Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kishilik / o‘zlik / ko‘rsatish / so‘roq / nisbiy olmoshlar / belgilash / bo‘lishsizlik / gumon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi, M. Xudayarova

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida olmosh so‘z turkumining qiyosi, o‘xshash va farqli tomonlari tadqiqetildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMI»

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA OLMOSH SO'Z

TURKUMI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-

bosqich talabasi. M. Xudayarova Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.10784396

ABSTRACT

Received: 28th February 2024 Accepted: 05th March 2024 Online: 06th March 2024

KEYWORDS Kishilik, o'zlik, ko'rsatish, so'roq, nisbiy olmoshlar, belgilash, bo'lishsizlik, gumon.

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida olmosh soZ turkumining qiyosi, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Olmosh - o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida ham mustaqil so'z turkumi bo'lib, ot, sifat va son o'rnida ishlatiladi. Olmoshlarning ma'nosi umumlashgan bo'lib, ular predmet, belgi va miqdorni ko'rsatish uchun xuzmat qiladi. Olmoshning konkret ma'nosi nutaqda, kontekstda aniqlanadi. Masalan: Karim talaba, u institutga bu yil kirgan. - Карим студент, он поступил в институт в этом году. - Karim student, ol institutqa biyil kirgen.

Olmoshlar ma'no xususiyatlariga ko'ra o'zbek tilida 8 turga, rus tilida 9 turga, qoraqalpoq tilida esa 8 turga bo'linadi. Ular:

№ O'zbek tilida Rus tilida Qoraqalpoq tilida

1 Kishilik olmoshlari Личные местоимение Betlik almasiqlari

2 O'zlik olmoshi Возвратное местоимение O'zlik almasig'i

3 Ko'rsatish olmoshlari Указательние местоимение Siltew almasiqlari

4 So'roq olmoshlari Вопросительние местоимение Soraw almasiqlari

5 Belgilash-jamlash olmoshlari Определительние местоимение Belgilew almasiqlari

6 Относительние местоимение Ja'mlew almasiqlari

7 Bo'lishsizlik olmoshlari Отрицательние местоимение Bolimsizliq almasiqlari

8 Gumon olmoshlari Неопределённые местоимение Belgisizlik almasiqlari

9 Притяжательные местоимение

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

O'zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi olmoshlar shakli, turlanishi va boshqa so'zlar bilan birikib kelishi jihatidan bir biridan jiddiy farq qilsa ham, bajaradigan vazifalari jihatidan o'zaro o'xshash.

Kishilik olmoshlari - личные местоимение - betlik almasiqlari - men, sen, u, biz, siz, ular; я, ты, он (она) (оно), мы, вы, они; men, sen, ol, biz, siz, olar. Rus tilida kishilik olmoshlari turlanganda, ularning boshlang'ich shakli butunlay o'zgarib ketadi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida esa, kishilik olmoshlari turlanganda ham o'z shaklini saqlab qoladi. O'zbek tilida sen olmoshi stilikstik maqsadda -lar affiksi bilan qo'llanishi ham mumkin. Bunday paytda, asosan, mensimaslik, istehzo ma'nolarini anglatadi. Rus tilidagi ты esa bunday xususiyatga ega emas. Qoraqalpoq tilida kishilik olmoshlari - almasiq atliqlar deb ham nomlanadi. Rus tilida III shaxs kishilik olmoshi birlikda rodga qarab 3 shaklga ega bo'ladi. Он (мужской род), oнa (женский род), оно(средний род). Bu olmoshlarning rodi otga qarab belgilanadi.

O'zlik olmoshi - возвратное местоимение - o'zlik almasig'i - o'zbek tilida - o'z, rus tilida - себя, - qoraqalpoq tilida - o'z. O'zbek va qoraqalpoq tillaridagi o'zlik olmoshi otlar bilan birikib kelganda rus tilidagi свой olmoshiga to'g'ri keladi. Masalan: O'z uyim - свой дом - o'z uyim. O'z qizim - свой дочь - o'z qizim kabi. O'zbek va qoraqalpoq tillaridagi o'zlik olmoshi egalik affikslari bilan qo'llanganda rus tilidagi сам определительние местоймениеga to'g'ri keladi. Rus tilidagi сам rod, son va kelishiklarda o'zgaradi. Masalan: U qiz yosh bo'lsa ham hamma topshiriqlarni o'zi bajaradi. - Эта девушка хотя ещё молодая, но все поручение выполняет сама. - Ol qiz jas bolsa da, ha'mme tapsirmalardi o'zi isleydi.

Ko'rsatish olmoshlari - указательние местоимение - siltew almasiqlari - u, bu, shu, o'sha, mana bu, mana shu, ushbu, bunday, shunday, shunaqa, shuncha; это, этот, тот, вот, вот этот, таков, такой, столько, сей; bul, sol, usi, ol, a'ne, mine, a'nekey, minekey, ana, mina, anaw, minaw kabi so'zlar bilan ifodalanadi. Ruscha ko'rsatish olmoshlari мужской, женский va средний rodlarni ko'rsatadi va o'zlari tobe bo'lgan ot bilan rod, son va kelishikda moslashib keladi. O'zbek va qoraqalpoq tillaridagi ko'rsatish olmoshlarida esa ot bilan moslashmaydi, balki bitishuv yo'li bilan birikadi. Masalan: этот мальчик - bu bola - bul bala; эта женщина - bu ayol - bul hayal; этим людям - bu kishilarga - bul kisilerge kabi.

So'roq olmoshlari - вопросительние местоимение - soraw almasiqlari - kim? nima? qanday? qaysi? necha? nechinchi? qancha? nega? nimaga? qani?; кто? что? какой? который? чей?; kim? ne? qanday? qaysi? neshe? neshinshi? qansha? qayda? qayerde? kabi so'zlar bilan ifodalanadi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida otga nisbatan qo'llanuvchi so'roq olmoshlari birlik va ko'plikda ishlatilsa, rus tilida faqat birlikda ishlatiladi. Masalan: Kim?, kimlar? nima?, nimalar? - кто?, что? - kim?, kimler?, ne? neler? kabi. So'roq olmoshi bilan odatda, so'roq gap tuziladi.

Belgilash olmoshlari - определительние местоимение - belgilew almasiqlari - hamma, barcha, bari, butun, har, har bir, har qanday, har qaysi; все, весь, вся, всё, каждый, всякий; ha'rkim, ha'rqaysi, ha'rna'rse, ha'rbir, ha'rqanday, ha'rqashan kabi so'zlar bilan ifodalanadi. O'zbek va qoraqalpoq tilidagi belgilash olmoshlari o'zgarmaydi, rus tilidagi belgilash olmoshlari esa o'zgaruvchi ekanligi bilan farqlanadi. Bu tillardagi belgilash olmoshlari tuzilishi

é

Ws,

References:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.

3. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti.2010.

1 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B. 129.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.