Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING MAQSAD VAZIFALARI'

O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING MAQSAD VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq ijodi / musiqa / san’at / badiiy ijod / folklor musiqasi / mumtoz musiqa / madaniyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Raximova Aziza Egambergan Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqa ijodi va uning tarixi, an’analari, xalq musiqasi turlari hamda xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, O’zbek xalq musiqa ijodining maqsad va vazifalari haqida munozara yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING MAQSAD VAZIFALARI»

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING MAQSAD VAZIFALARI

Raximova Aziza Egambergan qizi

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Musiqiy ta'lim kafedrasi Stajor o'qtuvchi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 29- May 2024 yil

KEY WORDS

xalq ijodi, musiqa, san'at, badiiy ijod, folklor musiqasi, mumtoz musiqa, madaniyat.

ABSTRACT

Mazkur maqolada o'zbek xalq musiqa ijodi va uning tarixi, an'analari, xalq musiqasi turlari hamda xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, O'zbek xalq musiqa ijodining maqsad va vazifalari haqida munozarayuritiladi.

Xalq musiqa ijodiyoti - musiqa san'atining eng qadimgi ildizlaridan bo'lib, har bir xalqning o'tmishidan darak beruvchi, tarixi, madaniyati va an'analarini o'zida ifoda etuvchi bebaho xazinadir. O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq og'zaki ijodi, xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keladi.

O'zbek xalq musiqa ijodi fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Talabalar o'zbek xalq musiqa va qo'shiqchilik ijodiyoti, an'anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariy va amaliy (amaliy) mashg'ulotlar jarayonida bevosita tanishib oladilar.

Xalq qo'shiqchiligi an'analari va an'anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi, uning turli davrlarda yangilanishi, mazkur jarayonga asos bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy omillarning o'zgarib borishi haqidagi xulosalarga ega bo'ladilar. Qo'lga keltirilgan yutuqlarni tahlil qilish fanning ijodiy jarayonlar bilan bog'liqligini belgilaydi.

Talabalarning mazkur fanni o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir.

Fanni o'zlashtirishda darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, sintezatorlar hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi.

O'zbek xalqining o'q ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o'zining xalq ijodi (ya'ni, folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg'u asarlari - dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona - lirik mazmundagi epik asarlar-dostonlar ham muhim o'rin egallaydi. O'zbek cholg'u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog'liq bo'lgan cholg'u musiqa janrdari ham g'oyat rang-barangligi va boyligi

bilan xarakterlanadi.

O'zbek musiqa folklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O'zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o'rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog'liqdir.

O'zbek qo'shiq-ashulalari va cholg'u musiqasi janrlari o'z funktsiyasi va turmushda tutgan o'rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.

Birinchisi - ma'lum vaqt yoki ma'lum muddat sharoitidagina ijro etiladigan ashulalar va cholg'u kuylari. Bular: oilaviy marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari. Allalar hamda har xil tantana, tomosha kabi ma- rosimlarda ijro etiladigan cholg'u kuylaridir.

Ikkinchisi - istalgan vaqtda va har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula-qo'shiq va cholg'u kuylari. Ularga: lapar, yalla, ashula, qo'shiq. cholg'u kuylari, cho'lama va dostonchilik kuylari kiradi.

Har bir guruh o'ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan: ijro etilishi ma'lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo'shiq, janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog'liq bo'lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Ba'zan uchrab turadigan bosh mavzudan chetlashishlar lirik o'ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo'yliklar doyrasida buladi.

Bulardan «yor-yor» qo'shiqlari xalq orasida qadimdan mavjud bo'lib, ularning namunalari Muzayyana Alaviyaning «O'zbek xalq marosimi qo'shiqlari» kitobida ham anchagina yoritilgan.

«Yor-yor»larning mavzu doyrasi juda keng bo'lib, unda goh hazil, goh quvnoq, goh yengil yumor, goh achchiq hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o'tkazilayotgan to'yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axlokiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavkei, insoniy fazilatlari kabi ko'pgina jihatlari bilan shartlangan. Qolaversa, «yor-yor»larda qaysi ohangning ustunlik kilishi uning ijrochilari bilan kam bog'liqdir. Masalan, qizni kuyovnikiga olib kelishda «yor-yor» qo'shig'ining erkin bandlari kayvoni xotin yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u holda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq-atvoridagi go'zal jixatlari, uning kamoloti madx, etiladi. «Yor-yor» kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo'shiqda qizning dard-alamlari, ota-onadan, tug'ilib o'sgan xonadonidan ayro tushishi, zo'rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglar ustunlik qilishi mumkin. Xullaski, yor-yorda qanday ohang, qanday ohangning ustunlik qilishi asosida juda ko'p sabablar yotadi.

O'zbek «yor-yor»lari ijro uslubi va musiqiy tabiatiga ko'ra bir necha xillarga bo'linadi. Hozircha ularni Farg'ona, Zarafshon va Xorazm «yor-yor»lari kabi turlarga shartli ravishda bo'lish mumkin.

Keyinchalik jiddiy izlanish va kuzatishimiz tufayli mazkur turlarning miqdori yo ko'payishi, yo qisqarishi mumkinki, bu narsani kelajak ko'rsatadi. Umumiy tarzda aytganda, barcha turdagi «yor-yor»larning ohangi asosida muayyan metroritmik tartibga solgan tor diapazonli kuylar uyg'unligi yotadi. Ularning har biri o'zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, shevasi va emotsional ta'sirchanligi bilan farq kiladi.

Mehnat qo'shiqlari faqat mehnat jarayonida: qo'sh haydashda, hosil ko'tarishda, paxta terimida, charx yigirishda, ov qilish vaqtida, meva terishda va boshqa vaqtlarda aytiladi. Bu qo'shiqlarda inson kechinmalari, mehnat, ish turi, tabiat hodisalariga qiyos etilib ifodalangan.

Allalar onalarning jigarband farzandlariga qilgan hasratlaridir. Qadimda allalar inson

mexr-muxabbati bilan siynasi to'la onalarning orzu-umid sadolari, vafosiz, zolim erlarga, jafokor zamonga, toshmehr ota-onaga bildirilgan g'azab va noroziliklardan iborat bo'lgan. Ularga katta qalin badaliga sotiladigan qiz, cho'ri, kanizak, sevgilisidan zulm bilan ajratilgan ma'shuqaning nola-faryodlari eshitilardi. Hozirgi allalar esa butunlay boshqacha zamonaviy mazmun kasb etadi.

Allalar onalar, buvilar, opalar, xotin-qizlar tomonidan bola uxlatish paytlarida aytiladi. Allalarning boshqa qo'shiqlardan farqi shuki, u qachon bo'lmasin, go'daklar bor xonadonda aytilaveradi.

Laparlar esa boshqa qo'shiqlardan voqeabandligi, raqibbop kuyga ega bo'lishi hamda dialog shaklida ikki qo'shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. Laparlarning matnlari asosan ishk-muxabbat, hazil, ro'zg'ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzanddari bilan bo'lgan munosabatlari ba'zan yengil, ba'zan achchiq kulgi asosida tashkil topgan bo'ladi. Lapar qo'shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakl to'zilishi jihatidan ikki qismli tuzilishga ega.

Laparlarning musiqiy poetik asoslarining ko'pgina belgilari qo'shiq uchun ham (garchand qo'shiq naqarotli bo'lsa ham) bir xildir.

Termalar dostonchi shoir, jirov, baxshi, sozanda, sannovchilar tomonidan to'y -hashamlarda, sayr-sayoxat, sayillarda, umuman ko'pchilik aytilgan joylarda ijro etilgan, turli mavzudagi she'riy parchalardan iborat. Odatda, doston ijrosidan oldin to'plangan xalqning diqqat-e'tiborini tortish, aytuvchi va tinglovchida kayfiyat tug'dirish uchun terma aytiladi. Termalar mavzu jihatidan xilma-xildir. Lekin ularning aksariyatini dunyoning achchiq-chuchugi, baland-pasti, yaxshi-yomoni haqida kuylab mardlikka, adolatga, to'g'rilikka chaqirish ohangidagi didaktik xarakterdagi qo'shiqlar tashkil etadi. Termalar o'z ko'yining ma'lum darajada rechitativligi, tor diapazoni va ixcham shakli bilan ajralib turadi.

Qo'shiq - janr sifatida nisbatan kichik diapazonli kuydan tashkil topgan barmok vaznidagi mustaqil to'rtliklardan iborat. Ayni vaqtda, har bir she'riy misraga tugal melodik to'zilma moslashtirilgan bo'ladi.

Qo'shiq juda keng tarqalgan janrlardan biri bo'lib, o'z mazmunining xilma-xilligi, ko'p qirraligi bilan alohida ajralib turadi. Qo'shiq kuylari uchun ritmning ravonligi va aniqligi xarakterlidir.

Qo'shiqda har bir misradan so'ng yoki har bir banddan, yoxud uning yarmidan keyin takrorlanib keladigan naqarotlar xarakterlidir. Qo'shiqka xos musiqali poetik xususiyatlarning ko'pgina belgilari lapar uchun ham xosdir.

Yalla o'zbek musiqa janrida aloxida o'rin egallaydi. Odatda, yalla qo'shiq va raqs jo'rligida ijro etilib, u ikki xil bo'ladi.

Birinchisining kuyi nisbatan tor diapazonli bo'lib, she'rdagi har bir band va uning o'yinlari yakkaxon yallachi, naqarot esa har bir guruh sozanda yoki ashulachilar jo'rligida aytiladi.

Ikkinchisining kuyi keng diapazonli bo'lib, band naqarot bilan boshlanib, naqarot bilan tugallanadi.

Ashula o'z ko'yining cho'ziqligi hamda rivojlanishda diapazonning kengligi, ritmining sezilarli darajada sinkopaligi bilan ajralib turadi. Odatda, ashula kuyi she'riy matnning sog'inch, alam va hasratni ifodalovchi ishqiy-lirik mazmuniga qarab yaratiladi.

Ashulaning rivojlangan namunalari esa og'zaki an'anadagi professional musiqaga

mansub. Bunga ashula janrining yana bir boshqa turi-katta ashula yoki patnis - patnusaki ashula ham mansub.

Katta ashula o'z ko'yining deklamatsion xarakteri, diapazonining kengligi - uch oktavaga yaqinligiga ko'ra farqlanadigan asosiy melodik tuzilmalardir.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda komil inson shaxsini shakllantirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishiga aylangan hozirgi sharoitda ma'naviyatimizning ajralmas qismi bo'lgan musiqiy madaniyatimizning o'rni beqiyosdir. Zero, musiqa, qo'shiq har doim xalqimizning jon ozig'i bo'lib kelgan. Musiqiy merosimizni saqlab, kelgisi avlodga yetkazdirish har birimizning burchimizdir. Xususan, o'zbek musiqa san'ati an'analarini saqlab qolish uchun zaruriy chora-tadbirlarlarning olib borilishi o'zbek musiqasi an'analrining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. O'zbek musiqa tarixi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.

2. I.A. Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida.-T.: O'zbekiston, 1998 y.

3. B.Madrimov. O'zbek musiqa tarixi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018.

4. O.Ibrohimov, G'.Xudoyev. Musiqa tarixi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018.

NOVATIVE

VCADEiVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.