Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY MADANIYATIDA “BOYLIK VA KAMBAG’ALLIK“ KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI'

O‘ZBEK MILLIY MADANIYATIDA “BOYLIK VA KAMBAG’ALLIK“ KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
428
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / konsept / lingvokulturema / madaniyat / fenomen / paradigm / lingvokulturologik tahlil / ma’naviyat / lingvokulturologik xususiyat / til / tilshunoslik / ma’daniyatshunoslik / lingvomadaniyatshunoslik / ma’daniyat / moddiy boylik / ma’naviy boylik / moddiy kambag’allik / ma’naviy kambag’allik. / лингвокультурология / концепция / лингвокультура / культура / феномен / парадигма / лингвокультурологический анализ / духовность / лингвокультурологическая характеристика / язык / Лингвистика / культурология / лингвокультурология / материальное богатство / духовное богатство / материальная бедность / духовная бедность.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibragimov Sirojiddin Abdumutalibovich, Gafurova Dildoraxon Karimovna, Kadirova Nilufar Tursinbayevna

Ushbu maqolada barcha uchun tanish bo’lgan tushunchalar, ya’ni boylik va kambag’allik tushunchalari o’rganiladi. Bu tushunchalarning moddiy va ma’naviy tomonlari ko’rib chiqiladi. Qaysi davlatda va qaysi davrda bu tushunchalarga qanday qaralgani misollar, faktlar vositasida namoyon etiladi. Bu konseptning qay darajada ahamiyatli ekanligi, bir – biridan farqli jihatlari yoki bir – biri bilan qanday uyg’unlikka ega ekanligi bilan maqolada tanishiladi. Boylik va kambag’allik konsepti lingvokulturologiya bo’limi orqali namoyon etiladi va lingvokulturologiya sohasi vositasida ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ КОНЦЕПТА «БОГАТСТВО И БЕДНОСТЬ» В УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЕ

В этой статье исследуются знакомые всем концепции, а именно богатство и бедность. Рассматриваются материальная и духовная стороны этих понятий. То, как в каком государстве и в какой период рассматривались эти понятия, проявляется через примеры, факты. О том, в какой степени это понятие актуально, чем оно отличается друг от друга или как оно сочетается друг с другом, будет рассказано в статье. Концепция богатства и бедности раскрывается через раздел лингвокультурологии и раскрывается через область лингвокультурологии.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY MADANIYATIDA “BOYLIK VA KAMBAG’ALLIK“ KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI»

| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar

O'ZBEK MILLIY MADANIYATIDA "BOYLIK VA KAMBAG'ALLIK" KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI Ibragimov Sirojiddin Abdumutalibovich, Gafurova Dildoraxon Karimovna, Kadirova Nilufar Tursinbayevna ADU akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7106648 Annotatsiya: Ushbu maqolada barcha uchun tanish bo'lgan tushunchalar, ya'ni boylik va kambag'allik tushunchalari o'rganiladi. Bu tushunchalarning moddiy va ma'naviy tomonlari ko'rib chiqiladi. Qaysi davlatda va qaysi davrda bu tushunchalarga qanday qaralgani misollar, faktlar vositasida namoyon etiladi. Bu konseptning qay darajada ahamiyatli ekanligi, bir -biridan farqli jihatlari yoki bir - biri bilan qanday uyg'unlikka ega ekanligi bilan maqolada tanishiladi. Boylik va kambag'allik konsepti lingvokulturologiya bo'limi orqali namoyon etiladi va lingvokulturologiya sohasi vositasida ochib beriladi.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, konsept, lingvokulturema, madaniyat, fenomen, paradigm, lingvokulturologik tahlil, ma'naviyat, lingvokulturologik xususiyat, til, tilshunoslik, ma'daniyatshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, ma'daniyat, moddiy boylik, ma'naviy boylik, moddiy kambag'allik, ma'naviy kambag'allik.

ЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ КОНЦЕПТА «БОГАТСТВО И БЕДНОСТЬ» В УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЕ Аннотация: В этой статье исследуются знакомые всем концепции, а именно богатство и бедность. Рассматриваются материальная и духовная стороны этих понятий. То, как в каком государстве и в какой период рассматривались эти понятия, проявляется через примеры, факты. О том, в какой степени это понятие актуально, чем оно отличается друг от друга или как оно сочетается друг с другом, будет рассказано в статье. Концепция богатства и бедности раскрывается через раздел лингвокультурологии и раскрывается через область лингвокультурологии.

Ключевые слова: лингвокультурология, концепция, лингвокультура, культура, феномен, парадигма, лингвокультурологический анализ, духовность, лингвокультурологическая характеристика, язык, Лингвистика, культурология, лингвокультурология, материальное богатство, духовное богатство, материальная бедность, духовная бедность.

LINGUISTIC SIGNIFICANCE OF THE CONCEPT OF "WEALTH AND POVERTY" IN UZBEK NATIONAL CULTURE Abstrackt: this article explores concepts familiar to all, namely the concepts of wealth and poverty. The material and spiritual aspects of these concepts are considered. In which state and in what period these concepts are considered, examples are shown by means of facts. This will be familiarized with the extent to which the concept is significant, different aspects from each other or what harmony it has with each other in the article. The concept of wealth and poverty is manifested through the Department of linguoculturology and is revealed through the field of linguoculturology.

Keywords: linguoculturology, concept, linguoculturema, culture, phenomenon, paradigm, linguoculturological analysis, spirituality, linguoculturological nature, language, linguistics, mining, linguoculturological studies, mining, material wealth, spiritual wealth, material poverty, spiritual poverty.

| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar

KIRISH

Lingvokulturologiya - bu til va madaniyatning o'zaro bog'liqligi va ta'siri natijasida yuzaga kelgan ilmiy bilimning kompleks majmuasi. XX asrning 90 - yillarida tilshunoslik bilan ma'daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadaniyatshunoslik) paydo bo'ldi. Bu soha tilshunoslikdagi eng katta yutuqlardan biri bo'ldi deyish ham xato bo'lmaydi. Chunki tilshunoslikning bu yo'nalishi orqasidan ilm - fanga ulkan yutuqlar, yangiliklar, o'zgarishlar kirib keldi. U tilshunoslikda mustaqil yo'nalish sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar tilshunoslikning ushbu nazariyasining ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar. XXI asr boshlariga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo'nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o'rganuvchi fan bo'lib, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi. Maqolamizning mavzusi bo'lgan davlatlarning "boy va kambag'alligi" haqidagi qarashlar ham aynan shu tomonlama lingvokulturologiyada o'rganiladi. Bu narsalar lingvokulturologiyaning asosiy o'rganish vositasi hisoblanadi. V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i aniqrog'i insondagi madaniy omilni tashkil etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson tog'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir". Biror bir davlarning "boy yoki kambag'al" bo'lishi, albatta, inson omiliga bog'liq hisoblanadi. Aynan shu tomonlama olib qaralganda V.N.Teliyaning fikri asoslidir.

Har bir davlatning, mamlakatning asosiy vazifasi, avvalo, o'z fuqarolarini, o'z jamiyatini ham moddiy jihatdan, ham ma'naviy jihatdan qashshoqlikdan qutqarib, boy qilish. Bu jihatlar albatta madaniyatga borib taqaladi. Lingvokulturologiya inson bilan madaniyatni bog'lab o'rganadi. Hech kim kambag'al bo'lishni xohlamaydi. Boylik insoniyatning o'ziga ham, jamiyatga ham, mamlakatga ham juda katta foyda keltiradi. Jamiyatni boylik sari yetaklashni har bir davlat xohlaydi. Shuning uchun ham boylik va kambag'allik haqidagi qarashlar deyarli barcha davlatlarda bir xil. Boylik deganda faqatgina moddiy tomonlama boylikni o'ylash ham to'g'ri emas. Inson ma'naviy jihatdan ham boy, yetuk, kamolotga erishishga intilishi kerak. Ma'nan boy bo'lgan xalqni hech kim yenga olmaydi. Puli ko'p emas, qanoatli inson boy, hammaga narsaga ega odam emas, sotib olish mumkin bo'lmagan narsaga ega odam boy. Moddiy jihatdan yetuk bo'lsa-yu, ma'naviy jihatdan qashshoq bo'lsa, bu narsa eng zaiflik hisoblanadi. Donishmandlar ham aytishgan - "Ilm sari intil. Agar puling bo'lmasa ilming bilan qashshoqlikka yuz tutmaysan, agar boy bo'lsang ilming seni ko'rking bo'ladi". Bu gap bejiz aytilmagan. Ilmli, ma'naviy tomonlama boy insonni hech kim yengaya olmaydi. Moddiy boylik qachondir inson qo'lidan ketishi, xattoki vaqti kelib hech vaqosiz qolishi mumkin. Puxta egallangan ilmni esa hech kim, hech qachon tortib ololmaydi. Ba'zi odamlar kumush va oltinni ne'mat deb hisoblaydilar, aslida boylik ne'matlarni qo'lga kiritish vositalaridan biri xolos.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Islom dinida ham boylik va kambag'allik xususida ko'plab qarashlar mavjud. Islom dini boylikni qoralamaydi. Aksincha, boylar ko'paygan sari kambag'allarning ahvoli yengillashishi mumkin. Dinimiz kambag'allarni ham o'z holiga tashlab qo'ymagan. Agar kimda kim boylikka ega bo'lsa, kambag'allarga mol- dunyosining haqini berishi kerak, ya'ni mol - mulkidan zakot berishi kerak. Zakot, avvalo, kambag'al, beva- bechora, yetim - yesirlarga tarqatiladi. Zakot dinda kambag'allik muammosini hal qilishning eng yaxshi va to'g'ri chorasi hisoblanadi.

I VOLUME l I ISSUE l I 2G22 ResearchBip (14) I Zenodo I Google Scholar

Deyarli barcha insonlar shunday: boyligini yo'qotganida qayg'uradi, biroq hayotining behuda ketayotgan kunlariga, oqar daryodek oqayotgan vaqtiga hech qachon afsuslanmaydi. Axir bizga berilgan hayot eng qimmatli boylik-ku. Bu narsalar ham insoniyatning boylikka qanchalar bog'lanib qolganligini ko'rsatib beradi. Boylikni dengizning sho'r suviga o'xshatishgan. Ichgan saring chanqog'ing kuchayaveradi. Inson hech qachon boylikka to'ymaydi. Boylik ketidan quvib umri oxirlab borayotganini ham anglab yetmaydi. To'g'ri, kambag'allik havas qilgulik narsa emas, buni hech kim xohlamaydi. Ammo kambag'allikda ham qanday yashashni bilgan inson chin ezgu fazilat sohibi hisoblanadi. Kambag'allik eng avvalo insonga qanoat va sabrni o'rgatadi. Ma'nan boy inson esa bu narsani anglaydi va kambag'allikdan bir hikmat izlab, undan chiqish yo'llarini qidiradi. Ma'naviy kambag'al inson esa butun umr faqat kamba'alligidan noliydi xolos, hech qachon undan qutulishga harakat qilmaydi. Shu sababli ma'naviy kambag'al inson hamma narsadan mosuvo bo'ladi. Ma'naviy yetuk shaxs esa, albatta, o'z o'rnini topadi. Inson faqat moddiy jihatdan qashshoq bo'lmaydi, ochko'zlikning ko'payishi ham qashshoqlik hisoblanadi. Insonni nimagadir extiyoji bo'lishi kerak, faqat ochko'zlik darajasida emas. Ammo Demokrit quyidagi fikrlarni aytadi: "Biror narsaga ehtiyoji bo'lgan boy - boy emas, hech narsaga muhtoj bo'lmagan kambag'al -kambag'al emas. Odamlarni boylik yoki qashshoqlik buzmaydi, ularni ochko'zlik va baxillik yo'ldan ozdiradi. Kambag'allik muammo bo'lishi mumkin, ammo u insonni nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib beradi. Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik aslida pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi. Vaqtini behuda sarflagan inson na boylikka, na ilmga erisha oladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Turli xalqlar madaniyatida o'ziga xosliklarning tilda aks ettirilishini o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning yangi sohasi bo'lsa ham, unda frazeologik, konseptologik, lwksikografik, lingvodidaktik yo'nalishlar shakllanib ulgurgan. Shuning uchun ham biror bir davlatning boyligi yoki qashshoqligini o'rganishda, aniqlashda shu sohaga tayanib izlanish olib borish mumkin. Mazkur fanning asosiy vazifasi ham aynan shu bilan bog'liq. Til bilan ma'daniyatning bog'liq tomonini, ya'ni madaniyatga oid tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarni o'rganish, til va xalq mentaliteti o'rtasidagi o'zaro aloqlarni tavfislash bu yo'nalishning bosh g'oyasi, asosiy vazifasi qilib olingan.

Har bir davlat, millat va elat o'z tili va madaniyatiga ega. Madaniyat tilda turli til birliklari, xususan, leksemalar, frazeologik birikmalarda o'z o'z aksini topishi til va madaniyatning bir - biri bilan chambarchas bog'lik ekanligini tasdiqlaydi.

Demak, har bir millar o'z tili va madaniyatiga ega bo'lib, madaniyat, boylik tilda turli xil til birliklarida o'z aksini topishi til va madaniyatning bir - biri bilan chambarchas bog'liq ekanligini tasdiqlaydi.

MUHOKAMA

Turli xalqlar madaniyatida mavjud bo'lgan o'ziga xosliklarni tilda aks ettirishni o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday madaniyat mamlakatning "boy yoki kambag'al" ekanligi bilan ifodalanar ekan, demak, davlatning ma'naviy boyligi, moddiy boyligi, boshqa davlatlar bilan solishtirganda boshqa davlatlarga nisbatan boy yoki kambag'al ekanligini o'rganish ham lingvokulturologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda ham O'zbekistonda aynan shu muammolarni, masalalarni o'rganish, izlanishda bir qator olimlar, xususan, A.Abdulazizov, D.Ashurova, SH.Safarov,

| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar

O'.Yusupov, A.Mamatov va yana shu kabi boshqa olimlar tadqiqotlar olib borish yo'li bilan tilshunoslikka, xususan tilshunoslikning lingvokulturologiya bo'limiga o'zining ullkan xissalarini qo'shmoqdalar.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, XIX asrga kelib rivojlanib, taraqqiy topgan millat madaniyatini o'rganishga qaratilgan asosiy bo'lim - lingvokulturologiyaning tashkil topishi tillarni xususiyatlarini, davlatlarning har tomonlama, ham ma'naviy, ham moddiy boyligini o'rganishda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o'ta tez suratlarda rivojlanib, tilshunoslikda alohida o'ziga xos bo'lgan o'rinni egallab bormoqda. Dunyoda hech qaysi davlat, mamlakat, jamiyat kambag'al emas. Faqat davlatning ma'naviy boyligi o'sha millatning madaniyatini, millatning qanday ekanligini ifodalab beradi. Moddiy boyligi esa mamlakat hayotini, jamiyatning qanday ahvolda ekanligini o'zida aks ettiradi.

Adabiyotlar:

1. V.A.Masalova. Lingvokulturologiya. -M.: Akademiya. 2001.

2. V.V.Vorobyev. Lingvokulturologiya. -M.: 1997.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati.

4. N.Mahmudov. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab. - T.: 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.