Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA DINIY BARQAROR BIRIKMALARNING SHEVAVIY XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK TILIDA DINIY BARQAROR BIRIKMALARNING SHEVAVIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / barqaror birliklar / sheva / dialekt / lahja / religion / stable units / dialect.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoynazarova, O‘g‘lonoy Allamurodovna

Bir-biriga qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi sheva va dialektlar bir-biridan farq qilishi barchamizga ma’lum. Diniy barqaror birliklarning shevaviy xususiyatlarini o’rganish esa ikki til o’rtasidagi umumiy va xususiy jihatlarni yanada kengroq aniqlashga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIALECT CHARACTERISTICS OF STABLE RELIGIOUS ASSOCIATIONS IN THE UZBEKI LANGUAGE

It is well known that dialects and dialects differ between related and non-related languages. Studying the dialectal features of stable religious units serves to more broadly define the common and specific aspects between the two languages.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA DINIY BARQAROR BIRIKMALARNING SHEVAVIY XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK TILIDA DINIY BARQAROR BIRIKMALARNING SHEVAVIY

XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10397419

XUDOYNAZAROVA O'g'lonoy Allamurodovna

Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi

katta o'qituvchisi, f.f.f.d.

ANNOTATSIYA

Bir-biriga qardosh va qardosh bo 'Imagan tillar o 'rtasidagi sheva va dialektlar bir-biridan farq qilishi barchamizga ma 'lum. Diniy barqaror birliklarning shevaviy xususiyatlarini o 'rganish esa ikki til o 'rtasidagi umumiy va xususiy jihatlarni yanada kengroq aniqlashga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: din, barqaror birliklar,sheva, dialekt, lahja,

ABSTRACT

It is well known that dialects and dialects differ between related and non-related languages. Studying the dialectal features of stable religious units serves to more broadly define the common and specific aspects between the two languages.

Key words: religion, stable units, dialect.

KIRISH

"Sheva" atamasi forscha so'z bo'lib, ovoz, til, so'zlashish, odat, yo'sin, ravish kabi ma'nolarni ifodalab, biror bir tilning o'ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo'lgan eng kichik qismidir. "Lahja" arabcha so'z bo'lib ifoda, so'z, sheva, ovoz kabi ma'nolarni ifodalaydi. Dialekt-yunoncha sheva, so'zlashish ma'nolarini; lahja-arabcha ravish, tarz, yo'sin, sheva ma'nolarini bildiradi. Shu xususiyatlarni o'zida birlashtiruvchi shevalar yig'indisidir. Masalan: o'g'uz lahjasi qipchoq lahjasi, qarluq lahjasi kabi.1

MUHOKAMA NATIJALAR

Axborot manbalarida sheva, lahja, dialekt termini o'rnida idioma terminini ham qo'llashadi. Idioma-o'zga qarindosh tillardan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadigan mustaqil tildir. Ingliz tilshunoslari Chambers J.K va Piter Trudgillar idioma termini o'rnida variety-farqlilik terminini qo'llaydi2.

1 Yoqub Saidov. Ozbek dialektologiyasi. Oquv-metodik qollanma. Buxoro.Durdona nashriyoti. 2021.

2 Ashirboyev Samixon. Ozbek dialektologiyasi. Darslik. Toshkent. 2016. B.147

26

>

O'zbek lingvistikasida Olloh, farishta, shayton leksemasi bilan bog'liq juda ko'p diniy barqaror birliklar mavjud bo'lib, ular turli lahjalarda turlicha namoyon bo'ladi. Masalan: Olloh chorladi, Ollohga omonatini topshirdi birikmalarining shevada quyidagi ko'rinishlari mavjud: tamam bo'ldi, uzildi, jan berdi, qaza qildi, dunyadan yeti, napayt bo 'ldi. Napayt bo 'ldi birligi asosan bolalarga nisbatan qo'llaniladi.3 Худо урган бадйага йеддъ палпъснъ гъръптъ birligi Xiva shevasiga mansub birlikdir.4

Olloh qo'llasin barqaror birikmasini ayrim holatlarda Ollo qo'llasin shaklida ham talaffuz etishadi. Bu holatda birinchi so'zdagi undosh tovushning tushishi-apokopa kuzatiladi. Bundan tashqari islomiy so'z hisoblanmish Alloh yarlaqasin ma'nosini bildiruvchi Barakalloh birligi so'zlashuv nutqida barakalla sifatida ham qo'llaniladi va bu so'z aslida arabcha Barakallah feek so'zidan kelib chiqqan.

Bibi mushkulkushod-forscha mushkulni oson qiladigan ayol. Bibi mushkulkushod So'fiylik tariqatiga asos solgan Bahouddin Naqshbandiyning xolasi sifatida talqin qilinadi. Bugungi kunda ushbu so'zning bo'mushkul shakli mavjud.5 Diniy barqaror birikmalar lahjalarda shakllanish jarayonida bir qator fonetik hodisalar ham kuzatiladi. Jumladan: assimilatsiya hodisasi, odatda unli va undoshlar tizimida baravar qayd etiladi, ammo ular tilning konsonantizm hodisasi tizimida yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Bu jarayon progressiv va regressive asssimilatsiyaga bo'linadi. Regressiv assimilatsiya hodisasiga o'zbek tilidagi Ollohu akbar termining Oblohu akbar shaklida talaffuz qilinishini misol qilishimiz mumkin.

Barchamizga ma'lumki, Samarqand va Buxoro shevasidan boshqa barcha shevalarda f harfi p tarzida talaffuz etiladi. Shu tufayli Xudo shifo bersin birligi ba'zida Xudo shipo bersin tarzida ham qo'llaniladi.

Ayrim diniy barqaror birliklarning shevaviy xususiyatlarda ikki xil fonetik hodisa kuzatiladi. Masalan: qarg'ash ma'nosida qo'llaniluvchi Ollohning qahriga duchor bo'lgin birligi qipchoq lahjasida - Olloning qariga duvchar bo'lgin tarzida talaffuz etiladi. Ya'ni bu yerda tovush tushishi va tovush orttirilish hodisasi kuzatilmoqda.

Olloh, Xudo, shayton, jin, farishta leksemali diniy barqaror birikmalarning shevaviy xususiyatlari yana quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Sheytanga dars beredi-shaytonga dars beradi (hiylakor odam).

Jigittin davi kepti, xuda bersin!- Yigitning ishi o'ngidan kelibdi ma'nosida.

Jin-jibir-arabcha jinlar ma'nosida. Qaranada jar jag'alap jirme, jin-jibirlar chalip ketmasin!

3 Nazar Rajabov. O'zbek shevashunosligi. Darslik. Toshkent. Oqituvchi nashriyoti. 1996

4 Ф.А.Абдуллаев. Узбек тилининг Хоразм шевалари. Лугат. УзФА нашриёти.

5 Islom ensiklopediyasi

27

Juvarmek-forsiycha. Yigit yoshida, qirg'illagan yoshida o'lmoq. Urushi qurisin, ko'p jigitlar juvarmek bo'ldi. Juvarmek vo'lgirlar jaylavda juvanamdi vo'g'irlapti.

Ilahide, ilahikide-arabcha+turkey so'z. Yaratgandan qilgan gunohlari uchun birovga yomonlik tilash. Ilahide, sho' vo'g'irinin uyi kuyip, vo'g'irlagan qo'yi vo'zig'a qirq xudayi bo'sin!

Nike qiyuv-arabcha+turkcha so'z. Nikoh xutbasini o'qish, nikohni shariat yo'li bilan rasmiylashtirish. Ilgeri yaxshi edi, bir axshamda ham nike qiyg 'ichedi, ham qadelerini vo'tkizgichedi, kegin to'ychi tamasha ko'rgichedi, bilmeymen bu tamildi kim chig'ardi, bir xil jerda to'ydan bir hapta aldin, bir xil jerda uch kun aldin nike qiyip qo'yadilar.

Nikesiga saluv-arabcha+turkcha so'z. Qizni yoki ayolni erkakning nikohiga solish. Kuyav qariyem bo'sa bay dep, bayqushti majburlep sho'nin nikesiga soldilar.

Uyi sinuv-turkiy so'z. Erkak kishining ayolining o'lishi. Bayqushtin uyi sinip, jash balalariman qaldi.

Allag'a amanat-arabcha ibora. Ollohga omonat tarzida qo'llaniladi. Jigitlar Rassiyada, hammesi Allag'a amanat.

Diniy barqaror birliklar so'zlashuv nutqida turli dialekt va shevalarda turlicha namoyon bo'ladi. Jumladan: Xuda raxmet qisin-Xudo raxmat qilsin6 (Xuda rahmet qisin katapajan, bergan bir qancha shalilaringizdi axlap guruch qilib jep, bug 'dayga jettik, qo'limiz kaltaligiden sizlerdi irzayam qilalmadiq).

Murut avlash-arab, turk tillaridagi so'zlar asosida hosil bo'lgan birikma. Pirning o'z muridlaridan nazr yig'ib, duo berish odati. Eshan baba uzaq jo'ldan murut avlap kepti, ag'ayinnardi chaqirinar, kep pirdin duvasini ap ketsinner!

Perishtesi bosim bo 'luv-forscha, turkcha so'zlar asosida hosil bo'lgan birlik. Bilimi oshib, yuzi nurga to'lmoq. Bekar jurganinnen mo'llanin aldig'a borib vo'qisan, ham namazlig'indi uyrenesen, ham juzinde perishten basim bo'ladi.

To'rt tamani qibla-turk va arab so'zlari asosida hosil bo'lgan birikma. Bugunnen bashlap ishten bo'shadin, to'rt tamanin qibla, ustingda Xuda, qayaqa ketseng keteber!

Xuda birdi-fors va turk so'zlari asosida hosil bo'lgan birlik. Ollohning yagonaligini o'rtaga qo'yib ichiladigan qasam. Xuda birdi sizdi jamanlag'an davrede men jo'g'edim!

Xudaning kuni-forscha-turkcha so'zlar asosidagi ibora. Har doim. Nime bala, xudaning kuni qantqa talaship ukelerindi jilatasan!

6 O' .A.Xudoynazarova. Ingliz va ozbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlar. Monografiya. Globe Edit nashriyoti. 2023. 149 b.

28

Shaytang'a hay beruv-arabcha-turkcha so'zlar asosida shakllangan birlik. Shashtidan tushmoq. Shu gabinge avzuma bir gap kebedi, shaytang'a hay berdim-da!

Diniy barqaror birikmalar turli lahja va shevalarda turlicha namoyon bo'ladi va ular o'ziga xos xususiyatlarga ega. Diniy barqaror birliklar shevalarda aks etganda bir qator fonetik va grammatik o'zgarishlarga duch keladi. Bu esa ilmiy izlanuvchidan har tomonlama chuqur bilim sohibi bo'lishni talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yoqub Saidov. O'zbek dialektologiyasi. O'quv-metodik qo'llanma. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2021.

2. Ashirboyev Samixon. O'zbek dialektologiyasi. Darslik. Toshkent. 2016. B.147

3. Nazar Rajabov. O'zbek shevashunosligi. Darslik. Toshkent. O'qituvchi nashriyoti. 1996

4. Ф.А.Абдуллаев. Узбек тилининг Хоразм шевалари. Лугат. УзФА нашриёти.

5. Islom ensiklopediyasi

6. O'.A.Xudoynazarova. Ingliz va o'zbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlar. Monografiya. Globe Edit nashriyoti. 2023. 149 b.

XULOSA

29

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.