Научная статья на тему 'O‘ZBEK KINO SAN’ATIDA AYOLLAR OBRAZI HAMDA SAN’AT SOHASIDA GENDER TENGLIGI MASALASI'

O‘ZBEK KINO SAN’ATIDA AYOLLAR OBRAZI HAMDA SAN’AT SOHASIDA GENDER TENGLIGI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
25
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kino san’ati / gender tengligi / zamonaviylik / ayollarning roli / ijtimoiy hayot / ayollar obrazi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilrabo Zubayevna Abdullaeva

Ushbu maqolada o‘zbek kino san’atida ayollar obrazi hamda san’at sohasida gender tengligi masalasi xususida fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan. Shuningdek, o‘zbek kino san’ati hamda unda obrazlar talqini haqida batafsil ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari madaniyat va san’at sohasi faoliyatida gender tengligi masalasi va uning jamiyat rivojlanishida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK KINO SAN’ATIDA AYOLLAR OBRAZI HAMDA SAN’AT SOHASIDA GENDER TENGLIGI MASALASI»

O'ZBEK KINO SAN'ATIDA AYOLLAR OBRAZI HAMDA SAN'AT SOHASIDA GENDER TENGLIGI MASALASI

Dilrabo Zubayevna Abdullaeva ISFT instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek kino san'atida ayollar obrazi hamda san'at sohasida gender tengligi masalasi xususida fikr-mulohazalar bildirib o'tilgan. Shuningdek, o'zbek kino san'ati hamda unda obrazlar talqini haqida batafsil ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Bundan tashqari madaniyat va san'at sohasi faoliyatida gender tengligi masalasi va uning jamiyat rivojlanishida tutgan o'rni haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kino san'ati, gender tengligi, zamonaviylik, ayollarning roli, ijtimoiy hayot, ayollar obrazi

IMAGE OF WOMEN IN UZBEK CINEMA ART AND THE ISSUE OF GENDER EQUALITY IN THE FIELD OF ART

Dilrabo Zubayevna Abdullaeva

ISFTI

Abstract: In this article, opinions are expressed about the image of women in Uzbek cinema and the issue of gender equality in the field of art. Also, detailed information about Uzbek film art and the interpretation of images is given. In addition, information about the issue of gender equality in the field of culture and art and its role in the development of society is given.

Keywords: film art, gender equality, modernity, role of women, social life, image of women

Ekranlarda o'zbek ayolining qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yoshlar ijod saroyida 11-16-yanvar kunlari «O'zbek milliy kino san'ati haftaligi» doirasida «Ekranda ayol taqdiri» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Xo'sh O'zbekistonda ayollar haqida ilk kino 1927-yilda namoyish etilgan bo'lsa to shu bugungi kungacha ekrandagi o'zbek ayoli qay darajada «o'sdi». Uning ongi, dunyoqarashi o'zgardimi? Umuman o'zbek ayoli qiyofasi ilk kinolarimizda qanday edi-yu bugun qanday?

Ayni paytda «Ayol» nomli serialni suratga olish jarayonlari davom etmoqda. Maqsadimiz kuchli ayol obrazini ekranlarga olib chiqish. To'rt nafar mardikor ayolning taqdiri, boshidan kechirganlari va nihoyat ular xizmatkorlikdan kuchli

shaxsga aylangani haqidagi serial o'sha o'zbek ayolining jasorati, sabr bardoshiga bag'ishlanadi.

Hozir shu «Ayol» seriyasidagi qisqagina lavhani tomosha qila turib yana o'sha taniqli aktrisalaraga to'qnash kelayapmiz. Axir san'at institutini qanchadan qancha yosh qizlar bitirayapti. Har xil obrazlarda o'ynagan bir xil aktyorlar qiyofasidan tomoshabin zerikdi. Masalan taniqli aktrisaning mardikor ayol rolida o'ynashi qanchalik ishonarli chiqadi, deb o'ylaysiz. Yoki bo'lmasa yosh, kinoga endi kirib kelayotgan aktrisalar qachon yuzaga chiqadi, 40 yoki 50 yoshga kirganidami?

Men mana shu o'zbek ayolining pardoz andoziga e'tibor qaratishlaringizni so'rab qolardim. Nimaga serial va o'zbek kinolarida aktrisalarning o'zining husni, chiroyi yo'q. Barchasi yasama, kipriklar bir qarich, qip qizil lab bo'yog'i. Kaltak yegan ayol ham bo'yanib olgan, bemor yotgan, vafot etgan ayol ham to'yga boradigandek yasan-tusan qilgan. Hovli supurayotgan va paxta terayotgan ayolning ham kipriklari bir qarich. O'zbek ayolining haqiqiy qiyofasi nega bo'yoqlar ostida qolib ketmoqda?

Kinolarimizni tanqid qilayotganlarning albatta fikrlarini, takliflarini inobatga olamiz. Ammo ular ham bizni kino olish jarayonimizda qatnashishsa, bu sohaning ishi qanchalik mashaqqatli va og'irligini his qilishardi. Masalan Men «Ayol qalbi», deya nomlangan serial ustida ishlayapman. Serialda 72 ta personaj bor. Ularning har bir bilan til topishish, ishlashning o'zi bo'lmaydi. Kino olish ishi juda mashaqqatli va mablag'ga borib taqaladigan jarayon. Mana shu tomonlarini ham hisobga olishlaringizni so'rab qolaman.[1;67]

Kinoijodkorlar, kinomutaxassislar, turli vazirliklar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jurnalist va blogerlar qatnashgan ushbu tadbir haqiqiy bahs munozaralar maydoniga aylandi. Tadbir doirasida kinolarimizda bugun ayolllar faqat qaynona va kelin obrazida shallaqi yoki juda itoatkor, xo'rlangan, zo'rlangan xokisor ayol timsolida aks ettirilayotganiga alohida urg'u berildi. Undan tashqari dialoglarning juda jo'nligi, ota va qiz, o'smir qiz va ona, dugonalar munosabatlari ochib berilmayotgani, jamiyatimizning eng og'riqli nuqtalaridan biri ayolning o'z joniga suiqasd qilish omillari chetda qolib ketayotgani taklif sifatida ishtirokchilar tomonidan o'rtaga tashlandi.[2;54]

Ayol tilini ayol tushunadi. Bugungi tadbirda ham har bir ayol o'zbek ayoli taqdiri haqida kuyunib gapirdi, o'z taklifini berdi. O'ylaymizki mana shunday bahsli tadbirlardan keyin ekranlarimizda nafaqat ayol taqdiri, bilki o'zbek ayolining qiyofasi, xarakteri ochib beriladi. O'ylaymizki, ekranlarimizda o'zbek ayoli «o'sadi», «rivojlanadi» va nihoyat millat tarbiyachisi zamonaviy, kuchli, g'ururli, irodali shaxsga aylanadi.Yangi O'zbekistonda xotin-qizlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo'shmoqdalar, ular jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida faoliyat ko'rsatib, davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari faoliyatida keng ishtirok etishmoqda, yosh avlod tarbiyasiga, sog'liqni

saqlash, ijtimoiy soha, sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarni rivojlantirishga hissa qo'shmoqda.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish dasturining asosiy maqsadlaridan biri gender tenglikka erishish hisoblanadi. 2022-2026-yillarda mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qabul qilingan Milliy dastur erkaklar va ayollar tengligiga erishish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ro'yobga chiqarishda ularni qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarning ta'limi va tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning ilmiy salohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi rolini kuchaytirish va davlat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish uchun kuchli turtki bo'ldi.[3;89]

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash arafasida "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi tomonidan telefon so'rovi o'tkazildi, unda mamlakatimizning shahar va qishloq joylarida yashovchi 18 va undan katta yoshdagi, turli millat va ijtimoiy guruhlar vakillari, turli sohalar va ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo'lgan fuqarolar so'raldi. O'tkazilgan tadqiqot natijalari O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tizimli islohotlar samarasidan dalolat beradi.

Jamoatchilik fikrida ayollarning onalik, bolalar va oila bilan bog'liq an'anaviy roli haqidagi istisnosiz tasavvurlarda o'zgarishlar yuz bermoqda. Aksariyat (78,3%) so'rov ishtirokchilarining ta'kidlashicha, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlarning o'rni tobora ortib bormoqda, respondentlar O'zbekiston ayollari oilaviy hayot va kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli uyg'unlashtirib, jamiyat va davlat boshqaruvida o'zini yanada faol namoyon qilayotganiga ishonadilar.

Bugungi kunda xotin-qizlarda o'zlarining ma'naviy, ijodiy, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar mavjuddir va so'rov natijalarining ko'rsatishicha, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko'pchiligi, ham erkaklar, ham ayollar, keksa avlod vakillari va yoshlar xotin-qizlarning o'sib borayotgan faolligini, o'zlarini nafaqat an'anaviy "ayollarga xos sohalarda" ro'yobga chiqarayotganini, balki martabasida, tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishayotganini, davlat boshqaruvida yuqori lavozimlarni egallayotgan ayollar soni o'sib borayotganini ijobiy qabul qilmoqdalar. 80,2% so'rov ishtirokchilarining fikricha, barcha sohalarda ayollar rolining ortib borishi ijobiy xususiyatlarga egadir. Ayollar professional jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lib, ular o'z sohalarida malakali, tashabbuskor, bilimli, yuqori intellektual va ijodiy salohiyatli kishilar hisoblanadi, respondentlar ayollarni erkaklardan kam bo'lmagan salohiyatli rahbarlardir, deb hisoblashadi, ayni paytda ayollar o'zaro insoniy munosabatlarga va

xodimlarga nisbatan ko'proq e'tiborli hamdir. So'rov davomida fuqarolar xotin-qizlar faqat "ayollik" xususiyatlari va fe'l-atvor qirralari tufayli muhim masalalarni hal qila olishlari mumkinligini hamda bu jamiyat va davlat hayotining ayollar faoliyat yuritayotgan barcha sohalariga tegishli ekanligini ta'kidladilar. [4;54]

So'rov ishtirokchilari mamlakat va jamiyat hayotining turli sohalarida erkaklar va ayollar huquqlarining to'liq tengligi to'g'risidagi qoidaning amalga oshirilish darajasini baholadilar. So'ralgan respondentlarning mutlaq ko'pchiligi, erkaklar va ayollar teng saylov huquqiga ega ekanligiga, ya'ni ular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidan foydalanishlari mumkinligiga ishonadilar. 18-24 yosh guruhidagi respondentlar orasida bu ko'rsatkich 89,6%ga yetdi.

79,4% so'ralganlarning fikricha, yigit-qizlarning ta'lim olish huquqi tengdir. Buni mamlakatimizning barcha hududlarida, shahar va qishloq joylarida yashovchi barcha yosh guruhlaridagi respondentlarning aksariyati qayd etdi. Respondentlar mulkka egalik huquqi (76,9%), mehnat qilish huquqi (73,9%), mehnatga teng haq olish huquqi (71,1%), tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqi (77,6%) kabi iqtisodiy huquqlarni amalga oshirishda erishilgan tenglikni qayd etdilar.[5;92]

So'rov natijalariga muvofiq, erkaklar va ayollar o'rtasidagi eng ko'p tenglikka reproduktiv salomatlik, jumladan, bolalar tug'ilishi, ularning tug'ilish vaqti va bolalar tug'ilishidagi oraliqlar to'g'risida erkin va mustaqil qaror qabul qilish huquqi, shuningdek, ushbu masalalar bo'yicha ma'lumot olish huquqini qamrab oladigan reproduktiv huquq sohasida erishilgan. Mutlaq ko'pchilik (80,4%) respondentlarning fikricha, erkaklar va ayollar oila qurish va ajralish huquqida tengdirlar. Oilada qaror qabul qilish huquqiga kelsak, 67,7% respondentlar bu masalada erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ko'rsatishgan, har to'rtinchi respondentning fikriga (24,2%) ko'ra, teng huquqlilikka qisman rioya qilinmoqda. O'tkazilgan so'rovning tasdiqlashicha, jamiyatning faqat erkak yoki ayollarga xos sohalarga bo'linishi to'g'risidagi gender stereotiplar hali ham mavjuddir. Shunday qilib, 13% so'ralganlarning fikricha, ayollar faqat uy ishlarini bajarish, eriga g'amxo'rlik qilish va bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanishlari kerak.[6;54] Shu bilan birga, so'rovda qatnashgan fuqarolarning aksariyati (80%) bunday bid'atlarga qo'shilmaydi, ular ayollar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarga ega ekanligini tan olishadi va ayol har qanday sohadagi faoliyatni, xoh u martabada o'sish bo'lsin, xoh u ijodiy faoliyat yoki tadbirkorlik bo'lsin, oila va o'zligini ro'yobga chiqarishni uyg'unlashtira oladi. Ta'kidlash kerakki, yoshlar orasida shaxsiy rivojlanish, o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish, o'zini namoyon qilish kabi qadriyatlar keng tarqalgan bo'lib, ular boshqa yosh toifalari vakillariga qaraganda xotin-qizlar o'zlarini faqat oila yumushlari va farzandlarni dunyoga keltirish bilan cheklamasliklari kerak, deb ko'proq hisoblaydilar.

Tadqiqotda ayolning uydan tashqaridagi bandligi nikohning mustahkamligiga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida fuqarolarning fikri o'rganildi. Eng keng tarqalgan fikr shundan iboratki, ayol uchun pullik ishning mavjudligi nikohni mustahkamlashga yordam beradi, chunki ishlaydigan ayol oilada va jamiyatda yuqori mavqega ega bo'ladi, oila farovonligiga hissa qo'shadi. 42,8% so'rov ishtirokchilari ana shunday fikrdalar.[7;32]

Tadqiqot jarayonida O'zbekiston ayollarining o'z hayotlarining asosiy mazmuni nimadan iborat ekanligi, ularning hayotda qanday maqsadlarga egaligi va ularni nimalar chinakam baxtli qilishi haqidagi fikrlari aniqlandi. Tadqiqotda olingan natijalarning ko'rsatishicha, "ayollik baxti" tushunchasi respondent ayollarning yoshi, ma'lumoti va rivojlanish darajasiga qarab o'zgaradi, lekin ko'pchilik ayollar uchun eng katta baxt oila ekanligiga bo'lgan ishonch ularni birlashtiradi. Yosh va hali turmushga chiqmagan qizlar uchun ota-onalarning salomatligi va farovonligi, aka-uka va opa-singillarning muvaffaqiyati - baxt hisoblanadi. Turmush qurgan ayollar uchun baxt tushunchasi turmush o'rtog'i va bolalarini, o'z oilasining farovonligi va uydagi to'kin-sochinlikni anglatadi. Agar ayol oilaviy hayotda hamohanglikka erishsa, o'zini kasbiy namoyon etish va martabadagi omadli o'sishlar ham uning uchun baxt va hayotiy maqsaddir. So'rov ishtirokchilari uchun salomatlik, moddiy farovonlik, mahalla, jamiyat, umuman mamlakat hayotida faol ishtirok etish baxtli va muvaffaqiyatli hayotning muhim tarkibiy qismlaridir.

So'rov Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida o'tkazilganligi bois, tadqiqot ishtirokchilari yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan munis ayollarimizga iliq tilaklar va tabriklar izhor etishdi. Erkak respondentlar g'amxo'rlik va mehribonlik, sabr-toqat va donolik, bitmas-tuganmas iliqlik va e'tibor uchun barcha onaxonlar, buvijonlar, opa-singillar va rafiqalariga minnatdorchilik bilan ehtirom ko'rsatdilar. Ular O'zbekiston ayollarining yutuq va muvaffaqiyatlarini e'tirof etib, xotin-qizlarga baxt-saodat, sihat-salomatlik, mehr-muhabbat tilaklarini bildirishdi. So'rovda ishtirok etgan erkaklar ayollarning ijtimoiy va kasbiy faoliyatida, fan va madaniyatda, san'at va sportda erishayotgan natijalari bilan faxrlanadilar. Tadqiqot ishtirokchilari ayollar bo'lgan joyda batartiblik, xotirjamlik, kelajakka ishonch borligiga ishonadilar. So'rovda ishtirok etgan ayollar 8-Martni ezgulik, go'zallik va hamohanglik ramzi sifatida qabul qilishadi, ular uchun xotirjamlik va muvozanatni saqlash juda muhim, xotin-qizlar o'zlarini ro'yobga chiqargan har qanday sohada ular, eng avvalo, atrof-olamni yanada go'zalroq, yorqinroq va quvonchliroq qilishga intilishadi va o'zlari uchun baxt-saodat, sog'liq-salomatlik, muvaffaqiyatlar va barcha orzu-istaklarning ro'yobini tilaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov J. O'zbekiston teatrlari. - T., 2017.

2. Mahmudov J. San'at fidoyilari.

3. Sayfullayev B., Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. - Т., Fan va texnologiya, 2019.

4. RahmonovM. R., Toshxo'jayeva M.T., Muxtorov 1. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - Т., 2018.

5. Rizayev O. Nabi Rahimov. - Т., 2008.

6. Юсупова M.P. Упражнения по актёрскому тренинг. - Т., 2020.

7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. Creative person-the role of live word in educating an actor //european journal of arts. - 2019. - №. 3.

8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

9. Болтабоева У. Нут; санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.