Научная статья на тему 'O‘ZBEK TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI VA UNING ENG YIRIK VAKILLARI'

O‘ZBEK TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI VA UNING ENG YIRIK VAKILLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yil / ulug‘ / adabiyot / asar / til / tarjima. tarjimon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Toshpo‘Latova Nargizaxon Mamarizayevna

O‘zbekistondagi tarjimonlar hamda ularning tarjimalari haqida so‘z yuritiladi. .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI VA UNING ENG YIRIK VAKILLARI»

O'ZBEK TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI VA UNING ENG YIRIK VAKILLARI

Toshpo'latova Nargizaxon Mamarizayevna

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta'limi Vazirligi Farg'ona Viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish millliy markazi"Pedagogika va psixologiya, ta'lim

texnologiyalari" kafedrasining " ta'limda ilg'or xorijiy tajribalar " fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11101423

Annotatsiya. O'zbekistondagi tarjimonlar hamda ularning tarjimalari haqida so'z

yuritiladi. .

Kalit so'zlar: Yil, ulug', adabiyot, asar, til, tarjima. tarjimon.

Аннотация. В данной статье ведётся речь переводчики Узбекистана и у них переводы.

Ключевые слова:Год, великий, литература, произведение, язык, перевод, переводчик.

Abstract. In dieser Artikl aussagen Tätigkeiten über uzbekische Dolmetscher.

Schlüssel words: Jahr, grosse, Literatur, das Work, Sprache, Dolmetscher, Ubersetzung.

Abstract. In this article says about uzbek translaters and theirs translation.

Keywords: Year, great, literature, work, language, translate, translater.

Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o'zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur ham qilib bo'lmaydi.Bugunda tarjimaning ahamiyati haqida gapirish quyoshning ahamiyatini tushuntirishday gap bo'lib qoldi. Quyoshsiz yer yuzida hayot bo'lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o'zaro aloqasi, o'zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo'lmaydi. "Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo'lmaslik, g'ofillikka olib keladi". Tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog'lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va boyituvchi vosita, o'zaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi ko'prik deb qaraladi. Tarjima: xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlik o'rnatilishi; -ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvchi; madaniyat, san'at va adabiyotlarning bir-biriga ta'siri; - tillarning boyishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarjima jarayonining mohiyati asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmunning birligini, yaxlitligini saqlash uchun bo'lak tildan muqobil vositalar qidirib topishdan iborat. Asl nusxa mazmunini boshqa tilda berishning mavjud bir nechta imkoniyatlari orasida eng muqobil va muvofiq variantini tanlash ham adekvat tarjimaning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Shu muqobil til vositalarini qidirib topish va muvofiq variant tanlash ijodiy hususiyatga ega bo'lib, tarjima qiluvchi kishi, ya'ni tarjimondan ongli mehnat talab etadi. Tilning ifodaviyligi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ilmiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tarjimasida ham muayyan badiiy-ijodiy masalalarni yechishga to'g'ri keladi. Bu tarjimondan adabiy mahoratni talab qiladi. Bunday tarjima san'at jumlasiga kiradi.Til vositalarini u yoki bu darajada tanlash xususiyatini o'z ichiga olganligi jihatidan har qanday tarjima ma'lum ma'noda ijodiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Bu borada O'zbekiston olimlarining tajribasi alohida diqqatga sazovor. O'zbekiston Markaziy Qo'mitaning badiiy tarjima ishlarini tubdan yaxshilash haqida 1965- yili chiqargan qaroridan keyin badiiy ijodning bu sohasida ancha sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. O'zbek adabiyotidan qilingan tarjimalar miqyosi ham kengaydi. O'zbekiston nomi bilan chiqayotgan kitoblarni jahonning Angliya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Eron, Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlarda o'z ona tillarida o'qimoqdalar. Mavjud tarjimalarni ilmiy tadqiq qilish ishi respublikada juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. O'zbekistonda ko'plab

tadqiqotchilar tarjima muammolari bilan band.Respublikada qisqa muddat ichida yirik ilmiy asarlar bunyod etildi. Jumaniyoz Sharipovning "O'zbekistonda tarjima tarixidan" (1965-y), "Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar" (1972-y) G'aybulla Salomovning "Til va tarjima" (1966-y), "Tarjima nazariyasiga kirish" (1978-y) G. G'afurovaning "O'zbekistonda tarjima taraqqiyoti" (1973-y) Z. Umarbekovaning "Lermontov va o'zbek she'riyati" (1973-y) Q. Musayevning "Badiiy tarjima va nutq madaniyati" (1976-y) kitoblari, G'.Salomov, N. Komilov, Z. Salimova, Q. Jo'raev, N. Otajonovlar yaratgan "Tarjimon mahorati" (1979-y) monografiyasi, K. Jo'raevning "Tarjima - san'at" (1975y)N. Otajonovning "Badiiy tarjima va ilmiy sharh" (1978-y) risolalari, respublika va dunyo matbuotida e'lon qilingan bir necha salmoqdor maqolalar fikrimizni quvvatlaydi.Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutining adabiy aloqalar va badiiy tarjima nazariyasi bo'limi "Badiiy tarjima - do'stlik quroli" (1974-y) "Badiiy tarjimaning dolzarb masalalari" (1977-y) mavzuida, O'zbekiston milliy universitetining tarjima nazariyasi kafedrasi rus va o'zbek tillarida "Tarjima nazariyasi masalalari" (1977-y) to'plamlarini nashrdan chiqardilar.Adabiyot va san'at nashriyoti muntazam chop etayotgan "Tarjima san'ati" maqolalar to'plami dunyo miqyosida tanilib bormoqda, bu adabiy minbar, ilmiy nashr O'zbekistondagi yirik tarjimon va tarjimashunoslar, yosh tadqiqotchilar, o'zbek adabiyotining chet eldagi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlaridagi jonkuyarlarini birlashtirib, ulkan hayrli ishni amalga oshirmoqda. Tarjimani ilmiy tomondan o'rganish masalasiga bu yerda katta ahamiyat berilmoqda.O'zbek tiliga qilinayotgan umumiy tarjima mahsulotining ko'p qismini - rus tilidan o'girilayotgan tarjima kitoblari tashkil etgan. G'arbiy Yevropa adabiyoti asarlari ham o'zbek tiliga rus tilidan tarjima qilingan. Ayni vaqtda G'arbiy Yevropa adabiyotini bevosita asl nusxalardan o'zbek tiliga o'girish vazifasi ham ko'ndalang bo'lib turgan. Shu ulkan, murakkab ijodiy muammoni uddalay oladigan yetuk tarjimon mutaxassislar tayyorlash ishi g'oyat dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan va hozirda ham muhimdir.

Tarjma haqidagi mavjud nazariy adabiyotlar nimani tarjima qilish mumkinu, nimani o'girish mushkul degan muammoni tahlil qilishga bag'ishlanadi.

Tarjima san'atida bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilina boshlagan davrdan to hozirgacha 2 tarjima: erkin tarjima hamda aniq va to'g'ri tarjima turlari mavjud.Erkin tarjimada tarjimon istagi bilan tarjima qilayotgan asarni o'zgartib,unga yangi boblar qo'shib, syujetlarni qisqartirib yo kengaytirib beradi. Bunday tarjimada asarning nomini o'zgartirish hollari uchraydi.Tarjima tarixida erkin tarjima qilish hollari tez-tez uchrab turadi. "Erkin" va "ijodiy" tarjima tushunchalarini bir-biridan farqlamoq kerak.Ijodiy tarjima ilmiy aniq va badiiy muqobil-tarjima demakdir, asarning ruhini, ma'nosini, obrazlarini to'la berish demakdir. Qadimgi tarjimonlar asl asarga va uni ijod qilgan muallifga katta hurmat bilan qaraganlar. Asl asarning ma'nosi va tuzilshi, syujet va kompozisiyasini, hususiyat va obrazlarini o'zgartirmasdan tarjima etishga tirishganlar. Badiiy jihatdan yuqori darajada tarjima etilgan asarlar o'z qimmatlarini to'la saqlagan holda davr va asrlar osha bizga yetib keldilar.

XIX asrgacha bo'lgan tarjimalarning umumiy xususiyatlaridan biri, tarjimonlarning ko'pchiligi shoir va adiblar bo'lib, badiiy, tarixiy-falsafiy asarlarni ham tarjima etganlar. Asl tarixiy asarlar mualliflari ham ko'pincha shoir yo adib bo'lganlar. Hikoyani tarjima etgan adib tarixiy asarni, falsafiy kitoblarni ham tarjima qilgan.XIX asrga qadar O'zbekiston hududida tarjima asarlari qo'lyozma holida tarqatilgan, kotiblar ularni ko'chirganda ba'zi bir o'zgarishlar kiritganlar. Tarjima asarlarining qo'lyozma nusxalarida har xillik bor.Qadimiy tarjimalarda ba'zi bir ilmiy, tibbiy, falsafiy asarlar, lug'atlar ham she'rda berilgan. Bunday hol tarixiy asarlarning tarjimasida ko'p uchraydi.

XIX asrgacha bo'lgan tarjima amaliyotida 2 turli yo'nalish mavjud edi.Birinchi yo'nalish-asarlarni murakkab yo'l bilan, uzundan-uzoq tuzilgan jumlalar, xalq tushunishi qiyin bo'lgan arabcha,forscha so'zlar,dabdabali iboralar bilan tarjima qilish bo'lsa,ikkinchisi- qisqa va aniq jumlalar bilan, xalq jonli tilida, sodda uslubda tarjima qilishdir.Odatda, tarjima qilingan she'riy asarlarda vazn, qofiya tizimi asl nusxada qanday bo'lsa, aynan shunday saqlangan.O'zbek tarjimachiligi tarixining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, arab va fors tillaridan ko'plab yirik va poydevor asarlar to'la-to'kis, aniq va to'g'ri tarjima qilingan.

Rus adabiyotidan o'zbek tiliga tarjima qilingan asar va she'rlar juda ko'pdir. XIX asrning ohirlari hamda XX asr rus adabiyoti durdonalarini o'zbek tiliga tarjima qilish asri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dunyoga mashhur rus adiblarining shoh asarlarni o'zbek o'quvchilari ham o'qishga musharraf bo'ldilar. Har bir xalq, millatning o'ziga hos urf- odatlari bo'lgani kabi, ushbu millat adib va shoirlarining ham o'z uslub va yo'nalishlari bo'ladi. Rus va o'zbek tillari grammatikasida tafovutlar bo'lganligi, 2 millat urf odatlari hamda dunyoqarashlari o'rtasida farq bo'lganligi tufayli rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish jarayoni birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiydir.Shunday bo'lsada, bizning buyuk shoir va adiblarimiz qiyinchiliklarni yengib o'tib, o'z xalqining kitobhonlari uchun tengsiz tarjimalarni yaratib qoldirdilar. Jumladan:

Hamid Olimjon -N. Ostrovskiyning romanini hamda A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy,V. Mayakovskiy, Taras Shevchenko asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Zulfiya Isroilova Pushkin, Lermontov, Nekrasov va boshqa shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Maqsud Shayxzoda Pushkinning "Mis chavandoz", M. Yu. Lermontovning "Kavkaz asiri",V.Shekspirning"Hamlet","Romeo va Juletta"tragediyalari va sonetlarini, dunyo adabiyotidagi bir qancha buyuk siymolarning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Usmon Nosir.Pushkinning "Boqchasaroy fontani", M.Yu. Lermontovning "Demon" ("Iblis") dostonlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Qudrat Hikmat. Mayakovskiy,S.Marshak,S. Mixalkov,A.Surkov,M.Bajan A.Barto va shoirlarning bolalarga atalgan she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Tursunov Mirtemir.Pushkinning she'rlarini, N.A.Nekrasovning "Rusiyada kim yaxshi yashaydi"Sh. Rustavelining "Yo'lbars terisini yopingan pahlavon"ni o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Uyg'un (Otaqo'ziyev Rahmatulla). Pushkin,M.Yu.Lermontov,A.P.Chexov,L.N. Tolstoy,V. Shekspir asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Oybek-. Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy romani, Lermontovning "Maskarad" Molerning "Tartyuf" dramalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Tarjimashunoslik fani haqida so'z borganda olim,muallim, mutarjim, muharrir,noshir,shoir,maqolanavis va O'zbekiston tarjimashunoslik fani asoschisi- G'aybulla As-Salomovni o'rni beqiyos. Tarjimashunos olim ijodiy faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy, publisistik maqola, taqriz, suhbatlari bilan qatnashib, radio va televideniyada chiqishlar qilib keldi; yigirmadan ortiq yirik, salmoqli nazariy kitob, darslik chiqardi Jumladan: "Maqol va ideomalar tarjimasi","Til va tarjima","Tarjima nazariyasi asoslari","Tarjima nazariyasiga kirish","Tarjimon mahorati","Do'stlik ko'priklari',"Adabiy an'ana va badiiy tarjima","Tarjima tashvishlari"keng o'quvchilar ommasi, ilmiy jamoatchilikka yaxshi tanish. O'ndan ortiq o'quv-metodik qo'llanma, dastur yaratdi; o'ttizga yaqin kitob,to'plam,lug'atga O'zbek Qomusi so'zliklari, 1-jildiga, an'anaviy "Tarjima san'ati" to'plamlariga ilmiy va adabiy muharrirlik qildi, 50 bosma toboq hajmida badiiy, ilmiy, publisistik asarlarini o'zbekchaga o'girdi; G'aybulla As-Salomning asarlari, ijodiga bag'ishlab maqola, taqrizlar yozildi, suhbat va boshqa tadqiqotlarda

ilmiy, pedagogik, insoniy sifatlari haqida fikrlar bayon etildi.O'zbekistonda tarjimashunoslik fani asoschisi sifitida tan olindi. Jahon adabiyoti durdonalari haqida fikrlari G'aybulla Salomov"Shohnoma""Manas"'Ramayana"'Ilohiy komediya"'Faust""Yevgeniy Onegin" Revizor"'Urush va tinchlik"'Anna Karenina"va jahon adabiyotining durdonalari;Shekspir,Gogol,Chexov,Dostoyevskiy,Ushinskiy,Dostoyevskiy,Aytmatov shoh asarlarining aksariyatini tarjima qildi.

O'zbekiston xalq shoiri, serqirra va sermahsul tarjimon Jamol Kamolning xizmatlari ham beqiyos.J.Kamol -rus,ingliz,fors,tojik,turk,ozarbayjon tillaridan tarjima qiladi.Rus tilidan-A.S.Pushkinning "Motsart va Saleri" kichik fojiasi,Radiy Fishning "Jaloliddin Rumiy" tarixiy romani, fransuz klassisizmining yirik namoyandasi Bualoning"She'riy san'at" asari, latish shoiri Yan Raynisning "Oq tulpor" dramatik ertagi, nemis adibi Bertold Brextning "Sichuandan chiqqan mehribon" dramasi, Shandor Patefi (venger), Lesya Ukrainka (ukrain),Maksim Tank(belorus),Nikolay Gribachev(rus),Fridon Xolvashi (gruzin) she'rlarini tarjima qildi.Ozarbayjon tilidan Baxtiyor Vahobzodaning "Faryod" to'plami va "Shabi hijron" dostoni, Xalil Rizoning "Samarqandim" she'rini, turk tilidan Hazrat Alining devonini, tojik tilidan Sotim Ulug'zodaning "Firdavsiy" romani, G'affor Mirzoning "Davlat toji" lirik dostonidan "Oshiq dil rozi" nomli kattagina parchani o'girdi.Ingliz tilidan-buyuk ingliz dramaturgi Shekspirning jahon dramaturgiyasining gultojlari bo'lmish "Qirol Lir" "Hamlet"'Makbet""Afinalik Timon""Romeo va Juletta"Otello""Koriolan""Yuliy Sezar","Venesiya savdogari""Qish ertagi""Qirol Genrix VI"'Antoniy va Kleopatra"kabi dramasi,Shekspir sonetlari tarjimasini nihoyasiga yetkazdi.Fors tilidan-Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abdulloh Ansoriy, Hakim Sanoiy, Adib Sobir Termiziy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Shayx Najmiddin Kubro, Amir Xusrav Dehlaviy, Mirzo Abdulqodir Bedil ruboiylari, Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat "Masnaviyi ma'naviy"si,Shayx Fariduddin Attorning"Mantiqut-tayr""Ilohiynoma"'Asrornoma" dostonlari, Abdurahmon Jomiy g'azallarini o'zining aruziy vazni bilan o'zbek tilida yangrata oldi.U Sharq so'z san'ati durdonalarini ham, G'arb adabiyoti barkamol namunalarini ham qiyomiga yetkazib tarjima qilib kelayapti. Rus, ingliz, fransuz, latish, fors, tojik, turk, arab, ozarbayjon adabiyotidan qilgan tarjimalari buning yorqin dalilidir.J.Kamol roman,qissa, hikoyat, drama, doston, g'azal, ruboiy, sonet, ertak, rivoyat kabi ko'plab janrdagi asarlar tarjimasida qalamini sinab ko'rib, ularning barchasida muvaffaqiyatga erishgan.

Shuningdek, o'zbek tilshunos olimlaridan Mirtemir,G'afur G'ulom, E.Ochilov, Ismoil A'zamlar nemis shoiri Genrix Geyne asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilganlar. Xulosa.

Tarjimonlar' xalq uchun, xalq madaniyati uchun biron yodgorlik qoldirish maqsadida astoydil xizmat qilganlar. Ko'p tarjimonlar xalq bilan yashab, uning ma'naviy hayotini mazmundor qilish uchun o'zlarining butun kuch va iqtidorlarini sarf etganlar.

REFERENCES

1. G'afurov I. Tarjimshunoslik mutaxassisligiga kirish. - T., 2008y

2. G'afurov I., Mo'minov O., Qambarov N., Tarjima nazariyasi. - T., 2012y

3. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish . - Т., 1978y

4. Salomov G'. Tarjima nazariyasi asoslari . - T., 1983y

5. G'.Salomov. Til va tarjima. - Toshkent: "Fan", 1966 y

6. Tarjima tashvishlari.Toshkent, 1983y.

7. Tanlangan asarlar.G'.As-Salom.(Nashrga tayyorlovchi va so'zboshi muallifi: Z Isomiddinov.N.Salomova)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.