Научная статья на тему 'O’zbekiston haykaltaroshlik san’atida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish'

O’zbekiston haykaltaroshlik san’atida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
713
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
haykaltaroshlik / badiiy qiyofa / monumental haykaltaroshlik / falsafiy mazmun / ijtimoiy taraqqiyot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O’Tkir Qudratovich Asrorov

Mazkur maqolada Oʻzbekiston haykaltaroshlik sanʼatida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish, haykalning ramziy-falsafiy yechimi, Oʻzbekistonning eng qadimgi haykaltaroshlik sanʼati namunalari, Navoiy va Jomiyga bagʻishlangan haykaltaroshlikning monument turi, haykaltaroshlik sanʼatida yaratilgan Sohibqironning badiiy qiyofasi haqida batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekiston haykaltaroshlik san’atida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish»

O'zbekiston haykaltaroshlik san'atida ajdodlarimiz qiyofasini

aks ettirish

O'tkir Qudratovich Asrorov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston haykaltaroshlik san'atida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish, haykalning ramziy-falsafiy yechimi, O'zbekistonning eng qadimgi haykaltaroshlik san'ati namunalari, Navoiy va Jomiyga bag'ishlangan haykaltaroshlikning monument turi, haykaltaroshlik san'atida yaratilgan Sohibqironning badiiy qiyofasi haqida batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: haykaltaroshlik, badiiy qiyofa, monumental haykaltaroshlik, falsafiy mazmun, ijtimoiy taraqqiyot

Reflecting the image of our ancestors in the sculptural art of

Uzbekistan

Utkir Kudratovich Asrorov National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article describes in detail the image of our ancestors in the sculptural art of Uzbekistan, the symbolic-philosophical solution of the statue, the oldest examples of the sculptural art of Uzbekistan, the monument type of sculpture dedicated to Navoi and Jami, the artistic image of the Master created in the sculptural art.

Keywords: sculpture, artistic image, monumental sculpture, philosophical content, social development

Kirish:

Haykalning ramziy-falsafiy yechimi: tinchlik va osoyishtalik, adolat va bunyodkorlik timsolini ifodalaydi. Shuningdek, buyuk shaxs siymosiga ramziy vosita o'laroq yangi mustaqil jamiyat qudratli ajdodlarning ruhiy madadi ostida taraqqiy etishini aks ettiradi. Bundan tashqari obrazning boshqa falsafiy mohiyati ham mavjud. Binobarin, Sohibqironning badiiy qiyofasi - mustabidchilik davrida tashviq etilgan nohaq qarashlarga barham beruvchi ifodaviy yo'sinda gavdalantirildi. Uning uahbu qiyofasida sobiq tuzum davridagi hamma sun'iy qarashlarni ildizi bilan inkor qiluvchi badiiy ifodaviylik mujassamlashgan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

XX asrning birinchi choragida tasviriy san'atning rangtasvir, grafika turlarining rivoji Samarqandda va Toshkentda yashagan bir qancha rus millatiga doir rassomlarning ijodi bilan bog'liq bo'lgan edi. Sababi bu davrda Rossiyada Oktyabr to'ntarishi yuz bergan va bir qancha rus rassomlari O'zbekistonga kelib o'z ijodiy faoliyatlarini boshlashgan, hamda mahalliy yoshlarga bu san'at sirlarini o'rgatishga harakat qilgan edilar. Haykaltaroshlik san'ati ham keyinchalik ushbu ko'rinishda rivojlandi deyish mumkin.

Navoiy va Jomiyga bag'ishlangan ushbu asar haykaltaroshlikning monument turiga kiradi. U sun'iy toshdan o'yib ishlangan va Samarqandda o'rnatilgan. Asarda mualliflar ustoz va shogird obrazini yaratganlar. Unda ustoz va shogird obrazi shunchaki tasvirlanibgina qolmasdan, ular orqali o'zbek va tojik xalqlarining tarixiy do'stligi ramziy tarzda talqin etiladi. Bunga haykaltaroshlar ikki kishi qomatining pastki qismini o'zaro tutashib ketgandek tarzda tasvirlash yordamida erishganlar.

XX asrning ikkinchi yarmida A.Ivanov, F.Grishchenko kabi haykaltaroshlar ijodi mahalliy yoshlar - M.Musaboyev, H.Husniddinxo'jayev, J.Quttimurodov kabi ijodkorlar bilan hamohang tarzda takomillashdi. 1993- yil avgustida davlatimiz poytaxtining markazida buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda Muhammad Tarag'ay Bahodir Amir Temurning mahobatli otliq haykali o'rnatildi. Realistik uslubda ishlangan ushbu monumentda kuchli plastik harakatlar ko'zga tashlanadi.

Amir Temurning jo'shqin ichki hissiyoti otning bir oz badiiylashtirilgan ko'rinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini yanada mukammallashtirdi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan boyitilgan. Temurning bu otliq haykali ikki metli tagkursiga o'rnatilgan bo'lib, unga "Kuch adolatdadir" hikmati bitilgan. Yodgorlik ochilishiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zlagan Prezident Islom Karimov bunday degan edi: "Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo'yoq bilan o'chirildi, unutishga mahkum qilindi. Maqsad-xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g'urur tuyg'usini o'chirish, uni qaramlikka, tobelikka ko'ndirish edi. Ammo o'zbek xalqi o'z ajdodlarini, o'z bahodirlarini unutmadi, doimo yuragida, qalb to'rida saqladi."

Natijalar:

Amir Temur haykalining qad rostlashi o'zbek xalqining g'ururiga g'urur qo'shdi, uning jahon ahli oldidagi ma'naviy mavqeini yanada yuksaltirdi, o'tmishi kabi kelajagi ham buyuk millat ekanini namoyon qildi. Ilhom Jabborov sohibqiron siymosini badiiy gavdalantirish uchun mashaqqatli va katta ijodiy yo'lni bosib o'tdi. "Samarqand ko'chalarini kezib, tarixiy obidalariga mahliyo bo'lib, yuragim tog'day yuksalib, yurganimda go'yo shahar bo'ylab ulug' bobomizning ruhi parvoz qilib yurganday tuyulgan edi, - deb eslaydi haykaltarosh.

Buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlarini respublika miqyosida tantana qilish, Mustaqillikning o'ziga xos tomoni sifatida yaxshi an'anaga aylanib qolgan va shu

o'rinda yana bir chiroyli g'oyani yurishimiz mumkin: Tarixiy xotira-xalq ma'naviyatining asosidir. Ana shu buyuk asosda, ma'naviy mulkimiz uchun butun hayotini Vatan ozodligi, xalq baxt-saodatiga baxshida etgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi turadi. Mazkur dovyurak vatan himoyachisi xotirasini abadiylashtirish niyatida ham 1998-yilda yana bir hukumat qarori qabul qilindi.

Ravshan Mirtojievning mayda plastik san'at borasida erishgan tajribalari o'z navbatida mahobatli haykallar yaratish mobaynida samarali xizmat qiladi. 1993-yili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish munosabati bilan Andijon shahri markaziga Ravshan Mirtojiev tomonidan yaratilgan Bobur monumenti o'rnatildi. Ushbu asar Boburning ichki tug'yonlari timsolida yuzaga kelgan o'ziga xos kompozitsion qurilma, obraziga ulug'vorlik baxsh etish bilan birga haykaltaroshning shoirga bo'lgan hurmat-ehtiromi yanglig', tomoshabinda katta taassurot uyg'otadi.

Muhokama:

Ma'lumki, Ravshan Mirtojiev tomonidan yaratilgan yodgorliklar orasida, qatag'on yillarini qurbonlari Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho'lpon obrazlari ham alohida o'rin egallaydi. Abdulla Qodiriyning og'ir qismatini xotirlash va abadiylashtirish maqsadida uning yodgorlik qiyofasini yaratish borasida 1994- yilda o'tkazilgan tanlovda Ravshan Mirtojiev o'z loyihasi bilan ishtirok etdi. Ushbu tanlov haykaltarosh uchun omad keldi. Abdulla Qodiriy xotirasiga bag'ishlab yodgorlik yaratilishdek sharafli va mas'uliyatli vazifa haykaltaroshga ishonib topshirildi.

Ko'p izlanishlardan keyin haykaltarosh ajoyib kompozitsiya yaratdi. Haykaltarosh o'z hissiyotlarini sun'iy toshga yo'nish bilan dastlabki ma'noli fikrlari bekami-ko'st yodgorlikka muhrladi. Muallifning bu monumenti uning romantik dunyosini falsafiy mushohadalarga boyligini isbotlovchi guvoh sifatida Abdulla Qodiriy nomli istirohat bog'ida qad rostladi. Mustaqilligimizning ezgu intilishlarini teranroq ifodalash, yoshlarimizning ma'naviy olamini ezgu fikrlar yordamida rivojlantirish niyatida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2005 yil mustaqillik maydonida Ezgulik arkasi bunyod qilinib, Baxtiyor ona haykali qo'yildi.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Mustaqillik va ezgulik - ajdodlardan meros qadriyatlarimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazish mas'uliyatini anglaydi. Mustaqillik va ezgulik monumenti xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ulug' tarixiga sadoqati, doimo yorug' manzilga umid va ishonch bilan intilishi, mustahkam irodasi va yuksak ma'naviy ruhi sharafiga qo'yilgan nodir va o'lmas obidadir. Amir Temurning dabdabali ko'rinishida shaxsiyatga xos xususiyatlar ochib berilgan. Kompozitsion tuzilishiga ko'ra, O'zbekiston davlat mustaqilligiga ramziy ma'no kasb qiluvchi zafarona qiyofada gavdalantirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oripov B. Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi. -T.: «Ilm Ziyo», 2006.

2. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -T., «Ilm-Ziyo», 2006.

3. Boymetov B.B., Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -T., «G'afur G'ulom», 2004.

4. Qodirxo'jayev P. Badiiy bezak san'ati. -T., «lqtisod-moliya, 2007.

5. Bulatov S., Mansurov O'. Milliy me'morchilikda amaliy san'at falsafasi. Toshkent, 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.