International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
O'ZBEK MILLIY TEATRI TARAQQIYOTIDA JADIDLARNING O'RNI
Qahramon Madrimov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Dramatik teatr va kino san'ati" kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: mazkur maqolda XX asr boshlarida mamlakatimizda professional truppalar va teatrlar shakllanishida ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid CHo'lponlarning Toshkent, Qo'qon, Samarqand shaharlarida o'zbek milliy teatri taraqqiyoti uchun amalga oshirgan ijodiy ishlari haqida ma'lumot berilgan bo'lib, unda teatr-truppalari ijodiy, tashkiliy faoliyati, teatrlarda repertuar va milliylik masalalari, aktyor va rejissyorlarning ijro mahorati va etikasi tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: jadid, jadidchilik harakati, jadidlar estetikasi, teatr-truppa, ijro intizomi, repertuar.
Аннотация: в данной статье даны сведения о творческой деятельности просветителей Махмудходжи Бехбуди, Абдуллы Авлони, Абдулхамида Чолпона по формированию профессиональных трупп и театров в городах Ташкенте, Коканде, Самарканде для развития узбекского национального театра на первых порах. XX века, в которых исследовалась творческая и организаторская деятельность театральных трупп, вопросы репертуара и национальности в театрах, исполнительское мастерство и этика актеров и режиссеров.
Ключевые слова: Джадид, джадидское движение, джадидская эстетика, театральная труппа, исполнительская дисциплина, репертуар.
Annotation: In this article, information is given about the creative work of the enlighteners Mahmudhoja Behbudi, Abdulla Avloni, Abdulhamid Cholpon in the formation of professional troupes and theaters in the cities of Tashkent, Kokand, Samarkand for the development of the Uzbek national theater at the beginning of the 20th century. in which creative and organizational activities of theater troupes, issues of repertoire and nationality in theaters, performance skills and ethics of actors and directors were researched.
Keywords: Jadid, jadid movement, jadid aesthetics, theater troupe, performance discipline, repertoire.
Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid C^^oriaming nomlari о^Ьек milliy teatr san'ati sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgandir. Toshkent, Qo'qon, Samarqand shaharlari о^Ьек milliy teatri markazlari Ьо'НЬ qoldi. Aynan yuqorida nomlari qayd etilgan ma'rifatparvarlarning say-harakatlari bilan
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
o'zbek milliy teatri jahon teatr san'atida ma'lum darajada o'z o'rni, mavqeiga ega bo'ldi.
Jadidlar yaratgan yevropacha shakl, milliy mazmundagi yangi milliy teatr tomoshabinlarning ko'z oldida, ularning bevosita ishtirokida chuqur badiiy-estetik o'zgarishlar, rivojlanish va ijodiy izlanishlar jarayonini bosib o'tgan.
Turkistonda XX asr boshida, avvalo, maorifda isloh boshlangan, keyin milliy matbuot paydo bo'lgan. Lekin ma'rifatni, millat ma'naviyatini rivojlantirish uchun yana estetik amaliyotning asosiy elementi - sanoyi nafisa uyi - teatrga ehtiyoj sezildi. XX asr boshlarida Tatariston va Ozarboyjondan O'rta Osiyoga gastrolga kelgan teatr ijodkorlarining spektakllari tomoshasidan keyin jadidlar g'oyaviy va amaliy rejasida teatr - Ibratxona tashkil etilishi milliy estetik ong shakllanishida alohida o'rin egallaydi.
1911 yilda Mahmudxo'ja Behbudiy "Padarkush yoxud O'qumagan bolaning holi" nomli "3 parda 4 manzarali milliy, birinchi fojia"sini yozadi. Asarni chop qilish xususidagi urinishlar ikki yilgacha muvaffaqiyatsiz kechadi [3, 52-53]. So'ngra u pyesani bostirishga boshqa yo'l qidirdi, ya'ni pyesaning muqovasiga ruscha qilib "Rossiyaning fransuz istilosidan ozod bo'lishi va mashhur Borodino jangi xotiralari yubileyiga bag'ishlayman" deb, senzuraning Tbilisi komitetiga yuboradi [2, 280]. "Matbuot ishlari Tiflis qo'mitasi senzori ruxsati bilan Kavkaz o'lkasi sahnalarida qo'yish mumkin" degan 1913 yil 23 mart 19940-son qaroriga ko'ra, asar 1913 yil Samarqandda alohida kitob holida chop etiladi [3, 52-53].
"Padarkush" ilk bor havaskorlar tomonidan 1914 yil 15 yanvar kuni Samarqandning Yangi shahar qismida namoyish etiladi. Shu munosabat bilan "Oyina" majallasining 1914 yil 25 yanvar 14-sonida "Turkistonda birinchi milliy teatr" hamda "Padarkush" ketidan tatar ruppasi qo'ygan "Oldaduk ham oldanduk" nomli tatarcha spektakl haqida 1 fevral 15-sonida "Samarqandda teatr" nomli davomli axborot-taqrizlar e'lon qilindi. Unda "Padarkush" fojiasining "nihoyatda yaxshi amalg'a qo'yilgani" aytilib, teatr-ibratxonaga minglab xalq "hujum" qilgani, 320 o'rinlik teatr zaliga yana ellikta qo'shimcha joy qilinib, biletlar baland narxlarda avvaldan sotilgani bayon qilinadi [3, 54].
Abdulla Avloniy o'z "Tarjimai holi"da shunday yozadi: "1913 yildan boshlab xalqni ko'zin ochmoq, madaniyatga yaqinlashtirmoq uchun teatruga kirishib, teatru ishlarini yo'lga qo'yuvchilarning boshlug'u bo'lub, Turkistonning bir necha shaharlariga borib o'zbeklar orasida teatruga yo'l ochdim. ... "Turon" ismli teatralni blag'otvoritelniy jamiyatni yuzaga chiqardim" Avloniyning bu so'zini Miyon Buzruk Solihov ham qayd etgan: "1913 dan boshlab havaskor tusida to'plangan bu to'da 1914 oxirida rasman "Turon to'dasi" nomi bilan o'tiladi va tobora tashkiliy tus ola boradi" [3, 60].
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2
"Turon" jamiyatiga turli din va mazhabdagi kishilar a'zolik badalini muntazam to'lab turib, haqiqiy a'zo bо'lisЫari mumkin edi.
Jamiyat faxriy, haqiqiy va Turkiston о'lkasida muhim narsalarni sotib olish huquqiga ega Ьо'^п ijrochi a'zolardan tashkil topadi. Ijrochi a'zo sifatida qabul qilinayotgan shaxs 13-bandda aytilishicha, birinchi marotaba о^ iqtidori (amplua) doirasidagi kichikroq rolda sinab ^rilishi lozim. Agar uning iqtidori sezilsa, shunga yarasha rol berilib, ijrosidan sо'ng hay'at qarori bilan jamiyat a'oligiga qabul qilingan. Bu band truppaga shunchaki havaskorni emas, balki muayyan teatr talablariga javob bera oladigan shaxslarni, ya'ni professional xususiyatli shaxslarni jiddiy sinov va tanlash уо'Н bilan qabul qilinganini anglatayapti. Bu professional teatrning muhim shartlaridan biridir.
Tadqiqotchilarning ilmiy xulosalaridan shuni bilish mumkinki, milliy teatr g'oyasi 10-yillarning о'rtalariga kelib, butun Turkiston shaharlaridagi ziyoli yoshlarning fikri-yodini qamrab olganini, millat faqat ma'rifat orqali taraqqiy topishini va unda teatr asosan estetik vosita vazifasini bajarishini, "Padarkush" spektaklining Samarqand va Toshkent teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirilganligi va uning samarasi о'laroq tushgan mablag'lardan "usuli jadid" maktablarining qurilishi va maktablarga kerakli о^ш' anjomlari keltirilganligi ham teatrning, jumladan aktyorlar asosiy faoliyatining natijasi ma'rifatni targ'ib qilish ekanligidir.
Qariyb yillar davomida faoliyat yuritgan jadidlar, xalqni ma'rifatga
chorlash borasidagi faoliyatining 20 yoki undan ham to'proq davrini teatr san'ati orqali targ'ib qildi. Mana shu qisqa bir davrda teatr san'ati xalqning millat sifatida shakllanishiga, ma'rifatga intilishi orqali о^НЬш anglashiga, ma'naviy qiyofasi о'zgarib, ijtimoiy ongi о'yg'onishiga, estetik didi kamol topib, dunyoqarashi tubdan о'zgarishiga asos bо'ldi.
Jadidlar estetikasi va vujudga kelgan yangi о'zbek teatr san'ati milliy uyg'onish, mustamlakachilikka, qaramlikka, zо'rovonlikka qarshi kurashish jarayonida shakllangan ijtimoiy hodisadir. Zero, XIX asrning oxiri XX asrning boshlari estetika tarixida g'oyat murakkab va xilma-xil qarashlarga boy davr bо'lib, fan-texnika taraqqiyotida, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy hayotida misli to'rinmagan tarixiy voqealar yuz berdi. Bular insonlarning borliqqa estetik munosabatini о'zgartirib, dunyoni yangicha о'rganish va ifodalash zaruriyatini taqozo etganligi jididlar tomonidan yaratilgan asarlarda о^ aksini topgan.
Jadidlar yevropacha teatr san'atining yangi janrlarini bizning hududimizda tatbiq etar ekanlar, millatni ma'rifat, ma'naviyat va san'at orqali estetik tarbiyalash, bu tarbiya istiqbolida istiqlolga yetishishni ^^adilan
Foydalanilgan adabiyotlar:
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
1. Abduqunduzov M. O'zbek milliy teatr san'ati: taraqqiyot bosqichlari. -T: Yangi asr avlodi, 2002.
2. Rahmonov M. O'zbek teatri tarixi XVIII asrdan XX asr avvaligacha. -T.: Fan, 1968.
3. Rizayev Sh. Jadid dramasi. -T.: Sharq, 1997.
4. Umarov M. Mannon Uyg'ur va milliy teatr estetikasi. -T. : Musiqa, 2006.