Научная статья на тему 'O‘ZBEK TEATRINING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY-MADANIY JARAYONLARNING O‘RNI'

O‘ZBEK TEATRINING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY-MADANIY JARAYONLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Teatr san’ati / taraqqiyot / madaniyat / ijtimoiy / madaniy / renessans / spektakl / jadid. / театральное искусство / развитие / культура / социальное / культурное / ренессанс / перформанс / модерн.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — K.X. Umarov

Teatr ijtimoiy minbar sifatida kо‘pchilikning dunyoqarashini aks ettirib, jamiyatdagi о‘zgarishlar, mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildirishi va shu orqali ijtimoiy fikrning shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Ushbu maqolada o‘zbek teatrining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning o‘rni va ta’siri xususida tahliliy fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SOCIO-CULTURAL PROCESSES IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK THEATER

как социальная площадка театр может отражать мировоззрение большинства, реагировать на изменения в обществе, идеологические процессы и тем самым служить формированию общественного мнения. В данной статье рассматривается роль и влияние социокультурных процессов на развитие узбекского театра.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TEATRINING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY-MADANIY JARAYONLARNING O‘RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© K.X. Umarov 1H_

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Teatr ijtimoiy minbar sifatida ko'pchilikning dunyoqarashini aks ettirib, jamiyatdagi o'zgarishlar, mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildirishi va shu orqali ijtimoiy fikrning shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Ushbu maqolada o'zbek teatrining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning o'rni va ta'siri xususida tahliliy fikr yuritilgan

MAQSAD: O'zbek teatrining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning o'rnini aniqlash va tushuntirishda quyidagi maqsadlarni belgilash mumkin:

1. Tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganish: O'zbek teatrining ijtimoiy-madaniy jarayonlar ta'sirida qanday rivojlanib kelganini o'rganish. Bu orqali teatrning turli davrlardagi holati va o'zgarishlarini aniqlash.

2. Madaniy merosni aniqlash va saqlash: O'zbek teatrining asoslarini tashkil etuvchi xalq an'analari, urf-odatlari va madaniy merosini tadqiq qilish, ularni saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish.

MATERIALLAR VA METODLAR: O'zbek teatrining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning o'rnini o'rganish uchun foydalaniladigan materiallar va metodlar quyidagicha bo'lishi mumkin.

Arxiv hujjatlari; O'zbek teatrining rivojlanish tarixi bilan bog'liq arxiv hujjatlari, davrning rasmiy hujjatlari, teatrlar tashkil etilganligi va faoliyatiga oid ma'lumotlar.

Adabiyotlar; Teatr tarixi va madaniy rivojlanish haqida yozilgan kitoblar, maqolalar, dissertatsiyalar va boshqa ilmiy asarlar. Bu materiallar teatrning turli davrlardagi rivojlanish jarayonlarini o'rganishga yordam beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Tarixiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'zbek xalqining boy madaniy merosi, jumladan, xalq og'zaki ijodi, an'anaviy qo'g'irchoq teatri (baxshi va dostonchilik san'ati), hamda marosimlar teatr san'atining shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Bu jarayonlar teatrning milliy o'ziga xosligini belgilab bergan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O'zbekistonda paydo bo'lgan ma'rifatchilik harakati teatrni rivojlantirishga katta turtki bo'ldi. Ma'rifatchilar teatrni xalqni o'qitish, madaniyat va san'atni rivojlantirish vositasi sifatida ko'rganlari tufayli, bu davrda bir qator teatrlar va drama to'garaklari tashkil etilgan. Bu jarayon teatr san'ati uchun yangi ufqlar ochgan. Mustaqillik va globalizatsiya ta'sirida teatr san'ati yangi yo'nalishlar va uslublarni qabul qilmoqda. Bu

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

teatrning xalqaro miqyosda rivojlanishiga yordam berib, o'zbek teatrini jahon sahnasiga olib chiqmoqda.

XULOSA: o'zbek teatrining milliy xususiyatlari va uning rivojlanishi asosan xalqning boy madaniy merosi, an'analari va og'zaki ijodiga tayangan. Bu meros teatrning zamonaviy sahnada ham o'z ahamiyatini saqlab qolishiga imkon yaratgan. O'zbek teatri ijtimoiy-madaniy jarayonlarning turli bosqichlarida rivojlanib, milliy va xalqaro sahnada o'ziga xos o'rin egalladi. Tarixiy, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlar teatr san'atining boyligi va xilma-xilligini shakllantirdi. Bugungi kunda o'zbek teatri nafaqat milliy an'analarga tayanmoqda, balki zamonaviy san'atda ham o'z o'rnini topib, global maydonda muvaffaqiyat qozonmoqda.

Kalit so'zlar: Teatr san'ati, taraqqiyot, madaniyat, ijtimoiy, madaniy, renessans, spektakl, jadid.

Iqtibos uchun: Umarov K. O'zbek teatrining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning o'rni.. // Inter education & global study. 2024. №7. B.459-467.

РОЛЬ СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫХ ПРОЦЕССОВ В РАЗВИТИИ УЗБЕКСКОГО ТЕАТРА_

© К. Х. Умаров1И

1 Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: как социальная площадка театр может отражать мировоззрение большинства, реагировать на изменения в обществе, идеологические процессы и тем самым служить формированию общественного мнения. В данной статье рассматривается роль и влияние социокультурных процессов на развитие узбекского театра.

ЦЕЛЬ: для определения и объяснения роли социокультурных процессов в развитии узбекского театра можно определить следующие задачи:

1. Изучить этапы исторического развития: изучить, как развивался узбекский театр под влиянием социокультурных процессов. Благодаря этому определить состояние и изменения театра в разные периоды.

2. Выявление и сохранение культурного наследия: исследование народных традиций, обычаев и культурного наследия, составляющих основу узбекского театра, их сохранение и передача будущим поколениям.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: материалами и методами исследования роли социокультурных процессов в развитии узбекского театра могут быть следующие материалы:

Архивные документы: архивные документы, связанные с историей развития узбекского театра, официальные документы того периода, сведения о создании и деятельности театров.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Литература: книги, статьи, диссертации и другие научные труды, написанные по истории театра и развития культуры. Эти материалы помогают изучить процессы развития театра в разные периоды.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: исторический анализ показывает, что большое влияние на формирование и развитие ати оказало богатое культурное наследие узбекского народа, включающее народное искусство, традиционный кукольный театр (бахши и эпическое искусство), ритуальное театральное искусство. Эти процессы определили национальную идентичность театра. Большой толчок развитию театра дало просветительское движение, возникшее в Узбекистане в конце 19 — начале 20 веков. В этот период был создан ряд театров и драматических кружков в связи с тем, что просветители видели в театре средство просвещения народа, развития культуры и искусства. Этот процесс открыл новые горизонты театральному искусству. Под влиянием независимости и глобализации театральное искусство осваивает новые направления и стили. Это помогает театру развиваться на международном уровне и выводит узбекский театр на мировую арену.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: национальные особенности узбекского театра и его развитие во многом базируются на богатом культурном наследии, традициях и устном творчестве народа. Это наследие позволило театру сохранить свое значение даже на современной сцене. Узбекский театр развивался на различных этапах социокультурных процессов и занимал уникальное место на национальной и международной арене. Исторические, культурные и социальные изменения сформировали богатство и разнообразие театрального искусства. Сегодня узбекский театр опирается не только на национальные традиции, но и находит свое место в современном искусстве, имеет успех на мировой арене.

Ключевые слова: театральное искусство, развитие, культура, социальное, культурное, ренессанс, перформанс, модерн.

Для цитирования: Умаров К. Х. Роль социально-культурных процессов в развитии узбекского театра. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 459-467.

THE ROLE OF SOCIO-CULTURAL PROCESSES IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK THEATER_

© Umarov X. Kamoliddin

1 Uzbekistan State Institute of Art and Culture, Toshkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: as a social platform, theater can reflect the worldview of the majority, respond to changes in society, ideological processes, and thereby serve to shape public opinion. This article examines the role and influence of sociocultural processes on the development of the uzbek theater.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: to determine and explain the role of socio-cultural processes in the development of the Uzbek theater, the following tasks can be defined: 1. To study the stages of historical development: to study how the Uzbek theater developed under the influence of socio-cultural processes. Thanks to this, to determine the state and changes of the theater in different periods. 2. Identification and preservation of cultural heritage: study of folk traditions, customs and cultural heritage that form the basis of the Uzbek theater, their preservation and transmission to future generations.

MATERIALS AND METHODS: the following materials can be used as materials and methods for studying the role of socio-cultural processes in the development of the Uzbek theater: Archival documents: archival documents related to the history of the development of the Uzbek theater, official documents of that period, information about the creation and activities of theaters.

Literature: books, articles, dissertations and other scientific works written on the history of the theater and the development of culture. These materials help to study the processes of theater development in different periods.

DISCUSSION AND RESULTS: historical analysis shows that the rich cultural heritage of the Uzbek people, including folk art, traditional puppet theater (bakhshi and epic art), and ritual theater art had a great influence on the formation and development of ati. These processes determined the national identity of the theater. A great impetus to the development of the theater was given by the educational movement that arose in Uzbekistan in the late 19th and early 20th centuries. During this period, a number of theaters and drama clubs were created due to the fact that educators saw the theater as a means of educating the people, developing culture and art. This process opened new horizons for theatrical art. Under the influence of independence and globalization, theatrical art is mastering new directions and styles. This helps the theater to develop at the international level and brings the Uzbek theater to the world arena.

CONCLUSION: the national characteristics of the Uzbek theater and its development are largely based on the rich cultural heritage, traditions and oral creativity of the people. This heritage has allowed the theatre to retain its significance even on the modern stage. The Uzbek theatre has developed at various stages of socio-cultural processes and occupied a unique place in the national and international arena. Historical, cultural and social changes have formed the richness and diversity of theatrical art. Today, the Uzbek theatre relies not only on national traditions, but also finds its place in contemporary art and is successful in the world arena.

Key words: Theatrical art, development, culture, social, cultural, renaissance, performance, modern.

For citation: Kamoliddin X. Umarov. (2024) 'The role of socio-cultural processes in the development of uzbek theater', Inter education & global study, (7), pp. 459-467. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Inson va jamiyat hayotida,, xaCqning manaviy dunyosini, ongu tafakßuriniyuksaftirishda teatr sanatining oirni va ahamiyati 6eqiyosdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimizda madaniy-ma'rifiy hayotimizning barcha jabhalari qatori madaniyat va san'at rivojiga ham alohida ahamiyat qaratilayotgani, ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz ma'naviyati, badiiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilayotgani sir emas. Zero, jamiyat orasida ezgu g'oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilish, millat, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi, ularning chinakam shaxs sifatida kamol topishida bu ikki vosita muhim o'rin tutadi.

San'at turlari orasida teatr o'zining jonli tabiati, ta'sirchanligi, inson ruhiyati, shuuriga bevosita ta'sir ko'rsatishi, muayyan voqea-hodisani tomoshabin ko'z o'ngida aniq-yorqin gavdalantirishi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. "Sahna bilan tomoshabinlar zali o'rtasida samimiy bog'lanish, muloqot hosil bo'lib, ham sahna ijodkorlarini, ham tomoshabinlarni ma'nan boyitadi, ruhini sozlaydi, ko'nglini ko'taradi. Ya'ni ikki tomonlama ta'sirlanish hosil bo'ladi"[1;22]. Shuningdek, teatr ijtimoiy minbar sifatida ko'pchilikning dunyoqarashini aks ettirib, jamiyatdagi o'zgarishlar, mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildirishi va shu orqali ijtimoiy fikrning shakllanishiga xizmat qilishi mumkin.

Teatr - ijodiy hodisa bo'lishdan tashqari, jamiyatdagi g'oyaviy-mafkuraviy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ta'sir ko'rsatuvchi san'at turi hisoblanadi. Bugungi globallashuv zamonida har bir millatning o'ziga xosligi va etnik qadriyatlarini saqlab qolish, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqealarni aks ettirish, xalqning ma'naviy-ma'rifiy immunitetini oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalashda teatr san'ati muhim o'rin tutadi. Shu bois bugun san'atshunoslik, teatrshunoslik, madaniyatshunoslik, falsafa, sotsiologiya va boshqa gumanitar fanlar kesimida teatrni ijtimoiy institut sifatida tadqiq etish, uning ijtimoiy-madaniy jarayonlar bilan uzviy jihatlarini o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Teatrshunos E.O'rinovning "Bugungi o'zbek teatri" nomli risolasida ham mavzuga doir qator maqolalarni uchratish mumkin. Muallif uzoq yillar Madaniyat vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda samarali mehnat qilgani, madaniyat boshqaruvida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgani bois ijtimoiy-madaniy jarayonlarda teatr san'atining tutgan o'rnini amaliy va nazariy jihatdan puxta o'rgangan. Xususan, kitobdan targ'ibiy-ma'rifiy xarakterga ega bo'lgan bir qator maqolalar o'rin olgan bo'lib, ularda istiqlol davri milliy teatrimizda yuz bergan badiiy-g'oyaviy o'zgarishlar: dramaturgiya, rejissura va aktyorlik san'atidagi tendensiyalar, repertuar muammosi, turli festival va anjumanlarlarning madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi o'rni tahlil qilinadi. Jumladan, muallif festivallarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati haqida shunday yozadi: "Mustaqillik yillarida O'zbekistonda tez-tez teatr san'ati xalqaro festivallari o'tkazila boshlanganligi san'atkorlarimiz uchun yaxshi tajriba almashish, o'zaro ijodiy, do'stlik aloqalarini mustahkamlash omili bo'lsa, tomoshabinlar uchun boshqa xalqlar san'ati bilan va shu orqali ularning hayoti, o'ziga xos urf-odatlari, an'analari bilan

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tanishish imkoniyatidir"1. Darhaqiqat, mamlakatimizda o'tkazilgan turli mahalliy va xalqaro teatr festivallari millatlar o'rtasida do'stlik-birodarlik, baynalminal g'oyalarni targ'ib qilishga xizmat qildi va bu hodisalarni ham ijtimoiy-madaniy jarayonlarning sahna san'atiga ta'siri sifatida baholash mumkin. Birgina "Navro'z" festivalini oladigan bo'lsak, dastlab 1989 -yil Markaziy Osiyo mamlakatlarining Teatr arboblari uyushmasi tomonidan ta'sis etilgan mazkur loyihani qamrovi yildan-yilga kengayib bordi va 1993-yilga kelib, ishtirokchi davlatlarning soni 23 taga yetdi. Yoki 1993-yil YUNESKO bilan hamkorlikda Toshkentda o'tkazilgan birinchi "Teatr: Sharq va G'arb" xalqaro festivalida dunyoning 18 davlatidan teatr jamoalari ishtirok etdi.

Shu vaqtgacha dunyoning ko'plab mamlakatlari, xususan, MDH davlatlarida teatrni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o'rganish, uni sotsiologik fanlar tizimida tadqiq etish bo'yicha qator izlanishlar olib borilgan (Паламарчук С.В. Театр и процесс социализация молодежи, диссертация на соискание ученой степени кандидата искусствоведения, Москва: 1985; М.Н.Ереско, О.А.Коркина. Рол новых театралных практик в социокультурных преобразованиях России. Тамбов: Грамота, 2015. № 1 (51): в 2 -х ч. Ч. ИИ. C. 63-66; О.Е.Коханай. Социокультурные функции детского и молодежного театра, диссертация на соискание ученой степени доктор культурологии, Москва: 2009; К.О.Чепеленко. Социокультурные особенности аудитории современного провинциального театра, диссертация на соискание учёной степени кандидата социологических наук, Саратов: 2008; И.Б.Нестерова. Педагогические условия формирования социокультурных ориентатций детей средствами музикального театра-студии, диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук, Москва: 2000.). Mazkur tadqiqotlarda teatr jamiyatda sotsial mexanizmni shakllantiruvchi, insonlarning ruhiy-ma'naviy olami, tafakkur tarzini o'zgartiruvchi, yuksak axloqiy-g'oyaviy qarashlarni ilgari suruvchi fenomen kesimida tahlil qilinadi. Yuqorida iqtibos keltirilgan tadqiqot muallifi T.O.Adrianova sahna san'atining inson ma'naviy kamolotidagi o'rni haqida boshqa bir maqolasida shunday yozadi: "Mittigina bolakay hayotining dastlabki yillari teatrning sirli olami bilan yuzlashadi. Bu dargohda u ertak qahramonlarini taniydi, ezgulik va yovuzlikning mohiyatini anglaydi, chor-atrofini qurshab turgan insonlar, jonzotlar bilan qanday muomala-munosabat qilish lozimligini tushunadi. Teatr dunyoni idrok etish va u bilan hamohang yashash imkonini beradi. Jajji tomoshabin ertak qahramonlaridan biriga o'xshashga, uning jasorat, aql, epchillik, saxovat, sabr va sadoqat singari eng yaxshi fazilatlarini o'zlashtirishga intiladi. Balog'atga yetgan, navqiron tomoshabin esa teatrga kelgach, hissiyotlarni teranroq tuyish va muhabbatni his qilish baxtiga muyassar bo'ladi. Shuningdek, xorij dramaturgiyasi asosida sahnalashtirilgan asar tufayli bir mamlakatning ijtimoiy tajribalarini boshqa xalqlar bilan almashish imkoniyati tug'iladi"2.

Ijtimoiy-madaniy jarayonlarning teatr san'atiga ta'siri teatrshunoslar tomonidan bilvosita o'rganilgan ilmiy tadqiqotlar ham mavjud. O'zbek teatri tarixi, an'anaviy teatr, jadid

1 О'г^ Е. Bugungi о^Ьек teatri. - ТоБИке^, 2014 - В.15.

2 Т.О.Адрианова. Социальные функции театра. - Вестник Челябинского государственного университета. 2012. №35 (289).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

dramaturgiyasi, yevropa tipidagi teatrning vujudga kelishi, XX asr teatri va dramaturgiyasi, mustaqillik davri sahna san'atiga bag'ishlangan tadqiqotlarda ijtimoiy-madaniy muhit, voqea-hodisalarning teatrga ta'siri xususida tahlil va mushohadalar uchraydi. Zero, aslida har qanday davrning adabiyot-u san'atini o'sha davr ijtimoiy-siyosiy tuzumi, g'oyaviy-mafkuraviy mezonlaridan ayro tasavvur qilish mumkin emas. Binobarin, o'zbek teatri taraqqiyotining turli bosqichlarida ijtimoiy-madaniy jarayonlar ta'siri ko'zga tashlanishi tabiiy hol.

Akademik M.Rahmonovning II jildlik "O'zbek teatri. Qadimiy zamonlardan XVIII asrga qadar" hamda "O'zbek teatri tarixi. XVIII asrdan XX asr avvaligacha" nomli fundamental tadqiqotlarida milliy teatrimizning uzoq asrlarga borib taqaluvchi tarixiy yo'li va evolyutsion rivojida ijtimoiy jarayonlar muhim rol o'ynagani asoslab berilgan. Masalan, olimning ellinizm davrida O'rta Osiyoga Yunon teatrining kirib kelishi bilan bog'liq ilmiy xulosalari alohida ahamiyatga ega3. Yunonlar O'rta Osiyoni istilo qilgach, yunon va mahalliy xalqlar madaniyati bir-biriga qorishib ketgani, natijada, "Sharq Ellinizmi" deb nomlanuvchi aralash madaniyat vujudga kelgani ma'lum. M.Rahmonov yozganidek, "Xalqaro aloqa va savdo -sotiqning kuchayishi orqasida O'rta Osiyoga Yunon va boshqa Ellin davlatlarning madaniyati oqimi yana kuchaydi, bular hammasi mahalliy xalq madaniyati bilan chetdan kelayotgan madaniyat o'rtasidagi o'zaro ta'sir jarayonini borgan sari kuchaytirib yubordi"4. Ikki xalq madaniyatining o'zaro assimilyatsiya bo'lishi haqida mulohaza yuritarkan olim qadimgi o'zbek teatrida ko'p qo'llanilgan "masxara" atamasining etimologiyasiga e'tibor qaratadi va ushbu tushunchani yunonlarning quyi tabaqa teatri - "O Maskaras" va "mim" teatrlari bilan bog'liq ekanini asoslaydi5. Demak, tilimizga singib ketgan shu birgina atamaning genezisi yunon madaniyatiga borib taqalar ekan, bu xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy -madaniy aloqalar nihoyatda chuqurligi, millatlarni bog'lovchi mushtarak ildizlar ancha mustahkam bo'lganidan dalolat beradi.

Shuningdek, olim qadimda O'rta Osiyo va Sharqiy Osiyo mamlakatlari o'rtasida ham madaniy aloqalar rivojlangani xususida yozadi6. Ayniqsa, Yaponiya va Xitoy bilan iqtisodiy va madaniy munosabatlar chuqur tarixga egaligi, bu xalqlarning madaniyati va san'ati bir -biriga ta'sir ko'rsatganini qayd etadi. Xitoydagi tasviriy san'at yodgorliklari, Yaponiyaning qadimgi shaharlaridagi muzey va ibodatxonalardan o'rta osiyolik aktyorlar, sozanda va raqqoslarning figuralari, niqoblari topilgani bu fikrni tasdiqlaydi. Bundan xulosa shuki, mamlakatimiz hududida teatr san'atining ilk kurtaklarini vujudga kelishi, rivojlanishida turli xalqlarning madaniyati, qadriyatlari, ijtimoiy jarayonlari muhim rol o'ynagan.

XX asrning boshiga kelib jadid ma'rifatparvarlarining say-harakati bilan Turkistonda yevropa tipidagi professional teatrning vujudga kelishi shubhasiz, davrning ijtimoiy-mafkuraviy ehtiyoji mahsuli edi. Zotan, jadid ziyolilari millatni uyg'otish, Turkistonni dunyoning mutaraqqiy etgan mamlakatlari safiga olib chiqish uchun astoydil harakat qilib,

3 Qаrаng: Rаhmonov M.O'zbek teatri. Qadimiy zamonlardan XVIII asrga qadar. - Toshkent: Fan, 1975.- B.73-118.

4 Shu manba, B.80.

5 Qarang: Shu manba, B.81-86.

6 Qarang: Shu manba, B.152-187.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bu yo'lda matbuot, maorif hamda teatrdan foydalandilar. San'atning jonli turi hisoblangan teatr xalqning ruhiyati, ongu shuuriga kuchli ta'sir ko'rsatishi va yakdil g'oya atrofida birlashtirishi lozim edi. Jadidlar davri teatri va dramaturgiyasini tadqiq etgan M.Rahmonov, SH.Rizayev, N.Karimov7 singari olimlarning ilmiy asarlarida XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, jadidlarning ma'rifiy harakati va g'oyaviy qarashlari bevosita professional teatrning tug'ilishiga zamin hozirlagani ta'kidlanadi. Bu davrni maxsus o'rgangan SH.Rizayev Turkistonga yevropa tipidagi dramaturgiya va teatrning kirib kelishi, tarixiy-ijtimoiy sharoit va jadid dramaturgiyasining shakllanishi xususida to'xtalar ekan, shunday yozadi: "O'zbek jadid dramaturgiyasi hamda teatrining shakllanishi, avvalo, ijtimoiy hayot taqozosi va ehtiyoji tufayli sodir bo'ldi. Tarixiy jarayon va Rossiyaning mustamlakachilik siyosati mamlakatdagi musulmon o'lkalarning, jumladan, Turkistonning tom ma'nodagi milliy uyg'onishi uchun vaziyat yetilganligini namoyon qilmoqda edi"8. Darhaqiqat, teatr ijtimoiy hayotni aks ettiruvchi, jamiyatdagi ko'plab muammolarga yechim izlovchi san'at turi sifatida jadid ma'rifatparvarlari uchun zarur ma'naviy qurol vazifasini bajardi va Turkistonda milliy uyg'onish ruhini kuchaytirishga, xalqning milliy o'zligini anglashiga xizmat qildi.

Shuningdek, T.Tursunov, M.To'laxo'jayeva, S.Qodirova, T.Islomov, D.Rahmatullayeva, H.Ikromov, O.Rizayev, O.Tojiboyeva9 singari teatrshunoslarning tadqiqotlarida ham ijtimoiy-madaniy jarayonlarning teatrga ta'siri, davr va teatr munosabatlari muayyan kontekstlarda o'rganilgan.

T.Tursunovning "Oktabr inqilobi va o'zbek teatri"10 nomli monografiyasida 1917-yilda yuz bergan Oktabr inqilobi, bolsheviklarning hukumat tepasiga kelishi va ushbu siyosiy jarayonning madaniy muhit, xususan, teatr san'atiga ko'rsatgan ta'siri tahlil qilinadi. Muallif oktabr inqilobiga qadar o'zbek xalqi professional teatrga ega bo'lmagani, Turkistonning Rossiyaga qo'shib olinishi natijasida bu mamlakatda ham yevropa tipidagi teatr yaratishga qiziqish paydo bo'lganini ta'kidlaydi11. Shuningdek, asr boshida Turkistonga tez-tez tashrif buyurgan ozarbayjon va tatar teatr truppalari ham bu jarayonda muhim o'rin tutganini eslash lozim. Biroq T.Tursunov yozganidek, "Xalqi asosan qishloq xo'jaligi bilan band bo'lgan o'lka ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ancha orqada qolgan edi. Aholi kichik ishlab chiqarish bilan cheklangan, Markaziy Rossiya aholisiga qaraganda birmuncha ihotalangan tarzda hayot kechirardi. Turkistonda teatr asoschilari bilan xalq o'rtasida amalda hech qanday munosabat yo'qligini izohlovchi sabablardan biri ham shu edi"12. Inqilob esa teatr

7 Rahmonov M. O'zbek teatri tarixi. XVIII asrdan XX asr avvaligacha - Toshkent: Fan, 1968. - 430 b; Rizayev SH. Jadid dramasi. - Toshkent: Sharq, 1997. -320 b; Karimov N. Jadid teatri. - Toshkent: "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2016. - 260 b;

8 Rizayev SH. Jadid dramasi. - Toshkent: Sharq, 1997. - B.35.

9 Tursunov ^Формирование социалистического реализма в узбекской драматургии. - Ташкент: изд. АН УзССР, 1963. - 163 с; Октябрьская революция и узбекский театр. - Tashkent: Fan, 1983. - 192 s; Tulyaxodjayeva M., Yuldashev T. Узбекская драматургия на сцене театра. - Tashkent: Fan, 1990. - 136 s; Туляхождаева М. Режиссура узбекского драматического театра (тенденции развития и современные проблеми). - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Г.Гуляма 1995. - 84 с; Qodirova S.Komediya san'ati tarixi. - Toshkent: "San'at" jurnali nashriyoti, 2008. - 212 b; Islomov T. Tarix va sahna. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998. -136 b; Rahmatullayeva D. Tarix va teatr. - T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 y. - 364 b; Ikromov H. Davr va teatr. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2009. - 165 b; Tojiboyeva O.Epos va teatr. 1-kitob. - Toshkent: "San'at" jurnali nashriyoti, 2015.-240 b; 2-kitob. - Toshkent: "San'at" jurnali nashriyoti, 2016.-208 b;

10 Турсунов Т.Октябрьская революция и узбекский театр. - Ташкент: Изд. "Фан", 1983.- 192 с;

11 Shu manba, B.5.

12 Shu manba, B.5.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

san'ati rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, hukumat tomonidan sohani qo'llab-quvvatlash uchun qator say-harakatlar amalga oshirildi, badiiy jarayonlarda ham o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Jumladan, iste'dodli yoshlar bilan ishlovchi mustaqil teatr uyushmasi tashkil etiladi, mamlakatning yirik madaniy markazlarida yangi teatr truppalari tuziladi. Farg'onada Hamza Hakimzoda Niyoziy, Toshkentda Mannon Uyg'urning truppalari yorqin ijodiy faoliyati bilan ajralib chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, har bir davrdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar o'zbek teatrining rivojlanishida ta'sir ko'rsatdi. Buning natijasida spektakllar yaratildi va sahna yuzini ko'rdi. Aynan bugungi kun o'zbek teatrida sahnalashtirilgan, sahnalashtirilayotgan spektakllar ham g'oyaviy-badiiy jihatdan teran, shaklan va mazmunan yaxlit bo'lishi barobarida sahna qonuniyatlari asosida yaratilishi, tarbiyaviy harakterga ega bo'lishi, eng asosiysi tomoshabinning estetik didini oshirishi, ma'naviy ozuqa berishi va zavq ulashishga xizmat qilishi zarur.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'rinov E. Bugungi o'zbek teatri. - Toshkent, 2014 - B.15.

2. Т.О.Адрианова. Социальные функции театра. - Вестник Челябинского государственного университета. 2012. №35 (289).

3. Rаhmonov M.O'zbek teatri. Qadimiy zamonlardan XVIII asrga qadar. - Toshkent: Fan, 1975.- B.73-118.

4. Rahmonov M.O'zbek teatri tarixi. XVIII asrdan XX asr avvaligacha - Toshkent: Fan, 1968. - 430 b;

5. Rizayev SH. Jadid dramasi. - Toshkent: Sharq, 1997. - 320 b;

6. Karimov N. Jadid teatri. - Toshkent: "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2016. - 260 b;

7. Istiqlol va milliy teatr (to'plam) - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002.

8. Tursunov Т.Формирование социалистического реализма в узбекской драматургии. - Ташкент: изд. АН УзССР, 1963. - 163 с;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Октябрьская революция и узбекский театр. - Tashkent: Fan, 1983. - 192 с;

10. Туляхождаева М. Режиссура узбекского драматического театра (тенденции развития и современные проблеми). - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Г.Гуляма 1995. - 84 с;

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

eUmarov Kamoliddin, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti tayanch doktoranti, [Умаров Камолиддин, аспирант Государственного института искусства и культуры Узбекистана], [Umarov Kamoliddin, postgraduate student of the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., [адрес: Узбекистан, г. Ташкент], [address: Uzbekistan, Tashkent city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.