Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUMTOZ QO‘SHIQCHILIGI MILLIY MEROSIMIZ SIFATIDA'

O‘ZBEK MUMTOZ QO‘SHIQCHILIGI MILLIY MEROSIMIZ SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mumtoz musiqa / ovoz / an’anaviy xonandalik / “ommaviy madaniyat” / musiqa cholg‘ulari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shuhrat Qoraboyev

Hozirgi kunda milliy san’atimiz, xususan, mumtoz qo‘shiqchiligimizga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda. Mazkur maqolada milliy merosimiz hisoblanmish mumtoz qo‘shiqchilik san’ati, ularni ijro etish malakalarini hosil qilish borasida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUMTOZ QO‘SHIQCHILIGI MILLIY MEROSIMIZ SIFATIDA»

O'ZBEK MUMTOZ QO'SHIQCHILIGI MILLIY MEROSIMIZ

SIFATIDA

Shuhrat Qoraboyev sh_qoraboyev@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Hozirgi kunda milliy san'atimiz, xususan, mumtoz qo'shiqchiligimizga yuksak darajada e'tibor qaratilmoqda. Mazkur maqolada milliy merosimiz hisoblanmish mumtoz qo'shiqchilik san'ati, ularni ijro etish malakalarini hosil qilish borasida so'z boradi.

Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, ovoz, an'anaviy xonandalik, "ommaviy madaniyat", musiqa cholg'ulari

CLASSICAL UZBEK SONG IS OUR NATIONAL HERITAGE AS OF

Shukhrat Karabayev sh_qoraboyev@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article deals with the strengthening of our national heritage through the art of classical singing and formation of our classical songs and their performance skills.

Keywords: classical music, art, voice, classical singing, musical instrument

Ma'lumki XX asrning birinchi yarmiga kelib bastakorlik ijodida zamonga mos yangi yo'nalishdagi kuy va ashulalar yaratishga katta e'tibor qaratildi. To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Faxriddin Sodiqov, Muhammadjon Mirzayev kabi bastakorlar ijodi bunga yorqin misol bo'la oladi. Ijrochilik jarayonida esa Faxriddin Sodiqov, Rihsi Rajabiy, Turg'un Alimatov, Saidjon Kalonov, Mahmudjon Muxammedov, Komiljon Jabborov va G'anijon Toshmatov kabi bir qator mohir sozandalar va Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Fattoxxon Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Rasul qori Mamadaliyev, Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, Saodat Qobulova kabi betakror xonandalar yetishib chiqqan va ular doimo el ardog'ida bo'lganlar.

Bu kabi bizning milliy qo'shiqlarimiz va milliy san'atimiz kuy qo'shiqlarida, ashulalar, maqomchiligimizda albatta bizning milliy g'urur va iftixorimiz, bizning o'zligimiz aks etgandir. Bizlar bu musiqiy merosimizni asrab-avaylab, yanada

ITFVE^^Hl 297 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

takomillashtirib, chuqur o'rgangan holda o'z milliy musiqa merosimizni mustahkamlashimiz zarurdir.1

Yangi asrning ilk yillarida shakllangan milliy musiqa san'atimizdagi ayrim jihatlarga e'tibor berish lozimki, bular musiqa merosimizning uch yo'nalishini tahlil qilib ko'rilganda yaqqon seziladi. Ya'ni xonandalik, sozandalik va bastakorlik. Musiqa san'atining ijrochilik mezoni ijro amaliyotida sezilarli darajada rivoj topayotganligini kuzatish mumkin. Birinchidan: yosh avlodni an'anaviy ijroga bo'lgan qiziqishi ortdi. Hozirgi "ommaviy madaniyat"ning yoshlar o'rtasida o'ziga hos ta'siri ketayotgan bir paytda, yoshlar orasida an'anaviy musiqani maromiga yetkazib ijro etadigan yosh avlod vakillari shakllandi va ular o'z faoliyatlari bilan xalqimizga xizmat qilib kelmoqdalar. O'tmish ustozlarning xonandalik an'analari, chiroyli tik ovoz, ma'noli va bilimli talqin bilan amalioyotda o'zlarini namoyon etib kelganlar. Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Xojixon Boltayev, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov kabi ustoz san'atkorlar ijro an'analari, mumtoz xonandalik an'analari namunasi sifatida bizning avlodga yetib kelgan. Hozirgi yoshlar ham ushbu san'atni qizg'in holda o'zlashtirishlari quvonarli hol. Ayniqsa, yoshlarning mukammal ovoz talqini va mumtoz musiqiy merosni ustozona shaklda talqin etayotganliklari va bunga katta ahamiyat berayotganliklari e'tirofga loyiq. Bularning natijasi ham iqtidorli xonandalar misolida namoyondir. Bir qarashda an'anaviy ijrochiliik san'ati bir me'yorda qadam tashlab, rivojlanib bormoqda desak ham bo'ladi. Lekin, mumtoz musiqaning shakllanish jarayonidagi tamoyillar, qoidalar uning rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatishi kerak. Merosni amaliy o'zlashtirish va ijodiy yondashish yaxshi an'ana, lekin buning o'zi yetarli emas. Chunki o'tmish ustozlari o'zlarining ijrochilik yutuqlari bilan birga musiqiy merosni teran anglab, diniy-falsafiy tahlil eta olganlar. Buning natijasida ijro namunalarini tinglovchiga ta'sirli yetib borishi va musiqiy savodxonlik yuqori darajada rivojlanib borishiga erishganlar. Ijod, zamonni aks ettiruvchi mezon hisoblanadi.2

Har bir zamonda musiqiy meros o'ziga xos zamonaviy asarlar bilan boyib kelgan. Mazkur asarlar o'sha zamonni kuylagan. Bunday musiqiy asarlarni shu zamonning mohir sozanda va xonandalari yaratganlar. Musiqiy savodi yuqori, bilimli, musiqa fani bilan bir qatorda tarix va adabiyotni chuqur egallagan ustozlarning o 'z zamonasi uchun ijod etgan asarlari ham shunga yarasha o'lmas navolarga aylangan.

Demak, an'anaviy xonandalik san'ati rivoji nafaqat musiqiy merosni zamon talabida ijro etish balki talqin qila olish, ya'ni tushunish va tushuntirib bera olish bilan rivojlanadi. Buning uchun musiqiy merosni o'rganish bilan birga yangi namunalarni yaratishda nazariy bilimlarga tayanish, saviyasi baland, chuqur ma'noga ega, falsafiy

1 Jo'rayeva.M. "O'zbek mumtoz musiqachilik tarixi" Toshkent, 2017

2 Karomatov F.M. Xalq muzikasi // O'zbek muzikasi tarixi. Tuzuvchi: T.Y.Solomonova. - T.: G'afur G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti, 1981. - 27 - 34-b.

ITÏy^^^BI 298 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

negizli asarlar ijod etish lozimdir. Oldingi avlod ijodiga nazar solsak To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, G'anijon Toshmatov, Nabijon Hasanov, Imomjon Ikromov, Muhammadjon Mirzayev, Jo'raxon Sultonov, Doni Zokirov, Fattoxxon Mamadaliyev, Orifxon Xotamov kabi yetuk sozanda va xonandalar bastakorlik amallari bilan yangi asarlar yaratganlar. "Etmasmidim", "Nazzora qil", "Yolg'iz", "Ey Sabo", "Guluzorim qani?", "Kezarman", "Qadimgi ushshoq", "Dardu-dilim", "Qoshi yo sinmu deyin" va boshqalar. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Bular o'z zamonasining shoh asarlaridir. Bu musiqiy namunalar nafaqat xonandalar tomonidan balki, barcha cholg'ularda, orkestr va turli ansambllar talqinida sadolangani barchaga ma'lum. Ularni har bir ijro namunasi o'ziga xos jozibada yangrashi, asarni yangi qirralarini ochib beradi. Shu o'rinda aytish mumkinki mumtoz musiqa namunalarini nafaqat milliy cholg'ularda balki, Sharq mamlakatlari musiqa cholg'ulari va jahon estrada cholg'ularida ham professional (buzmasdan) ijro etishni qo'llab-quvatlash sohaning rivoji uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda biz uchun bir maktab hisoblanmish Shavkat Mirzayev, O'lmas Rasulov, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Mahmudjon Tojiboyev, Mashrab Ermatov va Erkin Ro'zimatov ijodiy faoliyatlari ham har tomonlama ibratlidir. Ularni samarali faoliyatlariga hurmatni saqlagan holda shuni aytish kerakki, baribir zamonani to'laqonli ifodalovchi, tinglovchini tafakkurga chorlovchi kuylar yoki ashulalar yetishmayotgandek. Yaratilayotgan asarlar ko'p lekin, mumtozona darajaga munosib ijod mahsullari juda kam. Shularni inobatga olib, o'zbek musiqasining bugungi kundagi to'laqonli rivoji uchun nimalarga e'tibor berish lozim?

Xulosamiz quyidagicha: musiqiy merosni zamonga mos, texnika davri bilan hamomang talqin qilish, rivojlantirish. Adabiyotning nazm qonuniyatlarini yaxshi o'zlashtirib, ijodda qo'llash, falsafiy tafakkurni badiiy ijodga singdirish. Teatr, kino va ommaviy tadbirlarda mumtoz musiqa namunalarini qo'llash, shuningdek, milliy musiqamizni dunyoga tanitishnig eng maqbul yo'li albatta sifatli kinofilmlar suratga olib, ularni ovozlashtirishda mumtoz musiqamizdan foydalangan holda milliyligimizni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazish bizning asosiy vazifalarimizdandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391 sonli Qaroridan.

2. Jo'rayeva.M. "O'zbek mumtoz musiqachilik tarixi" Toshkent, 2017

3. Karomatov F.M. Xalq muzikasi // O'zbek muzikasi tarixi. Tuzuvchi: T.Y.Solomonova. - T.: G'afur G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti, 1981. - 27 - 34-b.

299

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

4. Макоми, мугами и современное композиторское творчество. - Т.: Изд.лит.и искусства им.Г.Гуляма, 1978. - 134 с.

5. Fayzullayev Е. Sharq хаЦ1ап mumtoz musiqasini o'rganishda badiiy didni tarbiyalash //Xalq ta'limi j. - Т.: 2004. 1-son. - 147-149-Ь.

6. Раньше и теперь. Беседы Бориса Покровского с Аллой Богдановой - М, 2001.

300

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.