Научная статья на тему 'O‘ZBEK OPERALARI VA ULARNING YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA O‘ZIGA XOS AHAMIYATI'

O‘ZBEK OPERALARI VA ULARNING YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA O‘ZIGA XOS AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
191
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vokal san’ati / opera / ta’lim-tarbiya / o`qitish uslublari / ijro mahorati / musiqiy tafakkur / madaniyat / namuna. / Vocal art / opera / education / teaching methods / performance skills / musical thinking / culture / example.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rajabiy, Aziz Xasanovich

Mazkur maqolada o‘quvchi-yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda an’anaviy musiqa merosimiz bilan bir qatorda opera san’atining o‘rni va rolini jamiyatning ma’naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg‘un holda tahlil etish maqsadga muvofiqligi hamda o‘z navbatida, ularning musiqiy tafakkurini shakllantirish masalasi ma’naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyati borasida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEK OPERA AND THEIR SPECIAL SIGNIFICANCE IN FORMING THE SPIRITUAL WORLD VIEW OF THE YOUTH

This article discusses the place and role of opera in shaping the musical thinking of students and youth, along with our traditional musical heritage in the context of the spiritual renewal of society. In turn, in terms of the need for research, the question of the formation of musical thinking in students as a component of spiritual development is discussed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK OPERALARI VA ULARNING YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA O‘ZIGA XOS AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

O'ZBEK OPERALARI VA ULARNING YOSHLAR MA'NAVIY DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA O'ZIGA XOS AHAMIYATI

Aziz Xasanovich Rajabiy

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Vokal kafedrasi o'qituvchisi

Mazkur maqolada o'quvchi-yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda an 'anaviy musiqa merosimiz bilan bir qatorda opera san 'atining o 'rni va rolini jamiyatning ma'naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg'un holda tahlil etish maqsadga muvofiqligi hamda o'z navbatida, ularning musiqiy tafakkurini shakllantirish masalasi ma 'naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyati borasida so^z boradi.

Kalit sozlar: Vokal san'ati, opera, ta'lim-tarbiya, o^qitish uslublari, ijro mahorati, musiqiy tafakkur, madaniyat, namuna.

УЗБЕКСКАЯ ОПЕРА И ИХ ОСОБОЕ ЗНАЧЕНИЕ В ФОРМИРОВАНИИ

В данной статье рассматривается место и роль оперного искусства в формировании музыкального мышления студентов и молодежи, наряду с нашим традиционным музыкальным наследием в условиях духовного обновления общества. В свою очередь, в плане необходимости исследования обсуждается вопрос о формировании у учащихся музыкального мышления как составляющей духовного развития.

Ключевые слова: Вокальное искусство, опера, воспитание, методика обучения, исполнительское мастерство, музыкальное мышление, культура, пример.

UZBEK OPERA AND THEIR SPECIAL SIGNIFICANCE IN FORMING THE

This article discusses the place and role of opera in shaping the musical thinking of students and youth, along with our traditional musical heritage in the context of the spiritual renewal of society. In turn, in terms of the need for research, the question of the formation of musical thinking in students as a component of spiritual development is discussed.

ANNOTATSIYA

ДУХОВНОГО МИРОВОЗРЕНИЯ МОЛОДЕЖИ АННОТАЦИЯ

SPIRITUAL WORLD VIEW OF THE YOUTH

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Key words: Vocal art, opera, education, teaching methods, performance skills, musical thinking, culture, example.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va rivojlanish siyosatining strategik maqsadi mustahkam ma'naviy-axloqiy qadriyatlar negizida yangi jamiyat barpo etishdir. Musiqiy madaniyatni rivojlantirish, shu jumladan, o'quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda milliy musiqa madaniyatimiz bilan bir qatorda, jahon musiqa san'ati namunalarining o'rni va roli ham mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda, demokratik tamoyillarni qaror topoirishda hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni boshqarishda muhim omillardan biriga aylanib bormoqda.

Yoshlarda yuksak fazilatlarni shakllantirishda, shuningdek, ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda musiqiy tafakkurning o'rni va roli muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonning milliy taraqqiyotida ma'naviyatning ustivorligiga tayanuvchi ijtimoiy-falsafiy konsepsiya jamiyat rivojlanishida musiqiy madaniyat va vokal xonandalik san'atining o'ziga xos o'rnini belgilab beradi[1].

Musiqiy madaniyat shaxs kamolotining barcha bosqichlarida unga falsafiy, axloqiy, estetik g'oyalarni singdirishda, yuksak insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda, shuningdek, musiqiy tafakkurni shakllantirishda muhim ruhiy-emotsional omil bo'lib xizmat qiladi.

Vatan mustaqilligi yoshlarning o'z qobiliyati, iqtidori, iste'dodi va umuman erkin badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli obyektiv, subektiv sharoitlarni yuzaga keltiradi[2].

Shu bois o'quvchi-yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda an'anaviy musiqa merosimiz bilan bir qatorda opera san'atining o'rni va rolini jamiyatning ma'naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg'un holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu o'z navbatida, o'quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish masalasi ma'naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Uchinchi ming yillik allaqachon o'sib bormoqda, rivojlanmoqda, g'amho'rlikni talab qilmoqda[3;61]. Psixolog V.Levining bu hayajonli so'zlari zamonaviy ta'limning butun murakkab va ko'p qirrali tizimining umumiy ma'nosi va g'oyasini aks ettiradi. Uchinchi ming yillikning yakunlangan avlodini qanday ko'rishni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

istaymiz, degan savolga aniq javob yo'q, chunki kelajakdagi jarayonlarni aniq prognoz chiqarish va hozirgi bolalarga xos bo'lgan sharoit va vaziyatlarni oldindan ko'rish mumkin emas.

Hozir eng asosiysi kelajak avlod tafakkurini shakllantirish uchun mustahkam poydevor qo'yishdir. Uchinchi ming yillik odamini, avvalo, ijodiy intiluvchan, ruhiy qadriyatlar dunyosini ilhomlantiradigan, o'zining mustaqil dunyoqarashiga ega ijodkor shaxs sifatida ko'rishni istaymiz.

Bu jihatdan musiqiy teatr o'ziga xos, doimiy qadriyat-ma'naviy madaniyat hodisasi bo'lib, o'ziga ko'plab san'at turlarining yutuqlarini sintez qiladi va shu sababli fikrlar, hissiyotlar madaniyatini tarbiyalash, shakllantirish va takomillashtirishga qodirdir.

Musiqiy teatr aqlni tarbiyalash, bilim va ko'nikmalarni o'rgatishdan ko'ra tom ma'noda eng muhim pedagogik muammoni hal etadi. Ushbu bilim va ko'nikmalarni qanday singdirishi, insonning atrofdagi odamlarga va uni qurshab turgan dunyoga bo'lgan hissiy munosabatiga bog'liq. "San'at tomonidan tarbiyalangan odam -yaratuvchi. Ta'lim esa universaldir - san'at nafaqat insonning ongi, balki irodasini ham aks ettiradi"[4;8]. Shu sababli bugungi kun tadqiqotlari markazida o'sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyalashda musiqiy teatrning rolini aniqlash muammosi turadi. Ruhan rivojlangan kattalarni xarakterlaydigan va uni ezgu, ijtimoiy ahamiyatga ega ishlarga undashga qodir ahloqiy estetik munosabat bolaga tug'ma qobiliyat sifatida berilmaydi. Ular hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari ta'siri ostida shakllanadi va rivoj topadi.

Shu bilan birga, musiqiy teatr vositasidagi ta'lim va san'atning umumiy jarayonining eng muhim tarkibiy qismi ekanligini alohida ta'kidlash joiz. Uning o'ziga xosligini insonning ongi va irodasiga, ahloqiy va xissiy rivojlanishiga kompleks ta'sir o'tkizish qudratiga e'ga. Sababi, teatrda voqealik jonli sahnada sodir bo'ladi va jondi ravishda ro'y berayotgan ko'z o'ngimizdagi voqealik xech bir insonni befarq qoldirolmaydi. Musiqiy teatr o'sib borayotgan o'spirinning hayotiy dunyoqarashi va konseptual jarayonlar, uning ijtimoiy-psixologik parametrlarini, butun hayotning ma'lum mentaliteti va estetikasini shakllantiradi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Maktab o'quvchilarining shaxsiy rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri bu o'z ongu va shuurini yuqori darajada sezmoq, anglamoqda. Bularning barchasi badiiy adabiyotlarning o'qishda, musiqiy asarlarni tinglashda, teatr va kino - bilimlarni tomosha qilishda o'z natijalarini ko'rsatadi. Lekin, barcha umumta'lim maktablarda ham musiqiy tarbiya vositalari bilan o'quvchilarning ongini va shuurini yuqori saviyada tarbiyalangan deb to'la taasuroga ega bo'lish mushkil. Afsuski yuqori

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bosqich talabalarining ba'zi birlarida umumiy tushuncha ham yetarli darajada deb bo'lmaydi. Ular o'zlari bilan bir qatorda boshqa xalqlar va elatlarning san'atlari va tarixidan kam xabardorlar. Bir qancha umumta'lim maktablarda milliy musiqa san'atimizning, estetik va siyosiy - g'oyaviy tarbiyamizning, Vatanparvarlik va ayniqsa baynalminallik tarbiyaning to'laqonli emasligi sezilib turadi. Aksincha umumta'lim maktablarning ba'zilarida so'rovlar natijasida, anketalar to'ldirishda, pedagoglarning kuzatishlarida shu narsa ma'lum bo'ladikim, tarbiyachi pedagoglarning mazmunli va sifatli dars berishlari natijasida maktab o'quvchilari ana shu yo'nalishlarda to'g'ri va to'laqonli tarbiyaga ega bo'lganlar. Masalan: o'zbek adabiyoti darslarida o'quvchilar klassik adabiyotimizning asoschisi, ulug' mutafakkir buyuk shoir Alisher Navoiyning, ijodyotini o'zlashtirishda bu allomaning yosh avlodni tarbiyalashda tutgan o'rni, ikki buyuk xalqlarni birlashtirishda (o'zbek va tojik) xalqining qilgan mehnatlari, chin muhabbat kuychisi sifatida tengi yo'q shoir, o'z Vatanini va xalqini sevishga ardoqlashda tinib tinchimaydigan buyuk shaxs sifatida o'quvchilarga tanishtiriladi. Yosh avlodni shoir Muqimiy, Furqat va Hamzaning ijodiyotlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda u yosh navqiron bolalarning xalq oldiga qilgan xizmatlari, ayniqsa rus tili va adabiyotini targ'ibot etishlaridagi she'rlari va musiqiy asarlari o'quvchilar tafakkuriga katta boylik manbai joylashtiradi.

Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza she'rlari asosida bitilgan musiqiy san'at ham o'quvchilarga alohida kayfiyatlar bag'ishlaydi. Yoki yuqorida nomlari keltirilgan adiblar asarlari asosida katta-katta sahna asarlari, musiqali dramalar, operalar ijod qilishlar maktab o'quvchilariga zavq-shavq bag'ishlaydi. Masalan: «Dilorom», «Shoir qalbi», «Hamza», «Maysaraning ishi» operalari so'zimiz isboti bo'la oladi. Yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o'zbek xalq qahramoni Sobir Boboyevning mohiyati kattadir. Bu inson o'zbek xalqining g'ururi, ibtixori. Ulug' Vatan urushi yillarida S.Raximovning xalqimiz va Vatanimiz oldida qilgan xizmatlari beqiyos bo'lgan.

S.Raximov qiyofasida biz oddiy insonning qahramonligi, botirligi, talabchanligi va o'tkir qo'mondon sifatida ko'z oldimizga keltiramiz va bunday shaxs bilan o'zbek xalqi faxrlanadi. S.Raximov to'g'risida kino bilimlar va qanchadan - qancha badiiy adabiyotlar ijod qilingan.

O'zbek kompozitoridan opera janrlarini musiqa darslari jarayonida o'rganish, ulardagi mazmunlarga ahamiyat berish, musiqa san'ati bilan adabiyotning bog'liqligini o'quvchilarga tushuntirish, tasviriy san'at, xalq amaliyoti san'ati to'g'risida o'quvchilarga saboq yyetkazishlar maktab o'quvchilarini ma'naviy boyligini rivojlantiradi. Ulug' rus mussaviri U.Repin aytgan edi - "San'at faqat o'z ildizida yaxshi tushunarli bo'ladikim, agar u o'z yurtida, o'z Vatanida rivojlangan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

bo'lsa. Bu so'zlar boshqa xalqlar va insonlarning san'atini madaniyatini kamsitish demoq emas, aksincha o'z san'atini adabiyotini va madaniyatini yaxshi bilganlar, boshqa xalq va elatlarning madaniyati va san'ati bilan yaqindan tanishish sharafiga muyassar bo'ladi.

Bolalarga ko'pdan-ko'proq o'z ongini oshirishga imkon yarating, umuminsoniy, umujahon madaniyatini o'rganishda yo'llar oching"-deb yozgan edi yozuvchi B.G.Belinskiy[5;49]. Hayotiy amaliyoti shuni ko'rsatadikim, o'z atrof muhitida, o'z milliy sharoitda o'sgan bola san'atni chuqurroq va kengroq o'zlashtirishga intiladi. Dars jarayonida bolalarga musiqiy san'at namunlariga jiddiyroq nazar solishimiz lozimdir. Bu odamlar hayoti haqqoniylikni borligini aks ettiraoladigan bo'lishlari shart, chunkibular kelajakka yosh avlodni to'g'ri tarbiyalashda katta e'tiborga egadir. Estetik tarbiya faqatgina adabiyot darslarida, tasviriy san'atda, tabiatshunoslik jarayonida emas, balki musiqiy darslarda ham o'z o'rnini mustahkamlash zarurdir.

XULOSA

Yoshlarni tarbiyalashda musiqiy asarlar mazmunida o'tmishdagi xalq qahramonlarni e'zozlash, mehnatni ulug'lash xotin-qizlar to'g'risidagi kuy va qo'shiqlarni o'rganish, mehnat va urush faxriylarini qadrlash kabi musiqiy, san'at namunalari bo'lishlari mumkin. Taklif tariqasida umumta'lim maktablarida musiqa darslarida o'quvchilarga opera san'ati bilan birgalikda «Simfonik orkestri» ning tuzilishi va ulash uchun ijro qilingan asarlar turkumiga Fransuz kompozitori J.Bizening «Karmen» operasidagi uvertyurani misol keltirib simfonik orkestr tarkibidagi musiqiy asboblar bilan bolalarni tanishtirish ham mumkin.

Yoshlarni vokal-simfonik janrlari bilan ham tanishtirib kontata, oratoriya, qasida to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga bu yoshdagi o'quvchilar sahna musiqa asarlari - balet va raqs san'ati, musiqali drama va komediyasi bolalar uchun musiqali ertak tomoshalarini ham bilib oladilar. Ayniqsa To'xtasin Jalilovning «Tohir va Zuhra» musiqali dramasidan «To'ylar muborak» va «Otmagay tong» qo'shiqlarini tinglab yaxshi taasurotga ega bo'ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-tom. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017.

2. Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori https: //president.uz/uz/lists/view/5 84

3. Yuldasheva Aynisa Abdullayevna (2022). ROL I ZNACHENIYE XORA V UZBEKSKOY OPERE. Science and innovation, 1 (C2), 67-70. doi: 10.5281/zenodo.655142

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

4. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСЩА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

5. Насритдинова, М. (2023). ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLAJAK MUSIQA TA'LIMI OQITUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TA'MINOTI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(4), 241-246.

6. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

7. Насритдинова, М. Н. (2023). УСТОЗ МУХТОР АШРАФИЙ МАДОРАТЛИ ПЕДАГОГ СИЙМОСИДА ШОГИРДЛАРИ ХОТИРАСИДА МАНГУ БАР^АЁТ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 303-305.

8. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.

9. Akhrorova, R. U. (2022). EXPRESSION OF THE WORD "AGE"/"AGE" IN FRENCH AND UZBEK. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 97-99).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.