Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1033
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy kurash / milliy an’analar / urf –odatlar / jismoniy mashqlar / yakkakurash / olamshumul hodisa / sport turi / ma’naviy yetuk inson / national wrestling / national traditions / customs / physical exercises / wrestling / world events / sports / spiritually mature person

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aziz Xoshimovich Komilov

O’zbek milliy kurashining jahon arenasiga chiqib,milliy mustaqillik yillarida turli xalqlar va millatlarning udumiga aylanganligi olamshumul hodisadir. Ushbu maqolada o’zbek milliy kurashi tarixining o’ziga xos xususiyatlari va uning o’ziga hosligi xaqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The fact that the Uzbek national struggle entered the world arena and became a tradition of different peoples and nations during the years of national independence is a universal event. This article discusses the peculiarities of the history of the Uzbek national struggle and its specificity.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O'zbek milliy kurashining jahon arenasiga chiqib,milliy mustaqillik yillarida turli xalqlar va millatlarning udumiga aylanganligi olamshumul hodisadir. Ushbu maqolada o'zbek milliy kurashi tarixining o'ziga xos xususiyatlari va uning o'ziga hosligi xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: milliy kurash, milliy an'analar, urf -odatlar, jismoniy mashqlar, yakkakurash, olamshumul hodisa, sport turi, ma'naviy yetuk inson.

The fact that the Uzbek national struggle entered the world arena and became a tradition of different peoples and nations during the years of national independence is a universal event. This article discusses the peculiarities of the history of the Uzbek national struggle and its specificity.

Keywords: national wrestling, national traditions, customs, physical exercises, wrestling, world events, sports, spiritually mature person.

O'zbek milliy kurashi bugun jahon yuzini ko'rmoqda. U sportning muhim turi sifatida jahon arenasiga kirib, ommaviylashib bormoqda, umuminsoniy qadriyatga aylanmoqda. Shu boisdan ham, mamlakatimizda milliy kurashni ilmiy jihatdan tadqiq qilish va shu asosda Xalqaro andazalarga mos yuksak saviyali mutaxassislarni tayyorlash zaruriyati vujudga kelmoqda. Mamlakatimiz rahbariyatining jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirishda qilayotgan g'amxo'rligi natijasida milliy sport turlarimiz yanada rivojlanib ommaviylashib bormoqda. O'zbek milliy kurashining jahon arenasiga chiqib,milliy mustaqillik yillarida shiddat bilan bir xalqning ma'naviy,-jismoniy qadriyatidagi turli xalqlar va millatlarning udumiga aylanganligi olamshumul hodisadir. Zeroki, kurash o'z jangovorligi, go'zalligi, jozibadorligi, halolligi bilan barchaning mehrini

Aziz Xoshimovich Komilov

JDPI, Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport turlarini o'qitish metodikasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

uyg'otgan, o'ziga katta qiziqish uyg'ota olgan, sport turi desak mubolag'a bo'lmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI HAMDA METODOLOGIYA

Bugungi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan milliy sport turlarining rivojlantirish, ularni xalqaro sport turlariga aylantirish bo'yicha ko'plab sa'yi harakatlar olib borilmoqda. Jumladan o'zbek belbog'li kurash turi ham duyoga yuz tutmoqda. O'zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga kurashchilarimizning jahon sport arenalaridagi g'alabalarini ham kiritish mumkin. Bu kabi g'alabalarga belbog'li kurash usulida kurashuvchi polvonlarimizni Rossiyaning Qozon shahrida so'ngra Qozog'istonning Alma-Ata shahrida,Tojikistonning O'ratepa shahrida hamda Qirg'izistonning O'zgan shaharlarida bo'lib o'tgan xalqaro hamda jahon birinchiligi musobaqalaridagi g'alabalarini kiritish mumkin. O'rta Osiyo xalqlarining yakkakurash usullari asosi yagona hamda bir xil taraqqiyot yo'lini bosib o'tganligi, shuningdek Turkiy xalqlarning urf odatlari hamda milliy an'analari bir biriga o'xshashligi ham Kurash usullarida yaqqol ko'rinib turadi. O'zbeklarning Buxorocha Kurash usuli - Qozoq hamda Qirg'izlarning Kures, Turkmanlarning Guresh usullaridan deyarli farq qilmasa, Farg'onacha Kurash usuli - Uyg'urlar, Qarluqlarning Bellashuv usullaridan deyarli farq qilmaydi. O'zbek milliy kurashi usullari elatlarning yashash joylari hamda sharoitlari hamda urf- odatlariga muvofiq shakllanib keldi hamda taraqqiy etdi. O'rta Osiyoning Sharqiy qismida yashagan xalqlar hamda elatlarda belbog'li Kurash usuli (Farg'ona usuli) shakllangan bo'lsa, O'rta Osiyoning Shimoliy hamda Janubiy qismida yashagan xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllana bordi. Kurash usullarining taraqqiyotiga hamda ommaviylashib borishiga xalqlarning o'zaro birdamlikda yashashlari ularning milliy an'analari hamda urf -odatlarining uyg'unlashib ketishi katta ta'sir ko'rsatgan. Shu bilan birga O'rta Osiyo mamlakatlari hududidan "Buyuk Ipak yo'lini" o'tishi ham xalqlar orasida jismoniy mashqlar hamda yakkakurash sport turlarini o'zlashtirilib borilishiga hamda ommaviylashuviga katta ta'sir ko'rsatgan.

NATIJALAR

Hozirgi kunda bu sport turlari bilan mamlakatimiz aholisi qolaversa yoshlarimiz ham sevib shug'ullanib kelishmoqda. Milliy kurash turlari jismoniy barkamol, ma'naviy yetuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy kurash

turlari keng ommaviylashib rivojlanib kelmoqda. Milliy kurash

February, 2022

turlaridan belbog'li kurash mamlakatimizda keyingi yillarda mingdan ortiq iqtidorli sportchilar etishib chiqdilar. Ular Respublikamiz Osiyo, Evropa hamda jahon birinchiliklarida muhamdaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan o'zbek kurashi bilan jahon xalqlari sevib shug'ullanishayotganlari, o'zbek tilidagi «Ta'zim, kurash, yonbosh, halol, dakki» so'zlarining dunyo xalqlari tilida o'zbekcha yangrayotgani millatimiz g'ururini, mavqeini yanada ortirib bormoqda. Xalqaro musobaqalarda har bir o'zbek farzandi qatnashar ekan uning ortida oilasi, hamdatani, yurtdoshlari hamdard, hamnafas bo'lib turganini xis etadi. Ularning yutug'i xalqimizning yutug'i hamda muhamdaffaqiyati hisoblanadi. Ko'plab sport turlari bo'yicha mamlakatimizda xalqaro sport musobaqalarining tashkil etilishi, uni ko'tarinki ruhda o'tkazilishi, o'zbek sportchilarining xalqaro sport uyushma hamda klublarida ishtirok etishlari yurtimizda sportni keng rivojlanib borayotganini qolaversa, professional sportga katta e'tibor berilayotganining dalilidir.

MUHOKAMA

Kurashda kurash tushuvchilar harom-harishdan, g'irromlikdan, o'g'rilikdan, kashandavanlikdan yiroq bo'lib, oliyjanoblik, insoniylik, hatto raqibiga nisbatan hurmat ko'rsatadigan insonlar bo'lishi talab etiladi. O'zbek kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog'lom, ma'naviy etuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

1. Ta'lim muassasalarida kurash mashg'ulotlari darslari soatini ko'paytirish va o'zbek kurashi bo'yicha darslik, o'quv-uslubiy qo'llanma hamda kerakli adabiyotlarni chop ettirilishini jadallashtirish hamda o'zbek kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida viloyatlar tumanlarida musobaqalarni tashkil etishni ko'paytirish.

2. O'zbek milliy kurash turlari bo'yicha yagona o'quv trenirovka mashg'ulotlari hamda musobaqalar o'tkazish uchun yagona dastur, nizom hamda darsliklar, qo'llanmalar yaratish.

3. O'zbek milliy kurashi turlarini yoshlar hamda aholi o'rtasida ommaviylashtirish uchun muntazam mintaqaviy hamda xalqaro musobaqalar tashkil etish.

4. Televideniya va radiodagi ko'rsatuv, eshittirishlar olib borish, ommaviy matbuotda chiqishlar uyushtirish, gazeta hamda jurnallarda ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirib borish maqsadga muvofiq.

February, 2022

XULOSA

Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti ta'limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta islohotlarni talab qiladi. Shu bois, ushbu fan bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilariga, kurash trenerlariga kurashchilarga milliy kurash uning turlari, sport kurashini tashkillashtirishda, kurashchining jismoniy, texnik,

taktik, ruhiy tayyorgarligi, trenirovka nagruzkalarini nazorat qilish, yoshlarni barkamol inson qilib, ularning qalbiga Vatan faxrini singdirish, gimnastika vositalaridan samarali foydalanib yosh avlodda mos bilim, ko'nikma, malakalarini hosil qilishni asosiy maqsad deb bilishimiz lozim.

REFERENCES

1.Azizxo'jayeva N.N. O'qituvchi mutaxssislari tayyorlash texnologiyasi. - T.: «Nizomiy TGPU». 2000. - 52 b.

2. Berdiqulov B. Sport kurashida trenirovka yuklamalarini nazorat qilish. Xalq ta'limi jurnali. 2001 y. 101-105 betlar.

3.Tolipov O'.Q., Usmonboyeva M, Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. -T.: Fan, 2006yil

4. Yusupov K. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2005 y.

5. Usmonxo'jaev T.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti (O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalari uchun o'quv qo'llanma)-T.: "O'qituvchi " NMIU, 2008y.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.