Научная статья на тему 'O‘ZBEK TEATR SAN’ATINING ILK ODIMLARI'

O‘ZBEK TEATR SAN’ATINING ILK ODIMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
873
582
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xarakter / xarakterlilik / spektakl / aktyor / rejissor / drama / dramaturg / teatr.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tashkenbayeva Madina Rasuljon Qizi

ushbu maqolada o‘zbek teatr san’atining tashkil topishi va uning yuksalishiga hissa qo’shigan yetuk san’atkorlar haqida, shuningdek, ilk sahnalashtirilgan “Padarkush” spektakli haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TEATR SAN’ATINING ILK ODIMLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

O'ZBEK TEATR SAN'ATINING ILK ODIMLARI

*

>

Tashkenbayeva Madina Rasuljon qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Drama teatri va kino aktyorligi" mutaxassisligi magistranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6773215

' t

Tip*

Annotatsiya: ushbu maqolada o'zbek teatr san'atining tashkil topishi va uning yuksalishiga hissa qo'shigan yetuk san'atkorlar haqida, shuningdek, ilk sahnalashtirilgan "Padarkush" spektakli haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: xarakter, xarakterlilik, spektakl, aktyor, rejissor, drama, dramaturg, teatr.

Annotatsiya: В данной статье рассматриваются ведущие артисты, внесшие вклад в становление и развитие узбекского театрального искусства, а также первая постановка спектакля «Падаркуш».

Ключевые слова: персонаж, характеристика, спектакль, актер, режиссер,

»

драма, драматург, театр.

*

Annotation: This article discusses the leading artists who contributed to the

»

formation and development of Uzbek theatrical art, as well as the first staged performance of "Padarkush".

Keywords: character, characterization, performance, actor, director, drama, playwright, theater.

O'zbekiston hududida birinchi professional teatr jamoasi 1913-yilning o'rtalarida Toshkent shahrida shakllanib, 1914-yilning boshlarida ilk milliy p'esa -tomoshani sahnaga qo'ygan va shu tariqa rasman faoliyat boshlagan va dastlab "truppa" deb atalgan. "Truppa" asli teatr va sirk yo'nalishidagi ijodiy jamoa ma'nosini anglatadigan so'z bo'lib, Rossiyada teatr guruhlari "teatralniye truppi" deb atalar edi. Turkiston XX asr boshlarida Chor Rossiyasining mustamlakasi bo'lgani uchun teatr sohasida ham imperiyaning hukmron aqidalariga bo'ysunishga to'g'ri kelar, ayniqsa, teatrdek yirik madaniy muassasani rasmiy ro'yxatdan o'tkazish, uning faoliyati uchun ruxsat olishda shunday yo'l tutish talab qilinar edi. "Teyotr nimadur? Janobig'a teyotr ibratnamodur, teyotr va'zxonadur, teyotr ta'zir adabidir. Teyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko'zliklar ko'rub, karquloqsizlar eshitib asarlanur. Xulosa - teyotr va'z va tanbih etuvchi hamda

s

zararlik odat, urf va taomilni, qabih va zararini ayon ko'rsatguvchidur. Hech kimni rioya qilmasdan, to'g'ri so'ylaguvchi va ochiq haqiqatni bildirguvchidir" [1. B. 175.]

Ana shu tarixiy voqealarning bevosita ishtirok-chisi, tashkilotchisi bо'lgan

____ „^u л________ит1______J

atoqli pedagog, adib va dramaturg Abdulla Avloniy "Tarjimai hol"ida bu haqda

ЩЪ пй*

^-w-isr88- a >

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

quyidagi ma'lumotlarni yozib qoldirgan: "1913-yildan boshlab xalqning ko'zin

#

>

ochmoq, madaniyatga yaqinlashtirmoq uchun teatruga kirishib, teatru ishlarini yo'lga qo'yuvchilarning boshlug'u bo'lub, Turkistonning bir necha shahar-lariga borib o'zbeklar orasida teatruga yо'l ochdim... "Turon" ismli teatralniy blag'otvoritelniy jamiyatni yuzaga chiqardim" Ta'kidlash kerakki, o'sha davrga oid boshqa hujjat va dalillar ham 1913-yilda havaskorlar guruhi shaklida ish boshlagan bu ijodiy jamoa 1914-yildan e'tiboran "Turon" truppasi nomini olib, professional asosda faoliyat ko'rsata boshlaganidan guvohlik beradi.

o o

Mazkur truppa 1913-yilning iyun-iyul oylarida norasmiy ravishda spektakllar ko'rsatishni boshlaydi. Ijodiy guruhning tashkiliy va targ'ibot ishlarida Toshkent ma'rifatparvarlarining yetakchisiMunavvar qoriAbdurashidxonov faol ishtirok etadi. Truppaning ilk spektakli 1913-yili 8 avgustda Shayx Xovand Toxur bog'ida "Tomosha kechasi" sifatida o'tkaziladi. Qayd etish kerakki, o'sha paytda Turkiston o'lkasining boshqa bironta shahrida milliy teatr jamoasi yo'q edi. Samarqand shahrida haftasiga bir marta nashr etiladigan "Oyina" jurnalining 1913-yil 14-noyabr

sonida "Padarkush" teatr risolasi chop etilgani haqida ma'lumot berilib, bu asarni sahnaga qo'yish uchun muallifdan ruxsat olinganiga qaramasdan, u hanuz o'ynalmay turgani aytiladi.

»

m:

"Yevropacha shakldagi yangi o'zbek teatrlarining Turkiston o'lkasida XX asr boshida paydo bo'lishiga, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yirik shaharlarda ruslar tomonidan qurila boshlagan va o'lka madaniy hayotida yangilik bo'lgan klublar, sahnalar hamda teatr binolari moddiy sharoit yaratdi", [2. B. 14.]deydi, Ma'mur Umarov. Toshkentda 1913-yilning dekabr oyidan boshlab "Padarkush"ni sahnalashtirish uchun hozirlik ishlari boshlanadi. Bu jarayonda yangi usul maktablari muallimlari faol ishtirok etishadi. Chunonchi, Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizomiddin Xo'jayev, Shokirjon Rahimiy kabi ma'rifatparvarlar bu borada jonbozlik ko'rsatadilar. Toshkentlik havaskorlar tayyorlagan spektaklga Muhammadyorov degan tatar ziyolisi rejissorlik qila boshlaydi. Lekin tayyorgarlik ishlari sust bo'lib, dramani sahnaga qo'yish cho'zilib ketadi. Ana shu paytda, 1914-yilning boshlarida Samarqanddan Aliasqar Asqarov Toshkentga kelib, havaskorlar bilan tanishadi va rejissorlik vazifasi unga topshiriladi. Shu tariqa tayyorgarlik ishlari tez orada J-jt nihoyalanib, 1914-yilning fevral oyida "Padarkush" p'esasini - ozarbayjoncha "Xo'r-xo'r" komediyasi bilan birgalikda - sahnaga qo'yish mo'ljallanadi.

"Ma'rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari j > ' i bilan tanishib bormok, millat va vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh

! K*

bo'lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda o'z qabohatini ham, malohatini ham ko'rsin", [1. B. 219.] deydi Begali Qosimov. Shu yili, 27-fevralda Toshkentning Yangi shahar qismida joylashgan "Kolizey" teatrining

U- , • L:,:, .______,_______, : , ,

bir ming yuz kishilik tomoshaxonasida kechki soat yettida Toshkent teatr

* : j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

havaskorlari rasman spektakllar namoyishini boshlaydilar. Shu munosabat bilan

chiqarilgan maromnoma - afishadan ma'lum bo'lishicha, teatr kechasi uch qismdan tashkil topgan edi. Birinchi qism - Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" p'esasi

— —" —~ ---V—Ь ----— r —

asosidagi spektakl namoyishi. Ikkinchi qism - ozarbayjon aktyorlaridan Aliasqar

mi

Asqarov, Guluzorxonim va M.Shaxbalov ijrosidagi bir pardalik "Xo'r-xo'r" kulgu tomoshasi. Uchinchi qism "Milliy o'qish va jo'rlar" deb nomlangan bo'lib, unda sakkizta nomerdan iborat konsert ko'гsatilishi nazaгda tutilgan edi. Konsertda Mulla

!

To'ychi hofiz, mashhur гaqqosa Quгbonxon, Mulla Ahmadjon to'ra kabi san'atkoгlaгning qatnashishi, Abdulla Avloniy qalamiga mansub "Turkiston faiyodi" va "To'y" nomli manzumalar jo'гlikda ijro etilishi ma'lum qilingan edi. Maromnoma so'ngida kecha uchun mas'ul mudir Abdulla Xo'ja o'g'li, rejissor AliasqaTAsqarov ekani qayd qilingan.

Tomosha avvalida sahnagaMunavvar qori Abdurashidxonov chiqib, butun ijodiy jamoani buyuk madaniy hodisa bilan tabriklaydi. Haqiqatan ham, o'sha kuni butun

' I '1 лкЛлл r+Ап +ОПЛ71/1П л I \т~ 1лг\г т т гтлпп татАп I on íyo m а о К аЧ ап п mmi пт г+г! о tr\i11i\r

Turkiston tarixida ilk bor yevropa mezonlariga mos bo'lgan, ayni paytda milliy

>

*

tomosha an'analariga asoslangan professional teatr san'atining tamal toshiqo'yilgan edi.

"Turon" tmppasi 1915-yildan boshlab teatr bilan birga shakllana boshlagan

»

o'zbek dгamatuгgiyasining yangi namunalaгini muntazam sahnalashtirib boгadi. Masalan, 1915-1916-yillarda Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Hoji Mu'inning "Mazluma xotun" p'esalaгi tmppa гepeгtuaгidan joy oladi va tmppa ilk qadamlaгidan boshlab yangilikka, hamkorlikka intilib, professional jamoa sifatida shakllanishga, ijodiy o'sishga, xalqning madaniy-ma'rifiy saviyasini ko'tarish yo'lida, o'ta qiyin bir sharoitda, dadil tashabbuslar ko'гsatishga harakat qiladi.

1917-yil voqealaгi arafasida tarqalib ketgan "Turon" tгuppasining Nizomiddin Xo'jayev, G'ulom Zafariy, Badгiddin A'lamov, G'ozi Yunus, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon kabi a'zolaгi Mannon Uyg'uг гahbaгligida "Turon" teatгini tiklash, uning ma'гifatpaгvaгlik va taгaqqiypaгvaгlik an'analarini davom ettiгishga qaгoг qilishadi. Ammo yangi voqelik talablariga javob beradigan to'laqonli sahna asaгlaгi hali paydo bo'lmagan edi. Shu sababli "Turon" teatrida 1918-yilning mart oyidan 1919-yilning sentabг oyiga qadaг sahnalashtirilgan 16 ta p'esadan 15 tasini Ыг paгdali J-* asaгlaг tashkil etadi. Bu asarlar oгasida shok va bastakoг G'.Zafaгiyning "Tilak", "Yomon o'g'il", "Rahimli shogird" singari musiqali p'esalari ham bor edi.

Ular 20-yillarda, bir tomondan, o'zbek bolalar dramaturgiyasi, ikkinchi

J "1 > Jb 1 >

tomondan esa, milliy musiqali drama teatri shakllanishi uchun poydevor bo'lib

xizmat qiladi.

1920-yilning mart oyida Mannon Uyg'ur rahbarlik qilgan Karl Marks truppasi "Taraqqiy" havaskorlar to'garagi bilan birlashganidan so'ng O'lka davlat namuna truppasi yuzaga keladi. Uyg'ur rahbarlik qilgan bu truppaga tatar teatr arbobi Kamol

Ы> 3 ]> <}>

-râ~ZiITo*fà .,»., о--И- >

J^r'-^-p^ 125

is* » J

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Birinchi rejissor sifatida taklif etiladi. Y.Bobojonov, M.Qoriyeva, O.Jalilov,

#

S.Olimov, M.Muhamedov, A.Ardobus (Ibrohimov), SH.Najmiddinov esa truppaning ijodiy о'zagini tashkil etadi. Truppa 1925-yilda O'zbekistonning о'sha paytdagi poytaxti Samarqandga kо'chib borguniga qadar xalq va mamlakat hayotiga yaqinlashishni, keng xalq ommasini hayajonlantirgan dolzarb hayotiy muammolarga murojaat etishni о^ oldiga maqsad qilib qо'yadi. 1920-yil 26 martda namoyish qilingan Hamzaning "Zaharli hayot" dramasi, G'.Zafariyning "Halima" musiqali

! Ш-

dramasi oz borada muhim ahamiyat kasb etdi. Oradan ikki-yil о'tgach, 1924-yil 20 iyunda Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" (Xurshid inssenirovkasi), 15 dekabrda esa Fuzuliyning "Layli va Majnun" (Uzeir Hojibekov inssenirovkasi va musiqasi) dostonlari asosida musiqali spektakllar tayyorlanib, namoyish qilinadi.

1920-yilning bahorida O'lka о'zbek davlat namuna truppasi tashkil etilganidan sо'ng unga Toshkentning Yangi shahar qismidagi 600 kishilik "Xalq uyi" binosi beriladi va Abdulhamid Sulaymon о^'Н Cto'lpon teatr direktori etib tayinlanadi.

1 П1 /1 тм'Ыг,^ 1лп,-,л nolnm t^rnto n/vnn ГЧл^Ч.^.л ОП

1914-yildan boshlab dramaturgiyada ham qalam tebrata boshlagan Chо'lpon 20-

yillarning avvalida "Yorqinoy" va "Xalil farang" p'esalarini yozadi. "Yorqinoy" 1920-yil 24 noyabrda, "Xalil farang" esa 1921-yil 2-fevralda teatr sahnasida namoyish etiladi.Umuman, teatr faoliyati, uningijodiy kamolatida CH^'lpon alohida

»

m?

о'rin tutadi.

Mazkur truppa tomonidan 1927-yil 31-oktabrda "Malikai Turondot" spektaklining Vaxtangov teatri an'analari asosida tayyorlangan R.Simonov talqini tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Oradan bir-yil о'tgach, 1928-yil 30-oktabrda Mannon Uyg'ur uni yanada takomillashtirgan holda sahnaga qо'yadi. O'sha-yillarda C^'lponning "Yorqinoy", Fitratning "Arslon", V.Yan va C^'lponning "Hujum"kabi san'at talablariga birmuncha javob beradigan p'esalari namoyish qilinadi.

O'zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon

~1>

Uyg'ur о'z atrofiga eng iste'dodli dramaturg va san'atkorlarni uyushtirib, ular bilan ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy manaviyatiga mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yо'lidan borgan edi.

O'zbek teatrining tug'ilganiga о'п yil bо'lmayoq Abdurauf Fitratning "Chin

*

sevish", "Abulfayzxon", Chо'lponning "Yorqinoy", Hamza Hakimzodaning

komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha drama estetikasi talablari darajasida Ьо'ШЫ shu izlanishlarning mantiqiy natijalari edi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu hayajonning sababi shundaki, о'zbek madaniyatining kо'zgusi bо'lgan mana shu akademik teatrimiz sahnasida Mannon Uyg'ur, Yetim Bobojonov, Abror

Hidoyatov, Shukur Burhonov, Olim Xо'jayev, Sora Eshonto'rayeva, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Zaynab Sadriyeva, Toshx^'ja Xо'jayev, Aleksandr Ginzburg, G'ani

Obid Jalilov, Zaynab SadriJeVa, T0shx0ja ^wjuyw, Aleksandr G ani

v> ¡>

>q ] i )> >

u>,* ^ t<ns

>>

* : >

й*

*ф:

>>

#ф>

^ >3> 1

1

r>a>

ы >

j >i>

>j*

*ф: ы>

эй Ы )> Ы*

ы>

Ы )>

] >4>

Ы >

Щ

Ш>

< >p-

>j> >

Ы >

i >j>

* - i>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Azamov singari ne-ne buyuk sanat namoyondalarining qutlug' izlari qolgan, ovozlari yangragan, ularning o'lmas ruhi bugun ham shu dargohda kezib yuribdi.

Xulosa shuku, mustaqillik xalqimizga berilgan ulug' ne'mat, millatimiz qo'lga kiritgan buyuk saodatdir. Teatr san'ati o'zining mazmun-mohiyati bilan insonlar ongining yorug'lashuviga va aksincha qorong'ulashuviga ham xizmat qilishi mumkin. Ma'naviyatni o'stirish, kamol toptirish, yosh avlodni yuksak salohiyatli, diyonatli, iymonli qilib tarbiyalash ham adabiyot va san'atning eng muhim tarbiyaviy vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Behbudiy M. Tanlangan asarlar. -T.: Ma'naviyat, 2006.

2. Umarov M. Mannon Uyg'ur estetikasi. -T.: Musiqa, 2007.

3. Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - T.: Ma'naviyat, 2002.

q >3*

Ш

!>3*:

Ш

»

I*. )>

шЧ

■r 1 J>

K»~

sO

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

127

q . >

Ы:> *ф>

q

Ш >

q

Щ >

Ш >

m >

i> * *ф>

q

Ц >р

q > >

q

q >3*

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.