakasi oshirilgan mutaxasislar bilan ta'minlangan. Qo'shma korxona shipristlar ishlab chiqarish bo'yicha faqat O'zbekistondagina emas,balki butun Markaziy Osiyoda yagonadir[6].

1995-yilda Navoiy viloyatida Ispaniyaning "Nevokat" S. L. firmasi bilan hamkorlikda "Qizilqumtsement" ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi o'zbek -ispan qo'shma korxonasi ham tashkil etilgan[7].

Ispaniyaning yana bir firmasi "Industrial Texnologika Laynteks Veterani S. A. " 1995 yili Toshkentda o'z vakolatxonasini ochdi[8]. Shuningdek, firma Samarqanddagi to'qimachilik fabrikasiga sarmoya kiritdi. "Buxoro viloyatida suv ta'minotini yaxshilash" loyihasini amalga oshirish haqidagi hukumat qarorini hayotga tadbiq etishga ham ispaniyalik ishbilarmonlar bilan oqilona hamkorlik yo'lga qo'yildi. Ispaniyaning "Sosete jenral" hamda Asaka banklari o'rtasida 2002 yil 28 avgustidan 8,7 mln. yevro mablag' ajratilgan loyiha ish boshladi. Bu loyiha Buxoro viloyati "Suvoqava" boshqarmasi tomonidan shu sohadagi islohotlarga ko'maklashish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari Ispaniyaning "Degremon Medio Ambente S. A. " kompaniyasi bilan suv nasoslari va suv taqsimlash hamda laboratoriya o'quv moslamalari yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolangan edi[9].

Bundan tashqari O'zbekistonda "Texkominvest" (savdo), "Maxam Central Asia" (kimyo sanoati), "Balkan Eksport Import Asia" ( qurilish materiallari ishlab chiqarish), "Maxam Uzbekistan" ( kimyo sanoati ) kabi qator

O'zbekiston - Ispaniya qo'shma korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. iTashqi iqtisodiy aloqlar, investitsiyalar va savdo vazirligida Ispaniyaning "Preparado Alimenticios" (oziq - ovqat sanoati), "Atlas Consorcio" (muqobil energiya texnologiyalari) singari yirik kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o'tib faoliyat yuritmoqda[10].

Mamlakatimiz Ispaniya bilan nafaqat iqtisodiy, balki ilm-fan sohasida ham salmoqli aloqalarni yo'lga qo'ygan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti Madrid Avtonom va Barselona Avtonom universitetlari o'rtasida hamda elektronika instituti Ispaniyaning Alikante shahri universiteti va Madriddagi Komplutense universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan[11].

Ikki davlatlar o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini 1999 yildan Toshkent irrigatsiya va meloratsiya instituti bilan Kataloniya politexnika universiteti o'rtasidagi hamkorlik aloqalarida ko'rish mumkin. Bu aloqalar tobora rivojlanib bormoqda[12]. Ayniqsa, O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetining ispan tili fakulteti tomonlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishida muhim omil bo'lmoqda. Ispaniyaning Madrid, Granada, Alkala de Enares va Malaga universitetlarning salohiyatli professor - o'qituvchilari O'zDJTUda samarali tarzda faoliyat ko'rsatishmoqda. Shu bilan birga ikki mamlakat madaniyati va ta'lim tizimini qiyosiy o'rganish borasida darslik hamda turli adabiyotlarni ayriboshlashga kelishib olingan. Chunonchi, 1998 yili mamlakatimizda ispan tili va madantiyati markazi tashkil qilindi[13].

Madaniy aloqalarning rivojlanishi ikki davlat o'ratsidagi do'stlik aloqlarini yanada mustahkamlaydi. 2CCC-yilda yilda "Klavixo-Amir Temur" Ispaniya-O'zbekiston do'stlik uyushmasi tuzilgan. Mazkur uyushma bilan hamkorlikda 2CC4 yili Toshkent va Samarqand shaharlarida Amir Temur davlati bilan Ispaniya Qirolligi o'rtasida diplomatiya munosabatlari o'rnatilganining 600 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi, Barselonada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur "Boburnoma" asari ispan tilida nashr qilindi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ispaniya hamda O'zbekiston mamlakatlari asrlar davomida dunyo hamjamiyatini qiziqtirib kelgan. Davlatlar o'rtasidagi teng sheriklik asosidagi hamkorlik har ikkala tomon uchun istiqbol eshiklarini ochmoqda va umumiy istiqbolli taraqqiyot uchun omil bo'lib xizmat qilaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

[1]. МИД РУз // Сел и задачи внешнеполитического курса Узбекистана. http: // www. mfa. uz

[2]. МИД РУз // Сотрудничество Республики Узбекистан со странами Европы. http: // www. mfa. uz

[3]. Аникеева H. E. Испания в конце ХХ - начале XXI века // Новая и новейшая история. - Москва, 2006. - № 2. - С. 70-83.

[4]. Qadimiy do'stlikning yangi qirralari // Xalq so'zi. 2003 yil. 30 yanvar.

[5]. Qadimiy do'stlikning yangi qirralari // Xalq so'zi. 2003 yil. - 30 yanvar.

[6]. Узбекистан худудлари мустакиллик йилларида. /[Муаллифлар гурухи О. О. Олимжонов (рахбар) ва бошкалар. ]- Т.; "Шарк", 1996. 127 бет

[7].Уз МДА. Фонд - м -37, руйхат - 1, жилд - 1169.

[8]. Qit'alar tutashgan mamlakat // Ishonch. 2003 yil. 5 fevral.

[9]. МИД РУз // Сотрудничество Республики Узбекистан со странами Европы. Узбекско-испанские отношения. Сотрудничество в торгово-экономической сфере. http: // www. mfa. uz.

[10]. Islom Karimovning Madriddagi muzokaralari // Xalq so'zi. 2009 yil. 28 may.

[11]. O'sha joyda.

[12]. Islom Karimovning Madriddagi muzokaralari // Xalq so'zi. 2009. 28 may.

[13]. Qit'alar tutashgan mamlakat // Ishonch. 2003 yil. 5 fevral.

[14]. https://yuz. uz/uz/news/madridning-komplutense-universiteti-hududida-buyuk-ajdodimiz-muhammad-xorazmiy-haykali-ornatildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.