Научная статья на тему 'O’ZBEK ZAMONAVIY DIZAYNERLARINING MODA OLAMIDA IJODIY FAOLIYATLARI'

O’ZBEK ZAMONAVIY DIZAYNERLARINING MODA OLAMIDA IJODIY FAOLIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
37
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Moda / uslub / atelye mod / dizayn / nafis / kolleksiya. / Мода / стиль / ателье мод / дизайн / элегантность / коллекция.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Ortiqova Komila Akmal Qizi

Maqolada O’zbek moda olami, milliy kiyimlari tarixi, sharqona go’zallik va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga harakat qilayotgan istedodli dizaynerlarning ijodlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ УЗБЕКСКИХ ДИЗАЙНЕРОВ В МИРЕ МОДЫ

В статье рассматривается мир узбекской моды, национальной одежды, истории, восточной красоты, а также творения талантливых дизайнеров, которые пытаются познакомить мир с редким наследием нашего народа.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK ZAMONAVIY DIZAYNERLARINING MODA OLAMIDA IJODIY FAOLIYATLARI»

O'ZBEK ZAMONAVIY DIZAYNERLARINING MODA OLAMIDA IJODIY

FAOLIYATLARI Ortiqova Komila Akmal qizi

Toshkentdagi Kimyo Xalqaro universiteti Liboslar dizayni ta'lim yo'nalishi 3- bosqich

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8380394

Annotatsiya: Maqolada O'zbek moda olami, milliy kiyimlari tarixi, sharqona go'zallik va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga harakat qilayotgan istedodli dizaynerlarning ijodlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Moda, uslub, atelye mod, dizayn, nafis, kolleksiya.

ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ УЗБЕКСКИХ ДИЗАЙНЕРОВ В МИРЕ МОДЫ

Аннотация: В статье рассматривается мир узбекской моды, национальной одежды, истории, восточной красоты, а также творения талантливых дизайнеров, которые пытаются познакомить мир с редким наследием нашего народа.

Ключевые слова: Мода, стиль, ателье мод, дизайн, элегантность, коллекция.

CREATIVE ACTIVITIES OF MODERN UZBEK DESIGNERS IN THE WORLD

OF FASHION

Abstract: The article examines the world of Uzbek fashion, national clothing, history, oriental beauty, as well as the creations of talented designers who are trying to introduce the world to the rare heritage of our people.

Keywords: Fashion, style, fashion studio, design, elegance, collection.

KIRISH

O'zbek modasi deganda, ko'z o'ngimizga - nafislik, kamtarlik, olijanoblik, sharqona joziba keladi. Milliy va zamonaviy liboslarga, yorqin milliy matolarimiz sharqona go'zallik bagishlaydi. Ular baxmal, xon - atlas, adras, ipak, shoyi, tafta, beqasam va boshqa matolarning o'rni beqiyosdir. Ayniqsa, qimmatbaho toshlardan yasalgan ajoyib zargarlik buyimlari: tillaqosh, zebigardon, bilaguzuklar ham liboslarga o'zgacha ko'rk bagishlaydi. Bosh kiyimlari turli do'ppilar, sharf -ro'mollar va chakmon, chopo'n, mahsi - kavushlar sharqona obrazni to'liq namoyon etadi.

Turli vaqtlarda, tarixiy o'zgarishlar va moda tendensiyalariga rioya qilgan holda, o'zbek ayollarining qiyofasi o'zgarib bordi. Ayniqsa XX-XXI asrda uslublar o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega bo'ldi. O'zbek ayollarining kiyimlari tez fursatda zamonaviylashib o'zgarib bormoqda. Ammo o'zbek modasining asosiy hususiyati o'zgarmas bo'lib qolaveradi. Asrlar davomida faqat sharqona go'zallikga xos bo'lgan jozibali tasvirlarni yaratib bergan ajoyib o'zbek matolari, milliy zargarlik buyumlariga bo'lgan sodiqlik hamisha saqlanib qoladi. Albatta O'zbekiston mustaqillikga erishgach, unitilayozgan qadimgi milliy an'analarimizni, qadriyatlarimizni tiklashga imkon tugildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek milliy kiyimlari xalqimiz tarixi bilan uzviy bogliq bo'lib, moddiy manaviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o'ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Vatanimizning xar bir viloyat, shahar, tumanlari orasida ham matolar ranglari, aksesuarlari, hattoki matolarga badiiy bezak - kashta, zardo'zlik va boshqa bezaklarning uslublariyam turli tumandir. Milliy matolarimiz, badiiy bezaklari bilan zamonaviy talqinda liboslar yaratib kelayotgan, istedodli dizaynerlarimiz moda olamiga o'z xissalarini qo'shib kelmoqdalar. Ular: "

Azukar Moreno" brendi asoschisi Kamola Rustamova, "Anor" brendi asoschisi Dilnoza Umrzakova, Hilola Sher, Muslima Mahkamova, Dildora Kasimova, Nigora Xoshimova, "Kanishka" brendi asoschisi Aleksey Manshaev, Saida Amir, Madina Kasimbaeva va Lali Fazilovalar judayam yorqin ijod qilmoqdalar. O'zbek dizaynerlari har yili betakror kolleksiyalar yaratib, xalqimizga taqdim qilishmoqda. Bu go'zal liboslar nafaqat O'zbekiston, balki jahon podiumlarida ham namoish qilinib kelinmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Azukar Moreno

Kamola Rustamova - "Azukar Moreno" brendi asoschisi. Kamola 1982- yili tugilgan. Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, Dizayn fakulteti talabasi bo'lgan. U talabalik chogidayoq 2000- yili dizayner sifatida "The Ilkhom Theater of Mark Weil" modalar haftaligida dizayner sifatida debyut qilgan. Uchinchi kursligida Ispaniyaga ko'chib o'tib Sevilya moda maktabida tahsil olishni boshlagan. Istedodli ijodkor yosh bo'lishiga qaramay bir qator tanlovlarda ishtirok etib bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritadi. 2006- yili "Andalusiyaning eng yaxshi yosh dizayneri" nominatsiyasida golib bo'lgan. 2012- yili " Madridning eng yaxshi dizayneri" nomi nominatsiyasida golib bo'lgan. Kamola Rustamova o'zbek milliy matolarini zamonaviy talqinda dunyoga tanitayotgan dizayner hisoblanadi. U birqancha moda uylari bilan hamkorliklar qilgan. Ulardan Victorio & Lucchino, Purificacio'n García-Carolina Herrera, Max Mara, Inditex va yana bir qanchalarini misol qilish mumkin. 2019-yilning 25-26 noyabr kunlari Markaziy Osiyo madaniyati an'analari va o'ziga xosligini targib qilish maqsadida Malaysiyadagi " Mandarin Oriental" mehmonxonasida " Central Asia Designers Gala" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Bu ko'rgazmada Kamola Rustamova, poyabzal dizayneri, premium brend asoschisi, moda sanoati yulduzlarining biri Jimmy Choo taklifiga binoan ishtirok etib, o'zining "Muñeca" (qo'girchoq) kolleksiyasini taqdim etadi. Dizayner Kamola Rustamova Berlin, Barselona, Madrid va Sevilyadagi xalqaro moda ko'rgazmalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. U o'zining kolleksiyalarida o'zbek milliy matolaridan "Atlas" va "Adras"ni zamonaviy uslublarda qo'llab, dunyo miqyosida ommaga tanitmoqda. O'zbek moda olamining rivoji, yuksak cho'qqiga ko'tarilishi maqsadida o'z xissasini qo'shmoqda.

Dildora Kasimova

Mashhur dizayner Dildora Kasimova "DK" brendi asoschisi bo'lib, u yoshligidan nafis an'anaviy matolar, bezaklar yaratish va tikuvchilik sirlariga qiziqishi baland edi. Ko'p vaqtini onasi ishlaydigan to'qimachilik fabrikasida o'tkazardi va qiziqishlari yanada kuchaydi. Dildora o'z kasbini tanlashda puxta yondashgan, shuning uchun uning orqasida uchta ixtisoslashgan dizayn maktabi bor: Yengil sanoat kasb- hunar kolleji, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn imstituti va Parij xalqaro modellashtirish va dizayn akademiyasidir. Dildoraning ilk kolleksiyasi namoyishi 2006-yili "Дом Стиля" ning mavsumiy shousi doirasida bo'lib o'tdi va u o'zining "Tong siri - Секрет рассвета" nomli birinchi to'plamini taqdim etdi. Moda ko'rgazmasidagi muallifning muvaffaqiyati dizayner uchun moda olamiga tramplin bo'ldi. Ushandan beri Dildora Kasimova har yili Uzbekistan Fashion Week Style.uz doirasida o'z kolleksiyalarini taqdim etib keladi. Dildora Kasimova o'z ijodiy ishlari bilan Italiya, Qozogiston, Koreya, Rossiya va boshqa davlatlarda ham qatnashadi. Moda olami xorijiy ekspertlari brend maxsulotlari bilan tanishib ularga yuqori baho berishdi. Dildora Kasimova brendining har bir to'plamida: sharqona nafislik seziladi. Dildora Kasimova an'anaviy xalq amaliy san'atining ommabopligini oshirishga harakat qilmoqda. Maxsulotlar detallari turli xalq amaliy san'ati usullaridan: zardo'zlik, so'zane, kashtachilik, o'ymakorlik, qimmatbaho toshlar va mayda

munchoqlardan foydalanilgan holda bezatilgan. Markaziy Osiyoning ko'plab estrada yulduzlari, shuningdek Saudiya Arabistoni malikasi Maha Al - Sudari, dizayner Ulyana. Sergeenka va boshqalar Dildora Kasimova brendini takrorlanmas nafis maxsulotlariga yuksak baho berishdi. Dildora Kasimova har bir libosga individual yondashadi va u: - "Men odamlarning tashqi ko'rinishi ham, qalbi kabi noyob o'zgacha bo'lishini xohlayman" - deydi.

Lali

Serqirra ijodkor dizayner Lali Fazilova - Toshkent To'qimachilik va yengil sanoat institutining, tikuvchilik buyumlarini modellashtirish va dizayn mutahasisligini tamomlagan. 2005 - yilda "Yaponiya professional menejmenti" dasturini tugalladi. Keyinchalik London moda kolleji va ARD8NT Milan instituti o'quv kurslari ishtirokchisi bo'lib, sertifikatlarni qo'lga kiritdi. "Vilnyus" Modellar uyida va "Olmata" moda uylarida amaliyot o'tadi.

Lali o'zining birinchi atelyesini 90- yillarning o'rtalarida ochgan. 2011 yilga kelib, bu atelye mashhur "Lali" modalar uyiga aylandi. O'z brendini patentlab, mahalliy moda sanoatida katta vaznga ega bo'lgan. 2009- yilning oktabr oyida Lali Toshkentdagi Style.uz. Fashion Week 2009 doirasida Couture liniyasining birinchi kolleksiyasini taqdim etdi. Keyingi yillar kolleksiyalari ketma- ket 3 yil Toshkentdagi moda haftaligi laureati unvoni bilan taqdirlandi. 2014 yilgi kolleksiyasi O'zbekiston pudiumiga chiqgandan so'ng, shu yilning may oyida Turkiyadagi xalqaro podiumda ham ishtirok etdi. Hatto 2014- yilda noyabr oyida Yaponiyada ham shousini o'tkazadi. 2015 yilgi liboslar to'plami Qozogiston podiumlarida namoyish etildi. Yana 2015- yil Monte Karlo moda haftaliklarida ishtirok etdi. 2016- yillardan beri Lali brendi Mercedes Benz Almati moda haftaligining doimiy ishtirokchisiga aylandi.

Lali-O'zbek brendining falsafasi, jahon moda tendensiyalari va Sharqning ko'p qirrali estetikasi sintezini izlashga asoslangan. Lali mahsulotlari murakkab dizayni, ko'p qatlamli kompozitsiya, nozik ranglarning kombinatsiyasi va an' anaviy mato bilan ajralib turadi. Lali brendi mahsulotlari - muallifning qo'lda tikilgan kashta va applikatsiyalari bilan bezatilgan, mato va dizaynlar brend ustalari tomonidan qadimiy technologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqilgan.

Lali mahsulotlarini uch yo'nalishda ishlab chiqaradi.

Birinchi Lali asosiy liniyasi:

Ko'proq kuturye va badiiy yondashuvda, moda va sharqona an'analar sintezining yangi shakllarini izlashga qaratilgan bo'lib, nodir matolarning an' anaviy technologiyalaridan foydalanib ijod qiladi.

Ikkinchi "Lali Mood" liniyasi:

O'zbekistonda birinchilardan bo'lib, pret-a- porter uslubida tayyor kiyimlarni ishlab chiqaradi.

Uchinchi" Lali Home" liniyasi:

Uy uchun libos va matolar, ishlab chiqarishga yo'naltirilgan.

Lali Fazilova O'zbek va jahon moda olami rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda.

XULOSA

O'zbekistonda dizaynerlar o'rtasida kuchli raqobat mavjud.Umuman olganda o'zbek dizaynerlari sermahsul ijod qilishmoqda. Ijodkorlar nafaqat O'zbekistonliklarni va balki xorij davlatlarini ham hursand qilib, yangi kolleksiyalar yaratishmoqda.

Asosiy maqsad: O'zbek xalqiga, milliy o'zligini anglatish, uning qadimdan to hozirgacha bo'lgan an'anaviy, betakror kiyimlarini ko'rsatish, hududlarda (qishloq shahar, tumanlar) saqlanib kelinayotgan uslublarini aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iboratdir. Ayniqsa

jahon miqyosida ijod qilayotgan, O'zbekistonni boy tarixi va madaniyatini olamga tanitayotgan istedodli dizaynerlarning o'rni beqiyosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. "O'zbek xalqining kiyinish madaniyati" Rahmatullayev U.S.Toshkent 2010

2. "Zamonaviy modadagi etno yo'nalish" Ataxanova F. 2021

3. "O'zbek an'anaviy libosi va zamonaviy modaning o'zaro integratsiyasi" Ataxanova F. 2021

4. "Zamonaviy podiumga 80-yillar modasining qaytib kelishi" Nishanova S.D. 2022

5. "Buxoro oltin kashtachilik san'ati" Goncharova P. Toshkent 1986

6. "Suzane. O'rta Osiyo dekorativ kashtalari" Sukhareva O'. A Moskva 2006

7. O'zbek milliy liboslari va an'anaviy qadriyatlar" Kamilova H. Rahimova Z.I. Toshkent 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.