Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON BRAND FINANCE MILLIY BRENDLAR INDEKSIDA: DINAMIKA, MUAMMO VA IMKONIYATLAR'

OʻZBEKISTON BRAND FINANCE MILLIY BRENDLAR INDEKSIDA: DINAMIKA, MUAMMO VA IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
67
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
milliy brend / brending / reyting / indeks / brend kuchi / brend qiymati / Oʻzbekiston reytingi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Achilova Nargiza Baxtiyorovna

Ushbu maqolada milliy brending tushunchasi, milliy brendlarini baholash mezonlari, xalqaro milliy brendlar reytinglari National Brand Index va Brand Finance indekslari, ularni shakllantiruvchi determinantlar koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistonning Brand Finance xalqaro milliy brendlar reytingidagi oʻrni va ijobiy oʻzgarishlar dinamikasi oʻrganilgan, mamlakat milliy brendini takomillashtirish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON BRAND FINANCE MILLIY BRENDLAR INDEKSIDA: DINAMIKA, MUAMMO VA IMKONIYATLAR»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON BRAND FINANCE MILLIY BRENDLAR INDEKSIDA: DINAMIKA,

MUAMMO VA IMKONIYATLAR Achilova Nargiza Baxtiyorovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10142320

Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy brending tushunchasi, milliy brendlarini baholash mezonlari, xalqaro milliy brendlar reytinglari - National Brand Index va Brand Finance indekslari, ularni shakllantiruvchi determinantlar ko'rib chiqilgan. O'zbekistonning Brand Finance xalqaro milliy brendlar reytingidagi o'rni va ijobiy o 'zgarishlar dinamikasi o'rganilgan, mamlakat milliy brendini takomillashtirish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: milliy brend, brending, reyting, indeks, brend kuchi, brend qiymati, O'zbekiston reytingi.

Kirish

Bugungi kunda jahon bozorlarining globallashuvi, informatsion va ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, mamlakatlar milliy brendlarining shakllanishi va targ'ib etilishi yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarildi, bu esa kontseptual jihatdan yangicha yondashuvni talab etmoqda. Milliy brendlarni baholash marketing va siyosiy tadqiqotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Milliy brending - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, texnik va boshqa manfaatlarga erishish maqsadida mamlakat imidjini shakllantirish, targ'ib qilish, monitoring qilish va tartibga solishning kommunikatsiya texnologiyasi bo'lib, mamlakat brendining qiymatini va uning samaradorligini muntazam ravishda baholab borish zarur.

Milliy brendining samaradorligini baholash milliy brendlarning ko'p qirraliligi hamda ularning geografik (tabiat, iqlim, landshaft va boshqalar), siyosiy (davlatning siyosiy tuzilishi, qonunchiligi, jahon siyosatidagi roli va boshqalar), iqtisodiy (iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi, yalpi ichki mahsulot dinamikasi, investitsion jozibadorlik, eksport va boshqalar), madaniy (tarix, an'analar, urf-odatlar, fuqarolarning mentaliteti, sport va boshqalar), ijtimoiy (aholi turmush darajasi va farovonligi, ta'lim, jinoyatchilik va boshqalar), va kommunikatsion (ommaviy axborot vositalarida mamlakatning eslatilish darajasi va xarakteri) kabi omillar bilan o'lchishi singari xususiyatlaridan kelib chiqadigan murakkab jarayon hisoblanadi. [1] Shuning uchun milliy brendning samaradorligini aniqlash jahon reyting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi, ular milliy brending samaradorligini ob'ektiv baholash uchun "yumshoq kuch" va mamlakatlar obro'sini, shuningdek, turli xil statistik ko'rsatkichlarni baholovchi brendlarning ixtisoslashtirilgan reytinglarini ishlab chiqganlar.

Asosiy qism.

Mamlakatlar milliy brendlarini baholovchi eng mashhur reyting - S. Anholt tomonidan ishlab chiqilgan va har yili aniqlanadigan Milliy Brendlar Indeksidir bo'lib, reytingda quyida keltirilgan 6 ta mintaqadagi eng kuchli milliy brendlarga ega 60 ta mamlakat brendlari baholanadi: Shimoliy Amerika, G'arbiy Yevropa, Markaziy/Sharqiy Yevropa , Osiyo-Tinch okeani , Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq/Afrika. [2]

Anholt Ipsos Nation Brands Index (Anholt Ipsos milliy brendlar indeksi)ning ahamitli jihati shundaki, unda keng qamrovli ma'lumotlar to'plamini ( "Brandig Hexagon" ga kiruvchi 6ta omil: eksport, davlat boshqaruvi, turizm, investitsiya va immigratsiya, madaniyat va meros hamda aholi [3]) tahlil qilish orqali mamlakatlarning ma'lum vaqt oralig'ida dunyo va strategik

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

bozorlardagi o'rni baholanishi bois bu jihat reytingni jahon miqyosida mamlakat obro'sini boshqarishning eng samarali vositalaridan biri sifatida tavsiflaydi. Ammo muhim kamchiligi shundaki, reyting cheklangan miqdordagi mamlakatlarni baholaydi, baholash jarayoni sub'ektiv xarakterga ega va insonlarning reytingdagi barcha mamlakatlardan turlicha xabardorlik darajasini hisobga olmaydi, bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari reytingga kiritilmagan. Shu sababli bu reyting yordamida O'zbekiston brendini baholashning iloji yo'q.

Milliy brendlarni baholashning keyingi keng tarqalgan indeksi Future Brand Bloom Consulting agentligi tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatlarning milliy brendlari qiymatini baholovchi Brand Finance reytingi bo'lib, u quyidagi parametrlar asosida ishlab chiqiladi: YaIM, investitsion va turistik jozibadorlik, siyosat va savdo qoidalari, ijtimoiy omillar va boshqalar. [4] Milliy brendlar reytingini hisoblashda ularning pul ifodasidagi qiymati, brendning barqarorligi va rivojlanish salohiyati, iqtisodiy, demografik va siyosiy omillar, jumladan, investitsion ko'rsatkichlar, turistik jozibadorlik, o'rganilayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish dinamikasi, ishlab chiqarish hajmi, milliy tovar va xizmatlar iste'moli va eksporti, inson kapitali va boshqa parametrlar hisobga olinadi. [5]

2-jadval.

2020-2022 yillar uchun Milliy brendlar reytingining qiyosiy jadvali.

Bir mamlakat Mamlakatlar reytingi va brend qiymati (trillion dollar)

2022 2021 yil 2020

AQSH 1-chi / 26,472 1-chi / 24.81 1-chi /23,7 (-14,5%)

Xitoy 2-chi / 21,528 A ' 2-chi / 19.85 2--chi / 18,8 (-3,7%)

Germaniya T 3-chi/ 4,504 4-chi/ 4.33 4-chi /3,8 (-21,5%)

Yaponiya | 4-chi/ 4,284 3-chi/ 4.42 3-chi / 4,3 (-6%)

Buyuk Britaniya 5-chi/ 4.115 5-chi/ 3.72 5-chi / 3,3 (-13,9%)

Fransiya 6-chi/ 3.152 6-chi/ 2.97 6-chi / 2,7 (-12,8%)

Hindiston 7-chi/ 2.595 7-chi/2.18 7-chi /2 (-20,8%)

Kanada 8-chi/ 2.238 8-chi/2.14 8-chi /1,9 (-13%)

Italiya 9-chi/ 2.155 9 -chi / 1.98 9-chi / 1,8 (-15,8%)

Janubiy Koreya 10-chi /1911 yil 10-chi /1,71 10-chi /e 1,7 (-20,6%)

Rossiya [24-chi / 642 (-18%) ^6-chi /786 (-5,1%) 14-chi / 828 (-14%)

O'zbekiston 62-chi | 62-chi |61-o'rin (2019-yilda 70-o'rin)

Manba: https://brandirectory.com/rankings/nation-brands/2022/table Kirish sanasi:

18.04.2023.

2-jadvaldagi statistik ko'rsatkichlardan ko'rinib turibdiki, garchi, 2020 yil COVID - 19 pandemiyasi tufayli barcha mamlakatlar uchun og'ir kechgan, biroq ba'zi mamlakatlar ko'proq, ba'zilari esa kamroq darajada zarar ko'rgan bo'lsada, mamlakatlarning reytingdagi o'rni oxirgi uch yil ichida deyarli bir xil darajada saqlanib qolgan. Faqatgina O'zbekiston milliy brendi qiymati 2019-yildagi 70-o'rindan 2020-yilda 61-o'ringa ko'tarilgan, 2021-yilda esa bir pog'onaga pasaygan1.

Umuman olganda, Top-100 Milliy brendlarning umumiy qiymati 7 foizga oshib, 2022 yilda 97,2 trln. Dollarga teng bo'lgan [6]. AQSh milliy brendi barqaror ravishda birinchi o'rinni egallab, dunyodagi eng qimmat brend sanaladi, uning hissasiga jahon brendlari umumiy

1 Ayrim mamlakatlar, jumladan O'zbekistonning milliy brendi qiymati haqidagi ma'lumotlar yopiq

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

qiymatining asosiy ulushi (27% dan ortiq) to'g'ri keladi. Xitoy muntazam 2-o'rinni egallab, bu milliy brend qiymati dunyodagi brendlar umumiy qiymatining 22% dan ortig'ini tashkil qiladi. Ta'kidlash joizki, ushbu ikki davlat milliy brendlarining umumiy qiymati o'rganilayotgan reytingdagi qolgan 98 davlat brendlarining umumiy qiymatiga teng bo'lib, AQSHning rivojlangan yetakchi davlat ekanligini va Xitoy iqtisodiyotining tez o'sish sur'atlari va iqtisodiy rivojlanish ko'lami tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda, bu ko'rsatgich ushbu davlat brendlarining "kuchi" bo'yicha muayyan xulosalar chiqarish imkonini beradi.

2022 yilda milliy brend qiymatining eng katta pasayishi Rossiyada qayd etilgan. Rossiyaning milliy brendi 2021 yilga nisbatan 8 pog'onaga, 2020 yilga nisbatan 10 pog'onaga tushib, 144 million dollar qiymatini yo'qotdi, bu holat Rossiya-Ukraina mojarosining kuchayishi va Rossiya qo'shinlarining Ukraina hududiga bostirib kirishi bilan izohlanadi. Jahon hamjamiyati tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan ko'plab keng ko'lamli iqtisodiy sanksiyalar mamlakatning COVID-19 pandemiyasi tufayli allaqachon darz yegan tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini yanayam yomonlashtirdi. Shunday qilib, agar pandemiya boshlanishidan oldin, 2019 yilda Rossiya milliy brendi 960 milliard dollarga baholangan bo'lsa, 2022 yilda uning qiymati uchdan biriga tushib, 642 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, Ukraina ham harbiy mojarodan jabr ko'rdi: 2022 yilda mamlakat brendi 22 milliardni yo'qotdi va umumiy reytingda 4 pog'onaga tushib 59-o'rinni egalladi (2021 yilda 55-o'rinda), biroq, shu bilan birga, mamlakat jahonda o'zining "qabul qilinishi"ni yaxshiladi, jahon mamlakatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanib, brendning "kuchini" sezilarli darajada oshirdi.

O'zbekiston milliy brendi, 2021-yildagi kabi, Marokash (61-o'rin) va Dominikan Respublikasi (63-o'rin) o'rtasida 62-o'rinda joylashib, qo'shni Turkmanistondan (82-o'rin) sezilarli darajada oldinda, biroq qo'shni Qozog'istondan bir qancha pozitsiya ortda (51-o'rin) joylashdi (afsuski, mamlakatimiz brendining qiymati haqidagi ma'lumotlarni ochiq manbalarda topish imkoni bo'lmadi). Bunda, mamlakatimiz rahbariyati va vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va imidj kampaniyalarining ijobiy o'rni borligini alohida ta'kidlash lozim. Jumladan, 2022- yilda Samarqandda eng yuqori darajadagi tadbirlar, jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo'lib o'tdi, shu munosabat bilan shaharda "Silk" xalqaro turizm markazi barpo etildi. Silk Road Samarkand, O'zbekiston iqtisodiy forumi, Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari sammiti va "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" konferenciyasi doirasida: "Global Gateway" xalqaro konferensiyasi, shuningdek, "Inson huquqlari bo'yicha ta'lim" global forumi o'tkazildi. Mamlakatimiz turizmi va iqtisodiy ahvoliga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan yana bir muhim voqea Samarqand shahridagi xalqaro aeroportda yangi terminalning foydalanishga topshirilishidir. Alohida ta'kidlash joizki, mamlakatimiz milliy brendini yuksaltirish davlat rahbarining xalqaro maydondagi faol siyosiy pozitsiyasi va shaxsiy brendi bilan ham bog'liq bo'lib, 2022-yilda BMT Bosh Assambleyasi Prezidentimizning yana bir muhim tashabbusini qo'llab-quvvatladi . O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyaev -O'zbekiston tomonidan dunyoning 40 ta davlati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash to'g'risidagi maxsus qaror bir ovozdan ma'qullandi; davlatimiz rahbari har yili The Muslim-500 reytingi tomonidan tuziladigan "500 ta eng nufuzli musulmonlar" ro'yxatiga birinchi marta kiritildi. [7].

Ijtimoiy sohada hamda ta'lim tizimida ham sifat o'zgarishlari amalga oshirildi. Jumladan, maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO hamkorligida 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida mamlakatimizning maktabgacha ta'limni rivojlantirish modelini namoyish etish, ilg'or g'oyalar va tajriba almashish imkonini beruvchi, har 10 yilda bir marta o'tkaziladigan Erta

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

yoshdagi bolalar ta'limi va tarbiyasiga bag'ishlangan Ikkinchi Butunjahon konferensiyasi o'tkazildiJ8]

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilda aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish nazarda tutiuvchi "O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida "gi Farmonni imzolanndi, "Inson - jamiyat - davlat", "Yangi O'zbekiston - ijtimoiy davlat" tamoyillariga asoslangan referendum o'tkazilda va umumxalq muhokamasi asosida yangilangan Konstitutsiya qabul qilindi; elektron pochta, meningkonstitutsiyam.uz onlayn platformasi , telegram bot va qo'ng'iroq markazi orqali jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish va fuqarolar tashabbuslarini inobatga olish uchun maxsus resurslar ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 8-sentabrdagi 216-son qarori bilan Respublika Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi, uning asosiy vazifasi sanoatning alohida sohalari va tarmoqlarini isloh qilish, byurokratik to'siqlarni yuzaga keltiruvchi tizimli muammolarni aniqlash va boshqalar bo'yicha mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda takliflar ishlab chiqishdan iborat. [9].

Shuningdek, mamlakatda kambag'allikka barham berish tashabbusi ilgari surildi, buning natijasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki, OPEK jamg'armasi va BMTTDning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan 2026 yil oxiriga qadar mamlakatda kambag'allikni 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Mamlakatimizning madaniy yo'nalishdagi mavqeini oshirish haqida gap ketar ekan, bu borada Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining qo'shgan hissasini alohida ta'kidlash lozim. O'zbekiston o'z tarixida birinchi marta YUNESKOning madaniy meros sohasidagi nufuzli boshqaruv organiga saylandi. 2022-yil noyabr oyida "O'zbekiston vohalarining jozibadorligi. Karvon yo'llari chorrahasida" («Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей») 59-Venetsiya zamonaviy san'at biennalesida O'zbekiston Milliy paviloni Dixit Algorizmi - The Garden of Knowledge ko'rgazmasini taqdim etdi, bundan tashqari, jamg'arma ko'magida ham mamlakatimiz va xorijda ko'plab ko'rgazmalar tashkil etildi .

Innovatsiyalar sohasidagi ijobiy o'zgarishlarni qayd etmaslikning iloji yo'q. Jumladan, 2022 yilda O'zbekiston innovatsion rivojlanish bo'yicha The Global Innovation Index jahon reytingida 82-o'rinni egallab, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi bo'ldi. Bundan tashqari, O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida sun'iy intellekt bo'yicha O'zbekiston Milliy strategiyasini shakllantirish borasida takliflar ishlab chiqish bo'yicha Maslahat kengashi, axborotni saqlash bo'yicha yagona markaz tashkil etildi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida "Elektron hukumat" da ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi qurildi [10].

Sport olamida ham ko'plab yutuqlaga erishildi, sportchilarimiz tomonidan turli xalqaro musobaqalar - kurash, taekvondo, dzyudo, shaxmat, qilichbozlik musobaqalarida oltin, kumush va bronza medallar qo'lga kiritildi.[11]

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi barcha chora-tadbirlar O'zbekiston milliy brendi reytingiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, buni Brand Finance reytingi 2022 yil natijalari tasdiqlaydi. Shu bilan bir qatorda reyting natijalari va mamlakatimizning unda egallab turgan o'rni (62-o'rin) hali ham ko'plab kamchiliklar va muammolar mavjudligidan dalolat bermoqdaki, ularni bartaraf talab etiladi.

Jumladan:

- korrupsiyaga qarshi kurash. 2022-yilda korruptsiyadan ko'rilgan jami zarar 1 trillion 12 milliard so'mni tashkil etgib, O'zbekiston korrupsiya indeksida 180 mamlakatdan 126-o'rinni

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

egalladi [12]. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi jiddiy choralar ko'rilayotgani va qonunchilik mas'uliyati kuchaytirilayotganiga qaramay, bu hali ham keng tarqalgan muammo bo'lib, tadbirkorlikdan tortib huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta'limgacha bo'lgan ko'plab faoliyat sohalarini qamrab olgan va bu ham fuqarolar, ham davlat (mamlakat iqtisodiyoti) uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda, hukumatga bo'lgan ishonchni pasaytirmoqdai, investorlar ko'zida mamlakat jozabadorligini so'ndirmoqda va mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro'siga salbiy ta'sir qilmoqda.

- Oliy Majlis, parlament, qonunchilik, sud-huquq institutlarining mustaqil faoliyatini ta'minlash va mustahkamlash zarur;

- iqtisodiyotda davlat aralashuvini kamaytirishga, ayrim kompaniyalar monopoliyasiga qarshi kurashishga, erkin raqobatni ta'minlashga, kichik va o'rta biznes faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, biznesdagi byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga, tadbirkorlik faoliyatini yaxshilashga, soliq tizimi (shu jumladan, soliq yuklarini kamaytirish) va moliyaviy-iqtisodiy operatsiyalar, xususan, dalat xaridlari bilan bog'liq operatsiyalarning shaffofligini ta'minlashga (bu erda hali ham shaffof bo'lmagan tenderlarning alohida holatlari mavjud) qaratilgan tarkibiy islohotlarni amalga oshirish zarur. Bunday islohotlar nafaqat korruptsion sxemalar ehtimolini kamaytirishga yordam beradi, balki yashirin iqtisodiyot ko'lamini ochiqlik tomon qisqartiradi, shuningdek, potentsial investorlarning ishonchini oshiradi.

- qonunchilik bazasini, xususan, sug'urta, bank, iqtisodiy, investisiya va boshqa qonun hujjatlarini takomillashtirish zarur. Sug'urta to'lovlari, bank kreditlari olish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shaffoflik, "alohida" tadbirkorlar manfaatlarini ko'zlab qonunlar qabul qilish va hokazolar yuzasidan ko'plab savollar va shubhalar tug'ilmoqda.

- haqiqiy so'z erkinligini ta'minlash zarur. 2022-yilda O'zbekiston "Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro nohukumat tashkiloti reytingida (Reporters sans frontières, RSF) 180 davlat orasida 133-o'rinni egalladi. Jahon matbuot erkinligi indeksiga ko'ra 13] mamlakatning pozitsiyasi 2021 yilga nisbatan 24 pog'onaga yaxshilangan bo'lsa-da (157-o'rin), bu reyting metodologiyasining2 o'zgarishidan ko'ra, ko'proq siyosiy yengilliklar bilan bog'liq deb e'tirof etilmoqda.

- aholi turmush sifatini yaxshilash darkor. Bu mamlakatning ijtimoiy jozibadorligining eng muhim mezoni bo'lsishi bilan bir qatorda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hamdir. O'zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasini yaxshilash borasida muayyan islohotlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, bu muammoning ko'lami ancha keng. Avvalo, aholining boy va kambag'al qatlamlari o'rtasidagi keskin ijtimoiy tabaqalanish mavjudligini ta'kidlab o'tish joiz, bu hol ayniqsa poytaxtda yaqqol ko'ga tashlanadi (ba'zi shaxslarning kunlik xarajatlari boshqalarning oylik daromadlaridan oshib ketadi) va buning natijasida yuzaga keluvchi barcha salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. O'zbekistonda eng kam va o'rtacha ish haqi miqdori rivojlangan mamlakatlardagidan ancha past (rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilda eng kam ish haqi 822 ming so'mni , o'rtacha ish haqi esa 3 892 400 so'm = 346,75 AQSh dollarini tashkil etgan3, aholining 33,6 foizi esa 1 million so'mdan kam maosh olgan ) bo'lib, ko'p odamlar uchun nafaqat jamg'armalar, balki minimal yashash xarajatlari uchun ham mablag' yetishmaydi, bu esa aholining

2Reyting metodologiyasiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, matbuot erkinligi "jurnalistlar uchun ham shaxslar, ham siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy jamoalar aralashuvlardan mustaqil ravishda, ularning jismoniy va ruhiy xavfsizligiga tahdid solmasdan, jamiyat manfaatlarini ko'zlab ma'lumotlarni tanlash, ishlab chiqarish va tarqatishning samarali imkoniyati" deb ta'riflanadi. "

3 Markaziy bankning 2022-yil 31-dekabrdagi amaldagi kursi bo'yicha, https://www.goldenpages.uz/zarplata/

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

turmush darajasidan qoniqish hissini pasaytiradi va chet elda ishlash, yashash va o'qish istagini kuchaytiradi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda O'zbekistondan xorijiy davlatlarga ishlash uchun rasman chiqib ketgan migrantlar soni 2 million 346 ming kishini tashkil qilgan [14]. Migrantlarning asosiy oqimi Rossiya Federatsiyasiga to'g'ri keladi, Rossiya Federatsiyasiga o'zbekistonlik migrantlar soni 40 foizga oshib (Ukraina bilan urush sababli 2022 yilda mehnat migrantlarining Rossiyadan keskin chiqib ketishiga qaramay), yetakchi o'rinni egalladi va 2022 yilda 1,45 million kishini tashkil etdi, keyingi qatorlarda Qozog'iston, Turkiya, Janubiy Koreyaga migratsiya oqimi kuchliligini kuzatish mumkin. [15] Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari Amerika Qo'shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Green Card lotereyasida o'yinchilar orasida 2 million kishi bilan ro'yxating 1-pog'onasida turishibdi. [ 16] Bu esa, o'z navbatida, mamlakatimiz aholisining hayot darajasi va turmush tarzi bilan bog'liq muammolarning qanchalik chuqur ekanini, buning negizida vujudga kelayotgan jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy muammolar borligini ko'rsatadigan juda ayanchli faktdir.

- mamlakatimiz raqobatbardoshligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan kuchli mahalliy brendlarni yaratish orqali eksportni rag'batlantirish zarur. Ushbu yo'nalishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni qo'llab-quvvatlash agentligi tomonidan milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashqi savdo siyosatining institutsional asoslarini yaratish bo'yicha tizimli, maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalliy tovar va xizmatlar brendlarini xorijda targ'ib qilish kampaniyasini boshladi, «Made in Uzbekistan» tez orada ijobiy sifat va miqdoriy natijalarni ko'rsatishi kerak, deb hisoblamiz.

- O'zbekistonning kuchli milliy brendini shakllantirish va uni jahon miqyosida targ'ib qilish imkoniyatlari juda istiqbolli, buni xalqaro baholash agentliklari reytingidagi ijobiy tendensiyalar ham tasdiqlaydi. Amalga oshirilayotgan keng ko'lamli demokratik islohotlar bu yo'nalishda kuchli turtki bo'ladi. Professor D.Ahmedov ta'kidlaganidek , "Yangi O'zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi murakkab geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda hamda o'tgan bosqichlar natijalarini batafsil tahlil qilgan holda xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini o'zgartirish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishdan iborat bo'lgan islohotlarni jadallashtiradi". [17]

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, mamlakatimizning ijobiy imidjini targ'ib qilish, uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va milliy brendining "kuchini" oshirish uchun mamlakatimizda milliy brendning mustahkamligini ta'minlash zarur. Asosiy maqsadi - mamlakatimizda, shahar va viloyatlarda, shuningdek, butun mamlakatda faoliyat yuritayotgan korxonalar, mahalliy fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan O'zbekiston milliy brendini takomillashtirish va targ'ib qilish bo'yicha kompleks strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish darkor.

REFERENCES

1. Anholt Simon. 2005. Competitive Identity: The New Brand Management for Nations, Cities and Regions.

2. https://www.ipsos.com/sites/default/files/ct/news/documents/2020-10/nbi_2020-press_release_-2020-10-27-v1_russia-rus_0. Pdf

3. https://internationalinvestment.biz/business/3061-chto-takoe-brend-strany-rejting-vsekh-stran-po-nacionalnomu-brendingu-2022. Html

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

4. https://www. rbc. ru/economics/13/11/2020/5fae96529a79472463b84b46

5. https://topreytings.ru/top- 100-natsional-nykh-brendov/

6. http://global-finances. ru/top-nation-brands-2022

7. https://themuslim500. com/top-50-2022/

8. https://themag. uz/post/agrippina-shin

9. https://themag. uz/post/uzbekistan-2022-podvodim-itogi-uhodjashhego-goda

10. https://themag. uz/post/uzbekistan-lider-ca-v-rejtinge-global-innovation

11. https://themag.uz/post/uzbekistan-2022-podvodim-itogi-uhodjashhego-goda

12. https://repost. uz/askar-valiev-o-korrupcii

13. https://rsf. org/en/index? year=2022. Дата обращения 9 мая 2023г.

14. https://kun. uz/ru/news/2022/12/14/soobshcheno-o-kolichestve-migrantov-iz-uzbekistana-naxodyashchixsya-za-rubejom

15. https://daryo.uz/ru/2023/04/28/v-rossii-uvelicilos-cislo-migrantov-iz-uzbekistana

16. https://asiaplustj. info/ru/news/centralasia/20220602/uzbekistan-okazalsya-na-vtorom-meste-v-mire-po-kolichestvu-vidannih-viz-po-grin-kart

17. Д.Ахмедов. «Made in Uzbekistan»: как продвигать национальный бренд. Народное слово. 25 Марта 2022г. https://xs.uz/ru/post/made-in-uzbekistan-kak-prodvigat-natsionalnyj-brend

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.