Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MILLIY O‘YINLARDAN “LANKA”O‘YINI HAQIDA'

O‘ZBEK XALQ MILLIY O‘YINLARDAN “LANKA”O‘YINI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1817
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lanka / o‘yin qoidasi / o‘yin texnikasi / qo‘y yoki echki terisi / qo‘rg‘oshin.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Allayev Shuxrat Tohirovich

Keltirilgan ushbu maqolada milliy o‘yinlardan “Lanka” o‘yini tarixi, inson salomatligiga qanchalik foydaligi va hayotda ahamiyatligi tutgan o‘rni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MILLIY O‘YINLARDAN “LANKA”O‘YINI HAQIDA»

O'ZBEK XALQ MILLIY O'YINLARDAN "LANKA"O'YINI HAQIDA

Allayev Shuxrat Tohirovich

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti Toshkent viloyati Chirchiq shahar 25-umumiy o'rta ta'lim maktabi jismoniy tarbiya o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7440949

Annotatsiya: Keltirilgan ushbu maqolada milliy o'yinlardan "Lanka" o'yini tarixi, inson salomatligiga qanchalik foydaligi va hayotda ahamiyatligi tutgan o'rni.

Kalit so'zlar: Lanka, o'yin qoidasi, o'yin texnikasi, qo'y yoki echki terisi, qo'rg'oshin.

"Lanka'Vyini O'zbek milliy xalq o'yini bir necha asrlar mobaynida xalq sayllarda ," Navro'z " bayramlarida , xalqimiz orasida , kattalar va yoshlar o'rtasida o'yin-musobaqa sifatida o'ynalib kelingan. Bugungi kunda mamalakatimizda hech bir o'zbek xonadoni yo'qki , "Lanka" o'yinini bilmagan, sevib o'ynamagan bo'lsa. Ulug' mutafakkir tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino qalamiga mansub "Tib qonunlari" asarida "Badantarbiyaning kuchli turiga maydonda kishining o'z soyasi bilan olishish o'yini ("Lanka") kiradi", - deb yozilgan. U nafaqat jismonanan balki tibbiy jihatdan ham inson sog'ligiga juda foydali o'yin hisoblanadi. "Lanka" o'yinini o'ynagan odam tetik, so'glom, to'g'ri nafas olish va hayoti davomida ko'pgina kasalliklarni oldini oladi. Bu o'yin millatni sog'lomlashtirishda katta ahamiyatga ega. Sog'lom bola faqat ota-onaning emas, balki jamiyatning ham boyligi hisoblanadi. Xitoyda ham juda keng ommalashgani, shu sababli ularda aholining salomatlik darajasini ancha yuqori ekanligini alohida e'tirof etiladi.

"Lanka" o'yiniga tayyorlanish. Qo'y yoki echki terisidan qirqib olib, tagiga og'irroq narsa yoki qo'rg'oshin yopishtirib, lanka yasash mumkin. O'yin tavsifi. o'yinchilar juft-juft bo'lib yoki guruh-guruh bo'lib o'ynashlari mumkin. 5-10 ta oddiy tepishdan so'ngra 5-10 sach, 5-10 hisobdan boshlanishi kerak. Bular hammasini tushirmasdan bajarib bo'lgandan keyin, keyingi o'yin boshlanadi. Agarda o'yinchi qo'yilgan vazifani oxirigacha yetkaza olmasa, o'yinni navbatdagi o'yinchi boshlashi mumkin. Berilgan vazifalami to'liq va aniq bajargan o'yinchilar g'olib chiqadi. Bu o'yin epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, chidainlilik, sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi.

Oyin qoidalari: Bir qarashda oddiy, hech qanday moslamalar talab qilmaydigan o'yin, lekin uni to'g'ri bajarish uchun alohida ko'nikmaga ega bo'lish va mashg'ulotlar olib borish kerak.Bu o'yinning mohiyati shundan iboratki , unda "Lanka" ni havoda uzoqroq muddat muallaq ushlab turish kerak , uni oyoqlar turli

holatlari yordamida murakkab sakrash va aylanma harakatlarni amalga oshirib boshqarish talab etiladi. Juntepgi tepish natijasida hamma tekisliklarda ya'ni sagittal ,frontal va garizontal tekisliklarda harakat amalga oshiriladi.

Har bir harakat ketma-ketlikda bajariladi. 2. O'yinda dam olib yoki ushlab olish bilan bajarish man etiladi. 3. Yutqazgan o'yinchichlar esa sh'er yoki ashula aytib berishlari, raqsga tushishlari mumkin. O yinning pedagogik ahamiyati.

O'yin bolalarda jasurlik, botirlikni, koordinatsion harakatlanishni tarbiyalaydi. O'yin sakrovchanlik, chaqqonlik va chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. O'yin qoidalari, harakat natijasida butun tana sinxron ishlaydi. Yosh bolalarda juntepgini tepish bilan birgalikda tepish sonini ovoz chiqarib sanab borishi , bolalarning nutqini ravon rivojlanishiga yordam beradi.O'yin vaqtida ko'z doimiy pastga, balandga qaraydi va bunda ko'zdagi mushakalrni trenirovkasi bo'ladi.

"Lanka" o'yini deyarli barcha organ va sistemalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu o'inda nafas ritmi to'g'ri yo'lga qo'yiladi. To'g'ri nafas olinishi, diafragma faoliyatini o'yin paytida qorin va ko'krak qafasi a'zolariga ijobiy ta'sir qilishi natijasida to'qimalar kislarod va qon bilan yaxshi ta'minlanadi, bu organizmda oksidlanish qaytarilash jarayonlarini narmallashtirib , moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Yurak faoliyati yaxshilanadi. Harakat natijasida kislorodga boyigan qon to'qimalarga yuboriladi, organ va sistemalarida qon tomirlarda almashinuv jarayonlari tezlashadi. Yurakning o'zida ham qon aylanishi yaxshilanadi, ishemik prosseslar kamayadi.

O'yin paytida qorin a'zolari faoliyati qorin pressi mushaklar ishlashi, tonusi ortishi natijasida yaxshilanadi. Bu o'z navbatida ichaklar peristaltikasi, o't pufagi, oshqozon osti beziga ta'sir qilib, ularning funksiyasi yaxshilanadi. Mushaklarning taranglashuvi qorinning old devorini mustahkamlaydi, bu esa bo'lishi bo'lgan churralarning oldini oladi.

Umurtqa pag'onasi mushaklari ishlashi , tonusi ortishi natijasida tana to'g'ri bo'lishi ta'minlanadi, qomat to'g'ri shakllanadi. Skolioz kabi umurtqaning turli deformatsiyalari oldi olinadi. Umurtqa pag'onasida qon aylanishi yaxshilanishi, o'sish-yoy bo'g'imlarida harakatlarning amalga oshirilishi osteoxondroz kasalligini oldini oladi.

Bu o'yinda ko'p bo'g'imlarda harakatlar amalga oshiriladi. Chanoq-son, tizza, boldir-oshiq bo'g'imlarida harakat faollashib, bo'g'imlarning drenaj funksiyasi yaxshilanadi. Son, boldr, oyoq panjasi mushaklari tonusi ortadi. Natijada bo'g'imlarning to'g'ri shakllanishiga imkon yaratadi. Kelgusida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan kaslliklar (artroz) oldi olinadi. Oyoq mushaklari tonusi ortishi natijasida oyoq venalarida qonning yuqoriga haydalishi yaxshilanadi, dimlanish belgilari bartaraf bo'lib, varikoz kasalligi oldi olinadi.

Hozirgi paytda Lanka (Juntepgini) turli xil polimer materiallardan tayyorlab, har xil shakilklarda ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi milliy qadriyatlarimiz va o'yinlarimiz tiklanayotgan paytda bu o'yinni rivojlantirish mumkin va kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar.T 1998 yil.

2. Milliy harakatli o'yinlar.-M.A.Qurbonova, M.U.Qosimova O'DJTSU nashriyoti 2009 yil

3. Milliy o'yinlar ensklopediyasidan kitobidan 2000 y

4. Usmonxo'jayev T.S.Xo'jayev F.1001o'yin. T.Ibn Sino, 1990y

5. Qasimova M.U.Harakatli o'yinlar. T.1999yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.