Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA EVFEMIZM TUSHINCHASI XUSUSIDA'

O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA EVFEMIZM TUSHINCHASI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
evfemizm / salbiy ta’sirni yumshatish / axloqiy me’yorlar / tabu / odob-axloq / farrosh ayol / o’ldi / tug’di / kambag’al / xojatxona / xomilodor / semiz.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sabirov Usmon

Ushbu maqolada o’zbek va nemis tillaridagi evfemizmlar, ularning vazifalari, jamiyat madaniy taraqqiyotida va kundalik hayotimizdagi sohalarda tutgan o’rni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA EVFEMIZM TUSHINCHASI XUSUSIDA»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

O'ZBEK VA NEMIS TILLARIDA EVFEMIZM TUSHINCHASI XUSUSIDA

Sabirov Usmon Satiboldiyevich

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasi stajyor-o'qituvchi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek va nemis tillaridagi evfemizmlar, ularning vazifalari, jamiyat madaniy taraqqiyotida va kundalik hayotimizdagi sohalarda tutgan o'mi haqida so'z boradi.

Аннотация: В данной статье говорится об эвфемизмах в узбекском и немецком языках, их функциях, их роли в культурном развитии общества и в сферах нашей повседневной жизни.

Annotation: This article gives information about euphemisms in the Uzbek and German languages, their functions, their role in the cultural development of society and in the spheres of our daily life.

Kalit so'zlar: evfemizm, salbiy ta'sirni yumshatish, axloqiy me'yorlar, tabu, odob-axloq, farrosh ayol, o'ldi, tug'di, kambag'al, xojatxona, xomilodor, semiz.

Ключевые слова: эвфемизм, смягчение, моральные нормы, табу, манеры, уборщица, умерла, родила, бедная, туалет, беременная, толстая.

Key words: euphemism, mitigation, moral standards, taboo, manners, cleaning lady, died, gave birth, poor, toilet, pregnant, fat.

Kirish: Ma'lumki, muloqot paytidagi madaniyat tushunchasi har bir davrda, har bir sohada va har bir millatda eng muhim jihatlardan biri bo'lib kelgan. Shu boisdan insonlar o'rtasida kelishmovchiliklar yoki ko'ngil qolishlarni oldini olish maqsadida biz evfemizmlarga murojaat qilamiz. Evfemizm (yunoncha: ёиф^п — yumshoq ifodalash) — so'zlovchiga aytish noqulay, noo'rin yoki qo'pol tuyulgan so'z va iboralarning sinonimi sifatida paydo bo'lgan so'zlardir. Evfemizm salbiy voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy ta'sirini yumshatish uchun xizmat qilib, kishining izzat nafsiga tegadigan, unga malol keladigan, hurmatsizlik ifodalaydigan, axloqiy me'yorlarga zid keladigan holatlarning yoki to'g'ridan-to'g'ri aytish mumkin bo'lmagan maxfiy voqeliklarning salbiy ta'sirini kamaytirish, ularni yashirish, berkitish; noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq shaklda yetkazish, ifodalash uchun ishlatiladi.1

Mavzuga oid adabiyotlarni o'rganish: Tilda evfemizmning qo'llanishi tabu hodisasi bilan bog'liq holda tarixiy etnografik hodisa sifatida shakllangan. Evfemizm xalqlardagi urf-odat, madaniy saviyaning darajasi, estetik did va etnik me'yorlarning rivojlanishi bilan bog'liq. Tilning taraqqiyoti bilan uning evfemistik qatlami ham

1 Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H., O'zbek tili stilistikasi, T., 1983

rivojlanadi. Yangicha axloq-odob, yangicha dunyoqarash me'yorlari asosida evfemizmning yangi shakllari yuzaga keladi. Tilda muayyan nutq vaziyati talabi bilan vujudga kelgan evfemizm ham mavjudki, ularning ma'nosi ko'pincha matn orqali oydinlashadi. Masalan, "Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha, — dedi Nigor oyim, — quyilmaydiganga o'xshaydi" (A. Qodiriy) jumlasida nutq odobi nuqtai nazaridan erga bermoq iborasi o'rnida egasiga topshirmoq shaklidagi evfemizm qo'llangan.

Shu o'rinda Evfemizmning uchta asosiy vazifasiga to'xtalib o'tsak:2

1. Biron bir tushunchani kuchaytirish: Bunda evfemizm masalani yaxshiroq yoritishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, siyosiy nutqda tez-tez sodir bo'ladi, chunki bu yerda siyosiy to'g'rilikni saqlash kerak. Ammo kasblar yoki faoliyatlar shu tarzda yangilanishi mumkin, masalan, farrosh ayol o'rniga tozalovchi - Reinigungskraft statt Putzfrau.

2. Vaziyatni yumshatish yoki g'amxo'rlik: Evfemizm yumshatuvchi ta'sirga ega bo'lib, aytilgan gaplarni keskinligini kamaytiribroq ko'rsatishi mumkin. Ushbu yumshatuvchi til orqali murojaat qilinayotgan odamning his-tuyg'ularini himoya qilinadi. Shunday qilib, yumshoqlik yoki yumshatish o'z navbatida xushmuomalalik yoki hurmat ko'rsatishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, taziyalar misolida yaqqol ko'rinadi, masalan, yaqin kishi vafot etganini aytganda, o'Idi deyish o'rniga olamdan o'tdi, ko Z yumdi, vafot etdi yoki omonatini topshirdi - ums Leben kommen, die Augen schließen, von uns gegangen sein anstatt sterben; kabi iboralardan foydalanish mumkin.

3. Yashirish yoki berkitish: Ba'zida evfemizm shunday qo'llaniladiki, aslida nimani anglatishini deyarli tanib bo'lmaydi. Bu, ayniqsa, jamiyatda taqiqlangan yoki yoqimsiz masalalar yoki mavzular bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Biznesda biz ishchi kuchini optimallashtirish - Belegschaft optimieren iborasini tez-tez eshitganmiz, chunki u odamlarning ishini yo'qotayotganini yashirish uchun mo'ljallangan.

Tahlil va natijalar: Biz quyida kundalik hayotimizda, adabiyotda, siyosatda va jamiyatda uslubiy vosita sifatida, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzularida uchratishimiz mumkin bo'lgan evfemizmlarga misollarni tahlilga oldik.

Kundalik hayotimizdagi evfemizmlar: Kundalik hayotda biz har doim tabu qilingan yoki jamiyat tomonidan chetlab o'tilgan masalalarga duch kelganimizda evfemizmlarga duch kelamiz. Bular, masalan, qashshoqlik, kasallik, qarilik yoki o'lim va hakazo kabi mavzulardir. Bularga doir o'zbek va nemis tillaridagi bir qancha quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: O'zbek tilida: kambag 'al -

ijtimoiy zaif; semiz - to'lachadan kelgan yoki to'la; tug'di - ko'zi yoridi, yengillashdi; xojatxona - tinch joy; sevmoq - ko'ngli bor bo'lmoq; uylantirish -boshini ikkita qilish; Baqirdi-ovozini balandlatdi, baland ohangda murojaat qildi;

2 https://www.sofatutor.com/deutsch/videos/euphemismus#euphemismus-wirkung

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 homilador-ikkiqat, og'iroyoq, yukli, farzand kutyapti; nogiron-imkoniyati cheklangan; er-umr yo'ldosh; xotin-rafiqa, umr yo'ldosh; ishdan bo'shatish-vazifasidan ozod qilish; qari-yoshi ulug';

Nemis tilida: sozial schwach statt arm; korpulent oder vollschlank statt dick; zur Welt bringen statt gebären; das stille Örtchen statt Toilette; das Weite suchen statt fliehen;

Adabiyotdagi stilistik vosita sifatidagi evfemizmlar: Evfemizmlarni badiiy asarlarda ham uchratishimiz mumkin. Misol uchun, O'tkir Hoshimovni "Ikki eshik orasi" romanidan quyidagi parchani olishimiz mumkin: "...oyi, meni ko'nglim Robiyada", demaysanmi? Allaqachon boshini bog'lab qo'ymaymizmi? Yuqoridagi misolga qaraydigan bo'lsak, sevmoq so'zini o'rniga ko'ngli bo'lmoq, unashtirish yoki uylantirish so'zi o'rniga esa boshini bog'lab qo'yish iborasi qo'llanilganligini ko'rishimiz mumkin. Bunda milliy mintalitetimizdan kelib chiqqan holda, kattalarga ya'ni ota-onaga farzandni birovni yoqtirib qolganini sevaman deb aytish biroz uyatli vaziyat hisoblanadi. Shuning uchun uni biroz yumshatib falonchida ko'nglim bor yoki falonchiga ko'ngil qo'yganman degan iboralardan foydalanish o'rinliroq hisoblanadi. Quyida nemis adabiyotidagi evfemizlarga ham to'xtalib o'tamiz: „Sie wohnt im Schattenlande" (Schiller, Die Glocke) - Sie ist tot; „da Sie mich in guter Hoffnung finden"(Goethe, Die Wahlverwandtschaften) - Sie ist schwanger.3

Siyosat va tarix sohalaridagi evfemizmlar: Hamma zamonlarda ham odamlar evfemizmlardan foydalanib kelganlar. Ular, ayniqsa, siyosatda keng tarqalgan, chunki bu erda asosiy maqsad ko'pincha yomon xabarlar yoki shubhali qarorlarni yumshatib ifodalashdir. Masalan, o'zbek tilida ushbu sohalarga tegishli quyidagi evfemizmlarni uchratishimiz mumkin; Urush-qurolli mojaro, qurolli to 'qnashuv;

kelishmovchilik-tarang munosabat, keskin munosabat; iqtisodiy qulash -o 'sishdagi tanaffus; nemis tilida: militärischer Konflikt - Krieg; Wachstumspause -der Einbruch der Wirtschaft.

Yuqorida sanab o'tilgan mavzulardan tashqari biron bir vaziyatni so'zlar bilan emas, harakat bilan ko'rsatish turlari ham mavjud. Masalan, kimdir uylanishni istasa, buni to'g'ridan- to'g'ri aytish noqulay hisoblanganligi uchun oldinlari ota-onasini kalishiga sabzi solish udumi bor edi. Bu mana shu farzandni uylanish niyati bor ekanligini ota-onaga yetkazish usuli hisoblangan.

Xulosa: Xulosa o'rnida aytish mumkinki, evfemizmlarning ifodasi muloqot uchun muhim ta'sir ko'rsatadi. Ushbu muloqot qilish usuli tushunmovchiliklar, hattoki, huquqbuzarliklarning oldini olish uchun muhim. Evfemizmlar tilni yumshatish va hurmatni ifodalash uchun foydali vosita hisoblangani bois, ular qo'llanilayotgan madaniy kontekstdan xabardor bo'lish va ulardan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

3 F.Schiller, „Die Glocke"

Adabiyotlar:

1. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H., O'zbek tili stilistikasi, T., 1983.

2. Omonturdiyev A., O'zbek nutqining evfemik asoslari, T., 2000.

3. O'tkir Hoshimov, Ikki eshik orasi, asari 1985.

4. https://www. Sofatutor.com/deutsch/videos/euphemismus.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.