Научная статья на тему 'O‘ZBEK-OLMON BAQTRIYA ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI (UOBAE)NING JARQO‘TON YODGORLIGIDA OLIB BORGAN ARXEOLOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARI'

O‘ZBEK-OLMON BAQTRIYA ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI (UOBAE)NING JARQO‘TON YODGORLIGIDA OLIB BORGAN ARXEOLOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayzullayeva Sojida Xikmatulla Qizi, Shonazarov Shuxrat Bo‘Riyevich

Mustaqilligimiz davrida barcha sohalar kabi tarix fani xususan arxeologiya ilmida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshdi. Boy o‘tmish moddiy madaniyatimizni avaylab asrab o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazishdek murakkab vazifa davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Keyingi yillarda o‘zbek arxeologiyasi qo‘lga kiritgan eng ulkan yutuqlaridan biri uni jahon fani ummoniga o‘z bo‘y-basti bilan kirib borishi bo‘ldi. Ayniqsa, bizning arxeologlarimiz rivojlangan Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqdalar. O‘zbek arxeologlari jahondagi tanilgan arxeologiya markazlari va mashhur muzeylarida bo‘lib o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar. O‘z navbatida xorijlik arxeologlar o‘zbek xalqining ko‘hna moddiy madaniyatini o‘rganish va uni jahonga tanitishda faol qatnashmoqdalar. Hozirda O‘zbekistonda 10 dan ortiq qo‘shma ekspeditsiyalar katta ilmiy-arxeologik rejalarni amalga oshirish borasida ish olib bormoqdalar. Bu qo‘shma ekspeditsiyalar ichida O‘zbek-Olmon ekspeditsiyasi (Jarqo‘ton) Surxondaryo viloyatida ish olib borayotgan o‘zbek-olmon ekspeditsiyasining ilmiy kashfiyotlari katta ahamiyatga egadir [T.Sh.Shirinov, B.X.Matboboyev: 3-4].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK-OLMON BAQTRIYA ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI (UOBAE)NING JARQO‘TON YODGORLIGIDA OLIB BORGAN ARXEOLOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARI»

O'ZBEK-OLMON BAQTRIYA ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI (UOBAE)NING JARQO'TON YODGORLIGIDA OLIB BORGAN ARXEOLOGIK ILMIY

TADQIQOT ISHLARI

1 2

Fayzullayeva Sojida Xikmatulla qizi, Shonazarov Shuxrat Bo'riyevich

1O'zMU, 1-kurs arxeologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Arxeologiya kafedrasining katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12621443

Mustaqilligimiz davrida barcha sohalar kabi tarix fani xususan arxeologiya ilmida ham muhim o'zgarishlar amalga oshdi. Boy o'tmish moddiy madaniyatimizni avaylab asrab o'rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazishdek murakkab vazifa davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Keyingi yillarda o'zbek arxeologiyasi qo'lga kiritgan eng ulkan yutuqlaridan biri uni jahon fani ummoniga o'z bo'y-basti bilan kirib borishi bo'ldi. Ayniqsa, bizning arxeologlarimiz rivojlangan Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqdalar. O'zbek arxeologlari jahondagi tanilgan arxeologiya markazlari va mashhur muzeylarida bo'lib o'z ma'ruzalari bilan qatnashmoqdalar. O'z navbatida xorijlik arxeologlar o'zbek xalqining ko'hna moddiy madaniyatini o'rganish va uni jahonga tanitishda faol qatnashmoqdalar. Hozirda O'zbekistonda 10 dan ortiq qo'shma ekspeditsiyalar katta ilmiy-arxeologik rejalarni amalga oshirish borasida ish olib bormoqdalar. Bu qo'shma ekspeditsiyalar ichida O'zbek-Olmon ekspeditsiyasi (Jarqo'ton) Surxondaryo viloyatida ish olib borayotgan o'zbek-olmon ekspeditsiyasining ilmiy kashfiyotlari katta ahamiyatga egadir [T.Sh.Shirinov, B.X.Matboboyev: 3-4].

Jarqo'ton - so'nggi bronza davrining poytaxt markazi. Bu Shimoliy Baqtriyadagi so'nggi bronza davrining eng katta yodgorligi bo'lib, umumiy maydoni 100 gektarni tashkil etgan. U "qal'a", istehkom va ulkan nekropoldan iborat bo'lgan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi A.Asqarov va tarix fanlari doktori T.Shirinovlar rahbarligida o'zbek arxeologlari bu yodgorlikda keng ko'lamli qazishmalar olib boradilar. Natijada, hind-eron xarakterli madaniyatga o'xshash bo'lgan Jarqo'ton saroyi, Jarqo'ton ibodatxonasi, ark va uni o'rab turgan devorlari, kulollar mahallasi, jamoa a'zolarining turar joylari va 2 mingdan ortiq qabrlar ochib o'rganiladi va ko'plab arxeologik materiallar olinadi. Jarqo'ton eramizdan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmida shahar markazi bo'lib, uning ijtimoiy tuzilishi ilk sinfiy tabaqalardan tashkil topgan edi [A.A.Askarov, T.Sh.Shirinov: 121].

Yevropani rivojlangan mamlakati Germaniya Arxeologiya instituti Yevroosiyo bo'limi 1994 yildan buyon Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi mashhur Jarqo'ton yodgorligida izlanishlar olib bormoqda (Ditrix Xuff, Shaydullayev Sh.B.). Shu yillar davomida Jarqo'ton O'zbek-Olmon Baqtriya arxeologiya ekspeditsiyasi (UOBAE) ning asosiy obyekti bo'lib kelgan [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 19]. Qazishmalar asosan Jarqo'ton yodgorligining ark, shahriston va qabristonida olib borildi [Sh.B.Shaydullayev: 15]. O'zbek-Olmon Baqtriya arxeologiya ekspeditsiyasi 1994-2000 yillar yodgorlikning alohida-alohida joylashgan to'rtta tepaligida qazishma ishlarini olib boradi [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 68]. Jarqo'ton arkidagi izlanishlar bu yerda nafaqat saroy bo'lganini balki patriarxal oilalar ham yashaganligini ko'rsatadi [T.Sh.Shirinov, B.X.Matboboyev: 8]. Misol uchun kovlab ochilgan 4-7 xonali uy-joylarni keltirib o'tish mumkin. Shu kungacha Jarqo'ton yaqinidagi mozorlardan 2000 dan ortiq qabr o'rganildi. 1999 yili shu kungacha no'malum bo'lgan dafn urf-odati qayd etildi. Ya'ni xumga

solib ko'milgan marhumlarni xumga solishdan oldin ochiq osmon ostida quyosh tobida uzoq bo'lganini tasdiq etuvchi izlar aniqlandi [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: В].

№ 6 tepaligida «Jarqo'ton olov ibodatxona»si ochilgan bo'lib bu yerda ayrim to'ldiruvchi-aniqlovchi qazish ishlari olib borilmoqda. Asosiy ishlar ibodatxonaning qal'a devori tashqarisida olib borilgan bo'lib, qal'a devor yarim doira shakldagi burjlar bilan mustahkamlanganligi aniqlangan. 2000 yilda asosiy tadqiqot ishlar № 6 tepalikning stratigrafiyasiga qaratilgan. Natijada, ibodatxona qurilishi davrigacha bo'lgan qurilish inshooti ochilgan. Bu qurilish inshooti asosan «platforma» tagida joylashgan bo'lib, kvadrat shakldagi xonalar majmuasidan iborat bo'lib chiqdi. № 4 tepalikda katta patriarxal oila yashagan uy qoldig'i ochilmoqda. O'rganilayotgan uy, asosan bir qurilish davridan iborat bo'lib, Jarqo'ton davriga oid. № 5 qabriston - tepaligida 1999 yilagacha 5G ta qabr ochib o'rganildi (Mayk Toyfer). 2GGG yilida ham qabr ochish ishlari davom ettirilgan [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 69-7G]. O'zbek-Olmon ekspeditsiyasi Arkning uchta joyida qazishma ishlarini olib bordi: Markaziy qismida arxitektura qoldiqlari ochilmagan bo'lsada, boy moddiy madaniyat ashyolari qo'lga kiritilgan. Sharqiy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida to'rt xonadan iborat patriarxal oila yashagan uy qoldigi ochilgan [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 19-2G]. 2GGG yilda arkning janubiy qismida tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, katta patriarxal oila yashagan 9 ta xonadan iborat uy o'rni kuzatiladi. 9 ta xonadan iborat oila jamoasining uy qurilishi uslubi, yashash tarzi (o'choqlar, xumlar), xo'jaligi, urf-odatlari (sig'inish o'chog'i - altarlar), moddiy madaniyati (kulolchilik, metalsozlik, toshtaroshlik) va madaniy aloqalari xususida yangi ma'lumotlar olingan [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 71].

2GG1 yilda Jarqo'ton yodgorligining ikkita tepaligida arxeologik qazuv ishlari olib boriladi. O'zbek-Olmon ekspeditsiyasining asosiy obyektidan biri xisoblangan № 6 tepalikda doktor Ditrix Xuff guruhi tadqiqotlar olib borgan bo'lsa (Vays Uve. Armii Volkman), Sh. Shaydullayev boshliq arxeologlar (K.Raximov) esa № 5 tepalikda qazuv-qidiruv ishlarini olib borishadi. № 6 tepalikda butun e'tibor Jarqo'ton olov ibodatxonasi devorlarini, platformasini ta'mirlash ishlariga qaratiladi. Ibodatxonaga kirish joyidagi hovli poli tozalanganda silindr muhr bosilgan loy bo'lagi topiladi. Qadimgi Sharqda ham shu vaqtgacha silindr shaklli muhrlar ko'plab topilgan, uning izi tushirilgan tasvirlar sopol buyumlarda uchragan, lekin loyga bosilgan muhr tasviri (bulla) birinchi marotaba Jarqo'ton yodgorligida topiladi. Bu topilma silindr muhrning shaxsiy mulklar saqlanayotgan omborxona eshiklarini muhrlashda foydalanganligining arxeologik dalili sifatida xizmat qiladi. Silindr muhr bosilgan ushbu loy parchasida ilonlar ifodalangan. Topilmaning yana bir xususiyati shundaki, ushbu loy parchasida muhr bosgan insonning panja izlari ham saqlangan. №5 tepalikning stratigrafiyasiga va planagrafiyasiga aniqliklar kiritish 2GG1 yilda shu tepalikda o'tkazilgan ishning asosiy maqsadi hisoblangan. №5 tepalikning g'arbiy va shimoliy tomonlarida 2 ta stratigrafik kesma (razrez) o'tkaziladi. Har ikkala razrezda ham xom g'ishtdan terilgan platforma ochiladi. Platforma 9 qator g'isht bilan ko'tarilgan bo'lib, umumiy balandligi 1,1G metrga teng bo'lgan. Platforma usti bir tekis bo'lmay, markaz tomon pillapoya kabi ko'tarilib borganligi kuzatiladi. Platforma sathidan Jarqo'ton davriga oid bronza eritadigan o'choq, xo'jalik o'chog'i, uchta yosh bola qabri ham topiladi. Topilmalar orasida xlorid toshdan yasalgan muhr-tumor alohida e'tiborga loyiq bo'ladi. U doira shaklda bo'lib. Birinchi tomonida o'ljaga tashlanayotgan sher, sherning oyoqlari tagida esa unga yopishayotgan ilonlar tasvirlangan bo'lsa, ikkinchi tarafida ho'kiz ifodalangan bo'lib, u oyoqlariga yopishayotgan ilonlarga qarshi kurashayotgan holati tasvirlangan [Sh.Shaydullayev, Ditrix Xuff: 1В7].

O'zbek - Olmon Baqtriya ekspeditsiyasi 2002 yilda Jarqo'ton yodgorligining ark va 6-sonli tepaligida tadqiqot ishlarini davom ettiradi. Arkning janubiy tomonida joylashgan 5-sonli qazishmada arxeologik izlanishlar amalga oshiriladi. Natijada. yirik patriarxal oila yashagan majmuada 9 ta katta va kichik xonalar o'rni to'liq ochiladi. Majmuada patriarxal oilaning alohida joylashgan ibodatxonasi mavjud bo'lgan. Ushbu xonada hayotning doimiyligini va davomiyligini anglatuvchi haykallar majmuasi joylashganligi kuzatilgan. 6-sonli tepalikning esa stratigrafik qurilish davrlari aniqlanadi. Uning eng quyi qatlamlarida ham monumental me'moriy majmua joylashganligi ma'lum bo'ladi. Tadqiqotchilar ushbu monumental me'moriy majmua Jarqo'ton olov ibodatxonasi qurilgangacha bo'lgan davr me'morchiligi bo'lganligini qayd qilib o'tishadi [Sh.Shaydullayev: 188].

Umumiy maydoni qariyb 3 gektar bo'lgan Jarqo'ton arki yodgorlikning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, alohida hudud hisoblanadi. Bu yerda O'zbekiston-Germaniya ekspeditsiyasi o'rganayotgan turar-joy mavzelari ham bo'lgan. Qal'aning g'arbiy qismida joylashgan ushbu massivlardan birida 20x15 m maydonda bitta turar-joy binosi to'liq qazilgan. Madaniy qatlam 1 m ga yetadi, u qurilish materiallari qoldiqlari va maishiy chiqindilardan iborat bo'lib chiqadi. Devorlar yirik formatli to'rtburchakli loy g'ishtlardan qurilgan. Devorning balandligi bir qator g'ishtdan 1 metrgacha ko'tarilgan [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 19].

D. Xuff asosiy e'tiborni Jarqo'ton ibodatxonasi ostida saqlangan qal'a-qo'rg'onni o'rganishga qaratadi. Darhaqiqat, Jarqo'ton ibodatxonasi o'rnida dastlab, qala-qo'rg'on bo'lib, tashqi devor parametri bo'yicha aylana shaklida burjlar bo'lganligi, qal'aning ichki tuzilishi keng to'g'ri burchakli bir necha xonalardan tashkil topganligini aniqlaydilar [D.O.Karimova: 38]. Jarqo'ton olov ibodatxonasining burjlarini ochish davomida Yevroosiyoning ko'chmanchi xalqlariga xos bo'lgan ot suvlig'i topiladi [Sh.Shaydullayev, Ditrix Xuff: 25]. Bu Andronovo madaniyati bilan jarqo'tonliklar so'nggi davrlarda emas, balki Jarqo'ton davridan boshlab madaniy aloqalar o'rnatganligini ko'rsatadi [Sh.Shaydullayev: 21]. "Qal'a" markazida o'lchami 20x20 m bo'lgan 4-sonli qazish maydonchasi tushiriladi, bu yerda hech qanday me'moriy inshootlar topilmaydi-faqat jami 18 ta axlat va xo'jalik chiqindilar uchun chuqurlar aniqlangan. Axlat chuqurlarining diametri 1,5 m dan 4 m gacha, chuqurligi 1,20 m gacha bo'lgan. Bu chuqurlardan juda boy, ilgari noma'lum bo'lgan arxeologik materiallar olingan. Ular orasida suyak dastali xanjar, fil va buqaning sopol haykalchalari, bezatilgan tosh miniatyura idishlar-surmadonlar, ikki parrakli bronza o'q uchi uchraydi [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 19-20]. Ibodatxona va 4-sonli tepalikni qazish jarayonida Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi madaniyatiga xos topilmalar: o'qlarning o'tkir uchlari, fil suyagidan va qora toshdan yasalgan ikkita astrogolik buyum, fayans idishlarining ikkita bo'lagi - biri ko'k rangli, ikkinchisi oq rangdagi fondda gullli naqsh tushirilgan topilmalardan iborat bo'lgan. Bu topilmalar Sopolli madaniyati aholisining qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yuqori darajada rivojlangan markazlari va Yevroosiyoning cho'l qabilalari bilan yaqin aloqasi borligini yana bir bor ko'rsatadi [Ditrix Xuff, Sh.Shaydullayev: 25].

O'zbekiston-Germaniya ekspeditsiyasi ham madaniy aloqalari xususida yangi ma'lumotlar to'pladi. Jarqo'tondan fil suyagidan yasalgan, kvadrat shakldagi ashyolar topildi, uning yuzasida aylana shaklli 9 ta bezak chizilgan, ular uchtadan uch qatorda joylashgan. Fikrimizcha ushbu topilma Xarappa madaniyati va uning madaniy ta'sir doirasida bo'lgan hududlarda to'lov vositasi vazifasini o'tagan. Bu fikrning isboti sifatida Oltintepadan bitta sopol idish ichida 11 ta kvadrat, 2 ta aylana va 8 ta tayoqcha shakldagi fil suyagidan yasalgan topilmani eslab o'tish lozim [Sh.Shaydullayev: 20].

Shunday qilib, O'zR FA arxeologiya instituti va Germaniya arxeologiya instituti o'rtasidagi ilmiy shartnomaga binoan qo'shma arxeologik otryad 1993 - 2003 yillar mobaynida Jondavlattepa va Jarqo'ton yodgorliklarida arxeologik qazishma ishlarini olib boradi. Ikki institutning Jarqo'tonda olib borishi lozim bo'lgan arxeologik qazishma ishlari to'g'risidagi shartnoma o'z yakuniga yetadi. O'tgan 10 yil mobaynida xalqaro otryad tomonidan Jarqo'ton yodgorligida eng yangi fan yangiliklarini qo'lga kiritadi. Bular jumlasiga: O'zbekiston hududida ilk davlatlarning shakllanishi bronza davridan boshlanishi yangi ilmiy ma'lumotlar bilan boyitiladi, S/14 analizlari yordamida Jarqo'ton yodgorligining yangi xronologik davri aniqlanadi, №6 tepalikda yodgorlikning ilk qurilish davriga oid saroy o'rni ochiladi, Jarqo'ton aholisining Qadimgi Sharq madaniyatlari markazlari va Yevroosiyo ko'chmanchi madaniyatlari bilan madaniy aloqalari borasida boy ashyoviy ma'lumotlar to'planadi, Sopolli madaniyatiga oid barcha bronzadan ishlangan ashyolar jamlanib bronza topilmalari asosida sopolli madaniyatiga yangi xronologik davrlashtirish taklif etildi [D.Xuff, Sh.Shaydullayev: 194-196].

O'zbekiston-Germaniya Baqtriya ekspeditsiyasi Jarqo'ton yodgorligi yoshini aniqlash borasida 23 ta radiokarbon tahlilini o'tkazdi. Radiokarbon analizlar Germaniya arxeologiya instituti Yevroosiyo bo'limi qoshidagi laboratoriyada amalga oshirildi. Jarqo'ton davriga oid uchta qurilish davri qatlamlaridan olingan 15 ta analiz mil.av. 1950-1600 yillarni, yani 300-350 yil oralig'idagi vaqtni ko'rsatdi, xuddi shu davrlarni madaniyatlararo tarqalgan - xlorid toshdan, fayansdan, gipsdan yasalgan arxeologik topilmalar ham tasdiqlaydi. Jarqo'ton yodgorligining 6-tepaligidan, Ko'zali bosqichiga oid madaniy qatlamdan olingan uchta analiz mil.av. 1620-1510 yilni, yani 100-110 yil oralig'idagi vaqtni ko'rsatdi. Malumki, Jarqo'ton yodgorligida Ko'zali davri ashyolari faqat bir qurilish vaqti davomida kuzatiladi. Jarqo'tonda Mo'lali hamda Bo'ston bosqichlari ham bir qurilish davri davomida faoliyat etgan. Demak, 200 yil davomida, yani mil.av. 1300 yilgacha. Sh. B. Shaydullayev Sopolli madaniyatining inqiroz davrini ham shu davr bilan belgilashni taklif qiladi [Sh.Shaydullayev: 11].

Shunday qilib, hozirgi kunda O'zbekiston respublikasi hududida 30 ga yaqin arxeologik guruhlar ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida har yili bir oydan bir necha oy muddat bilan dala-qazuv mavsumida bo'lmoqdalar. Albatta bu tadqiqotlar natijasida minglab o'tmish tariximiz tilsiz guvohlari - moddiy madaniyat ashyolari qo'lga kiritilmoqda. Ba'zida ularni ilm olamiga kiritish, o'rganish va xulosa qilish uchun yillar kerak bo'ladi. Shundan kelib chiqib arxeologlar oldida ikki muhim vazifa ko'ndalang bo'lib qolmoqda. Birinchisi topilmalarni saqlash, ikkinchisi eng dastlabki o'rganish natijasi bilan ilmiy jamoatchilikni tezkor xabardor etish [T.Sh.Shirinov, B.X.Matboboyev: 12].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Аскаров A.A., Ширинов Т.Ш. Ранняя городская культура эпохи бронзы юга Средней Азии. Самарканд. 1993.

2. Дитрих Хуфф, Ш.Шайдуллаев. Жаркутон-2000 // Узбекистонда археологик тадкикотлар 2000 йил. Самарканд. 2001.

3. Дитрих Хуфф, Шайдуллаев Ш. Некоторые результаты работ узбекско-германской экспедиции на городище Джаркутан // История материальной культуры Узбекистана. Вып. №30. Самарканд. 1999.

4. Каримова Д. О. Шимолий Бактрия ах,олисининг дафн маросимлари ва диний эътикодлари (Бронза даври моддий маданият ёдгорликлари мисолида). Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация. Тошкент. 2013.

5. Хуфф Д., Шайдуллаев Ш.Б. Узбек-Олмон Бактрия археологик отрядининг Жаркутон ёдгорлигида олиб борган ишлари якунлари // Узбекистонда археологик тадкикотлар -2003 йил. 4-сони. «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти. Тошкент. 2004.

6. Шайдуллаев Ш. Б. Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши ва ривожланиш боскичлари (Бактрия мисолида). Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. Самарканд. 2009.

7. Шайдуллаев Ш., Дитрих Хуфф, Рахимов К. Жаркутон-2001 // Узбекистонда археологик тадкикотлар 2001 йил. Тошкент. 2002.

8. Шайдуллаев Ш., Дитрих Хуфф, Рахимов К. Жаркутон-2002 //Узбекистонда археологик тадкикотлар - 2002 йил. 3-сон. Тошкент. 2003.

9. Ширинов Т.Ш., Матбобоев Б.Х. Мустакиллик 10 йиллигида Узбекистон археологияси //Узбекистонда археологик тадкикотлар 2000 йил. Самарканд. 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.