Научная статья на тему 'O‘ZBЕK ADABIYOTINI O‘QITISHDA YANGI PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA USULLARINI QO‘LLASH'

O‘ZBЕK ADABIYOTINI O‘QITISHDA YANGI PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA USULLARINI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
463
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
texnologiya / pеdagogik tеxnologiya / metodika / milliy qadriyat / technology / pedagogical technology / methodology / national value.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova

Ushbu maqolada adabiyot darslarida yangi pedagogik texnologiya usullarini qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish masalasi haqida so‘z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGY METHODS IN TEACHING UZBEK LITERATURE

This article talks about the issue of increasing efficiency in literature lessons by using new pedagogical technology methods.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕK ADABIYOTINI O‘QITISHDA YANGI PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA USULLARINI QO‘LLASH»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'ZBEK ADABIYOTINI O'QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA

USULLARINI QO'LLASH Sh.U.Sariyev

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

G.U.Raxmanova

Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, 21-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabining oliy

toifali ona tili va adabiyot fanlari o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7367955

Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiyot darslarida yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash orqali samaradorlikni oshirish masalasi haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, pedagogik texnologiya, metodika, milliy qadriyat.

APPLICATION OF NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGY METHODS IN TEACHING UZBEK LITERATURE

Abstract. This article talks about the issue of increasing efficiency in literature lessons by using new pedagogical technology methods.

Key words: technology, pedagogical technology, methodology, national value.

"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872-yilda kirib kelgan. U yunoncha "techne" - "mahorat", "san'at" va "logos" - "tushuncha", "o'rganish" demakdir [1, 9-6]. Bu ta'rif "texnologiya" tushunchasini to'liq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda operatsiyalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.

Keyingi paytlarda ilmiy pedagogik asarlarda va adabiyotlarda «pedagogik texnologiya», «yangi texnologiya», «ilg'or texnologiya», «zamonaviy texnologiya» kabi iboralar ishlatilmoqda. Xo'sh, «pedagogik texnologiya» nima?

Pedagogik texnologiya ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodi; o'qituvchi amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan pedagogik tizim loyihasi; o'qituvchining ta'lim-tarbiya vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoitda va ma'lum ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatishi va aks ta'sir mahsuli sifatida intensiv shakllantirish jarayoni; o'quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo'yilgan aniq maqsad yo'lidan o'qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasidir.

Pedagogik texnologiyaning nimaligini bilish uchun uning metodikadan farqi haqida ham tasavvurga ega bo'lish, ularning o'zaro farqini bilish kerak.

Metodika o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuyi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo'yilgan o'qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani ta'minlovchi tadbirlar majmuyidir.

Adabiyot darslarida ta'lim berishning yangi usullaridan foydalanish ham davr talabidir. Mashg'ulotlarda "Bahs - munozara", "Aqliy hujum", "6x6x6", "Rolli o'yinlar", "O'zing uchun

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

qulay joy tanla", "Guruhlar bilan ishlash" kabi yangi usullardan foydalanish, albatta, yaxshi samara beradi.

O'zbekiston Respublikasida yangi qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun [2] hamda ta'limga oid dasturlarda adabiyot fanidan o'quvchilarda shakllantirilishi lozim bo'lgan quyidagicha bilim, ko'nikma va malakalar alohida ta'kidlangan:

- milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulug'lashda badiiy adabiyotning ijtimoiy vazifasini anglash;

- o'zbek adabiy-badiiy merosining jahon adabiyoti taraqqiyotiga qo'shgan hissasini

bilish;

- badiy asarni g'oyaviy-badiiy jihatdan baholay bilish, yozuvchining hayotga munosabatini, uni ifodalashda tilning badiiy-tasviriy vositalaridan foydalanish mahoratini farqlay olish;

- o'zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o'qish, sharhlash, janr xususiyatlarini

bilish;

- XX asr o'zbek adabiyotining shaklanishi va rivojlanish tamoyillarini bilish;

- o'rganilayotgan asarning badiiy-estetik ahamiyatini tushunish va tahlil qila olish;

- asar qahramonlari haqida mustaqil va ijodiy fikrlay olish, ularga tavsif bera olish, badiiy asarning mohiyati va badiiyatini yorituvchi referat, insho yoza olish;

- asar qahramonlarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan mustaqil baholay olish;

- o'zbek adabiyotning jahon adabiyotlari bilan o'zaro aloqasini bilish.

Biz o'quvchiga "Sen buni bilishing kerak" degan majburlovchi da'vatdan ko'ra "Menga bu zarur va men o'zim uchun buni bilishim kerak" degan fikrni o'quvchining ongida uyg'ota olishimiz lozim.

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida muloqat bo'lishi uchun o'qituvchida yetarli darajada qobiliyat, tajriba va mahorat bo'lishi hamda o'z-o'ziga doimo «Nimani o'rgatish kerak?", "Qanday o'rgatish kerak?", "Nega aynan shuni va shunday o'rgatish kerak?" degan savollarni berishi kerak.

Adabiyot fani o'qituvchilari ham darsga tayyorlanishda quyidagilarga e'tibor berish

lozim:

1. Maqsadni belgilash (Nimani o'rgataman?).

2. O'quvchi shaxsini hurmat qilish.

3. Talabchanlik.

4. Dars soatidan unumli foydalanish.

5. Jazo usullarini o'rinsiz qo'llamaslik.

6. Darsda har doim yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish.

7. Mavzuni hayot bilan bog'lash.

8. Tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish.

9. O'quvchilarning mukammal darajada bilim olishi uchun kerakli usul va vositalarni to'g'ri tanlay olish.

10. Darsga puxta tayyorlanish.

11. Har bir dars uchun texnologik xarita tuzish.

Adabiyot darslarida ta'lim jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlashda o'qituvchi tomonidan samarali metodlar bilan birga ta'lim texnologiyalarini ham to'g'ri tanlash lozim.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Binobarin, to'g'ri tanlangan samarali metodlar o'quvchilarda o'quv fanini o'zlashtirish, kitob o'qishga bo'lgan qiziqish va motivatsiyani ham kuchaytiradi, ko'zlangan maqsad yo'lida aniq harakatlanish, kutilgan natijalarga erishishni kafolatlaydi.

REFERENCES

1. H.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar уа pedagogik mahorat. - Т.: «Iqtisod-moliya». 2009. - 240 b.

2. Узбекистан Республикасининг "Таълим тугрисида"ги конуни (2020 йил 23 сентябрь, УР^-637-сон) // Узбекистон Республикаси конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 03/20/637/1313-сон // https://lex.uz/docs/5013007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.