Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON DOIRA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH TARIXI'

O‘ZBEKISTON DOIRA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekiston musiqa madaniyati / milliy zarbli cholg‘ular / kasbiy musiqa ijrochiligi / Yevropa cholg‘ulari / urma zarbli cholg‘ular / Usta Olim Komilov

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Temur Muratbayevich Aytakov

Mazkur maqolada yurtimiz doira san’atining tarixiy taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda ushbu san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan mashhur sozandalar haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON DOIRA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH TARIXI»

O'ZBEKISTON DOIRA SAN'ATINING VUJUDGA KELISHI VA

SHAKLLANISH TARIXI

Temur Muratbayevich Aytakov Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada yurtimiz doira san'atining tarixiy taraqqiyotiga bog'liq bo'lgan qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda ushbu san'atning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan mashhur sozandalar haqida ham to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston musiqa madaniyati, milliy zarbli cholg'ular, kasbiy musiqa ijrochiligi, Yevropa cholg'ulari, urma zarbli cholg'ular, Usta Olim Komilov

HISTORY OF EMERGENCE AND FORMATION OF UZBEKISTAN

CIRCULAR ART

Temur Muratbayevich Aytakov Karakalpakstan State University named after Berdak

Abstract: This article provides interesting information related to the historical development of circle art in our country. It is also discussed about the famous musicians who made a great contribution to the development of this art today.

Keywords: musical culture of Uzbekistan, national percussion instruments, professional music performance, European instruments, percussion instruments, Usta Olim Komilov

Kirish. Hozirgi zamon O'zbekiston musiqa madaniyati o'ta murakkab jarayon sifatida gavdalanadi. Uning serqatlam bisotidan o'zbek milliy zarbli cholg'ulari uchun yaratilgan musiqasi alohida o'rin tutadi. Qadim-qadimlardan yetib kelgan bu san'at, XX asr mobaynida tubdan o'zgara boshladi, yangi izlanishlar bilan boyitildi, yangi ijrochilik yo'nalishlarining vujudga kelishiga asos soldi. Eslatish joizki, XX asr boshlarida O'zbekiston musiqa madaniyatida muhim tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Milliy an'analariga tayangan og'zaki kasbiy musiqa ijrochiligi bilan bir qatorda nota yozuviga asoslangan kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshlandi. 1938-yilda O'zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida nota bilan ijro etiladigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tuzildi. Bu jamoaning repertuarini tuzish va kengaytirish maqsadida ko'pgina O'zbekiston kompozitorlari nota yozuvi ko'rinishidagi musiqa yaratishni boshladilar. Ushbu asarlarda o'zbek milliy zarbli cholg'ular - doira, nog'ora, safoil va boshqalar bilan bir qatorda Yevropa urma zarbli cholg'ular -

litavra, tarelka, treugolnik, kichik baraban, katta baraban, ksilofon, marimba, vibrafon, kolokolchik kabi cholg'ular partituraga kiritiladigan bo'ldi. Bu tajriba hozirgi vaqtgacha ham davom etmoqda. Ya'ni, urma zarbli cholg'ular tarkibida o'zbek milliy va Yevropa cholg'ulari birgalikda ishtirok etilishi albatta ko'zda tutilgan. Ularning birlashishi mantiqiy mohiyati shundan iboratki, o'zbek urma va zarbli cholg'ular kuylarga milliy tus baxshida etsada, Yevropa cholg'ular erkin fakturaviy va gomofon-garmonik tafakkurini kashf etishga xizmat qilmoqda.

O'zbekistonimizda yashayotgan har qaysi inson, avvalo, o'sib kelayotgan yosh avlod o'zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug' ajdodlarimizning merosini chuqurroq o'zlashtirishi, bugungi tez o'zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o'zgarishlarga daxldorlik tuyg'usi bilan yashashi zamon talabidur. Bu olijanob maqsad ga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi. O'zbekistonda san'atning har bir turi va uning ustasi, mavqei, o'z yo'li bo'lganidek, eng ommalashgan san'at turi doiradastlik ham alohida odinga ega. O'tmishda yashab ijod qilgan ulug' ajdodlarimizning ilmiy-ma'naviy meroslaridan yoshlarni keng bahramand qilib borish, ilg'or fikr va qarashlarni bugungi kunda tadim-tarbiyaga bogdash natijasida yaxshi samaraga erishish mumkin. Bu borada musiqaning nazariy asoslari, uning tarbiyaviy ahamiyati xususida Sharqning buyuk shoir faylasufi Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, musiqa nazariyotchisi Darvesh ali Changiylarning musiqiy meroslari musiqiy - estetik tarbiya muammolarini hal etishda noyob manbaa bodib xizmat qiladi. Shuningdek, Doira va urma zarbli cholg'ularning ham bu borada o'z o'rni bor. Markaziy Osiyo xalqlari musiqa madaniyatining sarchashmalari uzoq odmishdan boshlanadi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdayoq Markaziy Osiyo xalqlari hayotida musiqa va raqs san'ati alohida ahamiyat kasb etgan. Markaziy Osiyo va ayrim Sharq xalqlari ko'hna musiqa madaniyatining o'ziga xos belgilaridan biri - ommaviy xalq qo'shiqlari va cholg'u kuylari bilan bir qatorda, an'anaviy hisoblangan og'zaki uslubdagi musiqa san'ati vujudga keldi va rivojlandi. So'nggi yillarda musiqiy cholg'ularni o'rganishga bo'lgan qiziqish nafaqat bizning Respublikamiz, balki chet davlatlarda ham sezilarli darajada ortdi. Ushbu yo'nalish bugungi kunda zamonaviy san'atshunoslik ilmi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda odkazilayotgan «Sharq taronalari», 2018-yilda ilk bor o'tkazilgan «Maqom», 2019-yilda o'tkazilgan I «Xalqaro baxshichilik» festivallari fikrimizni dalillaydi. Musiqiy cholg'ular ma'naviy madaniyat bilan uzviy bog'liq bo'lib, jamiyat rivojining ma'lum bosqichida shakllangan estetik didni ham aniqlaydi. Shuningdek, musiqiy cholg'ular va ularning madaniy yodgorliklardagi tasvirlari o'tmish davr hayotidan dalolat beruvchi haqiqiy va yagona ma'lumot manbai hisoblanadi. O'rta Osiyo hududida Parfiya, So'g'diyona, Baqtriya, Xorazm kabi turli davlatlarning vujudga kelganligi bizga tarixdan ma'lum. IX-X asrlarda Eron va Afg'oniston davlatlari hududi Buxoro

xonligining erlari bo'lgan. XII asrda Xorazm hukumronligi shimoliy Hindistongacha bodgan juda katta hududni egallagan edi; XIV asrda mo'g'ul imperiyasi vayronalarida Temurning buyuk saltanati yuzaga keldi va Samarqand uning markazi bodgan. Markaziy Osiyo yerlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida olingan ma'lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi zamonlarda doira ijrosiga, asosan, ayollar jo'r bo'lgan. Ularning doira usullariga mos qo'shiq aytishi va raqsga tushishi o'sha davrlarda shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Hozirgi kunda ham Samarqand, Farg'ona, Buxoro, Namangan va boshqa bir qator viloyatlarda doira ayollar ijrochiligidagi asosiy cholg'ulardan hisoblanadi. Ayniqsa, Farg'ona vohasining shahar va qishloqlarida faqat doira jo'rligida qo'shiq aytadigan, raqsga tushadigan ko'pgina xalq dastalari tuzilgan. Ular turli an'anaviy marosimlar bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarda: Yor-yorlar, odanlar, laparlar, yallalar hamda zamonaviy qo'shiq va raqslarni ijro etadilar. Bunday turdagi xalq dastalarining ijrochilik san'ati kun sayin ko'plab muxlislarning e'tiborini qozonmoqda.

Ma'lumki, doira va barcha zarbli cholg'ular ijrochiligi vujudga kelishi va ravnaqi jarayonida Markaziy Osiyo miqyosida har bir vohada o'ziga xos mahalliy ijrochilik uslublari shakllangan. Bu uslublarda har bir vohaning o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyat kasb etuvchi tomonlari hamon o'z mohiyatini saqlab kelmoqda. Bularga Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg'ona-Toshkent doira ijrochiligini misol qilib keltirish mumkin. Yuqorida aytib o'tilganidek, Xorazm doirachilik maktabi o'z ijrochilik uslubi va usullarining tarkib topishi jihatidan O'zbekistonning boshqa vohalaridagi doira ijrochiligi uslublaridan farq qiladi. Shu bilan birga, Xorazmda ikki xil - katta va kichik doira cholg'usi mavjud, asosan jo'r boduvchi soz sifatida qo'llaniladi. Bu vohada doira ijrochiligining yakkanavozlik uslubi uncha rivoj topmagan. Xorazmda doira mo'tadil qizdiriladi va shu tufayli o'zgacha tembrga ega tovush hosil qiladi. Bizdagi bor musiqiy manbalardan kuzatishimizcha, qadimdan barcha vohalar musiqa dastalarining ijrochilik faoliyatida doira doim ishtirok etgan. Odatda, bir doirani ishlatish keng ommalashgan, lekin ba'zi hollarda ikki, uch doira ham ishlatilganligi ma'lum. Biroq hamma ma'lumotlarda doira yakkanavozligi haqida so'z yuritilmagan. Bu hoi XX asrning dastlabki davriga ham taalluqlidir. O'zbek musiqa ijrochiligida usullarni turkumiy ijro etish, ularni turlab tarannum etish, azal-azaldan karnayda namoyon bo'lgan. Doiraning yakkanavoz soz sifatida shakllanishi jarayonida esa, karnay, surnay va nog'ora ijrochiligidagi an'ana zamin vazifasini o'tagan. Usullarni ko'proq nog'orada ijro etishni esa vaziyat taqozo etgan. XIX asr oxirlari, XX asr boshlarida xalq orasida amalda bo'lgan usullarni mohir ustoz Usta Olim Kornilov asta-sekin yig'ib borgan. Har bir usullarni yig'ish bilan birga bir-biriga mutanosiblarini qo'shib, turkum qilib chalishni odat qilgan. Zamona zayli bilan, o'zbek raqs san'ati amaliyoti boshlanadi. Yakka raqsni doira usullari negizida ijro etish yo'nalishi paydo bo'ladi. Bu esa

usullarning harakatlar yordamida jonlanishi, doiraning yakkanavoz sifatida shakllanishi uchun katta imkoniyat edi. Usta Olim Kornilov xalq usullarining eng saralarini yig'ib, bir qator asarlar (doira usullari turkumlarini) yaratdi. Azal-azaldan hofiz-xonandalar, ashulachilar oddiygina doiradan, diametri ham unchalik katta bo'lmagan (30-35 santimetrli) cholg'u asbobidan foydalanganlar. Bu doiralar sodda, yengil, ashulachi ijrosida usul berish uchun qulay va mos bo'lgan. Keyinchalik doira cholg'ulari alohida ijro etish uchun moslangan. Doiralar karnay, surnay va nog'orachilar ansambli tarkibida ijro etilgan. Uning ijro mezonida o'zgacha talablar -ochiq havoda zarbi kuchli va baland ovozli karnay, surnaylarga mos ovoz lozim bo'lgan. Shu sababdan doiralarning gardishlari kattaroq ishlangan. Sababi, gardish qancha keng bo'lsa, tebranuvchi jism amplitudasi ham shunchalik keng bo'ladi. U paytlardagi doiralar udi gardishli (diametri 43-45 sm), halqalari nisbatan oz bodgan. Shunga mos yengil, «Zili-bom» sadoli boigan. «Zili-bom» iborasi ustoz san'atkorlar orasida tarqalgan ibora bo'lib, doira va surnay sozlariga nisbatan ishlatilgan. Odatda doiralar qizdirilmagan, unga qoplanadigan terilar shunga moslab ishlangan. Shu bois uni «Zili-bom» deb yuritishgan. Har qanday doiraga urilgan zarb juda salobatli va vazmin sadoli yangragan. Ammo doira cholg'usining butun ijroviy xususiyatlari yakkanavozlikda, raqsga jo'r bo'lish jarayonida namoyon boladi. Doira yakkanavozligining tarkib topishida raqs san'atining ta'siri katta, raqslarda bo'lgan harakat, joziba, lutf, imo-ishora kabi xalqimizga xos go'zal an'analarni doira usullarida to'la ifodalash bilan bogdiqdir. Shu bilan birga, bu holat doira ijrochisi uchun xilma-xil, rang-barang usullar majmuasini tuzish, ularni mohirona ijro etish bilan chegaralanmay, an'anaviy raqs san'ati sirlarini ham tushunishni, his qilishni talab etadi. Ohang va vazn jihatlaridan tarkib topgan xilma-xil murakkab raqslar majmuasidan shakllangan asarlarda bir usuldan ikkinchi usulga odishning tabiiy va mantiqan asoslangan yodini topish doira ijrochisining mahoratiga bogdiq. Bundan tashqari, yangi raqslarni (doira jo'rligida) yaratish, ularni o'zlashtirish, sahnalashtirish kabi bir qator tadbirlarda doirachi ham g'oyat muhim rol o'ynaydi. Chunki, raqsni erkin rivojlantirishning asosiy mezonlaridan biri usullar majmuasidir.

Biz keltirgan misollar doira ijrochilik an'analarining hayotiyligi va zamonaviy ruhda rivojlanib, yangidan yangi janr va shakllarni vujudga keltirishi mumkinligini, o'zbek musiqa san'atida doiraning tutgan salmoqli o'rnini ko'rsatadi. Doiradan taralgan sadolar tinglovchilarni o'ziga jalb etib, ularda badiiy va estetik qiziqish uyg'otishi shubhasizdir. O'zbek doirasining ommalashishi xalq orasida o'z eshituvchilarini topishiga birinchi poydevor qo'ygan inson O'zbekiston xalq artisti Usta Olim Komilovdir. Xalq san'atkorlari orasida mashhur sozandalardan biri, umrining yarim asrga yaqin davrini xalq san'atini o'rganish va rivojlantirishga bag'ishlagan. Milliy cholg'ulardan u chang va doira sozlarini juda yaxshi o'zlashtirgan edi. Doira cholg'u ijrochiligini mukammal darajaga olib chiqib, cholg'u

uchun yangi-yangi asarlar yaratgan. An'anaga sodiq qolgan holda ustozlik tizimini yo'lga qo'ygan, shu bilan birga o'zbek musiqasidagi boy va rang-barang raqs usullarini to'plashda o'zining ulkan hissasini qo'shgan. Usta Olim Komilovning Doira ijro uslubi raqs terma usullariga asoslangan bo'lib o'zbek raqs san'atining butun dunyoga targ'ibotiga katta hissa qo'shgan. Raqs usul termalarining yig'indisi «Qo'sh qars III-»da jam bo'lgan. «Qo'sh qars» 48tadan ortiq raqs terma usullarni o'z ichiga olgan bo'lib, u usullar: «qo'sh qars», «yakka qars», «oqsatma», «gul o'yin» kabi o'z nomlariga ega. Ushbu usullar asosida «Qo'qoncha», «Burulcha», «Tantana», «Katta o'yin» va yana bir nechta terma usullar darsliklari yaratildi.

Xulosa. Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, doira ijrochiligi o'zbek musiqa san'atining ajralmas bir qismidir. Hozirda o'zbek doirachilik maktabining bir nechta uslubiy yollari maktab darajasida davom etib kelmoqda. Raqs terma usullari esa, murakkab usullardan tashqari yana qochirimli va yovvoyi qochirimli yo'nalishlar ham rivojlanib bormoqda. Shuning sabab musiqa ta'sirchan kuchga ega bo'lib, tarbiya vositasi, inson ruhiyatiga hayotbaxsh kuch bera oladigan jon ozig'i bo'lib, u kishilarning zavqlanishi, maroqli dam olishi, taskin topishi, fikrlashi, falsafiy mushohada qilishi uchun yordam vazifasini o'taydi. Demak, musiqa faqat badiiy ijod, san'at turi bo'lib qolmasdan, balki ma'naviy madaniyatning muhim bir qismi sifatida ham o'rganilishi lozim. Musiqa madaniyatimizda sof ma'nodagi muallim-ustozning o'zi, ayni paytda u ham murabbiy, ham sozandalik san'atini o'zida mujassamlashtirgan chin ma'nodagi Ustoz hisoblanadi. Shu tufayli o'rgatish jarayonining o'ziga xos siru asrorini bilmay turib, bu an'ananing xususiyatlarini todaligicha anglab ololmaymiz. Yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish, dunyoviy ilmlar bilan puxta qurollantirish, baodob va xushaxloq, kamtarin va shirin so'z, didli va farosatli, madaniyatli va har tomonlama barkamol kishilar qilib tarbiyalash bugungi kunda davlat ahamiyatiga molik masala darajasiga ko'tarildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Роль музыки в воспитании нравственной и эстетической культуры детей Chop qilingan Учёный XX^Ka международный научный журнал 2020 г июль №7(66) Scope Academic House LTD //49-54ст http: www.uch21vek.com 49-54

2. ANCIENT MUSIK ART ACADEMICIA An International Multidisciplinariy Research Journal Google Scholar Vol.10 Issue 7, july2020 Impact Factor: SJIF 2020=7.13 DUI: 105958/2249-7137.2020.00860.5 ISSN: 2249-7137 DUI: 105958/2249-7137.2020.00860.5 ISSN: 2249-7137 //82-87

3. Особенности реализации образовательной программы по обучению игре на фортепиано в условиях дистационного образования Образование и наука в

XXIBeKe международный научно-образовательный электронный журнал 2021 г 30 апрель №13(том 2)

4. Alisher Navoi Literary heritage in the view of text students For rublication of paper entitled European Scholar journal (ESJ) Available Online at: https: // www. Scholarzest.com Vol, 2 no 4, April 2021 Impact Factor: 7,235 ISSN (E): 2660-5562 DUI: 105958/2249-7137.2020.00860.5 ISSN: 2249-7137 240-242 p

5. The importance of the cognitive influence of music in the development of creative thinking of students and students as well as they do it ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal FAKTORI: 7.58 Vol. 11 , I ssue 10, Octob er 2 021/ https://saarj.com 2260-2264

6. The importance of using integrated methods in teaching music Eurasian journal of Academic research Volume 2Issue 5, may2022 ISSN 2181-2022 uzhttps://doi.org/10.5281/zenodo.6589935 738- 740

7. The uniqueness of the art of music and its role in human life Saarj Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR) ISSN: 2319-1422 Vol. 11, Issue 1, January 2022 SJIF 2021= 7.58 A peer reviewed journal DOI: 10.5958/23191422.2022.00001.7 9-11

8. THE ART OF MUSIC AND ITS ROLE IN HUMAN LIFE Chop qilingan SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR) FAKTORI: 7.58 Google Scholar Vol. 12, 01/2022 Impact Factor: 82-87

9. Хрзирги замон мусика назарияси, шарк мутафаккирларининг илмий мусикий карашлари Uzbek Writers Part-IIMoncheri RomanceAsia. Africa. Europe Noel Lorenz House of Fiction eadquarters - Kolkata, West Bengal, India 154A, KCG 2022 year, Road, Kolkata - 700050 www.noellorenz.com 16-26

10. Педагогическая технология музыкального воспитания и исполнительства International journal of advanced research in education, technology and management Multidisciplinary, open Access, Peer-Reviewed journal of India 2022 12/ISSN:2349-0012 scilkasi://http://ijaretm.com/index.php/ij/article/view/33 334-318

11. RHYTHMIC SKILLS OF BLIND AND PARTIALLY SIGHTED CHILDREN FORMATION METHODS. INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (2023)., 3(3), 195-198.

12. Повышение качества профессиональной подготовки будущих педагогов Педагогическое образование: традиции, инновации, поиски, перспективы Материалы VIII-Международной очно-заочной научно-практической конференции Шадринск 01.12.2018года СБОРНИК СТАТЬЕЙ W.W.W. MADRID. UN. UA 147-150 с.т.

13. Музыкатерапия как средство подготовки к обучению Педагогическое образование: традиции, инновации, поиски, перспективы Материалы VIII-

Международной очно-заочной научно-практической конференции Шадринск 01.12.2018года СБОРНИК СТАТЬЕЙ W.W.W.MADRID.UN.UA 150-152 с.т.

14. Вокальная подготовка будущего актёра музыкального театра Chop qilingan «Инновационные технологии организации обучения в техническом вузе» Международная научно-методическая конференция 2018 1-2 ноябрь г Пенза Сборник материал конференции 171-175 ст

15. Использование педагогических технологий в музыкальном образование Chop qilingan Сборник статей Международного наукого методического семинара 2018 4-февраля 150-152 с.т.176 Воспитание подготовки учителя Баспадан шыккан Сборник статей Международного наукого методического семинара 2018 4-февраля 147-150 с.т.

16. Педагогические условия развития творческой личности Педагогическое образование: традиции, инновации, поиски, перспективы Материалы X-Международной научно-практической конференции Шадринск 05.02.2020года 209-212ст

17. Musiqa mashg'ulotlariga bugungi kun talabi va yangi O'zbekistonning rivojlanish istiqbollari "Muzika korkem onerinde atqanwshiliq qabiletin rawajlandiriwdin aktual maseleleri: dastûriylik ham zamanagoylik" atamasindagi Respublika ilimiy - ameliy konferenciyasi Ozbekstan mamleketlik Konservatoriyasi Nokis filialinm 1-jilligina bagishlangan Nokis 2022 10-may 100-103 b.b.

18. Hamza Hakimzoda Niyoziy - ijodkor va mahoratli o'zbek pedagogi "Qo'qon adabiy muhiti va uchinchi renessans" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 2022-yil 28-may 307-311 b.b.

19. Muzikani oqitiw metodikasi (Oqiw qollanba qaraqalpaq tilinde) 2020 yil O'zbekiston Respublikasi oily va o'rta ta'lim vazirligining 30 iyundagi 359-sonli buyrug'I bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi litsenziyasi bilan chop qilishga ruxsat berildi va 2020 yil chop qilindi Tashkent "Tafakkur avlodi", 2020.188 238b

20. Muzika oqitiwdin innovaciyaliq pedagogikaliq texnologiyalari (magistrlar ushin oqiw qollanba) Tashkent.: «Tafakkur avlodi», 2022. - 112 bet. UDK: 373/167. 1.78 KBK 74.268.5. Kolemi 7,0 b.t.

21. Notalastiriw ham kompyuter dastunerinde islew (darslik) Bosmadan chiqqan Tashkent.: «Tafakkur avlodi», 2022. - 100 bet. UDK: 821.512.(075.8) КВК: 28.07ya73 A 58 Kolemi 5,5 b.t. ISBN 978-9943-8637-9-8 5,0 b.t.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.