Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY MUSIQIY USLUBLAR'

O‘ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY MUSIQIY USLUBLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
755
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
uslub / aytim / qarsak / chanqobuz / folklore / meros / mavrigi / qars / doston / lokal

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Xudiyberdiyeva, M.Qurbonova

O‘zbek qo‘shiqchilik uslublari, mahalliy uslublar, SurxondaryoQashqadaryo musiqa uslubi, Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm uslubi yakkaxon va ansamblli xalfalar, Farg‘onaToshkent musiqa uslubi haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY MUSIQIY USLUBLAR»

O'ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY MUSIQIY USLUBLAR

M.Xudiyberdiyeva Ilmiy rahbar: M.Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek qo'shiqchilik uslublari, mahalliy uslublar, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi, Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm uslubi yakkaxon va ansamblli xalfalar, Farg'ona- Toshkent musiqa uslubi haqida.

Kalit so'zlar: uslub, aytim, qarsak, chanqobuz, folklore, meros, mavrigi, qars, doston, lokal

LOCAL MUSICAL STYLES IN UZBEK MUSIC

M.Khudiyberdiyeva Scientific supervisor: M.Qurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: About Uzbek singing styles, local styles, Surkhandarya-Kashkadarya music style, Bukhara-Samarkand music style, Khorezm style solo and ensemble halfas, Ferghana-Tashkent music style.

Keywords: style, saying, applause, chanqobuz, folklore, heritage, Moorish, kars, epic, locale

O'zbek xalqining musiqiy merosida asosan, 4ta mahalliy uslub mavjud bo'lib, ular quyidagicha nomlanadi:

1. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi

2. Buxoro-Samarqand musiqa uslubi

3. Xorazm musiqiy uslubi

4. Farg'ona- Toshkent musiqa uslubi.

Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi.

O'zbekistonning janubiy viloyatlari Surxondaryo-Qashqadaryo aholisining katta qismi respublikaning boshqa viloyatlaridan farqli ravishda, o'tmishda asosan, chorvachilik, ayrim qismigina dehqonchilik bilan shug'ullanib hayot kechirar edi. Bu viloyatlar musiqa folkloridan chorvadorlar mehnati haqidagi ko'chmanchilik hayoti haqidagi qo'shiqlarning xarakteri o'rin egallashi ham ana shundadir. Bu viloyatlar musiqa hayotida doston ijrochilari, yani baxshi shoirlar ham muhim o'rin tutgan.

Surxondaryo-Qashqadaryo an'anaviy musiqa cholg'ulari

O'lkada musiqa cholg'ulari uzoq tarixiy o'tmishdan buyon mahalliy xalq tomonidan mexr qo'yilib, ardoqlanib, ijro etib kelinayotgan so'zlar bo'lib, ular do'mbira chanqobuz, doira, qo'biz, nay yoki g'ajir nay, sibiziq ( sibizg'a) kabilardir.

Do'mbira sozi ikki torli chertma cholg'udir. Bu cholg'u Surxondaryo-Qashqadaryo mahalliy musiqasida keng tarqalgan sozlardan bo'lib, u baxshi shoirlar va cho'ponlar zavq bilan sevib ijro etiladi.

Chanqobuz esa maxsus tilchali asbob bo'lib, u temir yoki suyakdan tayyorlanadi. Temir chanqobuz odatda, aylana shaklda bo'ladi. Uning o'rtasidan 7-9 sm uzunlikda po'lat til o'tkaziladi. Chanqobuzni chalish uchun uni chap qo'l bilan tishlarga bosib turish kerak va ayni vaqtda, o'ng qo'lning ko'rsatkich barmog'i ta'sirida tilchani to'lqinlantirib turish lozim. Bu cholg'uni nafaqat, kattalar, balki bolalar ham sevib ijro etishadi.

Buxoro-Samarqand musiqiy uslublari

Surxondaryo va Qashqadaryodan farqli o'laroq, Markaziy Osiyoning madaniyat markazi bo'lgan Buxoro va Samarqandda o'zbek musiqa san'atining xususiyatlari deyarli boshqachadir. Bu xususiyatlar meros mavzusiga va janrlari hamda musiqa hayoti xarakteriga ta'aluqlidir. Buxoro va Samarqand mahalliy uslubi xususiyatlarining muhim farqi musiqa merosi va ijrochilining ikki turga: og'zaki an'anadagi professional san'at va folklor turlariga bo'linishidadir. Musiqa folklorining mohir namoyondalari bilan bir qatorda bu yerda professional san'atkorlar, sozanda va xofizlar katta o'rin tutib, ular maqom va boshqa professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan. Kichik shakldagi ma'lum turkumni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo'lgan raqs o'yin qo'shiqlarining ijrochilari sozandalar ham keng e'tibor topgan. Bu qadimiy shaharlarda cholg'u asboblari turlarining boyligi marosim qo'shiq-kuylarining xilma-xil va xarakterli bo'lishi, bilan birga eng yaxshi ijrochi xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she'riyat kechalarining muntazam o'tkazilib turilishi ham odat bo'lgan edi. Maishat, turmush tarzidagi ashulachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o'ziga xos tuzda keng rivojlanishiga ham imkon bergan.

Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi o'zbek musiqa folklori esa ko'p jihatdan tojik musiqasi bilan ma'lum darajada umumiylikka ega bo'lib, tarixiy taqdiri deyarli o'shash bo'lgan xar ikkala qardosh xalq o'zbeklar va tojiklarning barobar darajadagi musiqa merosidir. Jumladan, "Shashmaqom" bunga yoqrin misol bo'la oladi.

Buxoro musiqa uslubida erkaklar tomonidan ijro etiladigan "Mavrigi" nomi bilan ma'lum bo'lgan turkumli aytimlar esa doira jo'rligida hamda raqqos o'yinchi ishtirokida ijro etiladi. "Mavrigi" asosan erkaklar tomonidan aytilib, xonandalar bir vaqtning o'zida ham ashula aytib, ham doira chertib, o'zlaricha jo'r bo'ladilar. "Mavrigi'' aytimlarda ikki-tillik an'anasi namoyon bo'ladi, ya'ni turkumdagi ashula qismlari o'zbek va tojik tillarida kuylanadi.

"Mavrigi" ijrosida ikki va undan ortiq qismlar bo'lib, ular birin-ketin ijro etiladi. Dastlabki, qizm vazminroq ruhda bo'lgan "kirish" vazifasini bajaradi. Keyingi qismlarga o'tilgani sari o'ynoqi ritmlar kengayib, o'yin aytimlari jadallashib boradi. Shu sababdan ham bunday turkumlarda raqs usullari asosiy o'rinni egallaydi.

Samarqand musiqa uslubida "qarsak'' bilan ma'lum qo'shiq-raqslar juda keng o'rin tutadi. Qarsak, turli xil tomosha va davralarda ko'pchilik tomonidan ijro etiladi. Bunday davrada hozir bo'lganlar aylana shaklida o'tirishib, yakkaxonning aytimi va raqsiga qarsak bilan jo'r bo'lganlar aylana shaklida o'tirishib, yakkaxonning aytimiga jo'r bo'lib o'tirishadi. Shu boisdan qarsak janri band-naqorat shaklida bo'lib, bandlarni yakkaxon ( aytimchi ) aytadi, davrada o'tirganlar esa naqoratlarini kuylashadi.

Qarsak o'yin-aytimlarning bir nechta turlari mavjud. Jumladan, qars, yakka qars, qo'sh qars, uch qars, besh qars kabi nomlar bilan ataluvchi qarsak turlari mavjud.

Xorazm musiqiy uslublari

Xorazm o'lkasining mahalliy uslubi, avvalo o'zining musiqiy koloridi bilan ajralib turadi. U mahalliy qo'shiqlar intonatsion-kuy tuzilishi hamda talqiniga o'z ta'sirini ko'rstadi. Xorazm uslubining Turkman va ozarbayjon musiqasi bilan ma'lum darajada yaqin erkinligi ham shubhasizdir. Xorazm xalq musiqasining o'ziga xos mahalliy xususiyatlari dostonlar ijrosi ham kiradi. Agar O'zbekistonning barcha viloyatlarida dostonlar musiqasi, odatda rechitativ-deklamatsion xarakterda bo'lib, Xorazmda ular yorqin ifodali qo'shiqlar bilan farq qiladi hamda, O'zbekistonning boshqa viloyatlarida bo'lganidek, do'mbira bilan emas balki, tor, dutor, g'jjak ,doira jo'rligida aytiladi.

Xorazm cholg'u asboblari ham o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuqorida eslatilgan bulamon, garmon cholg'u asbobi respublikamizning faqat Xorazm viloyatida uchraydi. XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab bugungi kungacha Xorazmda keng foydalanilib kelinayotgan garmon ham huddi shu o'lka mahalliy uslubining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lib qoldi. Ayrim musiqa asboblarining mahalliy farqi o'z tuzilishi va tembr-akustik xususiyatlarida ko'rinadi. Masalan, Xorazm dutori kosaxonasi xajmining nisbatan kichikligi, dastasining ingichkaroq va qisqaroqligi hamda o'z akustik-tembr xususiyatlariga ko'ra O'zbekistonning boshqa lokal zonalari, xususan, Farg'ona musiqa folkloridan o'ziga xos xarakterli belgilari bilan ajralib turadi. Bu yerda ixcham xajmli oddiy, ammo jozibador va mavzusiga ko'ra xilma-xil ashula va qo'shiqlar muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, xotin-qizlar ashula va qo'shiqlari mashhurdir.

Xorazm musiqa uslubida xalfalar san'ati ham diqqatga sazovordiz. Xorazm xalfachilik san'ati ikki shaklda kuylanib keladi.

1. Yakkaxon ijrochilik.

2. Ansambl tarzida guruhli ijrochilik.

1. Yakkaxon xalfalar, odatda doston qo'shiqlaridan tortib to'y-xasham ("yor-yor", "Kelin salom", va boshqa) qo'shiqlarni cholg'usiz kuylaydilar (ustozlar Roziya Matniyoz qizi, Poshsho Saidmamat qizi, Sadoqat Xudoybergan qizi va boshqa).

2. Ansamblli xalfalar lapar, yalla, o'zlari ijod qilgan qo'shiqlar hamda doston qo'shiqlarini doira, garmon jo'rligida kuylaydilar (ustoz ijrochilar Ojiza, Nazira Sobirova, Onajon Safarova, Bibi Shoira va boshqa).

Farg'ona-Toshkent musiqiy uslubi

Farg'ona-Toshkent musiqa uslubida lapar, yalla, ashula, qo'shiq, terma marosim qo'shiqlari va katta ashula keng tarqalgan.

Xotin-qizlar ijrichiligida marosim qo'shiqlari " Yor-yor'', "Kelin salom'', lapar, yalla, aytimlari doira, dutor, cholg'u ansamblida kuylash keng tus olgan ( uaroz ijrochilardan Raxima Mazoxidova).

Farg'ona-Toshkent musiqa uslubida keng tarqalgan bolalar folklori ham asosiy o'rinni egallaydi. Bu o'rinda Boychechak, Yomg'ir-yog'aloq, Laylak keldi, Oftob chiqdi olamga, Chuchvara qaynaydi kabilar misol bo'la oladi.

Farg'ona-Toshkent musiqa uslubida keng tarqalgan katta ashula- bu yirik xajmli Ashula bo'lib, uning kuy ohanglari keng nafasli xofizlar ijrosi uchun mo'ljallangandir. Katta ashulani, odatda, ashulachi xofiz yoki 2-4 hamnafas ashulachi-xofizlar aytadilar. Bunda jo'rnavoz cholg'ular qo'llanilmaydi. Katta ashulalarda Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarning falsafiy, pand-nasihatlari va boshqa mavzularda she'riy namunalari qo'llaniladi.

Katta ashulalar ikki, ikki yarim oktava oralig'ida bo'lgan rivojlanngan kuylarga ega bo'lib, erkin ritm-o'lchov asosida kuylanadi. Bu ashulalarning " Patnusaki ashula" yoki "likobi ashula" deyilishining sababi ashulachi-xofiz ijro paytida patnis likob (tarelka) ni ushlab turganligidadir.

Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori, Muhammad bobo Saggorov, Akbar qori Xaydarov, Erka qori Harimov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov kabi katta xofizlar katta ashulalarning mahoratli ijrochilari edi. Shun ham aytish kerakki, so'ggi yillar mobaynida katta ashulalarni cholg'ular jo'rligida ijro etish amaliyoti ham qo'llana boshladi. Bu borada misol tariqasida " Mehnat axli'', " Ey dilbari jononim'', "O'zbekistonim" nomli katta ashulalarni ko'rsatish mumkin. Shu o'rinda katta ashulalarni alohida cholg'uda, masalan, nayda ijro etish an'anasi ham yuzaga keldi. Bu o'rinda Ismoil naychi Abduqodir naychi va Saidjon Kalononlardek maxoratli naychilarimizning xizmarlari beqiyos. Katta ashula asosan, Farg'ona vodiysida, qisman esa Toshkentda aytilib kelinadi. Xalq hayotining tarixiy sharoiti natijasi hisoblangan barcha mahalliy uslublarda o'zbek xalq musiqasining umummilliy belgilari yorqin ifodasini topgan.

Bu belgilar yuqorida ta'kidlanganidek, o'zbek xalqining keyingi davrda tugal tus olgan o'zbek millatining shakllanish jarayonida, turli maxalliy uslublarning umummilliy madaniyati bilan birlashib ketishi natijasida vujudga keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yo'ldosheva.S Xalq-urf odat va an'analari T 2003

2. O'ZBEK FOLKLORI OCHERKLARI 1-TOM 1988YIL

3. Hayitova.O Xorazm qo'shiq ijrichilik an'analari Toshkent 2006 y

4. Aloviya Muzayyana O'zbek xalq marosim qo'shiqlari T 1974 YIL

5. Yo'Ldashev, A., & Mahmudova, O. S. Q. (2022). PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI. Oriental Art and Culture, 3(3), 129-132.

6. Yuldashev, A., & Mahmudova, A. (2023). The Formation of Categories in the Art of Uzbek Folk Music Performance. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(1), 28-31.

7. Yuldashev, A. (2023). Pyotr Ilyich Tchaikovsky's Great Contribution to Russian Music. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(1), 32-35.

8. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

9. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

10. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

11. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

12. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.